Namoz Rasulov


Download 305.64 Kb.
Pdf ko'rish
Sana04.11.2020
Hajmi305.64 Kb.
#140726
Bog'liq
BADIIY SAN`ATLAR


1 | t . m e . o n a t i l i n a m o z r a s u l o v b i l a n  

 

 



Namoz Rasulov  

 

 

 

 

 

 

She’r san’atlari 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2 | t . m e . o n a t i l i n a m o z r a s u l o v b i l a n  

 

Badiiy san`atlar 



 

1.  Iyhom  (arabcha  —  shubhaga  solish,  chalg‘itish)

  — 

shubhaga  tushirishdir  (Vohid  Tabriziy),  ya’ni  bir  baytda  ikki  xil 

(biri ochiq, ikkinchisi sirliroq) ma’noni ifodalash san’atidir. 

 

Labing bag‘rimni qon qildi, ko‘zimdin qon ravon qildi, 

Nega holim yomon qildi — men andin bir so‘rorim bor. 

 

Zahiriddin  Boburning  g‘azalidagi  bu  baytda  „so‘rorim“ 



so‘zi  iyhom  san’atini  voqe  qilyapti:  Yorning  labiga  ishtiyoqlik 

oshiqning  bag‘rini  „qon“  qildi,  ko‘zini  qizartirib  yubordi,  holini 

yomon  qildi,  undan  bir  so‘rishgina  bu  azoblardan  qutqarishi 

mumkin  degan  mazmun ifoda  qilingan. Garchi  birinchi  qarashda 

kitobxon  „so‘ramoqchiman“  degan  yuzadagi  ma’noni  ilg‘asa-da, 

„so‘rmoqchiman“  tushunchasini  anglagach,  shubhasi  tarqaladi. 

Lekin  bu  holatni  ochiq-oydin  ifodalamasdan,  anglaydigan 

darajada  sirli  va  pardali  qilib  tasvirlash  —  qalbni  hayajonga 

soladi. 

 

2.  Tazod  (arabcha  —  qarshilantirish,  zid)

  san’atida  shoir 

she’rida qarama-qarshi, bir-biriga zid ma’noli so‘zlarni qo’llaydi. 

„Tazod  yuzakiroq  qaraganda  antiteza  usuliga  ham  o‘xshaydi  — 

ularning  har  ikkalasida  ham  bir-biriga  zid  tushunchalar 

yuzlashtiriladi,  ayni  choqda,  ularning  bir-biridan  farqli  jihatlari 

ham  bor.  Antitezada  to‘qnashuvchi  bir-biriga  zid  narsalar  ikki 

mustaqil  manbadan  kelib  chiqsa,  tazoddagi  to‘qnashuvchi  bir-

biriga  zid  narsalarning  kelib  chiqish  manbayi  yagona:  bir  narsa 

ham yaxshilikning, ham yomonlikning kelib chiqishini o‘z ichiga 

qamrab  oladi“  (To‘xta  Boboyev.  „Adabiyotshunoslik  asoslari“, 

381-bet). 

 

E, Masihodam begim, bir dam ila bergil shifo, 

Sheva birla ko‘zlaring jonimni bemor ayladi. 

 

(Yorning  (Masiho  —  Iso)  dami  (og‘zi)  ko‘ziga  qarama-



qarshi qo‘yilgan: ko‘zi bemor qiladi, dami — nafasi shifo beradi. 

Ayni  zamonda  ko‘z  bilan  og‘iz  bir-biriga  bog’liq,  ikkalasi  ham 

yomikidir.)  

Ko‘rinadiki,  tazodda  zid  qo‘yilgan  ikki  tomon  (obraz, 

predmet)  qiyoslanadi,  ayni  zamonda,  uzviy  ravishda  bir-biriga 

mustahkam bog’lanib keladi. 



 

3.  Kitobat  - 

Atoiyning  mashhur  «Ul  sanamkim»  g`azali 

shunday yakunlanadi: 

 

Qoshlaring yosin Atoiy ko`rgali husn ichra toq,  

Subhidam mehroblarda surayi «yosin» o`qir. 

 

Bir qarashda ushbu baytda takrorlanayotgan so`z («yosin») 



tajnis san`atini yuzaga keltirayotgani seziladi. Gapning «yo» harfi 

hamda «yosin» surasi ustida ketayotgani aniq. 



3 | t . m e . o n a t i l i n a m o z r a s u l o v b i l a n  

 

Endi Lutfiyning quyidagi baytini kuzataylik: 



 

Halqa-halqa zulfikim ul mohi tobonindadur,  

Ching`a boqsam doldek xurshid aning yonindadur. 

 

Bu yerda xurshid  — quyosh «dol» harfiga o`xshatilmoqda. 



Bayt ma`nosi, u oy singari porlab turuvchi yorning sochlari halqa-

halqadir.  Uning  jingalak  sochlariga  qarasam  «dol»  harfidek 

quyosh  (ya`ni  yorning  yuzi)  uning  yonida  turibdi.  Ushbu 

misollarda  yoy,  dol  harflarining  arab  imlosidagi  shaklidan 

foydalanilmoqda. 

Quyidagi misolda esa mim harfi e`tiborga olingan: 

 

Oytek yuzungda og`iz muvajjah tushubtur,  

Har qaydakim qamar ila tushgay aroda mim. 

 

Oy  va  qamarning  o`zaro  ma`nodosh  ekanligi  yaxshi 



ma`lum.  Mumtoz  adabiyotimizda  og`izning  kichikligi  go`zallik 

ramzlaridan  biridir.  Uning  «rnim»  harfiga  o`xshatilishiga  shu 

belgi asos qilib olingan. 

Ey,  «mim»  og`izli  belingga  ko`nglum  qo`yub  dedim, 

Rahmim kelurki qilcha beling yuki qof erur. Ushbu misolda «qof» 

so`zi ikki ma`noda kelyapti. Ularning biri «Qof» tog`ini anglatsa, 

boshqasi harf nomini bildiradi. 

Quyidagi  misolda  «jim»  harfi  badiiy  tasvir  vositasiga 

aylangan: 

 

Ko`rmish qora soch halqasi ostindan mengingni,  



Jim o`rtasida ul kishikim nuqta solibdur.  

 

Qora  soch  ostidagi  meng  (xol)  «jim»  harfi  hamda  uning 



nuqtasiga o`xshatilmoqda.  

Mumtoz  she`riyatimizda  «alif»  harfi  qad,  qomat  tasvirini 

aks ettirgan: 

 

Chun o`larmen ul alifdek qaddu tor og`zing uchun,  



Sen o`tarda turbatimdin qo`yg`usidur «oh-oh». 

 

Shuningdek,  «be»,  «chim»,  «sod»,  «zod»,  «ayn»,  «kof», 



«lom»,  «nun»  va  boshqa  arab  harflari  ham  badiiy  tasvirga 

tortiladi. 

 

4. Ruju

 – arabcha “qaytish” – she`riyatda shoirning oldingi 

misra  yoki  baytda  ifodalagan  fikri,  qo`llagan  badiiy  tasviriy 

vositasidan  qaytgandek  bo`lib,  keyingi  misra  yoki  baytda  unga 

qaraganda  kuchliroq  ifoda,  she`riy  san`atni  keltirihs  yoki  oldingi 

fikrni  aniqlashtirish,  to`ldirish  usulidir.  Mumtoz  she`riyatimizda 

ruju ayniqsa, tashbeh qo`llangan misralarda ko`proq uchraydi: 

 

Kishiga o`xshamas, go`ya paridur, 



 

Pari yo`q, oftobi hovariydur.

  

 

5. Irsol-u masal (arabcha — maqol keltirish) 

she’riy baytda 

fikr  qaymog‘ini  tashuvchi, ayni  paytda,  judayam  siqiq  shakldagi 

maqollarni qo’llash san’atidir. 

 


4 | t . m e . o n a t i l i n a m o z r a s u l o v b i l a n  

 

Sabr qilsang g‘o‘radin halvo bitar, 



Besabrlar o‘z oyog’idan yitar. (Gulxaniy ) 

 

Vahob  Rahmonov  yozishicha,  „Ikki  maqol  keltirish,  ya’ni 



irsol-u  du  masal  namunasini  Muhammad  Niyoz  Nishotiyning 

„Husn va Dil“ dostonidan ko‘raylik: 



 

Kimki qozar oqibat ul tushgusi, 

Kimki yoqar oxir o‘shal pishgusi... 

 

Shoir boshqa xalq maqollarini ham matnga jalb etsa, irsol-u 



masal  san’ati  namunasi  bo’laveradi.  Chunonchi,  Mavlono  Lutfiy 

g‘azali maqtaidan: 



 

Bir g‘amza yetar Lutfiyni devona qilurg‘a, 

Bordur masal: „ A1 oqil-u kamfihul ishora“. 

 

Ko‘ryapmizki, 



muallif 

„Oqilga 


ishora 

kifoyadir“ 

mazmunidagi  arab  maqolidan  foydalangan“  („She’r  san’atlari“, 

12-bet). 



 

6.  Tajohul-u  orif  (arabcha  —  bilib-bilmaslikka  olish)

 

„Andin iboratturkim, so‘zlaguvchi bir nimani bilur, bir nuqta bila 

o‘zni  bilmagandek  ko‘rsatur“  (Atoulloh Husayniy).  Ushbu  san’at 

qo’llanilgan  baytning  mazmunida  gumonsirash,  ikkilanish, 

shubhalanish,  hayratlanish,  ajablanish  tuyg‘ulari  yaqqol  ko‘zga 

tashlansa-da,  shu  hissiyotlar  orqali  haqiqat,  asos  jonli  va  go‘zal 

tarzda gavdalanadi. Mashrabning quyidagi g‘azalida tajohul-u orif 

san’atining dilbar ijrosini ko‘rish mumkin: 



 

Malaksan yo bashar yo hur-u gilmonsan, bilib bo’lmas, 

Bu Lutf-u bu nazokat birla sendin ayrilib bo’lmas. 

 

Ajab berahm dilbarsan, ajab sho‘xi sitamgarsan, 



Charog’i husni ro‘yingdin ko‘ngulni ham uzib bo’lmas. 

 

Yuzing oftobini ko‘rib hayron bo’lib qoldim, 

Falakka qo’l uzotib shamsi anvarni olib bo’lmas. 

 

Yuzing misli qizil guldir, ko‘ngul chun bulbuli shaydo, 

Bu gulni ishqidin bulbul chamondin ayrilib bo’lmas. 

 

Kel, Ey Mashrab, agar oshiq bo’lubsan bo’lmag’il g‘ofil, 

Bu g‘aflat uyqusidin, ey yoronlar, uyg‘onib bo’lmas. 

 

7. Talmeh (arabcha — nazar solmoq, ko‘z qirini tashlash)

 

san’atida  „shoir  qahramon  siymosini  gavdalantirishda  uni 



o‘tmishdagi mashhur adabiy, diniy yoki tarixiy qahramonlar bilan 

qiyoslaydi,  o‘xshatadi;  goho  o‘sha  o‘tmish  qahramonlari  ism-

shariflari aytilmay, ular bilan bog’liq voqealar esga olinishi ham 

mumkin.  Har  ikki  holda  ham  talmeh  san’ati  sodir  bo‘ladi“  (V. 

Rahmonov): 

 

Ko‘p o‘qurdum Vomiq-u Farhod-u Majnun qissasin, 

O‘z ishimdin bul ajabroq dostone topmadim.  

 


5 | t . m e . o n a t i l i n a m o z r a s u l o v b i l a n  

 

8.  Tajnis  (arabcha  —  o‘xshash  bo’lmoq)



  deb,  yozilishi  bir 

xil,  ammo  ma’nolari  har  xil  bo’lgan  —  jinsdosh  so‘zlarning 

baytda ikki yoki undan ortiqroq takrorlanishiga aytiladi. 

 

Qo’lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot, 

Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot. 

Nasihatim yod qilib ol, yolg’izim, 

Yolg’iz yursa, chang chiqarmas yaxshi ot. 

 

Ushbu  tuyuqning  birinchi  misrasidagi  „Ot“  so‘zi  shuhrat, 



yaxshi nom ma’nosida, ikkinchi misrasidagi „ot“ so‘zi tashla, voz 

kech,  uloqtir  ma’nolarida,  to‘rtinchi  misradagi  „ot“  so‘zi  hayvon 

— ot ma’nosida qo’llanilgan. 

Ushbu  misoldagidek,  jinsdosh  so‘zlar  talaffuz  jihatidan 

to’liq  bir-biriga  muvofiq  bo’lsalar  („ot“,  „ot“,  „ot“  kabi)  tajnisi 

tom (mutloq tajnis),  harf tartibi bir xil, lekin biri yozuvda ajralib 

tursa  („Otoyim“,  „ot  oyim“)  tajnisi  mafruq  (ajratilgan  tajnis) 

deb  yuritiladi.  Bundan  tashqari,  uning  murakkab  tajnis,  tajnisi 

zoyid,  tajnisi  xat,  tajnisi  noqis,  mukarrar  tajnis,  mutarraf  tajnis, 

tajnisi aks, tajnisi muzayyal ko‘rinishlari ham mavjud. 

 

9.  Mubolag`a

  –  (giperbola),  (lof  urish,  bo`rttirish)  – 

tasvirlanayotgan  narsa,  shaxs  va  voqea-hodisalarning  muayyan 

jihatlarini  bo`rttirib,  kuchaytirib  tasvirlash  usuli.  Sharq  klassik 

she`riyatida  mubolag`a  san`atiga  she`r  ziynati  sifatida  qarab, 

“Ahsanohu  akzabahu”  (eng  yaxshi  she`r  –  eng  yolg`on  she`rdir) 

degan naqlga amal qilganlar. 

 

Mubolag`a quyidagi turlarga bo`linadi: 



 

a)  Tablig`

  -  tasavvur  qilish  mumkin-u,  amalga  oshirish 

qiyin bo`lgan bo`rttirilgan tasvir usuli: 

Ey sabo, holim borib sarvi xiromonimg`a ayt, 

Yig`larimning shiddatin gulbargi xandonimg`a ayt.  

(Navoiy) 

 

Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro` kelmadi, 

Ko`zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi.  

(Navoiy) 

 

 

b)  Ig`roq



  –  tasavvur  qilish  qiyin,  amalda  mutlaqo 

bo`lmaydigan bo`rttirilgan tasvir usuli: 



 

Otlar kishnar, qizlar kuylar, tinmay ishlar dehqonlar, 

Quyosh oltin buloqdir, qaynar, oshar... Ko`k tiniq. (Oybek) 

 

 



c)  G`uluvv

  –  tasavvur  qilish  juda  qiyin  bo`lgan,  amalda 

bo`lishi sira mumkin bo`lmagan bo`rttirilgan tasvir usuli: 

 

 



Vah muhabbat ko`yida qon yig`ladim. 

Yetti iqlim g`arq bo`ldi yoshima. (Mashrab) 

 

Har qizil gulkim, yuzing shavqida olib isladim, 



Yetkach ohim shu`lasi oni sarig` gul ayladim.  

(Navoiy) 

 


6 | t . m e . o n a t i l i n a m o z r a s u l o v b i l a n  

 

Xalq  og`zaki  ijodi  va  mumtoz  adabiyotimizda  ba`zan 



orttirilgan 

mubolag`alar 

ham 

uchraydiki, 



ular 

adabiyotshunoslikda bulug`  yoki ifrot deb yuritiladi: 



 

Tikilsam quriydi daryoning gumi 

Na`ra tortsam qolar qo`rg`onning timi.  

(“Alpomish”dan) 

 

Turfa qishloqi g`azabkarda, ki parrandalari –  

Tovuqi ignachi-yu, o`rdag-u go`zi kapalak  

(Maxmur “Hapalak”) 

 

Janobi shahg`a keldim bu jihatdin, 

Ko`zim yoshig`a toya-toya navro`z  

(Ogahiy) 

 

10.  Nido. 

Nido  boshqa  she’riy  san’atlardan  bevosita  inson 

qalbidagi

 

his va hayajonlarni ochiq va kuchli tasvirlab bera olish 

imkoniyati

 

bilan ajralib turadi. Insonning ichki tuyg‘ulari po‘rtana



 

misoli  junbushga  kelganida  lirik  qahramon  olamdagi  har



 

qanday 


narsa-hodisalarga,  tabiatdagi  istalgan  narsaga,  o‘zining

 

qalbiga, 

suhbatdoshiga  murojaat  etishi  mumkin.  Masalan,

  “

Rustamxon” 

dostonida Sultonxon Rustamga «qo‘zim» deb

 

murojaat etadi: 

 

Necha kun, necha tun orada o‘tdi, 

Rustamga Sultonxon u so‘zni aytdi: 

– Quloq solgin xon otangning tiliga, 

Qo‘zim, ketayik-da Oqtosh eliga, 

 

Boshqa bir g‘azalida esa lirik qahramon yorga: «Ey Yusufi 



husn», – deya murojaat etadi. 

Atoyining  «Hajringda,  begim,  oh  degumdur  dag‘i  o‘lgum» 

deb  boshlanadigan  g‘azali  oshiqona  bo‘lib,  unda  suyuklisiga 

muhabbatni  olamdagi  hamma  narsadan  ortiq  ko‘radigan  oshiq 

holati ifoda etilgan. Shoir o‘z dil izhorlarini, hurmat va ehtiromini 

«begim» so‘zida mujassamlashtira olgan. 



 

Sensiz u jahon ayshi alamdur manga, ey do‘st, 

Shodlig‘i ham mehnat-u g‘amdur manga, ey do‘st. 

 

Alisher  Navoiy  lirik  qahramonining  ichiga  sig‘may  ketgan 



ruhiy  holatini  aks  ettirish  uchun  tabiatga,  aniqrog‘i  tabiat 

hodisalaridan bo‘lgan saboga murojaat etadi: 

 

Ey sabo, holim borib sarvi xiromonimg‘a ayt, 

Yig‘larimning shiddatin gulbargi xandonimg‘a ayt. 

 

11.  Tashxis  –  ar.  “shaxslantirish”.

  Arabcha  “shaxs” 

o`zagidan  olingan  “ta”  old  qo`shimcha.  Faqat  insongagina  xos 

bo`lgan jismoniy va ruhiy holatlarni tabiat manzaralari, jonzotlar, 

borliqdagi  narsa-buyumlar  hamda  hayotdagi  tushunchalarga 

ko`chirish san`atidir.  

 

 

Tarab tiflin tug`urdi dahr zoli



 

Ango bo`ldi magarkim doya navro`z –  



7 | t . m e . o n a t i l i n a m o z r a s u l o v b i l a n  

 

Baytda  uchta  tashxis  bor:  shodlik  (tarab  tifli)  tug`ilmoqda;  dahr 



zoli  (kampir  dunyo)  tug`moqda;  navro`z  (tabiat)  doyalik 

qilmoqda. 

 

 

Noz-u, ado-u g`amzasi qasdim qilurlar dam-badam, 



 

Vah muncha ofatmu bo`lur bir odamizod ustina!?

 – ma`shuqaning 

nozi,  adosi  (so`zlari)  va  g`amzasi  navbatma-navbat  menga  qasd 

qiladilarki,  bir  odamning  ustiga  shunchalar  ham  ofat  bo`ladimi. 

Baytdan ko`rinadiki, insonning o`zidagi holat, xislat va fazilatlar 



ham tashxis uchun asos bo`lishi mumkin ekan. 

 

12.  Tarse

  –  “ipga  chizilgan  marjon”.  Bunda  baytda 

misralardagi  ost-ust  joylashgan  so`zlar  vazndosh,  ohangdosh  va 

qofiyadosh bo`lib keladi.  



 

Sendek menga bir yori jafokor topilmas, 

Mendek senga bir zori vafodor topilmas 

Boburning  ushbi  misralarida  ikki  so`z  juftligi  –  “bir”  va 

“topilmas”  vazndosh  va  ohangdosh  bo`lsa,  qolgan  to`rt  juftlik 

“sendek-mendek”, “menga-senga”, “yori-zori”, “jafokor-vafodor” 

ham vazndosh, ham ham ohangdosh va ham qofiyadoshdir.  

 

13.  Musoviyat  tarafayn

da  misralar  odatdagi  o‘qilishidan 

tashqari,  yuqoridan  pastga  qarab  ham  o‘qiladi  va  o‘sha 

misralarning  o‘zi  kelib  chiqadi.  Ogahiy  ijodida  buni  ko‘rish 

mumkin: 

 

№ 





U1 sho‘xi  ochildi 



xat-u 

ruxsori 


Ochildi 


rayohinda 

Yuzi 


gulnori 

Xat-u 



Yuzi 

besabr-u qarori 

man-man 

Ruxsori 



gulnori 

man-man 


zori 

 

 



14.

 

Tashbih  – 

ar  “o`xshatish”.

 

Tashbihda  narsa,  belgi  va 



harakat 

kabilar 


boshqasiga 

o`xshatish, 

qiyoslash 

orqali 


tasvirlanadi.  Bu  o`sha  tushunchani  anglash  va  his  qilishni 

osonlashtiradi. 

Demak, 

tashbih 


ikki 

narsani 


bir-biriga 

o`xshatishdir.  Masalan,  “yuzing  go`zallikda  gul  kabidir” 

deyilganda  yuz  gulga  o`xshatilyapti.  Tashbihning  yuzaga 

kelishida to`rt unsur ishtirok etishi mumkin. 



O`xshamish  –  tasvirda  fikr  qaratilgan  narsa  yoki 

tushuncha (yuz); 



O`xshatilmish  –  tasvirda  qiyoslanayotgan  narsa  yoki 

tushuncha (gul); 



Asos  –  nimaga  ko`ra  o`xshatishning  yuzaga  chiqqanligi 

(go`zallikda); 



Vosita – o`xshatilish belgisi (kabi) 

Vosita  ishtirok  etgan  o`xshatishlarda  tashbih  aniq  ko`rinib, 

bilinib  turadi.  So`z  san`atida  –dek,  -day,  -cha,  -simon,  -vor,  -

saro,  -oso,  -vash,  -iy,  -oyin  kabi  qo`shimchalar,  kabi,  singari, 

misli,  go`yo,  yanglig`,  xuddi,  o`xshab,  nechukki  va  boshqa 

so`zlar vosita bo`lib kelgan. Ko`p hollarda  asos ishtirok etmaydi. 

Misol: 

 


8 | t . m e . o n a t i l i n a m o z r a s u l o v b i l a n  

 

Sanga binafsha kibi qaddi nigun



Bosh ko`tara olmay uyotdin zabun 

 

Ul ulus jondin ayru yel yanglig`, 

Sayr etib suv yuzida yel langlig`   

 

a)  Mutlaq  tashbeh  –  o`xshatishlarda  ba`zan  vosita  tushib 

qolib,  tashbihda  o`xshamish  bilan  o`xshatilmishgina  ishtirok 

etadi.  M:  “qoshi  hiloldek  egik”  o`rniga  “qoshi  hilol”;  “qomati 

sarvdek tik” o`rniga “sarvqomat”; “yuzi oydek” o`rniga “yuzi oy” 

ishlatiladi: 



Ermas alar tufrog`-u, sen nuri pok

Xilqat alarg`a-u sanga – tiyra xok,  

Baytida  ham  shu  holatni  ko`rish  mumkin.  Asos  va  vositaning 

qo`llanish  yoki  qo`llanmasligidan  qat`i  nazar  o`xshamish  bilan 

o`xshatilmish  ishtirok  etgan  o`xshatish  san`ati  mutlaq  tashbeh 



(aniq o`xshatish) deb ataladi. 

 

 



 

b)  Kinoya  tashbeh  –  ayrim  o`rinlarda  o`xshamish  ham 

tushib,  o`xshatilmishning  o`zigina  saqlanadi.  “Hilol”,  “sarv”, 

“oy”,  “gul”  so`zlarining  o`zi  o`xshamishga  ham  ishora  qiladi  va 

bu kinoya tashbeh (ishora o`xshatish) deyiladi: 

 

Bo`rini dag`i galadin dur qil, 

 

Suv beribon bog`ni ma`mur qil, 

Baytida  to`rtta  kinoya  tashbih  bor:    bo`ri  –  bo`ridek  talovchilar, 

gala – gala singari xalq, suv – suvdek zarur adolat, bog` - bog`ga 

o`xshash mamlakat. 

 

 



15.

 

Istiora 



– 

ko`chimning 

ko`p 

ishlatiladigan 



ko`rinishlaridan  biri.  Istiorada  biror  narsa  hodisaga  xos 

xususiyatlarni  boshqa  bir  narsa-hodisaga  ko`chirish  orqali  badiiy 

ma`no  ifodalanadi.  Lekin  bu  ko`chirishda  tashqi  o`xshashlik 

asosiy  o`rin  tutmaydi.  Balki  o`xshatilayotgan  va  o`xshayotgan 

narsa-hodisalar orasidagi ichki mantiqiy bog`lanishga, yaqinlikka, 

vazifalardagi  umumiylikka  tayaniladi.  Istiorani  qisqargan 

ko`rinishdagi o`xshatish deyish mumkin. 

 

 



Binafsha, sen uchun ko`kragim erk yeri

 

Bu yerdan ko`klarga uchgil. 



 

Cho`lponning  “Binafsha”  she`ridan  olingan  parchada  “vatan” 

tushunchasi  “ko`kragim”  so`zi  bilan,  “ozod  yurt”  tushunchasi 

“erk yeri” so`zlari bilan ifoda etilgan. 

 

 

Ey gul, meni zor etmaki husnung chamanida, 



  

Ko`zni yumub ochquncha, bu gulzor topilmas. 

  

Boburning  ushbu  misrasida  gul  deyilganda  “ma`shuqa”  nazarda 



tutilgan.

 

 

 



16.

 

Tanosub – 

baytda, umuman, she`riy bandlarda ma`no 

jihatidan  bir-biriga  yaqin  tushunchalarni  anglatuvchi  so`zlarni 

qo`llash orqali hosil qilinadi. M: “bulbul” so`zi gul, bog`, chaman, 

navo so`zlari bilan; “Ka`ba” esa haj, farz, Tengri, ziyorat so`zlari 

bilan  mazmuniy  bog`lanib,  yaxlit  tushuncha,  tugal  ifoda  va  jonli 

lavha yaratadi: 



9 | t . m e . o n a t i l i n a m o z r a s u l o v b i l a n  

 

 



 

Anda bir shoh hokim-u voliy

 

Mulki ma`mur-u himmati oliy. 

Ushbu misradagi shoh, hokim, voliy(hukmdor), mulk va ma`mur 

so`zlari  hokimiyat  tushunchasiga  tegishli  bo`lganidan  tanosub 

hosil qilgan. 

 

 

Maylni qo`yki, vola-u zor ul, 



 

Jon berib vasliga xaridor ul. 

 

Bu  o`rinda  o`z  ma`nosiga  ko`ra  “sevgi  tuyg`ulari”  bilan  bog`liq 



mayl,  vola,  zor,  vasl,  xaridor  singari  tanosub  so`zlar  “Sabbai 

sayyor” 


dostonidagi 

Mehrning 

ishqqa 

doir 


holatini, 

kechinmalarini ifodalab, yaxlit bir ruhiy manzara yaratgan. 

 

 

17.



 

Husni  ta`lil  –  ar.  “chiroyli  dalillash”.

  Adabiy 

asarlarda  tasvirlanayotgan  biror  hodisaga  shoirona  biror  sabab 

ko`rsatish san`ati: 

 

 

Qatra qonlarkim tomar ko`ksimga urg`on toshdin, 



Zahmdindur demakim, qon yig`lar ahvolimga tosh. 

 

Oshiq  o`z  ko`ksiga  tosh  urar  ekan,  yerga  qon  tommoqda. 

Shoirning  fikricha,  buning  sababi  toshning  badanga  yetkazgan 

yarasi  emas,  balki  oshiq  qalbiga  urilgan  tosh  uning  bag`ridagi 

g`amning  kuchliligiga  chiday  olmasdan  qonli  yosh  to`kib 

yig`lamoqda.  

 

Quyosh oydek yuzungning xijlatidin  

Qochib, to`rtinchi ko`k uzra chiqibdur. 

 

Lutfiy  bu  o`rinda  yor  —  ma`shuqa  yuzini  ta`riflamoqda. 

Yorning  yuzi  quyoshdan  ham,  oydan  ham  go`zal.  Biz  oy  va 

quyoshning  yerdan  tepada  —ko`kda  turishini  bilamiz,  ammo  shoir 

bunga boshqacha izoh bermoqda. Uning nazarida quyosh yor yuzining 

go`zalligi  tufayli  yer  yuzidan  qochib  ketgan  va  to`rtinchi  ko`k 

(osmon)dan makon topgan. Lutfiy yana bir g`azalida yozadi: 

 

Nozuklik ichra belicha yo`q tori gisuyi,  



O`z haddini bilib belidin o`lturur quyi. 

 

Shoir  yorning  sochi  uzunligini  madh  etadi,  ayni  paytda 

noziklik borasida bel va soch bahsida u (soch) mag`lub. Shuning uchun 

ham sochning o`rni beldan pastda bo`lishi kerak degan shoirona asos 

aytilmoqda. Vaholanki, uzun sochning tabiiy ravishda beldan pastda 

bo`lishi hammaga yaxshi ma`lum. 

Ibodat  chog`ida  boshni  yerga  qo`yish  odatdagi  hol.    Ammo 

shoir uni tamomila boshqacha izohlaydi: 

 

Qutlug` oyog`ing yerga tegibur, oning uchun,  

El yerga qo`yub bosh, qilur barcha ibodat. 

Ko`rinib turganidek, shoir elning yerga bosh qo`yib, ibodat 

qilishini yorning «qutlug` oyog`i yerga tekkani» bilan asoslamoqda. 

Yoki  kishilarning  qand  yeyishi  tabiiy  holdir.  Lutfiy  esa  uni 

shunday ta`riflaydi: 

 


10 | t . m e . o n a t i l i n a m o z r a s u l o v b i l a n  

 

Labingdin chun suchuklik qand o`g`urlar,  



Solurlar el ani suvg`a yalang`och. 

 

Choyga  qand  solish  holati  aks  etayotgan  bu  tasvir  badiiy 

asosning  go`zalligi  bilan  e`tiborga  molik.  Adib  nazarida  qand 

shirinlikni  labdan  «o`g`irlab  olgan».  O`g`ri  esa  jazolanishi  kerak. 

O`g`riga  beriladigan  jazo  turlaridan  biri  uni  sovuq  suvga  kiyim-siz 

yalang`och  holda  kiritishdir.  Bu  tasvir,  albatta,  kishida  zavq 

uyg`otadi. 

 

SO‘ZLAR TAKRORIGA ASOSLANGAN 

SAN’ATLAR 

 

1.  Tasdir  - 

  Tasdir  so`zlar  takroriga  asoslangan  san`atlar 

orasida eng keng tarqalgan turdir. Bu san`atning mohiyati shundan 

iboratki,    she`r  baytining  boshida  qo`llangan  so`z  bayt  oxirida  ham 

takrorlanadi.  Baytning  birinchi  misrasidagi  birinchi  rukn  (yoki  shu 

ruknning  boshlanishi)  sadr,  keyingi  misraning  oxirgi  rukni  (yoki  shu 

mknning  oxiri)  esa  ajuz  deb  nomlanadi.  Shunga  ko`ra,  tasdirni 

mumtoz  badiiylik  ilmida  raddul-sadri  ilal-ajuz  (sadrni  ajuzda 

qaytarmoq) deb ham atashadi. 

Bir  qarashda  tasdir  juda  sodda  usul  sifatida  ko`rinsa-da, 

shoirlar  uni  turli  maqsadlarda  qo`llaganlar,  uning  xilma-xil 

ko`rinishlarini  va  hatto  aytish  mumkinki,  ancha  murakkab 

turlarini ham kashf etishgan. 

 

Men bu yuz mushtoqidurmen, bog`-u bo`stonkim bo`lur,  



Bo`lmasin nasrin-u lola, arg`uvon sizsiz menga. (Atoiy) 

 

Saqish  saqliqin bo`ldi ati saqish,  



Ko`ru bersa saqish edi—o`ksaq ish. 

 

Barig`lik turur bu ajun qalg`usiz,  



O`zung edgulik qil yitib barg`usiz. 

 

Atasi beg ersa o`g`ul tug`di beg,  

O`g`ul tug`sa beg ham atalariteg. 

 

2. Tasbe. 

Tasdirda birinchi misraning dastlabki so‘zi (yoki 

so‘zlari) ikkinchi misra oxirida takrorlansa, tasbeda birinchi misra 

oxiridagi so‘z keyingi misra boshida takrorlanadi. 

Tasbening asosiy xususiyati shundaki, u kitobxon diqqatini 

fikr  yuritayotgan  obyektga  markazlashtiruvchi  linza  vazifasini 

bajaradi. Chunki birinchi misra oxiridagi so‘zning keying misrani 

boshlashi beixtiyor kitobxon ongida ta’sir qo‘zg‘atadi va bu ta’sir 

kitobxonni  shu  so‘z  ustida  o‘ylashga  majbur  qiladi.  Shuning 

uchun  ham  yetuk  shoirlarning  deyarli  barchasi  tasbe  uchun 

baytdagi eng muhim so‘zlarni tanlaydi. 



 

Kuchum yetguncha ko‘p qildim v a f o lar, 

V a f o li qulni asrar podsholar. 

 

3.  Tardi  aks  (arabcha  —  teskari  qilib  takrorlash)



  — 

she’rning  birinchi  misrasida  keltirilgan  ikki  so‘z  yoki  so‘z 

birikmalarini  keyingi  misrada  o‘rnini  almashtirib  takrorlashdan 

iborat san’atdir. 



11 | t . m e . o n a t i l i n a m o z r a s u l o v b i l a n  

 

 



Ko‘ngulga bo’ldi ajoyib balo qaro soching, 

Shikasta ko‘ngluma qaro balo soching. 

 

Boburning ushbu baytining birinchi misrasidagi „balo“ so‘zi 



mustaqil  holda  „ofat“  ma’nosini,  „qaro“  so‘zi  esa  sochning 

sifatini  ifodalagan  bo‘lsa,  ikkinchi  misradagi  bu  ikki  so‘zning 

o‘rni  almashtirilishi  natijasida,  ularning  mazmuni  ham  o‘zgarib, 

„qaro“ so‘zi „balo“ so‘zining sifatlovchisiga aylanib, bu so‘zning 

ma’nosini  yanada  kuchaytirgan,  har  ikki  so‘z  qofiyadosh 

bo’lganligi sababli takror zulqofiyatayn san’atini hosil qilgan



 

4.  Takrir  (arabcha  —  takrorlash)

  san’ati  —  muayyan 

she’rda  u  yoki  bu  so‘zni  takror  qo’llashdir.  So‘zni takrorlashdan 

maqsad,  o‘sha  so‘zning  ma’nosini,  tub  mohiyatini  ta’kidlash, 

unga o‘quvchi diqqatini tortishdir. 

 

„Layli, Layli! — debon chekib un, 

El deb: „Majnundir, ushbu Majnun”. 

 

Alisher  Navoiyning  „Layli  va  Majnun“  dostonidan 



keltirilgan  ushbu  baytda  „Layli  va  Majnun“  so‘zlari  ikki  marta 

takrorlangan.  Birinchi  so‘zning  takrori  Majnunning  oshiqligini 

ta’kid etsa, ikkinchi so‘zda el nazdida ishq yo’lidagi Majnunning 

haqiqatda majnunligi ta’kidlanyapti. 

 

 

 



 

12 | t . m e . o n a t i l i n a m o z r a s u l o v b i l a n  

 

 



Download 305.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling