Namangan davlat universiteti tabiiy fanlar va geografiya fakul’teti bitiruvchisi Ne`matova Durdona Olloyor qizining “Makkajo`xori zararkunandalariga qarshi foydalanilayotgan biologik va kimyoviy vositalar samaradorligini o`rganish” mavzusidagi


Download 29 Kb.
Sana13.02.2023
Hajmi29 Kb.
#1195330
Bog'liq
ТАКРИЗ ЧЕТГА НЕМАТОВА-22


Namangan davlat universiteti tabiiy fanlar va geografiya fakul’teti bitiruvchisi Ne`matova Durdona Olloyor qizining “Makkajo`xori zararkunandalariga qarshi foydalanilayotgan biologik va kimyoviy vositalar samaradorligini o`rganish” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga


TAQRIZ
Respublikamizda amalga oshirilayotgan yirik agrar islohotlardan biri don mustaqilligiga erishish bo`lib bugungi kunda donli ekinlar maydoni ancha kengaydi. Ayni vaqtda makkajo`xorichilikda zamonaviy uyғunlashtirilgan intensiv texnologiyani qo`llash, hosildorlikni oshirish bilan birga har xil zararli organizmlar rivojlanishi uchun qulay sharoit vujudga keltirmoqda, natijada makkajo`xori hosilini ancha qismi nobud bo`lmoqda. Makkajo`xori o`simligidan yuqori va sifatli mahsulot olish uchun esa ularni zararkunandalariga qarshi kurash tizimini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etishga boғliq
Bitiruvchi Ne`matova Durdona ayni shu muammolarni hal etish maqsadida ko`plab adabiyotlar va internet ma`lumotlari asosida makkajo`xori o`simligida zararkunandalik qiluvchi ko`plab zararkunandalar va ularga qarshi qo`llaniladigan biologik agentlarni bioekologik xususiyatlarini o`rganib, har bir zararkunandaga qarshi kurash tizimi tahliliy o`rganilgan.
Bitiruv malakaviy ish 63 betdan iborat bo`lib, olingan natijalar jamlanib, chuqur tahlil etilgan. Chiqarilgan xulosalar ilmiy jihatdan to`ғri va etarli asoslangan. Internetdan yaxshi foydalangan. Ulardagi ma`lumotlar ishning yuqori saviyada bajarilganligidan dalolat beradi.
Shu bilan birga ishda ayrim kamchiliklar uchraydi. Ishni yozishda adabiyotlarni ma`lum bir tizimda tahlil etilsa maqsadga muvofiq bo`lar edi. Ishda shuningdek, ayrim orfografik xatolar uchraydi. Bu kamchiliklar ishning umumiy mazmuniga ta`sir ko`rsatmaydi.
Ne`matova Durdona o`z ishini yuksak saviyada bajarganligi, bitiruv malakaviy ishining amaldagi Nizom talablariga to`la javob berishini hisobga olib, DAKdan uni “yaxshi” baholashlarini so`rayman.


Namangan muhandislik pedagogika instituti
Kimyo texnologiyalari
kafedrasi mudiri: dots. M.Abdullaev
Download 29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling