Namangan davlat universiteti "tasdiqlayman"
Download 107.5 Kb.
|
Namangan davlat universiteti tasdiqlayman
- Bu sahifa navigatsiya:
- «ISH YURITISH ASOSLARI» fanining ishchi o’quv dasturi 2019/2020 o‘quv yili kunduzgi talim shakli, 1-kurslar uchun
- Tuzuvchi: katta o’qituvchi B. Inatullayev
- Kafedra mudiri: O. Topidiyev
- O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy talimdagi o‘rni
- O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
- Fan boyicha bilim, ko’nikma va malakalarga qo’yiladigan talablar
- Umumiy va o‘quv ishlari turlari bo‘yicha hajmi
- Mavzular Qisqacha mazmuni Soati
- Mavzular Soati
- Mavzu nomi TMI shakli Soati
- Ish yuritish asoslari fanidan 1-kurs talabalari bilimini nazorat qilish va baholashni tashkil etish
- Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida ”
- Talabaning fan bo’yicha o’zlashtirishini baholash quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi.
- ” fanidan
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
«ISH YURITISH ASOSLARI» fanining ishchi o’quv dasturi 2019/2020 o‘quv yili kunduzgi ta'lim shakli, 1-kurslar uchun Bilim sohasi: 600000-xizmatlar Ta’lim sohasi: 610000-xizmat ko’rsatish sohasi Bakalavriat yo‘nalishi: 5610400-Ijtimoiy-madaniy faoliyat
NAMANGAN-2019 Fanning ishchi o`quv dasturi Namangan davlat universiteti Kengashining 2019 yil ___ - ______________dagi yig`ilishida № ___ sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan muvaqqat dastur asosida tuzilgan.
Fanning ishchi o’quv dasturi "Ijtimoiy-madaniy faoliyat va musiqa ta’limi" kafedrasining 2019 yil ___________ dagi ____-son yig’ilishida muxokamadan o’tgan va fakultet kengashida ko’rib chiqish uchun tavsiya etilgan. Kafedra mudiri: O. Topidiyev Fanning ishchi o’quv dasturi "Pedagogika" fakulteti kengashida 2019 yil ______ dagi _____-son yig’ilishida ko’rib chiqilgan va foydalanishga tavsiya qilingan Fakultet kengashi raisi: Abdullayev T. Kelishildi: O’quv uslubiy boshqarma boshlig’i v.v.b: ____________ Z.Mo’minov O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta'limdagi o‘rni Kishi o'z fikrini aniq va ravon ifodalashi, ularni tildagi uslublardan xabardor bo'lishi, kundalik so'zlashuv tilidan tashqari rasmiy ish yuritish tilini ham bilishi kerak. Har bir rahbar, boshqaruvchi ariza, tilxat, ishonchnoma va h.k. tuzishga to'g'ri keladi. Ish yuritishning bevosita asosini hujjatlar tashkil qiladi. Avvalo, o'z qadimiy an'analarimizdan kelib chiqib, o'sha davr hujjatchiligidagi ilg'or tajribalardan ijodiy foydalangan holda hujjatchiligimizni takomillashtirish yo'lida borishingizni taqazo etadi. Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohatlar barchamizning avvalo rahbarlarimizga, ularning ish faoliyatlarini katta-kichikligidan qat'iy-nazar benihoyat katta talablarni qo'ymoqda. Hozirgi kun (davr) rahbarlarining so'ziga qarab emas, balki ularning ish yuritish mahoratiga qarab baho berilmoqda.
"Ish yuritish asoslari" fani bakalavr talabalari uchun mo'ljallangan. Bu fan hujjatlar haqida tushuncha berib, bozor iqtisodiyoti sharoitida ish yuritishning ahamiyati, hujjatlar va ularning turlari, tashkiliy-farmoyishli hujjatlar, biznes-reja, shartnoma va kontraktlarni tuzish asoslari, hujjatlarni arxivda saqlash qoidalari va boshqalar o'rgatiladi. Shu bilan birga bakalavr talabalari chet el tajribalaridan foydalangan holda O'zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy-madaniy faoliyat olib boruvchi tashkilotlarda ish yuritishni o'zbek tilida olib borish va hujjatlarni to'g'ri tuzishni o'rgatishdir.
Bakalavr talabalari mustaqil ravishda qo'shimcha adabiyotlarni o'zlashtirishlari mumkin. Asosan ish yuritishning milliy va xorijiy tajribalarga asoslangan adabiyotlar, o'quv qo'llanmalar, ilmiy asarlardan foydalana olishlari hamda mustaqil ish yuritish ko’nikmasiga ega bo’lishlari lozim. Umumiy va o‘quv ishlari turlari bo‘yicha hajmi Fanga umumiy 60 soat ajratilgan bo‘lib, shundan auditoriya mashg‘ulotlari 36 soat bo‘lib, semestr davomida haftasiga 2 soatdan o‘tiladi. Semestr(lar) bo‘yicha mashg‘ulot turlariga ajratilgan soatning taqsimoti
Ma'ruza mashg‘ulotlari mazmuni va unga ajratilgan soatlar
Amaliy mashg‘ulotlar taqsimoti
MUSTAQIL ISH MAVZULARI VA SHAKLLARI
Ish yuritish asoslari fanidan nazorat savollari Hujjatlarni tayyorlashdagi asosiy talablar. Hujjatlarni tasniflanishi va turlari Ma'lumot tusidagi axborot hujjatlari: ariza, bildirishnoma, Ma'lumot tusidagi axborot hujjatlari: e'lon va vasiyatnoma Ma'lumot tusidagi axborot hujjatlari: bayonnoma, dalolatnoma Ma'lumot tusidagi axborot hujjatlari: tavsifnoma, tavsiyanoma Ma'lumot tusidagi axborot hujjatlari:xisobot,farmoyish Ma'lumot tusidagi axborot hujjatlari:, tilxat, tushuntirish xati va ishonchnoma Tashkiliy hujjatlar: guvohnoma Tashkiliy hujjatlar: yo'riqnoma Tashkiliy hujjatlar: nizom-ustav Tashkiliy hujjatlar: shartnoma Tashkiliy hujjatlar: ichki mehnat tartiboti qoidalari Tashkiliy hujjatlar: tashkilotning tuzilmasi, shtat jadvali Farmoyishli hujjatlar: buyruq va buyruqdan ko'chirma Farmoyishli hujjatlar: ko'rsatma, farmoyish Madaniyat va san'at muassasalari ish hujjatlari nomenklaturasi Xizmat yozishmalari Ish yuritishda murojaat va va uning turlari Xodimlar faoliyatiga doir hujjatlar Hujjatlar ustida ishlash tartiboti Ish yuritish asoslari fanidan 1-kurs talabalari bilimini nazorat qilish va baholashni tashkil etish Ish yuritish asoslari fanidan talabalar bilimini baholash O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 9 avgustdagi 19-2018-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug’i va shu asosda Namangan davlat universitetida ishlab chiqilgan “Namangan davlat universitetida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi bo’yicha Yo’riqnoma” asosida amalga oshiriladi. Ish yuritish asoslari fanidan talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o’tkazish orqali amalga oshiriladi. Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi. Oraliq nazortlardan 5, 4 va 3 baholarga o’zlashtirgan talabalar yakuniy nazorat turiga kirish huquqiga ega bo’ladi. Ish yuritish asoslari fanidan Oraliq nazorat semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli bo’limi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy ko’nikmalarini baholash maqsadida o’quv mashg’ulotlari davomida (amaliy mashg’ulotlarda) yoki mashg’ulotlardan keyin (ma’ruza mashg’ulotlarida) ham o’tkaziladi. Bunda oraliq nazorat turi 1 marta o’tkaziladi. Oraliq nazorat (ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar bo’yicha) umumlashtirilganda talaba 3 baholik natijaga erishmasa yakuniy nazoratga qo’yilmaydi va belgilangan muddatlarda topshira olmasa akademik qarzdor hisoblanadi. Baholashda talabaning mashg’ulotlardagi ishtiroki va faolligi, talabalarning mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishlarini ham e’tiborga olinadi. Amaliy mashg’ulotlar semestr davomida 20 soatga tengligini xisobga olib har bir talaba har bir amaliy mashg’ulotlarida baholanadi.
Oraliq nazorat (ON) Yakuniy nazorat (YaN) Oraliq nazorat – semester davomida o’quv dasturining tegishli (fanning bir necha ma’ruza va amaliy mashg’ulot mavzularini o’z ichiga olgan) bo’limi tugallangandan keyin talabaning bilim va amaliy ko’nikma darajasi baholanadi va o’quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda test shaklida baholanadi. “Ish yuritish asoslari ” fanidan bir juftlik amaliy mashg’ulotda 6 tadan 8 tagacha talaba baholanadi. Yakuniy nazorat: - Yozma ish shaklida bo’lsa: Tayanch iboralar yoki savolni to’g’ri yoritish – 3; Mustaqil yondashish, amaliy misollar keltirish – 1; Grafik ishlanmalardan foydalanish – 1; Jami -5 baho Test shaklida bo’lsa: 26 tadan 30 tagacha – 5; 22 tadan 25 tagacha – 4; 17 tadan 21 tagacha – 3. Og’zaki shaklda bo’lsa: Savollarga to’laqonli javob berishi uchun – 3; Ijodiy fikrlashi, amaliy misollar keltirishi uchun – 1; Qo’shimcha savollarga javob berishi uchun – 1. Jami -5 baho Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Asosiy adabiyotlar: Jo’rayev Z. M. Zamonaviy davlat ish yuritish nazariyasi, amaliyoti va boshqaruvni meyoriy hujjatlar bilan ta’minlash.-Toshkent: Tafakkur bo’stoni, 2011 Aminov M., Madvaliyev A. va boshq. Ish yuritish. Amaliy qo'llanma. -T.: O'zbekiston Milliy Entseklopediyasi, 2012. Temur tuzuklari.-Toshkent:O’zbekiston, 2014. Ish yuritish atamalarining ruscha, o'zbekcha, qisqacha lug'ati. - Toshkent: Fan, 1994. Muxiddinova X.S., Abdullaev N.A. Rasmiy uslubning diplomatik yozishmalar turi.- Toshkent: O'z.RXTV. RTM, 1997. Qo‘shimcha adabiyotlar: Karimov I.A.Yuksak ma’naviyat–yengilmas kuch.-Toshkent:Ma’naviyat, 2008. Karimov I. A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. – Toshkent: O’zbekiston, 2010. Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. -Toshkent: O‘zbekiston. 2011. Karimov I.A.Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish eng oliy saodatdir. – Toshkent: O’zbekiston, 2015. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovidir. O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi // Xalq so‘zi, 2016 yil 7 dekabr Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: O’zbekiston, 2017. Miziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat`iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak. – Toshkent: O’zbekiston, 2017. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi Pf-4947-son farmoni // Xalq so`zi, 2017 yil 8 fevral O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi // Xalq so`zi, 2017-yil 23 dekabr O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘grisidagi Farmoni 2018 yilning 22 yanvar. // Xalq so`zi 2018 yil 23-yanvar Abdullayev M va boshqalar. Mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lug‘at. –Toshkent: Sharq, 2000. Internet sayti: www.ziyonet.uz www.google.ru www.fikr.uz Download 107.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling