Yangi davrda Daniya arxivlari Yangi davrda Norvegiya arxivlari Yangi davrda Shvetsiya arxivlari


Download 94.5 Kb.
bet1/4
Sana20.11.2023
Hajmi94.5 Kb.
#1788298
  1   2   3   4
Bog'liq
4-ma\'ruza. Yangi davrda Skandinaviya arxivlari


4-ma’ruza: Yangi davrda Skandinaviya davlatlari va Finlyandiya arxivlari


Reja:

  1. Yangi davrda Daniya arxivlari

  2. Yangi davrda Norvegiya arxivlari

  3. Yangi davrda Shvetsiya arxivlari

  4. Yangi davrda Finlyandiya arxivlari



Tayanch iboralar: Kalmar uniyasi, Shved-Norveg uniyasi, Kamer-kollegiya, Livoniya ordeni, regent, riksdag, storting, Tevton ordeni, Fennoskandiya,
Skandinaviya davlatlari – Daniya, Norvegiya, Shvetsiyada arxivlar tarixi va yangi zamon arxiv ishi bir-biriga juda yaqin va oʻxshashsdir. Chunki, bu davlatlar tarixining umumiy jihatlari koʻp va bir-biriga oʻzaro siyosiy hamda madaniy ta’siri kuchli boʻlgan. Bu davlatlarda yozma ish yuritish, hujjatshunoslik va arxivshunoslik boshqa Yevropa mamlakatlariga nisbatan ancha kech rivojlandi. Hududda dastlab Daniya qirolligi tashkil topdi. U keyinchalik 1397-yilda Kalmar uniyasi (1397–1523-yy.) orqali Norvegiya va Shvetsiyani oʻziga boʻsundirdi. Kalmar uniyasi norveg va shvedlarning mustaqil davlatchilik faoliyatiga salbiy ta’sir koʻrsatdi. Bu holat arxivlarda ham oʻz aksini topdi. Chunki, bu davlatlarning boshqaruv apparati Daniyadan turib amalga oshirilgan. Shtatgalterlar, regentlar va ualrning boshqaruvga oid barca hujjatlari Daniya qirolligi arxivlariga topshirilgan. Bu davrda Norvegiya va Shvetsiyada umumdavlat ahamiyatiga ega boʻlgan arxivlarning tashkil topishiga shart-sharoit mavjud emas edi.



  1. Yangi davrda Daniya arxivlari

XIV asrda qirol devonxonasi qoshida tashkil topgan Qirollik arxivi Daniyaning yirik idoraviy arxivi hisoblanadi. Unga, asosan, yuqori davlat organlari hujjatlari: daniya-norveg devonxonasi, Germaniya (Shlezvik-Golshtiniya)dagi mulklari devonxonasi, davlat kengashi, sulolaviy hujjatlar, qadimgi yorliqlar toʻplami, saroy muassasalari, sekulyarizatsiya qilingan monastirlar hujjatlari saqlanadi. Bu hujjatlarning xronologik doirasi XVIII asrning oʻrtalariga toʻgʻri keladi.
Daniya, Norvegiya, Shvetsiyani Daniya qirolligi ostida birlashtirgan Kalmar uniyasi (1397–1525-yy.) oʻrtatilgandan soʻng, qirol devonxonasi arxivining oʻrni va ahamiyati oshdi. Arxivga qirol devonxonasining hujjatlaridan tashqari, Shvetsiya va Norvegiya regentlari hamda shtatgalterlar (noiblar)i hujjatlari ham jamlana boshlandi. XV asr oxirlarida shved qirollari arxiv hujjatlarining bir qismi ham Daniyaga olib ketildi.
Daniya Boltiq dengizida ham faol tashqi siyosat olib bordi. 1561-yilda Livon ordeni mulklarining boʻlinishi natijasida Dago va Ezel (Moonzund orollari) Daniya tarkibiga kirdi. Natijada Boltiqboʻyidan keltirilgan koʻplab hujjatlar hisobiga Daniya qiroli arxivi yanada kengaydi. Bularning katta qismini Tevton (1190–1810-yy.) va Livon (1435–1561-yy.) ordenlarining hujjatlari tashkil etar edi. Ayniqsa, Livoniya urushi (1558–1583-yy.) davrida ham ordenga tegishli koʻplab hujjatlar Daniyaga olib ketildi. Bu hujjatlar magistrlar, ordenning mansabdor shaxslari, yepiskoplari, Livoniya qiroli Magnus (1570–1578-yy.) va boshqalarning yozishmalaridan iborat edi1.
XVI asrda qirol hokimiyatining kuchayishi, qirol arxiviga kelib tushuvchi hujjatlar bazasining kengayishi natijasida, qirol devonxonasi arxivi asta-sekin mamlakatning bosh siyosiy arxiviga aylandi va “Maxfiy qirol arxivi” nomini oldi. XVII–XVIII asrlarda arxiv turli mazmundagi hujjatlar bilan toʻldirib borildi. Jumladan, qirollik oliy hokimiyat organlari hujjatari, uniya tarkibidagi Norvegiyani boshqarishga oid hujjatlar shular jumlasidan edi. XVIII asrdan boshlab arxiv hujjatlari tarixchilar tomonidan faol oʻrganila boshlandi. Bu narsa, boshqa Yevropa davlatlaridagi singari, hujjatlarni mavzuiy xususiyatiga qarab tizimlashtirishga olib keldi.
1848-yilda davlat muassasalarini isloh qilinishi natijasida qirol devonxonasi va kengashi tugatildi hamda uning arxivlari din ishlari va maorif vazirligi tasarrufiga oʻtkazildi. 1848-yildagi islohotlar natijasida tugatilgan muassasalarning hujjatlarini saqlashda muammolar kelib chiqdi. Chunki, Maxfiy qirollik arxivi hujjatlar bilan butunlay toʻlgan edi. Shuning uchun, 1861-yilda Qirollik arxivi tashkil etildi. Arxivda tugatilgan qirol kengashi fondlari jamlandi, keyinchalik ayrim vazirliklar (ichki ishlar, adliya, moliya, din ishlari va maorif) ham bu arxivga oʻzlarining eski hujjatlarini topshirganlar. Bu arxiv dastlab ichki ishlar vazirligi tasarrufida boʻlgan, 1869-yildan din ishlari va maorif vazirligi tasarrufiga oʻtkazildi2.
Daniyada 1889-yil 30-martdagi qonun asosida yana arxiv islohoti oʻtkazildi. Unga koʻra, Maxfiy qirollik arxivi va Qirollik arxivlari yagona qirollik Bosh arxiviga birlashtirildi. Bundan tashqari, arxivda avval toʻplangan tarixiy hujjatlar, tashqi ishlar, harbiy va dengiz vazirliklari hujjatlari jamlandi. Bundan tashqari, qonunda faoliyatdagi muassasalarning oʻz hujjatlarini ikki yil muddatda Bosh arxivga topshrish tartibi oʻrnatildi. Bu tartib arxivshunoslikda “Daniya tizimi” deb ataldi. Lekin, bu tizim amaliyotda oʻzini oqlamadi. Natijada Bosh arxivga boʻysunuvchi Viborg, Obenro, Odens shaharlarida uchta mahalliy arxivlar tashkil etildi. Bu arxivlarda mahalliy muassasalar hujjatlari jamlandi.
1891-yil 10-martda hujjatlarni davlat arxivlariga topshirish tartibi toʻgʻrisida qonun qabul qilindi. Qonunda nodavlat va shaxsiy arxivlar ustidan davlat arxivlarining “vasiylik” qilish tartibi oʻrnatildi. Shu bilan birga, qonunda shahar muassasalarining eski qaydnoma (registr)lari mahalliy arxivlarga topshirilishi shartligi, yangilari esa shahar hokimiyatining xohishiga qarab topshirilishi belgilab qoʻyildi. Shaxsiy arxivlarga nisbatan davlat arxivlari tomonidan qadimgi oilaviy (sulolaviy) hujjatlarni sotib olish yoki vaqtinchalik saqlash uchun qabul qilish koʻzda tutildi. Shu tariqa, XX asr boshlarida Daniyada arxiv ishini markazlashtirish jarayonlari sezilarli muvaffaqiyatga erishdi.


  1. Download 94.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling