Nashrlarning grafik dizaynini loyihalash


Download 84.73 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi84.73 Kb.
#1589172
  1   2   3   4
Bog'liq
BMI Charos Eshpulotovna


I-BOB. Nashrlarning grafik dizaynini loyihalash

1.1-§. Grafik dizaynda loyihalash haqida........................................




1.2-§. Grafik dizaynda loyihalash bosqichlari..................................




1.3-§. Nashrlarning grafik dizaynini loyihalash qo‘yiladigan talablar ……




1.4-§. Nashrlarning grafik dizaynini loyihalashda foydalaniladigan amaly dasturlar va ularning imkoniyatlari ……………




    1. Grafik dizaynda loyihalash haqida.

Har qanday dizayn ishi loyihalashdan boshlanadi, ya’ni shartli, realistik, diagramma yoki chizma shaklida bo‘lishi mumkin bo‘lgan grafik tasvir. Dizayner muayyan obyektni rejalashtirish va loyihalashda bir qator ketma-ket bosqichlardan o‘tadi. Har bir bosqichda ma’lum turdagi grafik ishlar bajariladi. Loyihalash san’at asari, tuzilishi, mexanizmi yoki uning alohida qismi g‘oyasini aks ettiruvchi dastlabki tuzilma va reja hisoblanadi. Grafik dizaynini loyihalash, biror bir proyekt yaratishning muhim qismini tashkil qiladi. Bu jarayon proyekt ishining muvaffaqiyatini tasdiqlaydi, chunki bir yaxshi dizaynning yanada katta doirasiga xizmat qiladi.

    1. Grafik dizaynda loyihalash bosqichlari

Loyihalash jarayonining har bir bosqichi ikki qismni o‘z ichiga oladi:

  1. Divergent (keng)

  2. Konvergent (tor).

Bosqichlar juda ko‘p sonli variantlarni ishlab chiqarish bilan boshlanadi, so‘ngra saralash va diqqat markazida bo‘ladi. Har bir bosqich oxirida oraliq natijani olish mumkin: sayt tuzilishi, prototipi, dizayn yechimi va hk. Oxirgi mahsulot oraliq natijalardan hosil bo‘ladi. Ushbu ssenariyga rioya qilish va izchillikni saqlash qoniqarli natijaning kafolati hisoblanadi.
Nashrlarning grafik dizaynini loyihalash 3 bosqichga asoslanadi.

  1. Pre-production

  2. Production

  3. Post-production

Pre-production – bu grafik dizayn mahsulotini tayyorlashdan oldingi bosqich. Bu bosqichning tugashi maqsad aniq, o‘rganishlar o‘tkazilgan, yo‘nalish belgilangan va unga doir materiallar, dasturlar tayyor degani. Bu bosqichni yanada ochib berish uchun quyidagi 3 qismli sxemani keltirib o‘tish mumkin. (Konsepsiya ishlab chiqish, protiplash va loyiha dizayni)

  • Konsepsiya ishlab chiqish. Konsepsiya tayyorlash davomida grafik dizayn mahsuloti aynan nima yo‘nalishda tayyorlanayotganligini bilish muhim. Demak, ushbu bitiruv ishida gazeta nashri dizaynini tayyorlash bo‘yicha ko‘rib o‘tish maqsadga muvofiq. Bu etap to‘liq bajarilishi uchun quyidagi savollarga batafsil javoblar izlash kerak.

Loyiha nima haqida?
Maqsadli auditoriya kim?
Qanday raqobatchilar bor?
Loyiha qaysi dasturda yaratiladi?
Tugallash uchun qancha vaqt ketadi?
Yaratish davomida qanday resurslar kerak bo‘ladi?



Download 84.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling