Namuna mahmud koshg`ariy (XI asr)
Download 28.25 Kb.
|
11 sinf ona tili
- Bu sahifa navigatsiya:
- MARSIYA HAQIDA TUSHUNCHA
- QADIMGI MAQOLLAR
NAMUNA MAHMUD KOSHG`ARIY(XI asr)Nechanchi asrga kelib turkiy xalqlar madaniyati, adabiyoti va san’ati rivojlanishining yangi pallasi boshlanadi? J: XI asrga XI asrda qaysi davlat amalda ancha mustahkamlanib olgan edi? J: Qoraxoniylar davlati XI asrda qaysi shaharlar yirik madaniyat markazlariga aylangan edi? J: Buxoro, Samarqand, Shosh (Toshkent), Qashqar Qachon qoraxoniylar Buxoro va Samarqand kabi poytaxt shaharlarni egallaydi? J: 992-yilda Qoraxoniylarning poytaxt shaharlari qaysi shaharlar edi? J: Isfijob (Sayram), O‘tror, Shosh, Bolasog‘un, Xo‘tan Qoraxoniylar qaysi joylarni o‘z ichiga olgan edi? J: Markaziy Tiyonshon, Yettisuv, Chu va Talas vodiylarini Qoraxoniylar davlati qaysi hukmdorlar davrlarida ancha kuchaygan, nisbatan iqtisodiy va madaniy yuksalishga erishgan? J: Xorun, Bug‘raxon, Tamg‘ochxon va Ibrohim Bo‘ritegin Qoraxoniylar davrida qaysi shaharlarda ilm-fan egalari, turli sohalarning yirik mutaxassislari, dono va fozil kishilar to‘plangan? J: Bolasog‘un, Sayram, Shosh, Taroz Mahmud Koshg‘ariy qaysi shaharda dunyoga keladi? J: Bolasog‘unda Mahmud Koshg‘ariyning to`liq ismi…? J: Mahmud ibn Husayn ibn Muhammad Barskon nomida daryo va dovon qaysi mamlakat hududida joylashgan? J: Hozirgi Qirg‘izistonda Barsg`an shahrining Mahmud Koshg‘ariyga qanday aloqasi bor? J: Otasi va bobosi shu shahardan bo`lgan Barsg‘an kimning nomi bo`lgan? J: Afrosiyob o‘g‘lining nomi Barsg‘an shahrini kim bino qilgan? J: Afrosiyobning o`g`li Issiqko‘l atrofida joylashgan shahar qaysi? J: Barsg`an Mahmud Koshg‘ariy ilk ustozlaridan biri kim bo`lgan? J: Qashqarlik Husayn xalifa Mahmud Koshg‘ariy qayerlarda o`qigan? J: Buxoro, Samarqand, Marv, Nishopur, Bag‘doddagi maktab va madrasalarda ilmini oshirgan 18. Mahmud Koshg‘ariy kim sifatida tanilgan? J: Qomuschi olim va tolmas sayyoh Qaysi olim turkiy til grammatikasini ishlab chiqqan, turkcha-arabcha lug‘atning ilk namunasini yaratgan birinchi tilshunos olim hisoblanadi? J: Mahmud Koshg‘ariy Qaysi asarda muallif turkiy tildagi so‘zlar ma’nosini arab tilida izohlab beradi? J: «Devonu lug‘ot at-turk» Qaysi olim o`z asari haqida «Men bu kitobni maxsus alifbo tartibida hikmatli so‘zlar, saj’ (qofiyali nasr)lar, maqollar, rajaz (misralari nisbatan uzunroq bo‘lgan she’r turi) va nasr deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadim... Bu ishda misol tariqasida turklarning tilida qo‘llanib kelgan she’rlaridan, shodlik va motam kunlarida qo‘llanadigan hikmatli so‘zlardan, maqollardan keltirdim», – deydi? J: Mahmud Koshg‘ariy «Devonu lug‘ot at-turk» asari qachondan yozila boshlagan? J: 1072-yildan 23. Qaysi ijodkor o`z asari haqida «Men turklar, turkmanlar, o‘g‘uzlar, chigillar, yag‘molar, qirg‘izlarning shaharlari, qishloq va yaylovlarini ko‘p yillar kezib chiqdim, lug‘atlarini to‘pladim», – deb yozadi? J: «Devonu lug‘ot at-turk» 24. «Kitob hijriy 464yil jumodul-avval boshlarida boshlandi va to‘rt karra yozilgan (ko‘chirilgan)dan va tuzatilgandan so‘ng 466-yil jumodul-oxirning 12kuni (1074yil) bitirildi», – deb ko‘rsatilgan kitob qaysi? J: «Devonu lug‘ot at-turk» 25. «Devonu lug‘ot at-turk» so`zining ma’nosi nima? J: «Turkiy tillar lug‘atlari» 26. «Devonu lug‘ot at-turk» kimga bag‘ishlangan? J: Abulqosim Abdulloh binni Muhammad al-Muqtadoga Qaysi ijodkor turk tilining nozik bilimdoni va tolmas targ‘ibotchisi sanaladi? J: Mahmud Koshg‘ariy Qaysi ijodkor o`z tilini «arab tili bilan ikki uloqchi ot singari teng poyga qilib, o‘zib borayotgan”i haqida yozgan? J: Mahmud Koshg‘ariy Qaysi ijodkorning asari sahifalari orqali tanishish uni ko‘z oldimizda geograf, botanik, zoolog, biolog, etnograf, tilshunos, folklorshunos, adabiyotshunos, tarixchi olim sifatida namoyon qiladi? J: Mahmud Koshg‘ariyni 11-sinf darsligiga kirgan «Devonu lug‘ot at-turk» asaridan parchalar qaysi nashrdan olingan? J: Q. Sodiqov nashridan Yigitlarig ishlatu, Yig‘ach yemish irg‘atu, Qulan, keyik avlatu, Bazram qilip avnalim. Ushbu parcha qaysi asardan olingan? J: «Devonu lug‘ot at-turk» dan Iqilachim erig bo‘ldi, Erig bo‘lg‘u yeri ko‘rdi. Bulit o‘rub ko‘k o‘rtuldi, Tuman turub to‘li yag‘di. Sho‘x, o‘ynoqi otim sur’at bilan chopdi, Yugurishda o‘zdi. Bulut ko‘tarilib, tuman tushib do‘l yog‘gani uchun u shunday sho‘xlikni munosib topdi. Ushbu parcha qaysi asardan olingan? J: «Devonu lug‘ot at-turk» dan 33. Aqtirur ko‘zum yo‘laq, Tushlanur o‘rdak, yug‘aq. Ko‘zim yoshlari buloqday oqadi, Hatto unda o‘rdak, oqqush kabi qushlar yig‘iladi, sho‘ng‘ishadi. Ushbu parcha qaysi asardan olingan? J: «Devonu lug‘ot at-turk» dan 34. Qaqlar qamug‘ ko‘lardi, Tag‘lar bashi ilardi. Ajun tini yilirdi, Tu-tu chechak cherkashur. Yomg‘ir va seldan qoq yerlar ko‘l bo‘ldi, Tog‘ boshlari (ko‘zga arang) ilashdi. Dunyo nafasi ilidi. Turli chechaklar saf tortdi. Ushbu parcha qaysi asardan olingan? J: «Devonu lug‘ot at-turk» dan Bulnar meni ulas ko‘z, Qara mengiz, qizil yuz. Andin tamar tugal tuz, Bulnab yana ul qachar. Xumor ko‘zli, ko‘rkam yuzli, qora xolli (seviklim), yonoqlaridan yoqimlilik tomayotgandek meni asir qiladi. Asir qiladida, so‘ng qochadi. Ushbu parcha qaysi asardan olingan? J: «Devonu lug‘ot at-turk» dan Qo‘shni-qo‘nim ag‘ishqa, Qilg‘il angar ag‘irlik, Artut alib anung‘il, Ezgu tavar o‘g‘urluk. Qo‘ni-qo‘shnilaringga yaxshilik qil, Ularni hurmatla. Ulardan biror sovg‘a olsang, undan yaxshiroq mukofot hozirla. Ushbu parcha qaysi asardan olingan? J: «Devonu lug‘ot at-turk» dan Qaysi asardagi badiiy parchalar xalq og‘zaki ijodining juda qadimiy namunalari hisoblanadi? J: «Devonu lug‘ot at-turk» Qaysi asarda turkiy xalqlarning urf-odatlari, ishonch-e’tiqodlari, marosimlari bilan bog‘lanib ketadigan badiiy lavhalar ko‘p? J: «Devonu lug‘ot at-turk»da 39. Qaysi asar orqali XI asrgacha bo‘lgan adabiyotdagi bir qator janrlar va badiiy tasvirning o‘ziga xos xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lamiz? J: «Devonu lug‘ot at-turk» 40. Qaysi asardan Alp Er To‘nga marsiyasi, «Oltin qon» rivoyati, Yabog‘u (yobg‘u)lar, tangutlar bilan bo‘lgan janglar haqidagi parchalar, shuningdek, ayrim shaxs va joylar bilan bog‘liq afsonalar o`rin olgan? J: «Devonu lug‘ot atturk» 41. Mahmud Koshg‘ariy qaysi adabiy parchalar haqida gapirib o‘tgan? J: Hikmatli so‘zlar, saj’lar, maqollar, rajaz va nasr haqida «Devonu lug‘ot at-turk»da keltirilgan “yir” so`zi qanday izohlangan? J: Kuy, maqom, ko‘pincha bu so‘z she’rga nisbatan qo‘llanadi. «Devonu lug‘ot at-turk» asarida qaysi atama “she’r, qasida, qo‘shiq” deb ta’riflangan? J: Qo‘shug‘ Adabiyotda to‘rtlik shakliga tayanadigan she’riy janrlar qaysilar? J: To‘rtlik, ruboiy, tuyuq, murabba’ «Devon»ga kirgan adabiy shakllarning asosiy qismini qanday she’rlar tashkil qiladi? J: To‘rtliklar «Devonu lug‘ot at-turk»da to`rtliklar qanday nomlangan? J: Qo`shug` yoki she’r deb Qaysi asarda Vatan va yurt muhabbati, xalq uchun jang qilgan bahodirlar bilan faxrlanish, tabiat manzaralari go‘zalligi, mehnat shavqi, turli insoniy kechinmalar talqini asardagi yetakchi mavzulardan hisoblanadi? J: «Devonu lug‘ot at-turk»da «Devonu lug‘ot at-turk»da qaysi mavzudagi she’riy parchalar katta o‘rin tutadi? J: Turkiy xalqlar turmush manzaralari bilan bog‘liq parchalar 49. Qaysi asarda yigitlarni ishga safarbar qilish, meva terish, ovchilikka yo‘naltirish kabi qadimgi turmush tarzining manzaralari aks etgan? J: «Devonu lug‘ot at-turk»da 50. «Erdi ashin taturg‘an» she’rida nima tasvirlangan? J: Qabilaning sobiq jasur a’zosi va marhumning ochiqqo‘l, mehmondo‘st va qo‘rqmas, dovyurak, shijoatli ekani alohida ta’kidlangan 51. «Devon»dagi lirik qo‘shiqlarda qanday mavzular yetakchilik qiladi? J: Insonning qalb kechinmalari, nozik his-tuyg‘ulari ifodasi, tabiat va ona yurt manzaralari tasviri 52. «Devonu lug‘ot at-turk»dagi tabiat tasviridagi o`ziga xoslik nimada? J: Tabiat manzaralarining o‘zidayoq nozik va jonli kuzatishlar ko‘zga tashlanadi; tabiat va yurt go‘zalligi vositasida tabiat hodisalari tufayli inson ruhiyatida yuzaga keladigan turli o‘zgarish va kechinmalar juda ixcham, go‘zal va ta’sirchan ifoda etiladi «Devonu lug‘ot at-turk»da turkiylarning doimiy yo‘ldoshi hisoblangan qaysi jonivorning holati, harakati alohida tasvirga olinadi? J: Otlarning «Iqilachim erik bo‘ldi» («Sho‘x, o‘ynoqi otim chopqir bo‘ldi») she’rida nima tasvirlanadi? J: Parchada tabiatdagi o‘zgarishlarning (qishning ketib, bahorning kelishi) hayvonot olamiga ta’siri ta’riflanayotganday bo`lsa-da, aslida, bu ham insonning o‘z kuzatishlari natijasidagi ta’sirlanishidir. «Devonu lug‘ot at-turk»dagi ishq-muhabbat mavzusidagi lirik qo‘shiqlar qaysi xususiyati bilan esda qoladi? J: Yorning go‘zalligi, latofati madh etilishi, oshiqlikning sirli kechinmalari tasvirlanishi, ishqiy hayajon, muhabbat shavqi tilga olinishi, ularda inson, ayniqsa, oshiq va ma’shuqaning surati juda chiroyli va samimiyat bilan chizilgani bilan 56. «Devonu lug‘ot at-turk»dagi qo`shiqlar orasida qanday qo`shiqlar bor? J: Mehnat va marosim qo‘shiqlari, hunarmandchilik, chorvachilik, dehqonchilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar, mavsum qo‘shiqlari Qaysi atama ilk marta Mahmud Koshg‘ariy tomonidan qayd etilgan? J: Qo‘shiq Mahmud Koshg‘ariy “qo`shiq” atamasiga qanday izoh bergan? J: She’r, qasida Qaysi janr o‘ziga xos adabiy janr bo‘lib, u asar qahramonlarining o‘zaro tortishuvi, bahsi asosiga quriladi? J: Munozara Munozara janriga xos xususiyatlarni sanang. J: Munozaradagi ishtirokchilar, asosan, ramziy (kinoyaviy) xususiyatga ega bo‘ladi, u she’riy yoki nasriy tarzda yaratilishi mumkin Munozara janriga mansub asarlarni toping. J: «Bang va Chog‘ir», «O‘q va Yoy», shuningdek, «Boz va Bulbul», «Gul va Daf», «Binafsha va Chang» Yusuf Amiriyning munozara janridagi asari qaysi? J: «Bang va Chog‘ir» «O‘q va Yoy» munozarasining muallifi kim? J: Yaqiniy Nishotiyning o‘zbek adabiyotidagi go‘zal namunalaridan hisoblangan munozaralari qaysilar? J: «Boz va Bulbul», «Gul va Daf», «Binafsha va Chang» munozaralari Qaysi munozara bu janrning eng qadimgi namunasi sifatida alohida ahamiyatga ega? J: Mahmud Koshg‘ariyning «Qish va Bahor» munozarasi Munozara janri uchun xos bo`lgan asosiy tasvir qaysi? J: Jonlantirish «Qish va Bahor» munozarasida nimalar tasvirlangan? J: O‘zaro to‘qnashish, bir-biriga qing‘ir ko‘z bilan qarash, kurashish uchun o‘zaro yaqinlashish va g‘oliblik istagi kabi insonga xos tuyg‘ular tabiatga nisbat beriladi «Qish yayg‘iru savlanur» («Qish Bahorga qarab maqtanadi»), «Yay qish bilaqarishti» (Bahor Qish bilan qarshilashdi») misralari bilan boshlanadigan to‘rtliklardagi asosiy tasvir usuli qaysi? J: Jonlantirish 69. «Devon»dagi she’riy parchalar necha misralik she’rlardan tashkil topgan? J: Ikkilik, to‘rtliklardan «Devonu lug‘ot at-turk»dagi to`rtliklar asosan qanday shakldagi qofiyadoshlikka ega? J: a-a-a-b Asardagi to`rtliklar qanday qofiyalanish shakllariga ega? J: a-a-a-b, a-b-a-b, a-a-a-a shaklida Asardagi keng qo`llangan to`rtlik shakli qaysi? J: Murabba’ shakli bo`lgan a-a-a-b shakli «Alp Er To‘nga marsiyasi», «Qish bilan Bahor» munozarasi qanday qofiya tizimiga ega? J: a-a-a-b «Devon»dagi she’riy parchalar, asosan, qaysi vaznda? J: Barmoq vaznida 75. «Devonu lug‘ot at-turk»da qanday tasvir usullari tez-tez ko‘zga tashlanadi? J: O‘xshatish, sifatlash, qarshilantirish, jonlantirish va qiyoslar 76. «Qaqlar qamug‘ ko‘lardi...» («Yomg‘ir va seldan qoq yerlarning barchasi ko‘l bo‘ldi...») to‘rtligi boshdan oxirgacha qaysi usulga tayanadi? J: Jonlantirishga 77. «Bulnar meni ulas ko‘z...» [«Xumor ko‘zli (go‘zal) meni asir qiladi...»] to‘rtligida esa qaysi usul asosiy o‘rin tutadi? J: Sifatlash 78. «Bulnar meni ulas ko‘z...» to`rtligida nimalar o‘ziga xos sifatlashlar bilan ziynatlangan? J: Ko‘z, mengiz (xol), yuz 79. «Bulnar meni ulas ko‘z...» to`trligida qo`llangan sifatlashlar qaysilar? J: Ulas, qara, qizil «Alp Er To‘nga o‘ldimu?..» to‘rtligida she’rning ta’sir kuchini ta’minlayotgan asosiy unsur qaysi? J: Qofiya «Alp Er To‘nga o‘ldimu?..» to‘rtligidagi qofiyalar qaysi xususiyati bilan ajralib turadi? J: To‘liq jarangdorligi va ohangdoshligi bilan O‘zlak yaraq kuzatti, O‘g‘ri tuzaq uzutti, Beglar begin azitti, Qachsa qali qurtulur? Parchada qo`llangan “o`zlak” so`zining ma’nosini toping. J: Zamon, vaqt, taqdir O‘grayuqi munday oq, Munda ajun tanday oq, Atsa ajun og‘rab oq, Tag‘lar bashi kartilur. Odatdan zo‘r narsa yo‘q, Boshqa bahona ham ko‘p. Otsa zamon poylab o‘q, Tog‘lar boshi yanchilur. Parcha qaysi she’rdan olingan? J: “Alp Er To`nga” marsiyasidan Qaysi asarda Vatan himoyasi, yurt taqdiri, xalq birligi va chegaralarning daxlsizligi uchun kurash g‘oyalari kuylangan she’riy va nasriy parchalar ko‘p? J: «Devonu lug‘ot at-turk» da Qaysi parchalarda jang manzarasi, dushman lashkarining qiyofasi va holati, botirlarning ularga qarshi shiddatli va matonatli kurashlari juda yorqin, badiiy ta’sirchan tarzda ifodalangan? J: «Tangutlar bilan jang», «Yaboqular bilan jang», “Alp Er To‘nga” marsiyasi Qaysi ijodkor Alp Er To‘ngani tojiklar Afrosiyob deb atashlarini yozgan? J: Yusuf Xos Hojib Qaysi ijodkor Afrosiyobni Qashqarda – O‘rdukent shahrida turar edi, deb ko‘rsatadi? J: Mahmud Koshg‘ariy To‘nga Alp Er so`zining ma’nosi nima? J: Yo‘lbars kabi kuchli bahodir «Devon»da Afrosiyobning nechta farzandi borligi haqida ma’lumot berilgan? J: 2 ta o`g`li, 1 ta qizi Afrosiyob o`g`illarining ismi…? J: Barman, Barsg‘an Afrosiyob qizining ismi…? J: Qaz Qazvin shahrini kim qurgan? J: Afrosiyob qizi Qaz “Qum shahri ham chegara hisoblanadi. Chunki qum turkcha so‘zdir”. Parcha qaysi asardan olingan? J: «Devonu lug‘ot at-turk» 94. Mahmud Koshg‘ariyning yozishicha, kim Tahmuraspdan uch yuz yil keyin Marvni bino qilgan? J: To‘nga Alp Er – Afrosiyob Qaysi shahar sariqligiga ko‘ra mis shahri hisoblangan? J: Dizro‘yin Dizro`yin qaysi shaharning ikkinchi nomi hisoblangan? J: Yankand 97. “Buxoroga yaqindir. Bu yerda Afrosiyobning qizi – Qazning eri Siyovush o‘ldirilgan. Majusiyotashparastlar har yili bir kuni bu yerga kelib, Siyovush o‘lgan joy atrofida yig‘laydilar. Mollar so‘yib, qurbonlik qiladilar. So‘yilgan mol qonini uning mozori tepasiga to‘kadilar. Ularning odatlari shunday”. Ta’rif qaysi shahar haqida? J: Yankand Mahmud Koshg‘ariy Afrosiyobning bolalari qanday atalganini eslatadi? J: Xoqon, xon deb Qaysi marsiyada Afrosiyobning o‘limi achchiq qismat, dahshatli fojia, o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan yo‘qotish sifatida baholanadi? J: “Alp Er To‘nga” marsiyasida “Alp Er To‘nga” marsiyasida qo`llangan “esiz” so`zi hozirgi kunda qanday ma’noni ifodalaydi? J: Yomon, yaramas, manfur “Alp Er To‘nga” marsiyasidagi qaysi so`z “olam, dunyo” ma’nolarini bildiradi? J: Ajun “Alp Er To‘nga” marsiyasida xalq orasidagi birdamlik, ko‘tarinkilik, hamjihatlik, ahillik, ezgulik qanday izohlanadi? J: Afrosiyob nomi bilan bog‘lab izohalandi Kimning o`limi yovuz va yaramaslarning bosh ko‘tarishiga, ezgu ishlarning kamayishiga, bilimdonlarning ezilib, axloq-odobning zaiflashuviga sabab bo‘lganligi ta’kidlanadi? J: Afrosiyobning Qaysi xalq qahramonining oradan ketishi beklarning oti charchashiga, ularning g‘am ostida qolishiga, yuzlarning sarg‘ayishiga sabab bo‘ladi? J: Alp Er To‘nganing Afrosiyobday ulug‘ insonning vafoti amirlarning ruhiyatiga kuchli ta’sir qilgani qaysi satrlarda ifodalangan? J: Qayg‘u beklarni ozdirdi 106. “Alp Er To‘nga” marsiyasida xalqning Afrosiyobga bo`lgan kuchli muhabbati qanday tasvirlangan? J: Xalqning bo‘ridek ulishi, ya’ni haddan tashqari iztirobi, hatto yoqalarini yirtib yig‘lashi, uning ustiga bu iztirobning davomi bo‘lishi (yig‘lab-siqtab yurdilar) orqali MARSIYA HAQIDA TUSHUNCHAQanday asarga marsiya deyiladi? J: Biror kishining vafoti munosabati bilan g‘am-alam, hasrat va qayg‘uni ifodalagan lirik she’r yoki qo‘shiqqa Qaysi marsiya shu janrning bizgacha yetib kelgan eng qadimiy namunalaridan biri hisoblanadi? J: “Alp Er To‘nga” marsiyasi Marsiya, odatda, kimga bag‘ishlab yoziladi yoki to‘qiladi? J: Jamiyat tarixida muayyan iz qoldirgan kishilarga Alp Er To‘nga haqidagi marsiyani kim yaratgan? J: Xalq yaratgan bo`lib, xalqning og‘zaki ijod mahsuli Adabiyotimizning keyingi bosqichlarida marsiyalar qanday shakllarda yozilgan? J: G‘azal, qasida, muxammas, musaddas, tarjiband, tarkibband shakllarida Alp Er To‘nga haqidagi marsiya qanday shaklda yozilgan? J: Murabba’ shaklida “Alp Er To‘nga” marsiyasining har bir bandi necha misradan iborat? J: To`rt misradan Mumtoz adabiyotimizdagi marsiyalarning asosiy qismi qaysi vaznda bitilgan? J: Aruz vaznida “Alp Er To‘nga” marsiyasi qaysi vaznda yaratilgan? J: Barmoq vaznida 10. “Alp Er To‘nga” marsiyasining har bir misrasi necha bo‘g‘indan tuzilgan? J: 7 bo`g`indan 11. “Alp Er To‘nga” marsiyasi qanday turoqlangan? J: 4 + 3 shaklida QADIMGI MAQOLLARTulku o‘z iniga ursa, ujuz bo‘lur. – Tulki o‘z uyasiga qarab ulisa, qo‘tir bo‘ladi. Tulum anutsa, qulun bulur, Tulum unutsa, bolun bo‘lur. – Dushmanga [qarshi] qurol hozirlagan kishi qulun (toy)ga ega bo‘ladi, Qurol hozirlashni unutgan kishi asir bo‘ladi. Qul savi qalmas, Qag‘il bag‘i yazilmas. – Keksalar so‘zi, nasihati bekor ketmaydi, Tolning ho‘l novdasining bog‘i yozilmaydi. O‘d kechar, kishi to‘ymas, yalinguq o‘g‘li mangu qalmas. – Zamon o‘tar, kishi to‘ymas, inson bolasi mangu qolmas. Erik erni yag‘lig‘, ermagu bashi qanlig‘. – Tirishqoqning labi yog‘liq, erinchog‘ning boshi qonliq. Qish qo‘niqi – o‘t. – Qishning ziyofati – olovdir. Yazmas atim – yag‘mir, Yangilmas bilga – yangqu. – Xato qilmaydigan mergan – yomg‘ir, Yanglishmaydigan dono – aks sado. Ko‘b sukutga qush qo‘nar, Ko‘rkluk kishiga so‘z kelar. – Shoxi ko‘p, shoxlari o‘ralib ketgan daraxtga qush qo‘nadi, Yaxshi kishiga so‘z – maqtov keladi. Yig‘ach uchina yel tegir, Ko‘rkluk kishiga so‘z kelir. – Daraxt uchiga shamol tegadi, Yaxshi odamga so‘z yetadi. Kim kur bo‘lsa, kuvaz bo‘lur. – Dovyurak (alp) odam mag‘rur bo‘ladi. Ko‘k ko‘rdi, keragu yazti. – Mehnat va mashaqqatni ko‘rdi-yu, o‘tovini orqasiga yuklab oldi. Ashuch aytur tubum altun, Qamich aytur men qaydaman. – Qozon aytur: «Tubim oltin». Cho‘mich aytur: «Men qaydaman?» Ag‘ilda o‘g‘laq tug‘sa, ariqda o‘ti unar. – Og‘il (molxona)da uloq tug‘ilsa, ariqda o‘ti chiqadi. Tavg‘ach xanning to‘rqusi telim, tenglamazib bichmas. – Qoraxitoy xoqonining ipak gazmoli ko‘p, lekin o‘lchamay kesilmaydi. Alin arslan tutar, kuchin sichg‘an tutmas. – Hiyla-tadbir bilan arslonni tutish mumkin, (ammo) zo‘rlik bilan sichqonni ham tutib bo‘lmaydi. Tag‘ig‘ uqruqin egmas, tengizni qayg‘iqin bukmas. – Tog‘ arqon bilan egilmaydi, dengiz qayiq bilan bekilmaydi. Emgak ekinda qolmas. – Mehnat bekor ketmaydi. Kengashlik bilik uzlashur, kengashsiz bilik o‘prashur. – Maslahatli ish (borgan sari) yaxshilanib boradi, bemaslahatish (borgan sari) buzilishga yuz tutadi. Qush qanatin, er atin. – Qush qanoti bilan, er oti bilan. O‘kuz azaqi bo‘lg‘incha, buzag‘u bashi bo‘lsa yik. – Ho‘kizning oyog‘i bo‘lguncha, buzoqning boshi bo‘lgan yaxshiroq. Sabanda sandrish bo‘lsa, O‘rtugunda irtash bo‘lmas. – Yer haydash vaqtida puxtalik bo‘lsa, Xirmonda anglashilmovchilik bo‘lmaydi. Kur o‘g‘li kuvaz bo‘lur. – Botir, mard kishining farzandi mag‘rur bo‘ladi. Anuq o‘tru tutsa, yo‘qqa sanmas. – Mehmonga taom taqdim qilingach, ko‘rmadim demaydi. Uma kelsa, qut kelar. – Mehmon kelsa, qut kelar. Qiz kishi savi yo‘rig‘li bo‘lmas. – Baxil odamning ovozasi chiqmaydi, shuhratlanmaydi. Sundilach ishi ermaz ortugun tepmak. – Xirmon yanchish sa’vaning ishi emas. Qadimgi maqollarda qanday fazilatlar ulug`lanadi? J: Vatan, vatanparvarlik, adolat, mehnatsevarlik, mardlik va jasorat, vafodorlik, ezgulik, rostgo‘ylik, kamtarlik, sabr va chidam ulug‘lanadi Ardam bashi – til. – San’at, fazilatlarning boshi tildir. Qut belgusi – bilig. – Bilim – baxt belgisi. Ko‘k ko‘rdi, keragu yazti. – Mehnat va mashaqqatni ko‘rdi-yu, o‘tovini orqasiga yuklab oldi. Qaysi maqol mazmunan ikki qismga ajraladi? J: Ko‘k ko‘rdi, keragu yazti 32. Qaysi maqolda bir ishning amalga oshirilishi uchun boshqa bir ishning sabab va bahona bo‘layotgani e’tiborga olingan? J: Ko‘k ko‘rdi, keragu yazti 33. Uma kelsa, qut kelar. – Mehmon kelsa, qut kelar. Download 28.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling