Naim Karimov


Download 364.51 Kb.
Sana29.03.2023
Hajmi364.51 Kb.
#1309067
Bog'liq
Naim Karimov



Naim Karimov — oʻzbek adabiyotshunosi, jamoat arbobi. Naim Fatihovich Karimov 1932-yil 12-dekabrda Toshkentda ziyoli oilada tugʻuldi. Oʻzbekistan Respublikasi fan arbobi (1996). Filologiya fanlari doktori (1993), professor (1994). U 1955-yilda SAGU (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) filologiya fakultetini tamomlagan.
Mehnat faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot instituti bilan uzviy bogʻliq. Sal kam ellik yildan beri shu institutda ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim, boʻlim boshligʻi boʻlib ishlaydi. Naim Karimov 20-asr oʻzbek adabiyoti xususiyatlarini ochish borasida ilmiy tadqiqotlar olib boradi. U shu davrdagi oʻzbek adabiyoti va uning yirik vakillari ijodini milliy gʻoya mezonlari asosida oʻrganish ishini birinchilardan boʻlib boshlab berdi. Uning ilmiy faoliyatida adabiyot hodisalarini tarixiy voqealar, badiiy asarni esa yozuvchi hayoti va maʼnaviy-estetik olami bilan uzviy aloqada oʻrganish ustuvorlik qiladi. Chunonchi, jadid adabiyoti, uning hur fikrli, adolatparvar vakillari Hamza, Fitrat, Choʻlpon va boshqalar ijodi haqidagi kitob, maqolalar muallifi. Matnshunos sifatida Oybekning 20, Gʻafur Gʻulomning 12, Hamid Olimjonning 10, Hamzaning 5 jildli toʻla asarlarini tayyorlash va nashr etishda ishtirok etgan.
Naim Karimov mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish boʻyicha jamoatchilik komissiyasi raisi (1999-yildan beri) sifatida Toshkentda Shahidlar xotirasi yodgorlik majmuasini bunyod etish (2001), shuningdek Qatagʻon qurbonlari muzeyini tashkil qilishda (2002) jamoatchilik ishlarini amalga oshirdi.
Download 364.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling