Nafas yo'llari va o'tkir oshqozon ichak yuqimli kassaliklarini sabablari


Download 488.87 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi488.87 Kb.
#1593025
  1   2   3   4   5
Bog'liq
tibbiy tayyorgarlik




NAFAS YO'LLARI VA O'TKIR OSHQOZON ICHAK YUQIMLI KASSALIKLARINI SABABLARI

Reja:


  1. Kirish ]

  2. Asosiy qism

  1. NAFAS A'ZOLARI KASALLIKLARI

  2. GASTROZOFAGEAL OSHQOZON VA QIZILOʻNGʻACH BILAN BOGʻLIQ GASTROEZOFAGIAL BUZILISHLARI.

  3. OSHQOZON OSTI BEZI[


NAFAS YO'LLARI VA O'TKIR OSHQOZON ICHAK YUQIMLI KASSALIKLARI

Nafas a'zolari kasalliklari bolalarning umumiy kasalliklari


ichida oldingi o'rinlardan birini egallaydi. O'pka va havo
o'tkazish yo'llarining kasalliklari (traxeya va bronxlar) har
xil yoshdagi bolalarda paydo bo'ladi, lekin erta yoshdagi
bolalarda shu iumladan yangi tug'ilgan chagaloqlarda tez-
tez uchraydi.
Asosiy klinik ko'rinishi. Bolalarda umumiy va shunga
o'xshash mahalliy belgilar nafas a'zolarining zararlanganligi hagida ma'lumot beradi. Mahalliy belgilariga yo'tal,
hansirash, ko'krak qafasida og'riq, balg am ajralishi, gon
tuflash kiradi. Bunday klinik belgilar tana haroratining
oshishi, holsizlik, ishtahaning pasayishi va boshqalar
umumiy belgilariga kiradi, chunki bu belgilar ko'p kasal-
fiklarda uchraydi, ular tashxis qo'yish uchun yordamchi
ahamiyatga ega.
Yo'tal nafas olish tizimi zararlanishida paydo bo ladigan
muhim ahamiyatga ega bo'lgan belgilardan biri, u hatto
sog lom kishilarda ham uchraydi. U o'zi bilan murakkab
reflektor aktni namoyon etadi, nafas olish yo llarini yot
tanachalardan, changdan yoki balg amdan tozalashga yo'nal-
yotlat b igr ba, loc on n ta sonala, п ires velus (anisti arsvonida
plevra tasirlanishida (masalan, plevritda) ham paydo bo ladi.
Yo'tal qurug va ho'l, doimiy va davriy, xurujsimon,
qattiq, tinch yo'talga bo'linadi.
Quruq yo'tal, ya' ni balg amsiz yo'tal, nafas olish yo'lla-
ri-katta bronxlar, plevrada g'ayri tabiiy jarayon (o'tkir
yallig' lanish, o'sma, chandiq) ning paydo bo'lganda yoki
juda yopishqoq balg'am ajralmaydigan hollarda kuzatiladi.
Quruq yo'tal - yo'talaolmaydigan va shuning uchun ba-
lg'amini yutib yuboradigan, kichik yoshdagi bolalarda uch-
raydi. Quruq yo'tal ko'proq,. yugori nafas yo llarini o'tkir virusli kasalliklarining birinchi kunlarida, o'tkir zotiljam-
ning boshlanishida, plevritda, surunkali laringitda, traxeya
va higildoq stenozida kuzatiladi.
Balg'amli yoki ho'l yo'tal nafas a'zolarining ko'pgina
kasalliklarida uchraydi ya'ni pnevmoniya, surunkali bron-
xit, bronxial astma, bronxoektazda va boshqa kasalliklarda.
'Davom etishiga garab doimiy va davriy yo'talga ajratila-
di. Doimiy yo'tal surunkali bronxit, hiqildoq va traxeyaning
surunkali kasalliklari, silga xosdir. Davriy yo'tal o'pka,
bronxlarining surunkali kasalliklari gaytalanishida kuzatiladi.
Ayrim vaqtlarda qaltiroqli (konvulsiv) yo'talda, yo'tal
turtkisi bir-birining orqasidan keladi, bu esa qusish bilan
tugallanadi. Mana shunaga yo'tal tutishlar (yo'tal reprizlari)
ko kyo'talga xos belgidir, xurujsimon yo'tal bronxial astmada
bo'g'ilish xuruji hisobiga ro'y beradi.
Qattiq, «Akkillaydigan» yo'tal laringitda, higildogning
allergik shishida, ko'kyo'talda kuzatiladi. Kalta yo'tal yoki
tinch yo'tal bronxit, pnevmoniya, plevrit, sil kasalliklarida
paydo bo'ladi.
Balg'am, traxeya, bronx suyuqligi, g'ayritabiiy patalogik
o'zgarishlarda tupurish vaqtida ajralib chigadi. Sog lom
bolalardan odatda balg am ajralmaydi.
Balg'amni tekshirish bronx, o'pka tizimidagi g'ayritabi-
iy jarayonning tabiatini aniqlash uchun muhimdir. Makros-
kopik, mikroskopik, bakterioskopik va turli xil tekshiruvlar
o'tkaziladi.
Makroskopik yoki ko'rish yo'li bilan balg amning tabia-
ti, hidi, rangi, kunlik miqdori aniqlanadi.
Balg amning kunlik miqdori, bir necha tupuklardan
(bronxial astma, o'tkir bronxitda), bir necha o'nlab (su-
runkali bronxit va zotiljamda) va hatto yuzlab (bronxoek-
tozda) millilitrlarga teng bo'ladi.
Balg'amning rangi uning tarkibiga bog liq. Tiniq va rangsiz
balg'am astma, yashilroq yoki to'q yashil rangi surunkali
bronxit, pnevmoniya, yiringli plevritda bronx bo'shlig'iga
yiring kirishi hollarida bo'ladi. Zangsimon balg'am krupoz
pnevmoniyada aniqlanadi.
Balg'amning hidi hamisha ehtiyotkorlik belgisi hisobla-
nadi, chunki odatda balg'am hidga ega emas. Balg'amning
go'lansa hidi o'pkaning yiringli kasalliklarida (abssess)
kuzatiladi. O'kir rinit (tumov)
virusli, mikrobli bo'lishidan
tashqari, allergik asosda ham kelib chigadi. Ko pincha rinit
avni vagtda halgumning yallig lanshi (rinofaringit) bilan
kechadi. Dastlab bolaning burni bitib, aksira boshlaydi.
Bolaning burnidan avval rangsiz suyuqlik oqadi, bu suyuqlik
bora- bora shilliq moddaga, keyinchalik esa ba'zan yiringga
aylanadi. Bunday paytlarda, katta yoshdagi bolalar
darmonsizlik va bosh og'rig'idan shikoyat qilishadi. Tana
harorati subfebril (37,3--37,9°C) darajaga ko'tarilib, bu holat
2-4 kun davom etshi mumkin.
Emizikli bolalarda esa, burunning bitib qolishi natijasida
nafas olishi, ona ko'kragini so'rishi giyinlashadi. Bola ona
ko'kragini bir necha bor so'rgach nafas olish uchun
ko'krakni tishlab, og'iz orqali nafas oladi va ya'na emishga
kirishadi. Bu holat bir necha marotaba takrorlanadi. Oqibatda
bola charchaydi, to'yib emolmaydi, oza boshlaydi. Ba'zan
bola nafasini yengillashtirish uchun boshini orgaga tashlab
yotadi (soxta opistatonus). Odatda kasallik 5-7 kun
mobaynida o'tib ketadi yoki nafas yo'llarining boshqa
gismlariga targalishi natijasida cho'zilishi ham mumkin.
Davolash. Eng avvalo, burun yo'llari tozalanib, bola
bemalol nafas olishi lozim. Buning uchun oldin burun
teshigini 2 % li soda eritmasiga ho'llangan paxta tampon
bilan ohista tozalab, keyin 1: 1000 nisbatdagi adrenalin
eritmasidan 2 tomchidan (yoki 1% li efedrin eritmasi)
tomiziladi. Keyin kuniga, 2 mahal 4 tomchidan 2 % li
protorgol yoki kollargol eritmasi tomiziladi. Halq orasida
emizikli bolalaming burniga onaning ko'krak sutidan tomizish keng tarqalgan bo'lib, bu muolaja bolaning nafas olishini
yengillashtiradi. Muttasil burundan kelib turgan suyuqlikdan
ta 'sirlanmasligi uchun burun atrofi terisiga va yugori labga
vazelin yoki qizdirilgan toza kungaboqar yog'i surtib turiladi.
Bolaning oyoqlariga iliq isitgich (grelka) qo'yish, iliq suvli
vanna qilish ham uning umumiy ahvolini yengillashtiradi.
4.2 Angina
Angina-o'tkir yuqumli kasallik bo'lib, bodomcha bez-
lari va regionar limfa tugunlarining zararlanishi bilan
kechadigan kasallikdir.
Etiologiyasi va patogenezi. Anginaning go'zg'atuvchisi
80-90% hollarda har xil serologik turdagi B- gemolitik
streptokokklarning A guruhi hisoblanadi. Ba' zan stafilokokk,
kamdan-kam hollarda borreliyalar (Simonov-Plaut-Vinsan
anginasi) va boshqalar qo'zg atuvchi bo lishi mumkin.
Kasallik manbai bo'lib skarlatina, streptokokkli resperator
kasalliklar bilan kasallangan bemorlar hisoblanadi. Kasallik
havo-tomchi yo'li orgali kamdan-kam alimentar yo'1 bilan
o'tadi.
Qo'zg'atuvchining ko payishi va yig ilishi, bodomcha bez-
larida sodir bo'ladi, u yerdan streptokokk gematogen va
limfogen yo'llar bilan a zolarga tarqaladi. Shuning bilan birga
asorat beradi: paratonzilyar abssess, otitlar, mastoiditlar,
miyaning otogen abssessi. Gemolitik streptokokk toksin ajratadi.
(streptolizin, streptokinoza va boshqalar) bular ayrim
a'zolarni zararlaydi, ayniqsa yurak, buyraklarni a'zolarda
esa allergik holatni yuzaga keltiradi.
Angina bilan kasallanib o'tgandan so'ng a'zolarda im-
munitet hosil bo'lmaydi. Ayrim paytda angina qaytalashi va
surunkali tonzillit shakllanishi mumkin. Streptokokkli
anginadan so'ng miokardit, glomerulonefrit, revmatizm
rivojlanadi. Surunkali tonzillitning kelib chiqishida boshqa
mikroa'zolarning roli katta bo'ladi. Asoratlarning paydo
bo'lishida boshqa qo'zg atuvchilarning qo shilishi muhim rol
o'ynaydi
Klinik ko'rinishi. Kasallik o'tkir boshlanadi titrash, bosh
og'rig'i, «Lanjlik sezgisi», tana haroratining tezda yuqori
ragamlarga yetishi (40°C
gacha) paydo bo'ladi. Umumiy
zaharlanish hisobiga birinchi kunning oxiriga borib yutinganda og'riq paydo
bo'ladi. Isitma davri 3-5 kun
davom etadi. Uzoq davom eta-
digan isitma faqat anginaning
asoratida bo'lishi mumkin.
Anginaning tez va erta bel-
gisi-yugori bo'yin oldi lim-
fatik tugunlarining kattalashi-
shidir. Yurak gon-tomir tizi-
mi faoliyatining buzilishi,
4.1-rasm. Lakunar angina
(bradikardiya, gipotenziya,
sistolik shovgin va boshaa-
lar,) ko'proq birinchi 3-5 kunlarda tana harorati me' yor-
lashuvidan keyin va kasallikning 10-14 kunlari asta-sekin
yo'qoladi. Tabiati jihatidan angina kataral, follikulyar,
lakunar, yarali-nekrotik turlarga bo'linadi. Kataral angina-
da tanglay yoylari, tilcha, bodomcha bezlarining qizarishi
va shishishi kuzatiladi. Follikulyar anginada - bodomcha
bezlarda follikulalarning yiringlaganligi ko'rinadi. Lakunar
anginada - lakunalarda yiring borligi aniqlanadi. Kamdan-
kam hollarda anginaning xillari faqat bir kasallikning alohi-
da bosgichi hisoblanadi. Angina kataral boshlanishi mumkin,
birinchi kunning oxiriga borib yiringlashgan follikulalar se-
ziladi, follikulalar ochilgandan keyin esa yiring lakunalarga
yig'iladi va lakunar angina shakllanadi. (4.1-rasm).
Nekrotik anginada bodomcha bezlarning shilliq pardasi-
da (nekroz) defekt bo ladi, iflos kul rang parda bilan qop-
lanadi.
Asorat faqat noto"g' ri davolanganda yoki davolash kech
boshlanganda ro'y berishi mumkin. Ko prog asorati miokar-
ditda, kamdan-kam hollrda paratonzilyar abssess, otitlar,
halqum orga abssessi, burunning yon bo'shliqlarining yal-
lig Tanishi kuzatiladi. Asoratidan tashqari «tonzillogen» ka-
salliklar; revmatizm, gemorragik vaskulit, revmatoid artrit,
o'tkir nefrit va boshgalar rivojlanishi mumkin.
Tashxis klinik ma'lumotlarga qarab, tomoqdan surtma
olinib mikroa'zoni aniqlanishiga va antistreptolizin-O ga
(kasallikning ikkinchi haftasida ) asoslanib go'yiladi.
Ogʻiz boʻshligʻi — oshqozon-ichak tizimining bir qismi boʻlib, bunda sodir boʻladigan oʻzgarishlar mavjudligi oshqozon-ichak kasalliklarining birinchi belgisi boʻlishi mumkin[1]. Hozirgacha eng keng tarqalgan ogʻiz kasalliklari blyashka (ogʻiz boʻshligʻida toʻplanadigan tuz) keltirib chiqaradigan kasalliklardir. Masalan, gingivit (milkning yalligʻlanishi), periodontit (tish atrofidagi toʻqimalarning yalligʻlanishi), tish kariesi kabilar ogʻiz boʻshligʻi kasalliklariga kiradi. Ogʻiz boʻshligʻi alomatlari ovqat hazm qilish traktining boshqa joylarida paydo boʻladigan shikastlanishlarga oʻxshaydi; shish, yalligʻlanish, yaralar va yoriqlar shaklida. Agar bemorda bu belgilar mavjud boʻlsa, anal va qiziloʻngʻachning shikastlanishi va boshqa ichakdan tashqari kasallikning namoyon boʻlishi ehtimoli koʻproqdir[2]. Oshqozon-ichak traktining boshqa qismlarini oʻz ichiga olgan ayrim kasalliklar ogʻizda yolgʻiz yoki kombinatsiyalangan holda namoyon boʻlishi mumkin, jumladan:

  • Gastrozofageal (oshqozon va qiziloʻngʻach bilan bogʻliq: gastroezofagial buzilishlar) reflyuks kasalligi tishlarning kislotali eroziyasiga va halitoza (ogʻizdan keladigan yomon hid)ga olib keladi.

  • Gardner sindromi tishlarning chiqishi yetishmovchiligi, ortiqcha tishlar va tishdagi kistalar bilan bogʻliq sindromdir.

  • Peutz-Jegers sindromi ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavatida yoki lablarda yoki ogʻiz atrofidagi terida qora dogʻlarni keltirib chiqaradi.

  • Bir qator oshqozon-ichak kasalliklari, ayniqsa malabsorbsiya (ingichka ichak tomonidan oziq-ovqat mahsulotining notoʻgʻri soʻrilishi) bilan bogʻliq boʻlgan, takroriy ogʻiz yaralari, atrofik glossit va burchak cheilititiga olib keladi (masalan, Kron kasalligi baʼzida faqat ogʻiz boʻshligʻiga taʼsir qilganda orofasiyal granulomatoz deb ataladi).

  • Sideropenik disfagiya (yutishda qiyinchilik yoki noqulaylik) til va lab burchaklarining yalligʻlanishiga olib keladi[3].

Qiziloʻngʻach kasalligi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qiziloʻngʻach kasalliklari qiziloʻngʻachga taʼsir qiluvchi kasalliklar spektrini oʻz ichiga oladi. Gʻarb mamlakatlarida qiziloʻngʻachning eng keng tarqalgan holati gastroezofagial reflyuks (kislotali meʼda suyuqligi qiziloʻngʻach orqasiga oqib oʻtadigan holat, natijada oshqozon yonishi paydo boʻladi, tez-tez yurak urishi gastroezofagial reflyuks kasalligining belgilaridan biri) kasalligi[4] boʻlib, surunkali shakllarda qiziloʻngʻach epiteliyasining oʻzgarishiga olib keladi, bu esa tibbiyotda Barrett qiziloʻngʻachi deb nomlanadi[5]:863–865.
Oʻtkir kasallik ezofagit (qiziloʻngachning yalligʻlanishi), korroziy (oʻyuvchi) moddalar (masalan, shoʻr suv)ini isteʼmol qilish natijasida kelib chiqqan travma yoki qiziloʻngʻach varikozlari, Boerhaave (talaffuzi: Burxave) sindromi (yaʼni, bu sindrom — qiziloʻngach ichidagi bosimning keskin oʻsishi tufayli yuzaga keladigan devorining yorilishi koʻrinishidagi oldingi sogʻlom qiziloʻngʻachning shikastlanishining maxsus turi) yoki Mallory-Vays koʻz yoshlari singari tomirlarning yorilishi kabi bir qator infeksiyalarni oʻz ichiga olishi ham mumkin. Surunkali kasalliklarga Zenker divertikullari va qiziloʻngʻach toʻri kabi tugʻma kasalliklar, shuningdek, qiziloʻngʻach harakatining buzilishi, shu jumladan, axalaziya (qiziloʻngʻachning pastki qismidagi mushaklarning boʻshashmasligi, oziq-ovqatning oshqozonga oʻtishiga toʻsqinlik qiladigan holat), qiziloʻngʻachning tarqoq spazmi va strikturasi kiradi[5]:853, 863–868.
Qiziloʻngʻach kasalligi tomoq og'rig'i, qon qusish, yutish qiyinlishuvi yoki qayt qilishga olib keladi. Surunkali yoki tugʻma kasalliklar yutish, endoskopiya va biopsiya yordamida, reflyuks kabi oʻtkir kasalliklar esa faqat simptomlar va tibbiy tarix asosida tekshiriladi yoki tashxis qoʻyiladi[5] :863–867.
Oshqozon kasalligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Download 488.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling