Natriy bisulfatning tozalangan kartoshka


Download 16.84 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi16.84 Kb.
#1527618
Bog'liq
1-laboratorıya


1-laboratoriya
NATRIY BISULFATNING TOZALANGAN KARTOSHKA
QORAYISHGA TA'SIRINI O’RGANISH


Ishning maqsadi: archilgan kartoshka qorayishiga natriy bisulfit ta'sirini o’rganish va uni namoyish qilish.
NAZARIY QISM
Po’sti archilgan kartoshka xavoda saqlanganda tezda (avvalo qizg’ish yoki qizg’ish jigar rangli bo’lib, vaqt o’tishi bilan intensivligi ortib qorayadi va qoramtir ranga kiradi) qorayadi. Kartoshka qorayishining tezligi keng chegarada sodir bo’lib, ko’pgina omillarga (navga, yetilganlik darajasiga, ferment tizimlarining aktivligiga) bog’liq. Masalan, olmaning qorayish sabablari polifenollarning havo kislorodi bilan fermentativ oksidlanishi natijasida bo’ladi. Tozalangan xom mahsulotlardagi polifenol-oksidaza fermenti qorayishni tezlatuvchi katalizator vazifasini bajaradi. Bunday jarayonda boshqa fermentlarning ishtiroki ehtimoldan xoli emas.
Umumiy ovqatlanish korxonalarida archilgan kartoshkani ma'lum muddatlarda saqlashga to’g’ri keladi. Tashishdan oldin kartoshka natriy bisulfit eritmasi bilan ishlanadi. Shundan keyin kartoshka haroratga bog’liq xolda 1-2 sutka qoraymasdan saqlanadi.
Natriy bisulfat har xil rangli organik moddalar bilan ta'sirlashib, rangsiz birikmalar hosil qiladi.
Kerakli reaktivlar va idishlar:
1% li natriy bisulfit eritmasi. 0,5 l li farfor stakan. Ikki chinni kosacha.
Ishning bajarilishi:
5 dona kartoshka olinib, yuvilib va archilib, har biri ikkiga bo’linadi. Beshta yarimtali kartoshkalar 5 min dan 1% li natriy bisulfit eritmasiga solib qo’yiladi va olinib, vodoprovod suvi bilan yuviladi. Mayda marlidan bittasiga 5 ta yarimtali natriy bisulfat eritmasi bilan ishlangan kartoshka va ikkinchi kosachaga esa qayta ishlanmagan yarimtalik kartoshka bo’laklari qo’yiladi. Kartoshka rangining o’zgarishi kuzatiladi. Har yarim soatda o’zgarishlar belgilanadi. Rang o’zgarishi agar kuchsiz ifodalangan bo’lsa - K bilan, agar ko’proq ifodalangan bo’lsa - KK, qoraygan rangi bo’lsa - KKK bilan ifodalanadi.
Kuzatish natijalari jadval ko’rinishida ifodalanadi va oxirida xulosa qilinadi.



Namunalar

Vaqti, soat

0,5

1,0

1,5

2,0

1

Natriy bisulfat bilan ishlangan kartoshka













2

Natriy bisulfat bilan qayta ishlanmagan kartoshka













Download 16.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling