Navoiy viloyati


Download 20.9 Kb.
bet1/2
Sana11.10.2023
Hajmi20.9 Kb.
#1698589
  1   2
Bog'liq
Navoiy iqlim


Navoiy viloyati - Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1982 yil 20 aprelda Buxoro va qisman Samarqand viloyatlari hududlaridan tashkil etilgan. 1988 yilda maʼmuriy birlik sifatida tugatilib, 1992 yil boshida qayta tiklandi. Shimoliy va shimoli-sharqdan Qozogʻiston, janubi-sharqdan Jizzax, Samarqand, jan.dan Qashqadaryo, janubi-gʻarbdan Buxoro viloyatlari bilan chegaradosh. Maydoni 111,0 ming km². Aholisi 802,3 ming kishiga yaqin (2003). Navoiy viloyati tarkibida 8 qishlok tumani (Konimex, Navbahor, Navoiy, Nurota, Tomdi, Uchquduk, Xatirchi, Qiziltepa, 5 shahar (Zarafshon, Qiziltepa, Navoiy, Nurota, Uchquduq), 8 shaharcha (Konimex, Langar, Malikrabot, Muruntov, Tinchlik, Shalqar, Yangirabot, Gʻozgʻon) va 53 qishlok fukarolari yigʻini bor (2003). Markazi — Navoiy shahri Tabiati. Navoiy viloyatining hududi tabiiy sharoitiga koʻra, 3 qismga boʻlinadi: viloyatning shimoli-gʻarbiy qismini Qizilqum choʻli egallagan — bu yerda berk botiqlar (Karaqota, Moʻlali, Mingbulok), eol qumli tekisliklar va qoldik togʻlar (Ovminzatogʻ, Yetimtogʻ, Boʻkantov, Tomditov va h.k.) bor; janubi-sharqiy qismini Nurota togʻ tizmalarining gʻarbiy qismi past va oʻrtacha balandliklardagi togʻlar (Qoratogʻ, Oktogʻ va boshqalar) hamda togʻlararo botiqlar (Nurota botigʻi va boshqalar) egallagan; Zarafshon daryosi vohasining oʻrta qismida viloyatning paxtachilik zonasi oʻrnashgan. Navoiy viloyatidagi togʻlar, asosan, silur, devon, toshkoʻmir, bur, paleogen, neogen davrlari jinslaridan tuzilgan. Tekislik va qumliklar toʻrtlamchi geologik davrdagi kompleks tabiiy omillar taʼsirida oʻzgargan. Muruntovda oltin, Ovminzatogʻ shimolida grafit topilgan. Viloyatda volfram, fosforitlar, kvars qumi, sement, ohaktoshning zaxiralari mavjud. Navoiy viloyatida mineral shifobaxsh, shoʻr va yer osti chuqur suv zaxiralari aniqlangan. Chunonchi, Tomdibulok, Qaraqota, Chingildi atroflaridan topilgan suvlardan xoʻjalikda keng foydalanilmoqda. Viloyat seysmik jihatdan 7 balli zilzila zonasiga kiradi. Qizilkum choʻli tufayli iqlimi keskin kontinental choʻl iqlimi: yozi uzoq, quruq. issik, iyulda oʻrtacha temperatura 27,2—29,6°, kumda oftobda temperatura 60—70° gacha koʻtariladi. Yanvarda oʻrtacha temperatura — 1,9° dan —0,6° gacha. Choʻl va yaylovlarda, vohalarda iqlim oʻrtacha. Yogʻin, asosan, bahor va qishda yogʻadi. Yillik yogʻin 125–282 mm. Vegetatsiya davri 177—212 kun. Navoiy viloyatining asosiy suv manbai — Zarafshon daryosi. Zarafshondan Konimex kanali chikarilgan. Navoiy viloyatini suv bilan taʼminlashda Quyimozor, Toʻdakoʻl suv omborlari, Konimex kanalining ahamiyati katta. Viloyatning shim. va gʻarbiy katta qismi koʻchma qum barxanlari, unda-bunda uchraydigan gilli choʻllardan iborat. Astragal, shuvok, shoʻra, isirik, qamish, zarpechak, saksovul, yulgʻun, va boshqa choʻl oʻsimliklari oʻsadi. Choʻl tuproqlarida chirindi kam, ohak, gips, eruvchi tuzlar koʻp. Choʻl oʻsimliklari, ayniqsa, shoʻra, shuvoq kabilar qorakoʻl qoʻylari va boshqa mollar uchun ozuqa boʻladi. Bukantovda va Mingbuloq botigʻida qobon, boʻri, chiyaboʻri, tulki, uzun dumli mushuk, choʻl mushugi, boshqa yerlarda malla yumronqoziq, kalamush, sichqon, sugʻur, sassiqkoʻzan, jayron, kaltakesak, turli xil ilonlar, toshbaqa, qushlardan tuvaloq, qorabovur, olabovur, qirgʻovullar, qargʻa, hakka, musicha, chumchuq uchraydi.
Qizilqum choʻlida pastak koʻhna togʻlar, Mingbuloq botigʻi, shuningdek, Qaraqota havzasi, shoʻrxok tekisliklar va pastliklar, qator qum tepalari alohida manzara kashf etgan. Yaylovlarda chorva boqiladi. Saksovul, qandim, cherkez, singren, oqpechak, selin, efemer va shoʻralar chorva mollari uchun ozuqa.
Aholisining koʻpchiligini oʻzbeklar (63,3%) tashkil etadi. Shuningdek, rus (13,5%), qozoq (11,5%), tatar (2,6%), ukrain (1,4%), qoraqalpoq (1,4%), tojik (1,3%), ozarbayjon (0,9%), belorus (0,2%) va boshqa millat vakillari yashaydi. 1 km² ga oʻrtacha 7 kishi toʻgʻri keladi. Shaharliklar — 319,7 ming kishiga yaqin, qishloq aholisi — 482,6 ming kishidan ziyod (2003).
Xoʻjaligi. Sanoatining yetakchi tarmoqlari energetika, konchilik (oltin va boshqa metallar qazib olish), metallurgiya, kimyo, qurilish materiallari, paxta tozalash, oziq-ovqat sanoati korxonalaridan iborat. Yirik korxonalari: Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Navoiy issiqlik elektr stansiyasi, "Navoiyazot" ishlab chiqarish birlashmasi, "Qizilqumsement", "Elektrkimyo", "Nurotamarmar" korxonalari, mahalliy sanoat konserni. Toʻkma kon chiqindilaridan oltin ajratib oluvchi "Zarafshon-Nyumont" oʻzbek-amerika qoʻshma korxonasi samarali faoliyat koʻrsatyapti. Ulardan tashqari "Agama", "Zerispark", "Bentonit" va boshqa qoʻshma korxonalar ishlab turibdi. Jami 20 dan ortiq qoʻshma korxona bor. 730 ga yaqin kichik korxona, 30 shirkat korxonasi, 10 mingdan ziyod kichik va oʻrta biznes subʼyektlari faoliyat koʻrsatmoqda. Kichik korxonalardan "Ittifoq", "Navoiy" (qurilish materiallari ishlab chiqaradi), "Edem" korxonalarining hissasi salmoqlidir.
Eksport qilinadigan mahsulotlarning aksari qismini paxta tolasi, ammiak selitrasi, kimyoviy tola, sulfat, ammoniy, ortoaminofenol tashkil qiladi. Chetdan xalq isteʼmoli mollari, kalsiy karbid, kaustik soda, tiomochevina, tikuv uskunalari, tibbiy texnika, yuk va yengil avtomobillar, avtobuslar va ularga ehtiyot qismlar, xoʻjalik uskunalari keltiriladi.
Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoklari — paxtachilik, gʻallachilik; shuningdek, bogʻdorchilik, tokchilik, sabzavotchilik, pillachilik, chorvachilik mahsulotlari yetishtirish bilan ham shugʻullaniladi. Chorvachiligi koʻp tarmokli. 228 ming donadan ziyod qorakoʻl terisi tayyorlanadi (2003). Navoiy viloyati qorakoʻl teri tayyorlash boʻyicha respublikada 1-oʻrinda turadi. Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlar maydoni 9266,2 ming ga, haydaladigan yer maydoni 111,1 ming ga, yaylovlar 9137,5 ming ga (2003). Barcha ekin maydoni 112,6 ming ga, shu jumladan, paxta 39,4 ming ga, don ekinlari 42,0 ming ga, kartoshka, sabzavot, poliz ekinlari 1,4 ming ga yerga ekiladi. Yerning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida 2,6 ming km kollektor drenaj tarmoqlari, 138 zax qochirish qudugʻi qurilgan. Navoiy viloyatida dehqonchilik maydonlari AmuBuxoro mashina kanali Navoiy, Oʻrtachoʻl, Amu, Sumbul, Mayna tarmoklari hamda Zarafshon daryosidan suv oladigan Toss, Shovot, Chovli, Oʻng va Chap qirgʻoq, Navkar, Konimex kanallari orqali suv bilan taʼminlanadi. 32 yirik suv chiqarish elektr nasos stansiyalari ishlab turibdi. Navoiy viloyatida 75 shirkat, 4 ming fermer xoʻjaliklari mavjud.
Viloyat jamoa va xususiy xoʻjaliklarida 200,0 ming qoramol (shu jumladan, 96,4 ming sigir), 1458 ming qoʻy va echki, 723 ming parranda bor

Download 20.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling