Muzeyshunoslik. Arxivshunoslik Savol javob


Download 15.26 Kb.
Sana19.01.2023
Hajmi15.26 Kb.
#1102893
Bog'liq
arxivshunoslik savol; javob 12121


Muzeyshunoslik. Arxivshunoslik
Savol javob
ARXIVCHUNOSLIK FANING PAYDO BO’LISHI
1. “Arxiv” so’zining ma’nosi nima ?
J: “Arxiv” atamasi lotincha “arxivum” so’zidan olingan bo’lib, o’zbek tilida “mahkama”, “muassasa” degan ma’noni bildiradi.
2. Arxeologik tadqiqotlarning guvohlik berishicha, arxivlar qadimgi zamonlarda,nimaning paydo bo’lishi bilan bir vaqtda vujudga kelgan?
J: yozuv paydo bo’lishi bilan bir vaqtda vujudga kelgan.
3. Qayerlardagi ibodatxonalar va quldorlar saroylarida dastlabki arxivlar mavjud bo’lganligi aniqlandi?
J: Mesopotamiya, Misr va Kichik Osiyoda
4. Bu arxivlarda o’sha davrdagi qonunlar matni, sud hujjatlari, podsholarning farmoyishlari va boshqa hujjatlar saqlanar edi. Mazkur hujjatlar nimalarga bitilgan?
J: Mazkur hujjatlar sopol lavhlarga, randalangan taxtachalarga, papirus va oshlangan charm (pergament) ga bitilgan.
5. Qadimgi Yunonistonning qaysi shahri xarobalarida (Krit oroli) yirik arxivning qoldiqlari topildi?
J: Knoss shahri xarobalarida
6. Antik davrda Afina shahridagi arxivlar, ayniqsa, qaysi ibodatxonasi qoshidagi arxiv dong taratgan edi?
J: Metroon ibodatxonasi qoshidagi arxiv
7. Qadimgi Rimda arxivlar dastlab kimlarning tasarrufida bo’lgan?
J: kohinlar
8. Rimdagi eng qadimiy arxiv Senat arxivi bo’lib, bu hujjatgoh qaysi ibodatxonasida joylashgan edi?
J: Saturn ibodatxonasida
9. G’arbiy Rim saltanitining halokatidan so’ng Rim imperatorlari arxivining davomchisi qaysi arxiv bo’ldi?
J: Vizantiya arxivi
10. Ilk o’rta asrlarda qayerda qirollar, yirik feodallar va monastirlarning arxivlari vujudga keldi?
J: G’arbiy Yevropada
11. Nechinchi yilda Fransiyada Konvent maxsus dekret qabul qilib, markaziy davlat arxivini tashkil etdi?
J: 1794 yilda
12. Qachon va qayerda ilk arxiv instituti – Xartiyalar maktabi ochildi?
J: 1821 yilda Fransiyada
13. Nechinchi yilda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh Arxiv boshqarmasi AQShning Xolokast yodgorligi kengashi va uning Vashingtondagi muzeyi o’rtasida arxiv sohasi bo’yicha bitim imzolandi?
J: 2003 yilda
14. Nechinchi yilda YuNESKO qoshida Xalqaro Arxiv Kengashi tashkil etildi?
J: 1948 yilda
15. Bu xalqaro tashkilot 1981 yildan boshlab qanday jurnal nashr etmoqda?
J: “Archivum” nomli jurnal
16. Qayerda arxiv ishi sohasidagi bu islohot qator boshqa davlatlar uchun namuna bo’ldi?
J: Fransiya
17.Nechinchi asrda qator Yevropa mamlakatlari va AQShda arxivlarining eshiklari tadqiqotlar uchun ochildi?
J: XIX asrda
18. Qirollar arxivlari qanday arxivlar arxivlari hisobiga kengayib bordi?
J: bo’ysundirilgan feodallarning arxivlari hisobiga
19. O’rta asrlarda qanday arxivlar g’oyat maxfiy tarzda saqlanar edi?
J: Qirollar arxivlari
20. Rim saltanati davrida esa yozma hujjatlar saqlanadigan arxiv qayerga joylashtirildi?
J: Imperator saroyida
Download 15.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling