O'zbekistonda milly bozorni shakllantirish va rivojlantirish muammolari Kirish I bob. O`zbekistonda milliy bozorni shakillantirish


Download 23.8 Kb.
bet1/2
Sana13.04.2023
Hajmi23.8 Kb.
#1351234
  1   2
Bog'liq
O


O'zbekistonda milly bozorni shakllantirish va rivojlantirish muammolari
Kirish
I Bob. O`zbekistonda milliy bozorni shakillantirish

    1. . Bozor munosabatlariga o`tish va taraqiyotining o`zbek modeli

    2. . O’zbekistonda milliy bozor vazifalari

II Bob. O’zbekistonda milliy bozorni rivojlantirish muammolari
2.1 O’zbekistonda milliy bozorni rivojlantirish muammolari
2.2. O`zbekistonda milliy bozorni shakillantirishda amalga oshirayotgan ishlar
Xulosa
Foydalanilhgan adabiyotlar

I Bob. O`zbekistonda milliy bozorni shakillantirish

    1. . Bozor munosabatlariga o`tish va taraqiyotining o`zbek modeli

Biz yuqorida bozor iqtisodiyotiga o`tishning yagona va universal, ya`ni hamma mamlakatlar uchun yaroqli bo`lgan yo`li yo`q ekanini ta`kidlab o`tgan edik. Endi ana shu fikrni O`zbekiston misolida tasdiqlashga harakat qilamiz. Avvalo, shuni aytib o`tish kerakki, bozor iqtisodiyotiga o`tishning barcha mamlakatlar uchun umumiy bo`lgan jihatlari mavjud. Bular mazkur tizimning mohiyati va asosiy tamoyillaridan kelib chiqadi.
Xususiy mulk shakllarining rivojlanishi uchun davlat tomonidan keng shart-sharoitlar yaratish, xo`jalik sub`ektlarining teng huquqliligini ta`minlash va ularning o`zaro raqobatlashuv muhitini yaratish, yakka hukmronlik (monopolizm)ga qarshi siyosat o`tkazilishi va hokazolar - bular hammasi har qanday mamlakatning bozor iqtisodiyotiga o`tishidagi umumiylik hisoblanadi.
Shu bilan birga, rivojlanishning bozor iqtisodiyoti yo`lini tanlagan mamlakat o`zining tarixiy tajribasi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi, xalqining milliy qadriyatlari va mentalitetidan kelib chiqib, o`ziga xos va mos bo`lgan yo`lini tanlaydi.
Siz, aziz o`quvchiga ma`lumki, O`zbekiston XIX asrning ikkinchi yarmida chor Rossiyasi tomonidan bosib olingan va uning mustamlakasiga aylangan edi. 1917 yilda Rossiyada amalga oshgan davlat to`ntarishi natijasida Sovet Ittifoqi deb ataluvchi katta bir imperiya paydo bo`ladi va to 1991 yilga qadar mamlakatimiz shu davlat tarkibida edi. Markazlashgan rejali iqtisodiyotga asoslangan Sovet Ittifoqi parchalanib, O`zbekiston o`zining davlat mustaqilligini qo`lga kiritgach, u hech ikkilanmay, bozor iqtisodiyotiga asoslangan taraqqiyot yo`lini tanladi.
Biroq, bozor iqtisodiyotiga "hamma dardning davosi" sifatida qarash yaramaydi. U keng, tekis va ravon yo`l emas. Unga o`tish hech qachon muayyan talofotlarsiz ro`y bermaydi. Shuning uchun O`zbekiston Prezidenti I.Karimov mamlakatimizni bozor iqtisodiyotiga o`tishining asosiy g`oya va tamoyillarini ishlab chiqdi.
Nazariy va amaliy jihatdan puxta ishlab chiqilgan ushbu g`oya va tamoyillar mamlakatimizni ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o`tishining yaxlit bir dasturini tashkil etadi. Bu dasturning ibratli tomoni shundaki, u faqatgina butun mamlakatimizda yashab turgan fuqarolarning taqdirini o`ylab tuzilgan emas, balki kelajak avlodlar taqdiriga ham bevosita aloqador bo`lib, ularga ozod va obod vatan qoldirishni nazarda tutadi. Rejali iqtisodiyot tizimi hukmronligi bilan bog`liq bo`lgan illatlarni tezroq bartaraf qilish, mamlakat iqtisodiyotini barqaror va yuqori sur`atlar bilan rivojlanishini ta`minlash, pirovard natijada O`zbekistonni rivojlangan mamlakatlar darajasiga olib chiqish dasturning bosh maqsadini tashkil etadi.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o`tishning o`ziga xos va mos yo`li bugungi kunda jahonga Yurtboshimiz nomi bilan tanildi va bu yo`l adolatli tarzda taraqqiyotning o`zbek modeli deb atalmoqda.
Ushbu yo`lni amalga oshirish mamlakat iqtisodiyotida tub islohotlar o`tkazishni taqozo etadi. Yurtboshimiz ta`biri bilan aytganda, islohotlar islohotlar uchun emas, balki odamlar uchun, ularning farovonligini oshirish uchun o`tkaziladi. "Yer, yer osti boyliklari, boshqa tabiiy boyliklar, avlod-ajdodlarning mehnati bilan yaratilgan iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va ma`naviy kuch-qudrat va imkoniyatlar milliy boylik bo`lib, odamlar farovonligining kafolati, ijtimoiy taraqqiyot va ravnaqining asosi bo`lib xizmat qiladi". O`zbekistonni bozor iqtisodiyotiga o`tishi I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi beshta muhim tamoyilga tayanadi:
Birinchidan, iqtisodiyotni mafkuradan to`la xoli qilish va uni siyosatdan ustun turmog`i. Bu tamoyilga ko`ra, iqtisodiyot va uni barqaror hamda yuqori sur`atlar bilan rivojlantirish davlat siyosatining mazmunini tashkil etadi.
Ikkinchidan, bozor munosabatlariga o`tish davrida davlatning o`zi bosh islohotchi vazifasini bajaradi. Buning ma`nosi shundan iboratki, davlat bu davrda butun xalq manfaatlaridan kelib chiqib, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining etakchi va ustivor yo`nalishlarini belgilab beradi. Islohotlar jarayonining tashabbuskori bo`lib qoladi.
Uchinchidan, barcha ijtimoiy-iqtisodiy jabhalarda qonun ustivorligini ta`minlash taqozo etiladi. Mazkur tamoyilning mohiyati shundaki, iqtisodiy o`zgarishlar va jamiyatning yangilanish jaryoni mamlakatda amal qiluvchi qonunlarga tayangandagina ijobiy natijalar berishi mumkin.
To`rtinchidan, bozor munosabatlariga o`tish aholining kam ta`minlangan qismini moddiy qo`llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan qo`shib olib boriladi. Buning uchun davlat kishilarni islohotlarga ruhan tayyorlash va ularni ijtimoiy himoyalashga qaratilgan kuchli va ta`sirchan siyosat olib boradi.
Beshinchidan, yangi iqtisodiy munosabatlarga o`tish puxta o`ylab, bosqichma-bosqich, ya`ni inqilobiy sakrashlarsiz amalga oshiriladi. Bundan shu ma`no chiqadiki, bir bosqich tamomlangandan keyingina va zarur shart-sharoitlar yaratib, keyingi bosqichga o`tiladi. Iqtisodiy islohotlar bozor munosabatlarining mexanizmlarini qadam-baqadam shakllantirib boradi.
Islohotlarning o`zbek modeli hozirga qadar mavjud bo`lgan bironta modelni takrorlamaydi. O`z mazmuni va mohiyatiga ko`ra u quyidagi qoidalarga tayanadi:
-ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti va huquqiy demokratik jamiyatni barpo etish;
-xalqning boy tarixiy tajribasi, mentaliteti va an`analari hamda islohotlarning u yoki bu bosqichdagi o`zgarishlarga tayyorgarlik darajasini hisobga olish;
-bozor iqtisodiyoti tizimiga asoslangan rivojlangan davlatlarning boy tajribasidan mamlakatning o`ziga xos xususiyatlarini nazarda tutgan holda foydalanish.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o`tishning o`zbek modeliga binoan mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, ko`p ukladli iqtisodiyotni barpo qilish islohotlarning ustivor yo`nalishi deb belgilandi.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning dastlabki 10 yillik tajribasi shuni ko`rsatadiki, yangilanish va taraqqiyot dasturida belgilangan ko`pgina ishlarni amalga oshirishga muvaffaq bo`lindi. Qisqa vaqt ichida yaratilgan mustahkam huquqiy me`yorlar negizida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich kirib, barqaror iqtisodiy taraqqiyotga erishildi.
Fikrimizning dalili sifatida bir necha misollar va raqamlarni keltiramiz. 2000 yilda korxona va xo`jaliklarning 88 foizini xususiy mulk, aktsiyadorlik jamiyatlari, qo`shma korxonalar, kooperativlar va shirkat xo`jaliklari tashkil etdi. Iqtisodiyotda band bo`lganlarning 76 foizi, yalpi ichki mahsulot ishlab chiqaruvchilarning 70 foizi, sanoat bo`yicha 65,4 foizi va qishloq xo`jalik mahsulotlari etishtiruvchilarning 99 foizi nodavlat sektoriga to`g`ri keldi. 1997 yildan boshlab yalpi ichki mahsulotning 4-5 foizlik yillik o`sishiga erishildi.
Eng muhimi mamlakatimizning don va yoqilg`i mustaqilligiga erishildi.
Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishini ta`minlovchi yangi bank, moliya, soliq tizimlari, xomashyo birjalari, sug`urta, auditor, lizing kompaniyalari va bozor infratuzilmasini tashkil etuvchi boshqa tizimlar vujudga keltirildi.
Tarixan qisqa vaqt ichida o`tkazilgan agrar islohotlar, kichik va o`rta biznesni rivojlantirishda erishilgan yutuqlar, sanoatning avtomobilsozlik, mikrobiologiya, tsellyuloza-qog`oz, qand, farmatsevtika kabi tarmoqlarini yangidan yaratilgani - bular hammasi taraqqiyotning o`zbek modeli mevalaridir.

Download 23.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling