Namangan davlat universiteti Jismoniy madanyat fakulteti Jismoniy madaniyat yo’nalishi


Download 28.79 Kb.
bet1/3
Sana26.02.2023
Hajmi28.79 Kb.
#1232547
  1   2   3
Bog'liq
баённома № 5 03.10.2022


Namangan davlat universiteti
Jismoniy madanyat fakulteti
Jismoniy madaniyat yo’nalishi


Jismoniy madaniyat JSM-DU-21-guruhi talabalari
2022-yil 3-oktabr kuni o'tkazilgan “Mustaqillik darsi”


BAYONNOMASI № 5


Mavzu: USTOZLIK SHARAFI VA MASʼULIYATI


Darhaqiqat, millionlab farzandlarimiz qalbiga ilm-fan ziyosini singdirib, ularni el-yurtga munosib insonlar etib tarbiyalayotgan zahmatkash va olijanob ustozlarimizga har qancha tahsinlar aytsak,arziydi!”
Shavkat Mirziyoyev
Oʻqituvchi va murabbiylar kunini belgilash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1996-yil 27-dekabrda 1-oktyabr “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” hamda u bayram (dam olish) kuni deb eʼlon qildi.
Dunyo hamjamiyati oʻqituvchilar kuni sifatida turli kunlar belgilangan. Biroq, ularning barchasida ham ushbu kun qizil rangda belgilanmagan. Bizning yurtimizda tarixan Ustoz va murabbiylarga boʻlgan hurmat va ehtirom doimo yuksak maʼnaviy qadriyat boʻlib kelgan. Bu haqda davlat rahbarlari va koʻplab ulugʻ ajdodlarimizdan iqtiboslar keltirishimiz mumkin.


Dunyo imoratlari ichida eng ulugʻi maktab boʻlsa,
kasblarning ichida eng sharaflisi oʻqituvchilik va murabbiylikdir.
Islom Karimov.

Haq yoʻlida kim sanga bir harf oʻqitmish ranj ila,
Aylamak boʻlmas ado oning haqin ming ganj ila.
Alisher Navoiy
Ustoz – muallimsiz qolganda zamon,
Nodonlikdan qaro boʻlardi zamon.
Abdurahmon JOMIY
Har bir millatning saodati, davlatning tinchi va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bogʻliqdir.
Abdulla Avloniy:
Ustoz va murabbiylar va ularning jamiyatdagi oʻrni doimo yuqori baholangan va eʼtirof etilgan. Xususan, Prezident Sh.M.Mirziyoyev “bugun har bir oʻqituvchi va tarbiyachi, oliygoh domlasi taʼlim va ilm-fan sohasidagi eng soʻnggi ijobiy yangiliklarni oʻquv jarayonlariga tatbiq eta oladigan, chuqur bilim va dunyoqarash egasi, bir soʻz bilan aytganda, zamonamiz va jamiyatimizning eng ilgʻor vakillari boʻlishi kerak”, deb oʻqituvchi va murabbiylar shaxsiga qoʻyiladigan talab va ularning jamiyat taraqqiyotidagi muhim funksional vazifalar ijrosini taʼminlashdagi ahamiyatli mehnatini eʼtirof etmoqda.
Albatta, bu jarayonda oʻqituvchi va murabbiylar faoliyatini samarali tashkil etishlari uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish masalasiga davlat rahbari darajasida bugungi kunda katta eʼtibor qaratilayotganligi ham quvonarli holat. Bu borada Prezident Sh.M.Mirziyoyevning “men Yangi Oʻzbekistonni – obod va farovon, demokratik mamlakatni, Uchinchi Renessansi barpo etishda pedagoglar, professor-oʻqituvchilar, ijodkor ziyolilarni eng katta kuch, tayanch va suyanch, deb bilaman. Ularning hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlgan faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, ular uchun munosib mehnat va turmush sharoiti yaratib berishni Prezident sifatida oʻz burchim, deb hisoblayman”, deb taʼkidlab respublika rahbariyatining bu borada pozitsiyasini belgilab berdilar.

Download 28.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling