Iqtisodchilar uchun matematika


Download 45.08 Kb.
bet1/9
Sana02.01.2022
Hajmi45.08 Kb.
#199811
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-мавзу.


Mavzu: Iqtisodchilar uchun matematika faniga kirish
Reja:

1.“Iqtisodchilar uchun matematika”fanini maqsad va vazifalari

2. Fanni predmeti va о‘qitish uslublari.

3. Fanni iqtisodiyotni rivojlantirishdagi о‘rni

4. Turli foizlarni hisoblash va ularni qishloq xо‘jalik masalalarini yechishga

qо‘llanilishi

Rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiga to’liq o’tish, boshqarishni ma’muriy buyruqbozlik usulidan iqtisodiy usullariga o’tish ijtimoiy iqtisodiy kategoriyalar, ko’rsatgichlar va kriteriyalarning son va sifat tamonlarini cho’qur urganishga olib keladi.Bundan yuqoridagilarni baholashga, baholash tamoyillarinig ishlab chiqarish vositalariga, iste’mol predmetlariga va turli xizmatlarga nisbatan ta’sirini ko’rib chiqish alohida ahamiyat kasb yetadi.

Rejali iqtisod sharoitida ko’pgina baholar markazlashgan holda belgilanardi va uni hech qanday mahalliy o’zgartirishlarga yo’l qo’yilmasdi, kolxoz bozoridagi baholar bundan mustasno edi.

Mahsulot bahosining asosi uni ishlab chiqarishga ketgan ijtimoiy zaruriy harajatlardir.Bunda baho bilan buyumlashgan mehnat harajatlari, zaruriy ijtimoiy mehnat va qo’shimcha mehnat harajatlari qoplanishi kerak.

Amaliyotda bu shuni anglatadiki, bahoni shunday shakillantirish kerakki, u ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxi miqdoriga asoslanib uzida foydaning bir qismini aks ettirishi shart.Baxolarni ijtimoiy zaruriy harajatlarga asoslanganligini bir tomonlama to’g’ri hisoblash zarur. Ma’lumki, har qanday mahsulotni ishlab chiqaruvchisi, va iste’molchisi bo’ladi, harajatlarga asoslangan baho ishlab chiqaruvchilar manfaatini ko’zlab, istefakatmolchilarni o’ziga qaram qilib qo’yadi va tang ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini vujudga keltiradi.Talab va taklifni muqobillashtirishda rag’batlantirish yo’qligi sababli, ularga talabning ko’pligiga qaramasdan, ishlab chiqaruvchilar kamyob tovarlarni ishlab chikarishga qiziqmaydilar.Shuning uchun bizda ehtiyoj iste’mol mollari bilan ta’minlanganlik past darajada.Rejali boshqarishdagi iste’mol buyumlarga davlat bahosi ijtimoiy nuqtai nazardan yaxshidek ko’rinsada, aslida bu o’zini oqlamaydi va natijada mahsulot ishlab chiqaruvchilar rentabelsiz ishlab, davlatdan qarzdor bo’ladi.Ikkinchidan, arzon mollarni davlat savdo tashkilotlaridan sotib ololmasdan, bu mollarni savdogarlardan qimmat bahoga oladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ma’muriy buyruqbozlik usullari iqtisodiy boshqaruv usullari bilan almashinganda korxonalar o’z xohishi bo’yicha mahsulot ishlab chiqarish rejasini tuzib berish, ularni bozor baholarida sotishni o’zlari belgilashadi. Mahsulotning bozor bahosi miqdori mahsulotga bo’lgan talab va taklif munosabatlari orqali belgilanadi.Bozor baholari davlat tomonidan ko’rsatilgan baholarni iqtisodiy salbiy tamonlarini xaspo’shlash bilan bir qatorda o’z kamchiliklariga ega bo’lib, ijtimoiy xususiyatga egadir.Jahon amaliyotidan ma’lumki, bozor munosabatlari sharoitida pul qadirsizlanib, mahsulotlarga qo’yilgan baxolar doimiy va sezilarli darajada usishi munosabati bilan aholining turmush sharoiti yomonlashib, kambag’allar ko’payadi, xullas, davlat qashshoqlasha boradi.Buning oldini olish uchun bozor baholari ustidan ham alohida nazorat o’rnatish zarur.Baho shakillanishining bozor va rejali iqtisoddagi ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini belgilash, bahoni hisoblashning qat’iy sonli usullarini ishlab chiqishni taqozo etib, bunda hozirgi iqtisodiy-matematik usullar va modellarni qo’llash ko’zda tutiladi.

“Iqtisodiy matematikа fanini o’rganishdan maqsad makro va mikroiqtisodiyot, ularning tarmoqlari, fermer xo`ligi faoliyati kabi iqtisodiy ob’ektlar misolida iqtisodiy masalarni qo’yilishi, ularning iqtisodiy mazmunini o’rganish, kompyuterlarda yechish va olingan natijalarni tahlil qilish malakalarini hosil qilishdir.

Hozirgi payitda iqlisodiy fan va amaliyot amaliy matematika yutuqlaridan tobora kengroq foydalanmoqda, ularni ilmiy tadqiqotlar qurolidan murakkab xo'jalik masalalarini samarali hal qilishning muhim vosilasiga aylantirmoqda.

Zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi ham mikro, ham makro darajada tabiiy, zaruriy element sifatida matematik modellar va usullami o'z ichiga oladi. Metemalikadan iqtisodiyotda foydalanish iqtisodiy o'zgaruvchilar va ob’yektlarning eng muhim, ahamiyatli bog'lanishlarini ajratishga va formal tasvirlashga, iqtisodiyot nazariyasining qoidalari, tushunchalari va xulosalarini aniq va lo'nda bayon qilishga imkon beradi.

Model - bu shunday moddiy yoki xayolan tasavvur qilinadigan obyektki, qaysiki tadqiqot jarayonida haqiqiy obyektning o'rnini shunday bosadiki, uni bevosita o'rganish haqiqiy ob’yekt haqida yangi bilimlar beradi. Modellami qurishda tadbiq qilinayotgan hodisani belgilovchi muhim omillar aniqlanadi va qo'yilgan masalani yechish uchun muhim bo'lmagan qismlar chiqarib tashlanadi.

Bir tomondan, modellar oson o'rganiladigan bo'lishi kerak, shuning uchun ular juda murakkab bo'lrnasligi kerak - binobarin, ular albatta faqat soddalashtirilgan nusxalar bo'ladi. Biroq, ikkinchi tomondan, modellarni o'rganishdan olingan xulosalami haqiqiy ob’yektlarga ham qo'llash lozim, demak, model o'rganilayotgan haqiqiy ob’yektning muhim tomonlarini aks ettirishi kerak.




Download 45.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling