Natija ergash gapli qo'shma gaplar


Download 20.08 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi20.08 Kb.
#1531427
Bog'liq
Natija ergash gapli qo\'shma gaplar


Natija ergash gapli qo'shma gaplar
Natija ergash gap bosh gapdagi harakatning, belgining natijasini yoki voqeaning xulosasini ko'rsatadi.
Natija munosabati bunday qo'shma gaplarning mazmunini tashkil qiladi. Ikkinchi voqеa birinchi voqеaning natijasi sifatida yuzaga kеladi. Shuni aytish kеrakki, bosh gapdagi harakat atay ergash gapdagi harakatni amalga oshirish uchun qilinmaydi, balki ergash gapdagi harakat bosh gapdagi harakatning natijasi sifatida o'z-o'zidan kеlib chiqadi. Misollar:
O'g'il ham otaga shunchalik o'rgandiki, u bilan birga yotadigan bo'ldi! ( «Olis yulduzlar ostida», Shukur Xolmirzayev, 77-bet).
Hayronman, bu safar ovozi shu qadar horg'in, shu qadar yig'lamsirab chiqdiki, savolini zo'rg'a eshitdim.(O'.Hoshimov, «Ikki karra ikki besh»,15-bet)
Aytish kеrakki, bunday qo'shma gaplarning bosh gapi tarkibida dеyarli, hamisha, shunday, shunaqa, chunonam kabi so'zlar bo'ladi va ular bosh gapdagi voqеaning natijasi borligiga, ya'ni ergash gapga ishora qilib turadi, shuning uchun ularni havola bo'laklar dеyish mumkin. Natija ergash gapli qo'shma gaplar, dеmak, bir havola bo'lakli gaplardir, bu bo'laklar bosh gapda, asosan, hol o'rnida kеladi. Ana shu bo'lakka ko'ra bosh gap mazmunan erkin bo'lolmaydi, ergash gap esa erkin bo'la oladi.
Natija ergash gap bosh gapga -ki yordamchisi vositasi bilan birikib, bosh gapdagi shunday, shunaqangi, shuncha, shu qadar, shunchalik, chunon kabi so'zlarning mazmunini konkretlashtiradi.
Shunday:
U oyatlarni shunday hazin o'qirdiki, beixtiyor yig'lab yuborging keladi. (Said Ahmad, «Umrim bayoni», 54-bet)
Shunaqangi:
Shodivoy ko'zimga shunaqangi iltijo bilan termildiki, o'zim ham qo'shilishib yig'lab yuboray, dedim. (O'. Hoshimov, «Ikki karra ikki besh», 60-bet)
Shu qadar:
Rais buvaning ovozi shu qadar hokimona jarangladiki, to'rtta partada o'tirgan sinfdoshlarim pildir-pis bo'lib qolishdi. (O'. Hoshimov, «Ikki karra ikki besh», 68-bet)
Chunonam:
Ana undan keyin Rais buvaning qovug'ini mo'ljallab turib chunonam tepdiki, Rais buvaning ichidan «G'iq» degan ovoz chiqdi.(O'. Hoshimov, «Ikki karra ikki besh», 70-bet)
Shunchalik:
Bu ko'rgiliklarning hammasi shunchalik tez sodir bo'ldiki, yarim tunda zilzila ro'y berganday esankirab, dozdirab qoldik.(Iqbol Mirzo, «Bonu», 102-bet)
Bu so'zlarning ko'pi aniqlovchi ergash gapli qo'shma gapda ham qo'llanadi. Farq shundaki, bu so'zlar aniqlovchi ergash gapli qo'shma gap ichida kelganda otning belgisini bildiradi. [Bu esa shunday shirin, shunday mazali bir nisholdaki, yalayturib har qanday qalamni sindirib otgingiz keladi.(E.A'zam, «Shovqin»,11-bet] Natija ergash gapli qo'shma gap ichida kelganda esa harakatning belgisini ko'rsatadi.[Shunaqangi keskin aylandiki, yerga chilparchin bo'lib tushishimga bir bahya qoldi.O'.Hoshimov, «Ikki karra ikki besh», 32-bet]
Bosh gapda shunday, shuncha kabi so'zlar ishtirok etmasligi ham mumkin:
Jilov qo'limda bo'lsaki, tortsam.( O'.Hoshimov, «Ikki karra ikki besh», 33-bet)
Ba'zan natija ergash gap bosh gapdagi biram so'zining ma'nosini konkretlashtirib keladi. Bu hol ko'proq sonli tilda uchraydi:
Bechora qiz boshiga tushgan savdolarni biram yig'lab-qaqshab turib aytdiki, achinganimizdan ko'zlarimizga yosh oldik.(A.Q.)
Bunday natija ergash gapli qo'shma gapning bosh gap qismida natija ma'nosini ta'kidlab ko'rsatish uchun natijada, oqibatda kabi so'zlar ishlatilishi mumkin. Misollar:
Azimboy shunday zulm o'tkazdiki, oqibatda xalqning sabr kosasi to'ldi.(S.A.)
Natija ergash gapli qo'shma gaplarda sodda gaplarning o'zaro bog'lanish xarakteri va sintetik tuzilishiga oid ikki holatni ko'rsatish mumkin:
1)natija ergash gapdagi fikr real bo'ladi. Shuning uchun bosh va ergash gapdagi fe'l kesim o'tgan zamon yoki hozirgi zamon formasida bo'ladi:
Onam dumbamni shu qadar achitib chimchiladiki, iljayib qo'ydim. ( O'.Hoshimov, «Ikki karra ikki besh», 9-bet)
Shunaqangi azob berdiki, dumalab bo'kirgim kelardi. (O'.Hoshimov, «Tushda kechgan umrlar», 51-bet)

2) ergash gapdagi fikr mo'ljallangan va taxmin qilingan bo'ladi. Bunday qo'shma gaplarda bosh gapdagi fe'l kesim buyruq-istak formada yoki kelasi zamon formasida bo'lib, ergash gapning fe'l kesimi buyruq mayli shaklida qo'llanadi:


Shunaqangi buraginki, dunyoni boshiga ko'tarib dod solsin! (O'.Hoshimov, «Tushda kechgan umrlar», 14-bet)

Ba'zan bosh gapning kesimi kerak, zarur kabi modal so'zlar bilan ifodalanadi:


Bundan tashqari, tuvakni jinoyatchining orqasiga shunday yopishtirish kerakki, moyagi uning ichiga kirsin. (O'.Hoshimov. «Tushda kechgan umrlar», 16-bet)

Ayrim vaqtda ergash gap bosh gapdan kelib chiqadigan natijaning eng yuqori nuqtasini – maksimal natijani ko'rsatadi. Bunday qo'shma gaplarning ergash gap qismida hatto so'zi ishlatiladi. Masalan:


Oksananing shunday achchig'i keldiki, hatto burnining uchigacha qizarib ketdi.(S.)
Ergash gapning kesimi fe'lning shart formasi bilan ifodanib, aniq natijani emas, orzu qilingan fikrni bildiradi:
Jilov qo'limda bo'lsaki, tortsam.( O'.Hoshimov, «Ikki karra ikki besh», 33-bet)

Voqеalarning tabiati qanday bo'lishidan qat'i nazar, baribir ular dеnotativdir. Shuning uchun ham natija ergash gapli qo'shma gaplarda asosiy hollarda mazmuniy-sintaktik nomuvofiqlik yuzaga kеlmaydi.


Natija ergash gap doimo bosh gapdan keyin keladi.
Download 20.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling