Nargisdoshlar – Amaryllidaceae oilasi Ishning maqsadi
Download 0.98 Mb.
|
19-Amaliy mashgulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishda foydalaniladigan asboblar va jihozlar
- QABILA –Nargisnamolar-Amaryllidales О ILA - Nargisdoshlar – Amaryllidaceae Т URKUM - Narsiss
- Oq narsiss- Narcissus poeticus.
- 39-rasm. Oq narsiss-Narcissus poeticus
- Hilolnamolar – Cyperales qabilasi Hiloldoshlar – Cyperaceae oilasi
- Salabnamolar - Orchidales qabilasi Salabdoshlar - Orchidaceae oilasi
- Bug’doynamolar (boshoqnamolar- Poales ) qabilasi Bug’doydoshlar (boshoqdoshlar) oilasi
19 - Amaliy mashg’ulot. Bug’doydoshlar (boshoqdoshlar) oilasi - Poaceae (Graminiae). Nargisdoshlar – Amaryllidaceae oilasi Ishning maqsadi. Talabalarga Nargisdoshlar oilasi vakillarining xarakterli xususiyatlari bilan tanishish oilaga mansub turkumlarning tuzilishi o’ziga xosligi haqidagi tushunchalar to’g’risidagi bilim va ko’nikmalarini mustahkamlash. Ishda foydalaniladigan asboblar va jihozlar: Tirik va gerbariy materiallari, oilaga mansum o’simliklarning gerbariylari BO’LIM- Magnoliyatoifa – Magnoliophyta SINF (аjdod)- Lolasimonlar- Liliopsida yoki Monocotyledones QABILA –Nargisnamolar-Amaryllidales ОILA- Nargisdoshlar – Amaryllidaceae ТURKUM- Narsiss-Narcissus ТUR- Oq narsiss-Narcissus poeticus Umumiy tushunchalar. Nargisdoshlar oilasi - Amaryllidaceae. Oila vakillari tropik va subtropik mintaqalarda keng tarqalgan. Oilaga 65 turkum, 900 tur kiradi. O’zbekistonda 3 ta turkumga oid 5 turi o’sadi. Asosan, ko’p yillik o’tlar kiradi. Barglari nashtarsimon, ildiz bo’g’zida joylashadi. Gullari 2 jinsli, aktinomorf. Mevasi – ko’sakcha. Turkumlari: omonqora, nartsiss, shtyernbyergiya. soxta (sariq) va nafis (oq) nartsiss turlari mavjud bo’lib, har ikkala tur ko’p yillik, piyozli manzarali o’simlik hisoblanadi. Aprel oyida gullaydi. O’zbekistonda oilaning 5 ta turidan 3 tasi "O’zbekiston Respubiikasi Qizil kitobi"ga kiritilgan. Oq narsiss-Narcissus poeticus. Ko’p yillik piyozli, manzarali o’simlik. Aprel oyida gullaydi (39-rasm). 39-rasm. Oq narsiss-Narcissus poeticus: 1umumiy ko’rinishi, 2-piyozli ildizi, 3-gulining ko’ndalang kesimi, 4-mevasi, 5-mevaning ko’ndalang kesimi. Topshiriqlar va ish tartibi: 1. Piyozdoshlar va Narsisdoshlar oilalarining vakillari bilan gerbariy nusxalari, jadvallardan foydalanib tanishib chiqing. 2. Piyoz va oq narsissning umumiy ko’rinishini gerbariy nusxalaridan foydalangan holda ko’rib chiqing. 3. Ikkala oila vakillarining umumiy ko’rinishiga e'tibor berib, rasmlarini a’lbomga chizib oling. Gul formulasi va diagrammasini chizing Nazorat savollari 1. Nargisdoshlar oilasiga xos umumiy belgilari qanday tuzilgan? 2. Piyozdoshlar oilasining xaraktеrli bеlgilari nimalardan iborat? 3. Piyozdoshlarning tabiiy va ekma turlari qanday bеlgilarga ega? 4. Piyozdoshlar oilasi qanday ahamiyatga ega? Hilolnamolar – Cyperales qabilasi Hiloldoshlar –Cyperaceae oilasi. Qabila bitta oilani o’z ichiga oladi. Umumiy tushunchalar. Hiloldoshlar oilasiga 100 ta turkum, 4000 dan ortiq tur kiradi. Ko’p yillik o’tlar bo’lib, yer yuzida keng tarqalgandir. Bizda 16 turkumga mansub 90 ta turi o’sadi. Barglari ingichka qattiq. Gullari mayda, ko’rimsiz, ikki yoki bir jinsli, boshoqchalarda joylashgan. Shamol yordamida changlanadi. Gulqo’rg’oni 6 ta yoki 3 ta tangachadan iborat, changchisi - 3 ta, mevasi — 3 qirrali yong’oqcha. Oilaga o’zimizda keng tarqalgan rang qiyoq (Carex), salomalaykum (Cyperus) kabi turkumlar kiradi. Oila vakillari yem-xashak o’simligi sifatida muhim ahamiyatga ega. Qorabosh, rang – Carex pachystylis. Ko’p yillik efemyeroid, bo’yi 7-30 sm keladi. Rang chim hosil qilib o’sadi, qalinligi 8 - 9 sm ga yetadi. Idizi yordamida vegetativ ko’payadi. Poyasi silliq. tubi qora-qo’ng’ir, pastki barglari qin hosil qilib joylashgan, uzunchoq, uchi ingichka. Barglari mayin, yassi yoki yarim buralgan, poyadan kaltaroq, asosan, adir o’simligi, uni chorva mollari, qo’y-echkilar yaxshi iste'mol qiladi. Mevasi qo’ng’iroq qoramtir tusda bo’lib, poyasining uchki qismida joylashgan. Ba'zida shuning uchun qorabosh deb ham aytiladi. Urugidan undirish qiyin. Rangning afzalligi shundaki, qorako’l qo’ylari qishdan toliqib, vitaminlarga ehtiyoj sezilgan paytda, ko’m-ko’k bo’lib o’sadi. Uni mollar yeb, ancha tetiklashib oladi. Qo’y, qoramol, otlar uchun yaxshi xashak hisoblanadi. Qiyoqlardan bo’yra to’qishda, manzarali, qumni mustahkamlaydigan o’simlik sifatida ham foydalaniladi. Salabnamolar-Orchidales qabilasi Salabdoshlar -Orchidaceae oilasi Bu oilaga 750 turkum 20 000 tur kiradi. O’zbekistonda 5 ta turkumga oid 9 ta turi o’sadi. Oila vakillari yer yuzida keng tarqalgan. Ularga asosan ko’p yillik o’tlar, lianalar, butalar va ba'zi epifit o’simliklar kiradi. Barglari xilma - xil yoki reduktsiyalangan. To’pgullari boshoqsimon, shingilsimon yoki ro’vaksimon. Gullari ikki jinsli, zigomorf, Gulqo’rg’oni 6 ta bo’lakdan iborat. Changchilarining iplari qo’shilib o’sgan. Mevasi ko’p urug’li ko’sakcha. Salabdoshlarning ayrim turlari manzarali o’simliklar hisoblanadi. Shuning uchun ular xonadonlarda ko’plab o’stiriladi. Bug’doynamolar (boshoqnamolar-Poales) qabilasi Bug’doydoshlar (boshoqdoshlar) oilasi - Poaceae (Graminiae). Oilaga 650 turkumga mansub 10000 tur kiradi. Turlarning ko’pchiligi kosmopolitdir. Ular, asosan, bir va ko’p yillik o’tlar hisoblanadi. O’zbekistonda 82 turkumga mansub 252 tur uchraydi. Bug’doydoshlar oilasi vakillarining xalq xo’jaligidagi ahamiyati judayam muhimdir. Bularga: bug’doy (Triticum), sholi (Oryza), makkajo’xori (Zea), suli (Avena), tariq (Prosa), arpa (Hordeum) kabi turkumlarning vakillari kiradi. Oilaning asosiy vakillaridan biri bug’doy o’simligi bilan tanishamiz. Bug’doy - Triticum aestivum L. Bo’yi 1-1,5 m ga yetadigan bir yillik o’simlik. Poyasining ichi kovak. Barglari lentasimon bo’lib, poya bo’g’imlarida bittadan joylashgan. lldizi popuk ildiz. Aprel, may oylarida gullaydi, Gullari sarg’ish rang bo’lib, boshoqidan chiqib turadi. Boshog’i qiltiqli, ba'zi turlari esa qiltiqsiz. Iyun-iyul oylarida mevasi pishadi. Mevasi - don. Doni oq yoki qizg’ish rangda, usti qipiq bilan qoplangan. Bug’doyning turlari ko’p. Shundan 2 turi yumshoq (Tr. vulgare) va qattiq (Tr. durum) bug’doy bizda ko’p ekiladi. Bug;doydan un undan esa non va boshqa mahsulotlar tayyorlanadi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling