Navoiy davlat pedagogika instituti Ingliz tili va adabiyotifakultetining“7011801 Ingliz tili va adabiyoti (ingliz tili)” mutaxassisligi magistranti Shirinova Fotima Shuhrat qizining“Ingliz va O‘zbek mifologik afsonalari tipologiya”si mavzusidagi magistrlik
Download 17.96 Kb.
|
taqriz ichki (1)
Navoiy davlat pedagogika instituti Ingliz tili va adabiyotifakultetining“7011801 Ingliz tili va adabiyoti (ingliz tili)” mutaxassisligi magistranti Shirinova Fotima Shuhrat qizining“Ingliz va O‘zbek mifologik afsonalari tipologiya”si mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga TАQRIZ Darhaqiqat, xalq ijodi an’analari asrlar davomida yosh avlod kamolotiga xizmat qilishi barobarida yozma adabiyotning shakllanishi va takomillashishida ham birlamchi badiiy zamin vazifasini bajargan. Mazkur dissertatsiya ishida O‘zbek va ingliz afsonalari qiyosiy tipologik jihatdan yoritish, afsonalarning janr xususiyatlari va poetik tabiatini belgilash, ingliz va o‘zbek xalq mifologik-afsonalarining yaratilish tarixi va vujudga kelish omillarini ko‘rsatish, afsonalarda aks etgan milliy mentalitetning o‘ziga xos jihatlarini qiyosiy tipologikjihatdan tekshirish,har ikki xalq afsonalarining janr tabiati va uning tasnifini ilmiy nazariy jihatdan asoslash, ingliz va O‘zbek xalq afsonalarining badiiyatini, obrazlar tizimi va badiy xususiyatlarini qayd etish kabi masalalar tahlilga tortilgan. Mavzuning Respublikada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yoʻnalishlarga mosligi: “Ingliz va o‘zbek mifologik afsonalari tipologiya”si mavzusida oʻzbek folklorshunosligining yangicha tamoyillarini afsona janri misolida yoritish, bugungi kunda o‘zbek xalq ijodida ifodalangan ezgu g‘oyalarni keng targ‘ib qilib, yosh avlodni buyuk ajdodlarimizning maʼnaviy qadriyatlari ruhida tarbiyalash muhim amaliy ahamiyatga ega. Mazkur dissertatsiya kirish, uchta bob,xulosa foydalaqnilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovadan iborat. Ishning kirish qisamida mavzuning dolzarbligi,izlanishning obekti, predmeti,maqsadi, vazifalari,ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati hamda tarkibiy tuzulishi yoritilgan. Magistirlik dissertatsiyasining birinchi bobida Ingliz va o‘zbek mifologik afsonalarining o‘rganilishi haqidagi nazariy ma’lumotlar keng yoritib berilgan. O‘zbek xalq nasri xilma-xil janrlardan tarkib topgan boʼlib, uning epik tizimida afsona janriga mansub asarlar salmoqli o‘rin tutadi. Jahon folklorshunosligida eʼtirof etilgan ilmiy tasnifga ko‘ra, afsonalar tarixiy, toponimik va mifologik kabi turlarga boʼlinadi. Har bir tipga mansub afsonalar epik xususiyatlari, syujet qurilishi va obrazlar tarkibining o‘ziga xosligi bilan xarakterlanadi. Xususan, mifologik afsonalar o‘zida qadimgi tasavvurlar va eʼtiqodlarni aks ettirishi bilan ajralib turadi. Tadqiqot davomida mifologik afsonalarning o‘ziga xosligini ko‘rsatuvchi epik belgilar aniqlandi va uning boshqa tip afsonalardan farqlanib turadigan xususiyatlari yoritildi. Tatqiqotning ikkinchi bobida esa, Nabotot olamining paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi qadimgi mifologik tasavvurlar asosida yuzaga kelgan ixcham syujetli og‘zaki nasriy asarlar o‘simliklar to‘g‘risidagi fitonimik afsonalar hisoblanadi.O‘simliklar kulti hamda serhosillik g‘oyasiga qadimgi inonch-e’tiqodlar negzida shakllangan bunday afsonalar qadimgi miflarning o‘simlik kulti hamda serhosillik g‘oyasiga qadimgi inonch-e’tiqodlar negizida shakllangan bunday afsonalar qadimgi miflarning epik diffuziyasi mahsulidir. O‘zbek xalq fitonimik afsonalarida odam yoki uning muayyan tana a’zosi,tanasining biror qismi (masalan, sochi)ning o‘simlikka aylanishi,odam tupugi (yoki so ‘lagi)dan o‘simlik unib chiqishi (masalan, sarimsoq haqidagi afsona) аsosan evrilish motivi vositasida talqin qilingan. Uchinchi bobda epik ko‘makchi yoki epik homiy obrazlari ajdodlarimizning suv,olov, o‘simlik, hayvonot dunyosi va ajdodlar ruhiga topinishi bilan aloqador qadimiy qarashlarini o‘zida badiiy aks ettiradi. Ularning genezisida ota-bobolar ruhining madadkorligiga sig‘inish ananalari muhim rol o‘ynagan. Epik ko‘makchi qahramonlar obrazining mifik asoslari, syujet voqealaridagi o‘rni va vazifalari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Har bob so‘ngida xulosalar boblarda yoritilgan ilmiy qarashlar va turli yondashuvlar hamda tahlillarni qisqacha umumlashtirgan holda boblarning asosiy mazmuni yoritib berilgan. Umumiy xulosada dissertatsiya davomida qo‘lga kiritilgan asosiy xulosa va natijalar yoritilgan bo‘lib,magistr o ‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalarni to ‘liq amalga oshira olgan. Shirinova Fotima Shuhrat qizi“Ingliz va o‘zbek mifologik afsonalari tipologiya” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi bo‘yicha qilingan ishlar va tavsiyalar folklorshunoslikda ijobiy natijalarga erishish uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Shirinova Fotima Shuhrat qizi“Ingliz va o‘zbek mifologik afsonalari tipologiya” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasini barcha talablariga javob berganligi uchun tugallangan deb hisoblaymiz va uni Yakuniy Davlat Attestatsiya hay’atiga himoya uchun tavsiya etamiz. PROFI universiteti “ Tillar kafedrasi” mudiri f.f.f.d (PhD) G.H.Nurmatova Download 17.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling