Namangan davlat universitetida “Yil talabasi” respublika tanlovining universitet


Download 22.89 Kb.
Sana14.11.2023
Hajmi22.89 Kb.
#1772772
Bog'liq
Йил талабаси факультет босқичи учун


Namangan davlat universitetida “Yil talabasi” respublika tanlovining universitet Ijtimoiy fanlar fakulteti bosqichi yakuni bo‘yicha Tanlov komissiyasi yig‘ilishi
BAYONNOMASI


Namangan shahri 2022-yil 19-oktyabr


Yig‘ilish raisi: Fakultet dekani v.v.b, B. B. Mallabayev
Yig‘ilish kotibi: B. Boltabayev
Qatnashdilar: Komisiya a’zolari (ro‘yxat bo‘yicha 5 kishi)


KUN TARTIBI:
Yil talabasi” respublika tanlovining fakultet bosqichi yakunlari to‘g‘risida
Fakultet dekani v.v.b. B.Mallabayev

ESHITILDI: Kun tartibidagi masala bo‘yicha fakultet yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari B.Boltabayev so‘zga chiqib, talabalar uchun “Yil talabasi” respublika tanlovining fakultet bosqichi natijalari bilan tanishtirdi.
Tanlovga tavsiya etilgan nomzodlar 18 oktyabrga qadar fakultetlarda saralanib, universitet bosqichida ishtirok etish uchun 1 nafar talabaga tavsiya berilgani haqida ma’lumot berdi.
B.Boltabayev fakultetda tashkil etilgan ishchi guruhlar tomonidan 1-18 oktyabr kunlari har bir nominatsiya bo‘yicha tanlovga tavsiya etilgan talabalarning taqdimotini o‘rganib chiqilgani, tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan nomzodlarning fanlarni o‘zlashtirish natijalari, jamoatchilik ishlari va erishilgan yutuqlari aks etgan hujjatlari, talabalarning ilmiy va ijodiy ishlarini, ularning darslardagi ishtiroki, faollik darajasi, yetakchilik qobiliyati o‘rganilib baholanganligi haqida axborot berib o‘tdi. Shuningdek, “Yil talabasi” respublika tanlovining fakultet bosqichi talab darajasi va shaffoflikda o‘tkazilganligini alohida ta’kidladi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni fakultetning Tarix yo‘nalishi talabasi 4- kurs talabasi Mamasiddiqov Fazliddin Muzaffar o‘g‘li, 2- o‘rinni Tarix yo‘nalishi 3- kurs talabasi Olimov Kozimjon Komiljon o‘g‘li, 3-o‘rinni esa Tarix yo‘nalishi 3-kurs talabasi Jabborov Zokirjon Abdug‘appor o‘g‘li egalladi.

“Yil talabasi” respublika tanlovining Ijtimoiy fanlar fakultetida o‘tkazilgan bosqichi yakuni bo‘yicha Tanlov komissiyasi




Q A R O R Q I L A D I:

  1. Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan muovini (B.Boltabayevga)ga:

“Yil talabasi” respublika tanlovining universitet bosqichida 1, 2 va 3-o‘rinni egallagan talabalar tanlov nizomiga asosan fakultet dekanining faxriy yorlig‘i bilan rag‘batlantirilsin.

  1. Yil talabasi” respublika tanlovining fakultet bosqichida g‘olib deb topilgan quyidagi talabalar tanlovning universitet bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etilsin:

  • “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha Ijtimoiy fanlar fakulteti Tarix ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Mamasiddiqov Fazliddin Muzaffar o‘g‘li;

Tanlovning universitet bosqichiga tavsiya etilgan nomzodlarning yig‘ma jildlarini nizom talablari asosida tayyorlash hamda universitetda tashkil etilgan “Yil talabasi” tanlovining universitet bosqichini o‘tkazish tashkiliy qo‘mitaga taqdim etish vazifasi yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari (B.Boltabayev) zimmasiga yuklatilsin.

Komissiya raisi: Fakultet dekani v.v.b B.Mallabayev


Rais o‘rinbosari: Yoshlar masalalari
bo‘yicha dekan o‘rinbosari B.Boltabayev
A’zolari, Tarix kafedrasi mudiri A.Erqo‘ziyev
Arxivshunoslik kafedrasi mudiri A.To‘xtabayev
Arxeologiya kafedrasi mudiri A.Sarimsoqov
Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri N.G‘ofurov
O‘quv ishlari
bo‘yicha dekan o‘rinbosari B.Mallabayev
Xotin-qizlar masalalari
bo‘yicha dekan maslaxatchisi G.Dadamirzayeva
Kotib





Download 22.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling