Navoiy davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakultiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo’nalishi 2-’B’ guruh talabasi erkayev quvonchbek ning ‘jahon


Download 306.24 Kb.
bet1/3
Sana06.02.2023
Hajmi306.24 Kb.
#1171768
  1   2   3
Bog'liq
ERKAYEV QUVONCHBEK 202-GURUH

Jahon mamlakatlarining iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi fanidan “Jahon dehqonchiligi va chorvachiligi”

  • Jahon Dehqonchilikda sugʻoriladigan jami yerlar maydoni 271,4 mln.ga ni tashkil etadi. Sugʻoriladigan maydonlar (mln.ga): Afrikada — 12,5, Shim. Amerikada — 30,4, Osiyoda — 191,2, Yevropada — 24,6, Avstraliyada — 2,4. Jahonda AQSH, Xitoy, Hindiston, Rossiya, Qozogʻiston kabi mamlakatlarda katta maydonlarda Dehqonchilik qilinadi. Haydaladigan va doimiy ekiladigan yer maydoni AQShda 176,9 mln.ga (sugʻoriladigan yerlar 21,4 mln.ga), Xitoyda 124,1 mln.ga (sugʻoriladigan yerlar 52,5 mln.ga), Hindistonda 161,9 mln.ga (su-goriladigan yerlar 59 mln.ga), Rossiyada 127,9 mln.ga (sugʻoriladigan yerlar 4,6 mln.ga), Qozogʻistonda 30 mln.ga (sugʻoriladigan yerlar 2,3 mln.ga). 20-asr oxiriga kelib Yevropa mamlakatlarida ham sugʻorma Dehqonchilik rivojlandi. Sugʻoriladigan yerlar maydoni (mln.ga) Fransiyada — 2, Italiyada — 2,7, Ruminiyada — 2,8, Ispaniyada — 3,6, Ukrainada — 2,5 ni tashkil qiladi (1999)
  • Oʻrta Osiyo, shu jumladan Oʻzbekiston Dehqonchilikning qadimiy markazlaridan biri hisoblanadi. Ibtidoiy Dehqonchilikdan madaniy Dehqonchilikka oʻtish davrida Oʻrta Osiyoda Osiyo hamda Yevropaning boshqa mintaqalariga Karaganda yerni ishlashda qoʻllanilgan temir qurollar ertaroq paydo boʻlgan. SP. Tolstovning taxminicha, mil. av. 2-ming yillikning oʻrtalarida Xorazmda qayir tipidagi sugorishga asoslangan chopiq qilinadigan Dehqonchilik rivoj topgan. Fargʻona vodiysida ibtidoiy jamiyatda yashagan urugʻlar (ayniqsa jez davrida) soy va dare etaklarida liman usulida sugʻorishnn qoʻllab, loyqa bosgan yerlarga tariq, arpa va boshqa donli ekinlar ekishgan. Arxeologik tadqiqotlarning koʻrsatishicha, Oʻrta Osiyoda mil. av. 10-asrda, asosan gʻalla ekinlari, sholi, gʻoʻza, kunjut, qovun, tok va boshqa oʻstirilgan.
  • Dehqonchilik - 1) oʻsimlik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun madaniy oʻsimliklar (qishloq xoʻjaligi ekinlari)ni yetishtirish; qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoklaridan biri. Aholini oziq-ovqat mahsulotlari, chorvachilikni yem-xashak, koʻpgina sanoat tarmoushri (oziq-ovqat, toʻqimachilik, farmatsevtika va boshqa)ni xom ashyo bilan taʼminlaydi. Chorvachilik bilan uzviy bogʻliq. Dalachshshk (asosiy tarmoq), sabzavotchshshk, polizchshshk, bogʻdorchilik, gulchilik, yaylov-oʻtloqchilik kabi tarmoklarga boʻlinadi
  • Dehqonchilikda gʻoʻza maydonlari qisqartirildi, aholini oziq-ovqat bilan taʼminlashni tubdan yaxshilash uchun respublikada don ekinlari maydoni koʻpaytirildi va respublikaning gʻalla mustaqilligi taʼminlandi. 2000-yilda jami toifadagi xoʻjaliklarda ekin ekilgan maydonlar 3774,9 ming ga ni tashkil qildi. Ekin maydonlari tarkibida don ekinlari — 42,7, gʻoʻza — 38,2, sabzavot — 3,4, kartoshka — 1,4, yem-xashak ekinlari — 11,3, poliz ekinlari — 0,9% tashkil etdi. Respublika dehqonchiligida texnika ekinlari (gʻoʻza, tamaki, qand lavlagi), don ekinlari (bugdoy, sholi, arpa, makkajoʻxori, dukkakli don ekinlari), sabzavot-kartoshka, poliz ekinlari, yem-xashak ekinlari, bogʻdorchilik oʻz ahamiyatiga koʻra yetakchi oʻrinlarda turadi. Respublikada 2000-yilda (ming t) paxta — 3001,8, don — 3915,7, shu jumladan bugʻdoy — 3521,7, sholi — 154,8, makkajoʻxori doni — 131,4, kartoshka — 729,8, sabzavotlar — 2637,3, poliz mahsulotlari — 457,3, meva va rezavor meva — 796,9, uzum — 625,4 yetishtirildi.
  • Dehqonchilik madaniyatini ogʻishmay oshira borish, fan yutuklarini va ilgʻor tajribalarini keng joriy etish natijasida Oʻzbekistonning koʻpgina ilgʻor xoʻjaliklarida paxta hosildorligi gektariga 35—45 s, boshokli don ekinlari 50—70 s, sholi 60—70 s, kartoshka 250—300 s, poliz ekinlari 300—400 s, makkajoʻxori doni hosil-dorligi 80—100 s ga yetdi (qarang LalmikorlikSugʻorma dehqonchilik);2) qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish va tuproq unumdorligini oshirishning umumiy usullarini oʻrganadigan fan (agronomiyaning boʻlimi). Dehqonchilik fan sifatida yuqori va barqaror hosildorlikni taʼminlash uchun tuproqqa hamda ekinga taʼsir koʻrsatishning turli usullarini, xususan, tuproqning oʻsimlik oʻsishi va rivojlanishi uchun qulay sharoitlarni taʼminlaydigan suv, ozuqa, havo va harorat rejimini boshqarish,

Download 306.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling