Naqd pulsiz hisob-kitoblar mohiyati va ularni tashkil etish asoslari


Download 34.02 Kb.
bet1/3
Sana27.12.2022
Hajmi34.02 Kb.
#1068022
  1   2   3
Bog'liq
Naqd pulsiz hisob-kitoblar mohiyati va ularni tashkil etish asoslari.


Naqd pulsiz hisob-kitoblar mohiyati va ularni tashkil etish asoslari.
Reja

  1. O'zbekistonda naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi.

  2. Pul shakllari va turlarining evolyusiyasi. Pulning mohiyati va uning namoyon bo‘lish shakllari.

  3. Kredit pullari va ularning turlari.



1. O'zbekistonda naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi.
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013 yil 3 iyunda O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki Boshqaruvining “O'zbekiston Respublikasida nakd pulsiz hisob-kitoblar to'g'risidagi nizomni tasdiklash hakida”gi Qarorini ro'yxatdan o'tkazdi.
Mazkur qaror bilan O'zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to'g'risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlandi.
O'zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to'g'risidagi nizom O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va «O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida»gi, «Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi, «Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risida»gi, «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonunlariga muvofiq, O'zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Mazkur nizom O'zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
O'zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: to'lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar; akkreditiv bo'yicha hisob-kitoblar; inkasso bo'yicha hisob-kitoblar; cheklar bilan hisob-kitoblar.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda quyidagi hisob-kitob hujjatlaridan foydalaniladi: memorial order,to'lov topshiriqnomasi; to'lov talabnomasi; inkasso topshiriq-nomasi; akkreditivga ariza; tijorat bankining hisob-kitob cheki (bundan buyon matnda chek deb yuritiladi).
Naqd pulsiz hisob-kitoblar bank plastik kartalaridan (bundan buyon matnda BPK deb yuritiladi) foydalangan holda ham amalga oshirilishi mumkin.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar shakli va hisob-kitob hujjatlarining turi mablag'larni to'lovchi va mablag'larni oluvchi o'rtasida tuziladigan shartnomaga (bitimga) muvofiq belgilanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Bank hisobvarag'i shartnomasida boshqa muddatlar belgilab qo'yilgan bo'lmasa, bank tegishli to'lov hujjati bankka kelib tushgan kunda mablag'larni mijozning hisobvarag'iga kirim qilishi yoki mablag'larni uning hisobvarag'idan hisobdan chiqarishi shart.
Banklar mijozning topshirig'iga binoan elektron to'lovni tegishli to'lov hujjati tushgan kunda, agar u bankning amaliyot kuni mobaynida tushgan bo'lsa, amalga oshirishi shart, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Agar to'lov hujjati amaliyot kuni tugaganidan keyin tushsa, banklar elektron to'lovni keyingi ish kunidan kechiktirmay amalga oshirishi shart, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Banklar «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, hisobvaraqlar bo'yicha operatsiyalarni to'xtatib turishga yoki ularni amalga oshirishni rad etishga haqli.
Mablag'larni oluvchilarning roziligi mavjudligidan qat'i nazar, to'lovlarning uchinchi shaxslar hisobidan undirilishiga yo'l qo'yilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Mablag'lar mablag'larni to'lovchining hisobvarag'idan hisobdan chiqa-rilgandan so'ng, mablag'larni oluvchining hisobvarag'iga o'tkaziladi, cheklar va BPKlar bo'yicha hisob-kitob qilish bundan mustasno.
Talablarni bajarish uchun mablag'larni oluvchining hisobvarag'ida yetarli miqdorda mablag'lar bo'lmagan taqdirda, mablag'larni hisobdan chiqarish Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag'larini hisobdan chiqarish tartibi to'g'risidagi yo'riqnomaga muvofiq, navbat bo'yicha amalga oshiriladi.1
Mablag'larni to'lovchi va mablag'larni oluvchi tomonidan tuzilgan shartnoma bo'yicha majburiyatlarning bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun to'lanishi zarur bo'lgan penyani hisoblash va undirish bo'yicha banklar javobgar bo'lmaydi.
Mijoz amalga oshirilgan hisob-kitob operatsiyalari bo'yicha yuzaga kelgan barcha masalalar bo'yicha unga xizmat ko'rsatuvchi bankka murojaat qiladi. Bank va mijoz o'rtasidagi nizolar ular o'rtasida tuzilgan bank hisobvarag'i shartnomasiga muvofiq hal etiladi. O'zaro kelishuvga erishilmagan taqdirda sud orqali hal etiladi.
Banklar o'rtasidagi o'zaro hisob-kitoblar Markaziy bankning Hisob-kitoblar markazida ochilgan vakillik hisobvaraqlaridan Markaziy bankning banklararo to'lov tizimi orqali milliy valyutada amalga oshiriladi.
Markaziy bankning banklararo to'lov tizimi orqali elektron to'lovlar Markaziy bankning banklararo to'lov tizimi orqali elektron to'lovlarni amalga oshirish tartibi to'g'risida nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Bundan tashkri, Nizomda hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirish va ularni ijro qilish, memorial orderlar bilan hisob-kitoblar, to'lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar, to'lov talabnomalari bilan hisob-kitoblar, inkasso topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar, akkreditivlar bo'yicha hisob-kitoblar, cheklar bilan hisob-kitoblar, BPK – bank tomonidan emissiya qilingan, personalizatsiyalangan, to'lov vositasi sifatida ishlatiladigan va o'z saqlovchisiga bank hisobva-rag'idagi mablag'lari doirasida operatsiyalarni, jumladan, hisobvaraq orqali naqd pulsiz hisob-kitoblar, yuridik shaxsni qayta tashkil etish va tugatish vaqtida mablag'larni hisobdan chiqarish qoidalari haqida batafsil yoritilgan.
Naqd pulsiz pul aylanishi — banklarda pul mablag‘larini to‘lovchilar va oluvchilarning hisobvaraqlari bo‘yicha yozuvlar yordamida yoki o‘zaro talablarni hisobga olish yo‘li bilan amalga oshiriladigan pul aylanishidir. Shunday qilib, naqd pulsiz pul aylanishi bevosita pul belgisining bo‘lmasligini nazarda tutadi va naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishga, mos ravishda, naqd pulsiz aylanishni shakl- lantirishga imkon beradigan rivojlangan bank tizimi amal qilmay turib bunga erishib boimaydi. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoniyati iqtisodiyotda naqd pulsiz pul aylanishi amal qilishining zaruriy sharti hisoblanadi. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish tamoyillari:
1) ular mijozlarga mablag‘larni saqlash va o‘tkazish uchun ochiladigan bank hisobvaraqlari bo'yicha amalga oshiriladi;
2) hisobvaraqlardan to'lovlar banklar tomonidan hisobvaraqlar egalarining farmoyishi bo'yicha to‘lovlarning ular belgilagan navbatliligi tartibida va hisobvaraqdagi mablaglarning qoldig‘i doirasida amalga oshirilishi lozim;
3) banklar mijozlarning shartnomali munosabatlariga aralash- maydi;
4) toMovning shartnomalarda, Moliya vazirligi yo'riqnomalarida nazarda tutilgan muddatlar asosidagi muddatliligi;
5) toMovning ta’minlanganligi, to‘lovchida (yoki uning kafilida) pullarni oluvchi oididagi majburiyatlarni uzish uchun qoMlanilishi mumkin likvidli mablagMarning mavjudligi. Shunday qilib, naqd pulsiz aylanish toMovning ushbu tamoyillari va shartlarining bajarilishini nazarda tutadi. Iste’molchilar bilan sotuvchilar o‘rtasida naqd pulsiz hisob-kitobning amal qilishiga ehtiyojning oshib borayotganligini qayd qilish kerak. Bu tovar aylanishi jarayonida tobora ko'proq qoilanilayotgan naqd pulsiz hisob-kitob shakllarining qulayligitii nisbatan xavfsizligi bilan bog‘liqdir. Yana shunga ham e’tiborni qaratish kerakki, naqd pulsiz aylanishning o'zida ham ayrim o'zgarishlar yuz berdi va hozirgi vaqtda u nafaqat bank mijozlarining hisobvaraqlari bo'yicha yozuvlardan, shu bilan birga bankning kompyuterdagi ma’lumotlar bazasida u yoki boshqa hisob- varaqdagi holatga tegishli yozuvlardan ham iborat. Bunday evolutsiya naqd pulsiz aylanish shakli sifatidagi elektron pul vositalarining keng qo‘llanilishi bilan bog‘liq. Bunday holda pullar aynan malumotlar bazasidan iborat bolib, unga faqat texnik vositalar yordamida kirib olishi mumkin. Naqd pulsiz aylanish hozirgi vaqtda nafaqat korxonalar, shu bilan birga uy xo'jaliklari va davlatlarni ham qamrab olgan. Shunday qilib, avtish mumkinki, naqd pulsiz aylanish iqtisodiy munosabatlarning har qanday subyektining pul aylanishiga nisbatan yetakchi pozitsiyani egallaydi. Naqd pulsiz aylanishning to‘laroq faoliyat yuritishi va rivojlanishi uchun quyidagi shartlarga rioya etish zarur:
1) ushbu operatsiyaning legitimliligi xususidagi qonuniy kafolatlar- ning mavjudligi;
2) pul mablaglarini tez va xavfsiz o‘tkazishga zaruriyatning bolishi (ya’ni, tovar munosabatlarning yetarli rivojlanganligi);
3) rivojlangan bank tizimining mavjud bolishi (banklar filiallari, bolimlari va ular o'rtasidagi vakillik munosabatlarining mavjudligi);
4) xo'jalik subyektlarining o‘z qarorlarini erkin qabul qilishi imkoniyati.
Shunday qilib, naqd pulsiz pul aylanishi iqtisodiyotning muayyan rivojlanish darajasiga erishganligidan dalolat beradi va yanada ravnaq topish uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni taqdim etadi.
Davlatning pul aylanishiga ko‘plab omillar ta’sir ko‘rsatadi. Pul aylanishi tuzilmasi turli belgilar bo‘yicha belgilanadi:
1) unda pullarning faoliyat yuritishi shakliga qarab. Ushbu belgiga qarab naqd pulsiz va naqd pullik pul aylanishini ajratish mumkin, chunki barcha pul belgilari u yoki boshqa shaklga ega bo'ladi;
2) ushbu pul aylanishi xizmat ko‘rsatadigan munosabatlar tusiga qarab. Bu yerda pul-hisob-kitob aylanishi, pul-kredit aylanishi, pul- moliya aylanishi ajratib ko‘rsatiladi;
3) pul mablag'larining harakati yuz beradigan subyektlarga qarab. Ushbu tasnif bo'yicha quyidagilar ajratib ko'rsatiladi: pul mablag‘larining yuridik shaxslar o‘rtasida banklararo, banklarda aylanishi, yuridik va jismoniy shaxslar o'rtasidagi aylanish va, nihoyat, pul mablag‘larining faqat jismoniy shaxslar o‘rtasidagi aylanishi. Shunga mos ravishda, iqtisodiyotda qo‘llaniladigan pul aylanishi hajmiga ta’sir qiladigan omillarning muayyan guruhini ham ajratish mumkin. Barcha omillarni siyosiy, iqtisodiy va texnik omillarga ajratish mumkin. Tabiiyki, pul aylanishi tuzilmasini shakllantirishning iqtisodiy omillari asosiy ahamiyatga va bevosita ta’sir kuchiga ega bo'ladi.
Bunday omillarga iqtisodiyotda ishlatiladigan pullar turlari, pul muomalasi tezligi, tovar aylanishi miqdori va shu kabilar kiradi. Binobarin, mavjud pul aylanishi miqdorlarini vujudga keladigan ehtiyojlarga muvofiq o‘zgartirishga yoki pul aylanishining mavjud hajmlarini tovar aylanishining real ehtiyojlariga muvofiqlashtirishga faqat iqtisodiy uslublar vositasida pul aylanishi hajmiga ta’sir ko‘rsa- tadigan ushbu omillar orqali ta’sir qilish mumkin. Iqtisodiyotda faoliyat yuritadigan, faqat hukumatning ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lgan va iqtisodiyotning ehtiyojlaridan mustaqil pul mablag‘lari miqdoridagi o‘zgarishlar siyosiy omillar hisoblanadi.
Texnik omillar pul aylanishi tuzilishi va hajmiga faqat bilvosita ta’sir ko‘rsatadi, lekin shunga qaramasdan, ularni hisobga olish zarur. Bunday omillarga u yoki boshqa hisob-kitobni o'tkazish uchun talab etiladigan vaqtni kamaytirish yoki hisob-kitobning o‘zini amalga oshirishga imkon beradigan hisob-kitoblarning texnik vositalari kiradi.
Masalan, bank plastik kartalariga xizmat ko‘rsatuvchi texnik vosita- larning keng ommalashganligi aholi o‘rtasida ushbu to‘lov vosita- sining ommalashuviga va, binobarin, naqd pulsiz pul mablag‘larining qo‘llanilishining oshishiga olib keladi. Naqd pulsiz pul mablag'lari qo‘llanilishi chastotasining ko‘payishi pul muomalasining umumiy tarkibida naqd pullaring kamayishiga va davlatning pul aylanishini tartibga solish asosiy uslublarining o'zgarishiga olib keladi.



Download 34.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling