Nazariya va amaliyotdagi
Download 68.11 Kb.
|
1 2
Bog'liq1.3. ва биринчи боб хулосаси лотин
1.3. O’quvchilarda milliy iftixor tuyg’usini shakllantirishning nazariya va amaliyotdagi mavjud ahvoli Bizning nazarimizda, «g’urur» va «iftixor» tushunchalari o’rganilayotgan ob’ekt nuqtai nazaridan ham individual, ham ijtimoiy xususiyatni namoyon eta oladi. CHunonchi, shaxs g’ururi – bu muayyan shaxsga xos bo’lgan psixologik xususiyat bo’lib, u shaxsning ijtimoiy mavqei (shu jumladan, ma’lum millat vakili sifatidagi mavqei), shaxsiy xususiyatlar, turmush tarzi, kasbiy yoki ijtimoiy faoliyat, erishilgan muvaffaqiyatlardan qoniqish hosil qilish sanaladi. Milliy iftixor tuyg’usiga egalik esa ma’lum millatga mansub shaxsning ana shu millatning jahon hamjamiyatida tutgan o’rni, mavqei, insoniyat taraqqiyoti va tsivilizatsiyasiga qo’shgan hissasini anglash, faxrlanish va qoniqish demakdir. SHaxsning milliy iftixor tuyg’usiga egalik darajasini aniqlash bir qadar murakkabdir. Binobarin, shaxsning namoyon bo’luvchi barcha harakatlari ham uning bu tuyg’uga egaligini ifoda etavermaydi. SHu sababli umumta’lim muassasalari o’quvchilarida milliy iftixor tuyg’usini shakllantirish yo’lida tajriba-sinov ishlarini olib borishda quyidagi holatlar inobatga olindi: tajriba-sinov maydonlarini belgilashda pedagogik shart-sharoitlarning mavjudligini o’rganish; tajriba ishlariga malakali pedagog-metodistlarni jalb etish; tavsiya etilayotgan metodika samaradorligini uzluksiz tahlil etib borish. Dastlab umumta’lim muassasalarida boshlang’ich sinfda o’qitilishi yo’lga qo’yilgan o’quv fanlari, ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar fanlarning imkoniyatlarini o’rganishga harakat qilindi, fanlar bo’yicha yaratilgan o’quv dasturlari asosida o’quv fanlarining o’quvchilarda milliy iftixor tuyg’usini shakllantirish imkoniyati o’rganildi. O’quv dasturlari bilan tanishish yuqorida nomlari aytib o’tilgan o’quv fanlarining tadqiqot muammosini hal etishda yetarli imkoniyatga ega ekanligi aniqlandi. Tadqiqot muammosini nazariy va amaliy jihatdan o’rganish yoshlar, shu jumladan, umumta’lim muassasalari o’quvchilarining aksariyati o’zlarida milliy g’urur, milliy iftixor va milliy o’zlikni anglash tuyg’ularining shakllanishi nisbatan befarq ekanligi yoki bu kabi sifatlarning past darajada rivojlanganligini ko’rsatdi. Tajriba-sinov ishlarini olib borish chog’ida bu holatning sababi o’rganildi. O’quvchilar faoliyatini bevosita va bevosita kuzatish, ular bilan o’tkazilgan suhbatlar, bahs-munozaralar, so’rovlar natijalari mazkur sabablarni aniqlashga yordam berdi. Asoslovchi tajriba-sinov ishlarini olib borish jarayonida o’quvchilarda milliy g’ypyp, iftixor va o’zlikni anglash tuyg’ulari shakllanganligining mavjud darajasini o’rganish maqsadida respondent-o’quvchi va o’qituvchilarning e’tiboriga anketa so’rovlari va test savollarini havola etdik. Ana shu maqsadga yo’naltirilgan anketa so’rovining mazmunidan quyidagi savollar o’rin oldi: «Milliy g’ypyp», «milliy iftixor» hamda «milliy o’zlikni anglash» tushunchalari Siz uchun qanday ma’noni anglatadi? SHaxsan Siz o’zingizda milliy g’ypyp, iftixor va o’zlikni anglash tuyg’ulari shakllangan deya olasizmi? Sizning fikringizcha, shaxsda milliy g’ypyp va iftixor hamda milliy o’zlikni anglash tuyg’ulari qanday sharoitda va qaysi omillar asosida shakllanadi? Sizning nazaringizda, o’quvchilarda milliy g’ypyp, milliy iftixor va o’zlikni anglash tuyg’ularini shakllantirishda o’quv hamda mutaxassislik fanlari muayyan imkoniyatlarga egami? Siz qanday fikrdasiz: auditoriyadan tashqari sharoitda qanday shakl, metod va vositalar yordamida tashkil etiladigan tarbiyaviy tadbirlar o’quvchilarda milliy g’ypyp, iftixor va o’zlikni anglash tuyg’ularini shakllantirishga xizmat qiladi? SHaxsda milliy g’ypyp, iftixor va o’zlikni anglash tuyg’ularini shakllantirishda badiiy asarlarning ahamiyatini qanday baxolaysiz? Misollar keltiring. SHaxsan Siz shaxsda milliy g’ypyp, milliy iftixor va milliy o’zlikni anglash tuyg’ularining shakllanishida ommaviy axborot vositalarining ahamiyati beqiyos ekanligiga ishonasizmi? Fikringizni misollar orqali ifodalang. SHaxsda milliy g’ypyp, iftixor va o’zlikni anglash tuyg’ularining shakllanishida oila hamda oilaviy an’analarning o’rni qanday? SHaxsda milliy g’ypyp, iftixor va o’zlikni anglash tuyg’ularining shakllanishida o’quvchi mansub bo’lgan mikromuhitning ta’siri bor deb hisoblaysizmi? Siz qanday fikrdasiz, shaxsda milliy g’ypyp, iftixor va o’zlikni anglash tuyg’ularining shakllanishi o’zga millat vakillarining manfaatlariga ziyon yetkazadimi? E’tiborlariga havola etilgan anketa so’roviga javob qaytarar ekanlar, o’quvchilarning aksariyati “milliy g’ypyp”, “milliy iftixor” hamda “milliy o’zlikni anglash” tushunchalari ularga xalq qahramonlari, mutafakkirlar hamda davlat arboblari va ular tomonidan amalga oshirilgan faoliyat mazmuni bilan tanishish imkoniyatini yaratishini qayd etib o’tadilar. Aniqlanishicha, o’quvchilar mohiyati ochib berilishi talab etilgan ikki tushunchaning ham mazmunini to’la anglamaydilar. Anketa savolnomasi tarkibidan o’rin olgan ikkinchi savolga javob qaytarar ekanlar, respondent-o’quvchilarning aksariyat qismi o’zlarida milliy g’urur, milliy iftixor va milliy o’zlikni anglash tuyg’ulari shakllanganligini ta’kidlab o’tadilar. Bu hol tajriba va nazorat guruhi o’quvchilarining tasodifan tanlab olingan 320/322 nafarida namoyon bo’ldi. Biroq ajablanarli jihati shundaki, respondent-o’quvchilar o’zlari mohiyatidan to’laqonli xabardor bo’lmagan tuyg’ularni o’zlarida mavjud deb hisoblaydilar. Bu holat o’quvchilar tomonidan ayrim tushunchalarning nazariy mohiyati chuqur o’zlashtirilmayotganligidan dalolat beradi. SHu bois, umumta’lim muassasalari oldiga ta’lim jarayonida o’quvchilarning nazariy bilimlarni chuqur o’rganishlariga alohida e’tibor qaratish kabi vazifa qo’yiladi. Javob mazmunidan anglanadiki, respondent-o’quvchilar yuqorida qayd etilgan tuyg’ular tor doirada emas, balki keng ko’lamdagi ijtimoiy muhit ta’siri, shuningdek, juda ko’plab omillar yordamida shakllanishi borasidagi tushunchalarga ega emaslar. Ushbu holat tajriba va nazorat guruhlariga ajratilgan va tasodifan tanlab olingan 297/314 nafarni tashkil etgan respondentlarning javoblarida o’z aksini topgan. Faqatgina 23/8 nafar respondent milliy g’ypyp, iftixor va o’zlikni anglash tuyg’ulari xalq merosi manbalarini o’qib o’rganish, tarixiy yodgorliklar bilan tanishish, xalq qahramonlari, ulug’ mutafakkirlar hamda davlat arboblari tomonidan amalga oshirilgan faoliyat mazmunini tahlil etish asosida shakllanishiga ypg’y berib o’tadilar. «Sizning nazaringizda, o’quvchilarda milliy g’urur, milliy iftixor va o’zlikni anglash tuyg’ularini shakllantirishda o’quv hamda mutaxassislik fanlari muayyan imkoniyatlarga egami?» mazmunidagi savolga javob qaytarish chog’ida respondent-o’quvchilar “Tarbiya”, “Ona tili”, “O’qish” kabi o’quv fanlarining katta imkoniyatlarga tayangan holda yoshlarda milliy g’ypyp, milliy iftixor va o’zlikni anglash tuyg’ularini shakllantirish maqsadga muvofiq ekanligini ta’kidlab o’tadilar. Anketa savollari mazmunidan o’rin olgan beshinchi savolga nisbatan munosabat bildirishda quyidagi fikrni ilgari surishgan: auditoriyadan tashqari sharoitda tashkil etiladigan hamda ma’naviy-ma’rifiy mazmunga ega bo’lgan tarbiyaviy tadbirlarning aksariyati o’quvchilarda milliy g’ypyp, milliy iftixor va o’zlikni anglash tuyg’ularini shakllantirishga yordam beradi. Tajriba va nazorat guruhlariga ajratilgan respondent-o’quvchilarning barchasi auditoriyadan tashqari sharoitda tashkil etiladigan va ma’naviy-ma’rifiy mazmunga ega bo’lgan tadbirlarning o’quvchilar manaviyatini shakllantirish, ularda yuksak darajadagi insoniy xislatlar, xususan, milliy g’ypyp, milliy iftixor va o’zlikni anglash tuyg’ularini shakllantirishdagi imkoniyatlari cheksiz ekanligini alohida qayd etib o’tganlar. Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish jarayoniga jalb etilgan o’quvchilarning aksariyat qismi to’la ishonch bilan o’quvchilarda milliy g’ypyp, milliy iftixor va o’zlikni anglash tuyg’ularini shakllantirishda badiiy asarlarning o’rni va ularda ilgari surilgan g’oyalarning ahamiyati beqiyos ekanligini qayd etganlari holda, bu borada katta imkoniyatga ega bo’lgan badiiy asarlardan namunalar keltirishda faollik ko’rsatmaganlar. Tajriba guruhining 43 nafar, nazorat guruhining 51 nafar respondenti tomonidan qaytarilgan javoblarda ana shunday ta’sir kuchiga ega bo’lgan bir qator badiiy adabiyotlarning nomlari keltirilgan. SHaxsda milliy g’ypyp, milliy iftixor va o’zlikni anglash tuyg’ularini shakllantirish borasida ommaviy axborot vositalarining ham ahamiyati katta ekanligini e’tirof etish asosida respondent-o’quvchilar savolnoma tarkibidan o’rin olgan yettinchi savolga nisbatan o’z munosabatlarini bildiradilar. Ularning javoblarida davriy nashrlarda tarixiy mavzularda yaratilgan maqolalarning chop etilishi, radio va televidenie orqali namoyish etilayotgan ma’naviy-ma’rifiy eshittirish va ko’rsatuvlarning yoshlarda ma’naviy-axloqiy xislatlar, chunonchi, milliy g’ypyp, iftixor va o’zlikni anglash tuyg’usining shakllanishidagi o’rnini yuqori darajada baholaganlar. Sakkizinchi savol yuzasidan respondent-o’quvchilar oila muhiti va unda qaror topgan an’analarning shaxs ma’naviyati, xususan, milliy g’ypyp, iftixor va o’zlikni anglash tuyg’usining shakllanishida o’ziga xos ahamiyat kasb etishiga ypg’y berib o’tganlar. Ushbu savol borasida bildirgan fikr-mulohazalari bir qadar to’la ifodalangan bo’lib, unda o’quvchilar oila sulolasining tarkib topishini ifoda etuvchi shajara, shuningdek, oila a’zolarining kasbiy faoliyati borasidagi an’analar yoshlar kamolotini ta’minlashga xizmat qilishini ko’rsatib o’tganlar. SHu bois, oilaviy shajaraning mohiyatidan xabardor bo’lish va oila an’nalarini davom ettirishni o’zlarining insoniy burchi deb biladilar. Demak, o’quvchi o’zi bilan hisoblaganda yetti ajdodini yaxshi biladi. Respondent-o’quvchilarning aksariyati oila shajarasining to’rt (bir nechta respondent esa besh) nafar vakillari borasida ma’lumotlarga ega ekanliklarini ta’kidlab o’tadilar. Ularning soni ko’rsatgichlar bo’yicha tajriba guruhining 147 nafar, nazorat guruhining 162 nafar respondentini tashkil etadi. Tegishli ravishda tajriba va nazorat guruhlarining 123/147 nafar respondenti savolnoma tarkibidan o’rin olgan to’qqizinchi savol yuzasidan javob qaytarar ekanlar, shaxsda milliy g’ypyp, iftixor va o’zlikni anglash tuyg’ularining shakllanishida mikromuhitning o’rni katta ekanligini e’tirof etganlari holda, tegishli ravishda 197/175 nafar respondent shaxsning ma’naviy jihatdan shakllanishi, shuningdek, ularda milliy g’ypyp, iftixor hamda o’zlikni anglash tuyg’ularining tarbiyalanishiga ular mansub bo’lgan mikromuhit hech qanday ta’sir ko’rsatmasligini ifoda etgan. Ushbu holat o’quvchilarning shaxsni shakllanishida mikromuhit va uning ta’siri borasidagi qarashga ega emasliklarini anglatadi. «SHaxsda milliy g’ypyp, iftixor hamda o’zlikni anglash kabi tuyg’ularning shakllanishi unga hayotda o’z o’rnini topishi, muayyan mavqega ega bo’lishi uchun imkoniyat yaratadi. SHuningdek, shaxs tomonidan hayotiy maqsadning belgilanishi va uning amalga oshishi uchun kurashishga rag’bat uyg’otadi. Qayd etilgan tuyg’ularga ega bo’lish ajdodlar tomonidan bosib o’tgan yo’lni takrorlashga, ularga munosib bo’lishga yordam beradi. Ammo ushbu tuyg’ular hech qachon o’zga millat yoki elatlarning manfaatlariga ziyon yetkazish, ularning xaq-huquqini poymol qilish istagining vujudga kelishini ta’minlamaydi. Milliy g’ypyp, iftixor hamda o’zlikni anglash tuyg’ulari ijobiy xususiyatga ega. Bizga yaxshi ma’lumki, negizida ezgulik, yaxshilik mavjud bo’lgan ijobiy fazilatlar hech vaqt qabohatning kelib chiqishiga zamin yaratmagan. Respondent-o’quvchilar e’tiboriga havola etilgan anketa so’rovi natijalariga tayangan holda aytish mumkinki, ularning aksariyati milliy g’ypyp, iftixor va o’zlikni anglash kabi tuyg’ularning nazariy mohiyatini to’laqonli ravishda anglamaydilar. Biroq mazkur fazilatlarga ega bo’lish shaxsga kelajak sari dadil intilish, yurt ravnaqi va Vatan mustahkamligi uchun kurashishga undovchi rag’batning yuzaga kelishida muhim ahamiyatga egaligini his etadilar. Milliy g’ypyp, iftixor va o’zlikni anglash kabi tuyg’ularga ega shaxs o’zi mansub bo’lgan yurt va millat ravnaqi, taraqqiyoti yo’lida muayyan ishlarni amalga oshirishga muvaffaq bo’ladi. Umumta’lim muassasalari o’quvchilarida milliy g’ypyp, iftixor va o’zlikni anglash kabi tuyg’ularni shakllantirishda ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan hamda tadqiqot muammosi mohiyatini yorituvchi jarayonning faol sub’ektlaridan biri bo’lgan pedagog xodimlarning o’rni va ahamiyati kattadir. Ularning shaxsiy namunasi, shuningdek, ular tomonidan mashg’ulotlar chog’ida o’zlashtirilayotgan mavzular negizida o’quvchilarda milliy g’ypyp, iftixor va o’zlikni anglash kabi tuyg’ularni shakllantirish muhim ahamiyatga ega. O’quvchilar bilan faol muloqot o’rnata oluvchi pedagoglar ularning shaxsiy fazilatlari xususida ham yetarli darajada ma’lumotlarga ega bo’la oladilar. SHu bois, tadqiqot jarayonida olib boriladigan tajriba-sinov ishlarini yo’lga qo’yishda ularning yordamlaridan foydalanish samarali natijalar berishini nazarda tutgan holda respondent sifatida tanlanishlariga erishdik. Asoslovchi tajriba-sinov ishlari jarayonida respondent-pedagoglar e’tiboriga ham o’quvchilarda milliy iftixor tuyg’usining mavjud darajasi haqida axborot bera olish imkoniga ega bo’lgan anketa so’rovnomasini havola etdik. Anketa so’rovnomasi tarkibidan quyidagi savollarning o’rin olishi ta’minlandi: Siz «milliy g’ypyp», «milliy iftixor» hamda «milliy o’zlikni anglash» kabi tushunchalarni qanday sharhlagan bo’lar edingiz? Siz o’zingizda milliy g’ypyp, iftixor hamda o’zlikni anglash kabi tuyg’ularni shakllantira olganmisiz va bu borada o’quvchilarga ibrat ko’rsata olasizmi? Siz qanday fikrdasiz o’quvchilar milliy g’ypyp, milliy iftixor hamda milliy o’zlikni anglash kabi tuyg’ularga egamilar? O’quvchilarda milliy g’ypyp, milliy iftixor hamda milliy o’zlikni anglash tuyg’ularining shakllanishi ijtimoiy ahamiyatga egami? Mulohazalaringizni misollar yordamida asoslang. Siz faoliyat yuritayotgan oliy o’quv yurtida o’quvchilarda milliy g’ypyp, iftixor hamda o’zlikni anglash tuyg’ularini shakllantirishga e’tibor qaratiladimi? Fikringizni misollar yordamida ifodalang. Sizning fikringizcha, shaxsda milliy g’ypyp, milliy iftixor hamda milliy o’zlikni anglash kabi tuyg’ular qanday sharoit va omillar asosida shakllanadi? Mashg’ulotlar jarayonida o’quvchilarda milliy g’ypyp, iftixor hamda o’zlikni anglash tuyg’ularini shakllantirib borishga harakat qilasizmi? Bu borada qanday shakl, metod va usullardan foydalanasiz? O’quvchilarda milliy g’ypyp, iftixor hamda o’zlikni anglash tuyg’ularini shakllantirishda fanlararo aloqadorlik hamda jamoatchilik ishtirokiga tayanasizmi? Sizning fikringizcha, o’quvchilarda milliy g’ypyp, iftixor hamda o’zlikni anglash tuyg’ularini shakllantirishda samaradorlikka erishish uchun qanday tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq? Respondent-o’qituvchilarning e’tiboriga havola etilgan savolnomaga ular tomonidan bildirilgan munosabat xususida quyida batafsil to’xtalib o’tamiz. Savolnoma tarkibidan o’rin olgan birinchi savolga javob berar ekanlar, respondentlar shunday mulohazalarni bildirishdi: «Milliy g’ypyp va milliy iftixor tuyg’ulari mening nazarimda bir xil ma’noni anglatadi va u shaxsning o’zi mansub bo’lgan millat tomonidan erishilgan yutuqlardan faxrlanishini anglatadi. Milliy o’zlikni anglash tushunchasi esa, mening fikrimcha, shaxsning qanday millat yoki elat vakili ekanligini tushunib yetishini anglatishga xizmat qiladi». Javoblarda ko’rinib turibdiki, aksariyat respondent-o’qituvchilar sharhlashlari talab etilgan tushunchalarning mohiyatini to’laqonli tushunmaydilar. Tajriba-sinov ishlarini yo’lga qo’yish jarayonida ishtirok etayotgan tarix, falsafa va qisman huquqshunoslik fanlarining o’qituvchilarigina mazkur tushunchalarning mohiyatini to’laqonli yoritishga harakat qilganlar. Xususan, Termiz shahridagi 11-maktab tarix fani o’qituvchisi M.Abdakimova bu o’rinda quyidagi fikrni bayon etadi: «Milliy g’ypyp tuyg’usi shaxs sifatida o’z qadr-qimmati, or-nomusi va sha’nini yuqori qo’yish, milliy iftixor tuyg’usi ulkan madaniyat va shonli tarixga ega bo’lgan millatning vakili ekanligidan faxrlanish, milliy o’zlikni anglash tuyg’usi esa shaxsning u mansub bo’lgan millat yoki elat tomonidan yaratilgan va qadriyat darajasiga ko’tarilgan an’analariga sodiqlik, sadoqat ma’nolarini anglatadi». Bu tarzda berilgan javoblar soni u qadar ko’p bo’lmay, ular miqdor jihatidan 12/64 tani tashkil etadi. Respondentlar tomonidan ushbu savol bo’yicha olingan javoblar mazmuni tahlil etilganda, ularning ko’rsatgichlardagi ifodasi quyidagicha bo’ldi: «milliy g’ypyp», «milliy iftixor» hamda «milliy o’zlikni anglash» kabi tushunchalarini to’g’ri sharhlay olgan respondentlar – 19 %; mazkur tushunchalar mohiyatini to’g’ri sharhlashga uringan, biroq yetarli darajada ochib bera olmagan respondentlar - 39 %; mazkur tushunchalar mohiyatini noto’g’ri sharhlagan respondentlar - 42 %. Ikkinchi savol yuzasidan munosabat bildirar ekan, respondent-o’qituvchilarning katta qismi o’zlarining milliy g’ypyp, iftixor hamda o’zlikni anglash tuyg’ulariga ega ekanliklarini bayon etganlari holda, amaliy jihatdan o’quvchilarga bu borada ibrat ko’rsata olish imkoniyatini har doim ham qo’lga kirita olmasliklari va bundan afsuslanishlarini ta’kidlab o’tganlar. Ko’rsatgichlar asosida respondentlarning javoblari quyidagi mazmunga ega bo’ldi: milliy g’ypyp, milliy iftixor va milliy o’zlikni anglash tuyg’ulariga ega hamda bu borada o’quvchilarga ibrat ko’rsata oladigan respondent-o’qituvchilar-16 %; milliy g’ypyp, iftixor hamda o’zlikni anglash tuyg’ulariga ega, ammo bu borada o’quvchilarga ibrat ko’rsatishda ma’lum qiyinchiliklarga duch keluvchi respondent- o’qituvchilar - 33 %; o’zimda milliy g’ypyp, iftixor hamda o’zlikni anglash tuyg’ulari yetarli darajada shakllanmagan, deb hisoblovchi respondent-o’qituvchilar - 51 %. SHerobod tumanidagi 23 maktab o’qituvchisi M.Sanaevaning javoblarida quyidagi fikrlar bayon etilgan va ushbu fikr anketa savolnomasi tarkibiga kiritilgan uchinchi savol yuzasidan respondent-o’qituvchilar ko’pchiligining mulohazalarini ifoda etadi: «O’quvchilarning milliy g’ypyp, iftixor hamda o’zlikni anglash tuyg’ulariga ega ekanliklarini ko’p hollarda ular bilan tashkil etiladigan muloqotlar jarayonida anglay olish qiyin. Mening nazarimda, ular bunday tuyg’ularga egalar. Biroq ularning milliy g’ypyp, iftixor hamda o’zlikni anglash tuyg’ulariga egalik darajasi yuqori ko’rsatgichlarda namoyon bo’ladi deyish fikridan yiroqman». Ushbu savol yuzasidan turli mazmunda qaytarilgan javoblar soni ko’rsatgichlar vositasida quyidagi ifodaga ega bo’ldi: o’quvchilar yuqori darajada milliy g’ypyp, milliy iftixor hamda milliy o’zlikni anglash tuyg’ulariga egalar, biroq doimo ham amalda ularni namoyon etishning uddasidan chiqa olmaydilar - 27 %; o’quvchilar milliy g’ypyp, milliy iftixor hamda milliy o’zlikni anglash tuyg’ulariga egalar, biroq ularning shakllanganlik darajasi yuqori emas - 31 %; o’quvchilar past darajadagi milliy g’ypyp, milliy iftixor hamda milliy o’zlikni anglash tuyg’ulariga egalar - 42 %. O’quvchilarda milliy g’ypyp, iftixor hamda o’zlikni anglash tuyg’ularining shakllanishi muhim ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligi barcha respondent-o’qituvchilar tomonidan birdek (100 foiz ko’rsatgich miqdorida) e’tirof etiladi. Tashkil etilayotgan tadbirlarning aksariyati ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish rejasida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash zaruriyatidan kelib chiqib uyushtiriladi hamda ularda o’quvchilarning faol ishtirok etishlariga u qadar e’tibor berilmaydi. Respondentlarning mazkur savol bo’yicha qaytargan javoblari mazmun jihatidan ko’rsatgichlar yordamida o’z ifodasini topganda quyidagi holat yuzaga keldi: - men faoliyat olib borayotgan umumta’lim muassasasida o’quvchilarda milliy g’ypyp, iftixor va o’zlikni anglash tuyg’ularini shakllantirishga alohida ahamiyat berib boriladi va bu borada muayyan yutuqlarga erishilgan - 11 %; men faoliyat olib borayotgan umumta’lim muassasasida o’quvchilarda milliy g’ypyp, iftixor va o’zlikni anglash tuyg’ularini shakllantirishga ahamiyat beriladi va biroq bu borada yutuqlarga erishilganicha yo’q - 27 %; men faoliyat olib borayotgan oliy o’quv yurtida o’quvchilarda milliy g’ypyp, iftixor va o’zlikni anglash tuyg’ularini shakllantirishga yetarli darajada ahamiyat berilmaydi - 62 %. Respondent-o’qituvchilar tomonidan uqtirilishicha, o’quvchilarda milliy g’ypyp, iftixor hamda o’zlikni anglash tuyg’ularining shakllantirish quyidagi sharoit va omillar asosida amalga oshiriladi: - tarixiy manzillarga ekskursiyalar tashkil etish asosida 28 %; - milliy-madaniy meros namunalari o’qib-o’rganish asosida 25 % jamiyatda ro’y berayotgan ijtimoiy voqea-hodisalarning mohiyatini to’laqonli ravishda anglash asosida 17 %; ilm-fan, texnika, texnologiya, madaniyat, xususan, sport sohalarida qo’lga kiritilayotgan yutuqlar bilan tanishish asosida 15%. Ettinchi savolga nisbatan munosabat bildirishda respondent-o’qituvchilar quyidagi tahlitda javob berganlar: mashg’ulotlar jarayonida o’quvchilarda milliy g’ypyp, milliy iftixor hamda milliy o’zlikni anglash tuyg’ularini shakllantirib borishga harakat qilaman va buning uddasidan chiqyapman - 26 %; mashg’ulotlar jarayonida o’quvchilarda milliy g’ypyp, iftixor hamda o’zlikni anglash tuyg’ularining shakllantirib borishga harakat qilaman, biroq bu borada hali sezilarli yutuqni qo’lga kiritganim yo’q - 31 %; - mashg’ulotlar jarayonida o’quvchilarda milliy g’ypyp, iftixor hamda o’zlikni anglash tuyg’ularini shakllantirib borishga u qadar jiddiy e’tibor bermayman, buning boisi bu boradagi harakatning muvaffaqiyatini ta’minlovchi shakl va metodlardan xabardor emasman - 43 %. Savolnomaning tarkibidan joy olgan sakkizinchi savolga respondent-o’qituvchilarning javoblari quyidagicha bo’ldi: suhbat, ekskursiya, amaliy mashg’ulotlar (yozma ishlarni tashkil etish, ijodiy ishlarni tayyorlash va hokazolar) kabi shakllar va suhbat, og’zaki hikoya qilish, namuna ko’rsatish kabi metodlardan foydalanaman - 52 %; bu o’rinda uchrashuv, ekskursiya, amaliy mashg’ulotlar kabi shakllar hamda noan’anaviy metodlardan foydalanaman - 48%. «O’quvchilarda milliy g’ypyp, iftixor hamda o’zlikni anglash tuyg’ularini shakllantirish jarayonida fanlararo aloqadorlik hamda jamoatchilik hamkorligi o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Zero, g’ypyp, iftixor hamda o’zlikni anglash tuyg’ulari shaxsda bevosita ijtimoiy muhit ta’sirida yuzaga keladi. SHu bois, mashg’ulotlar jarayonida ushbu omillardan samarali foydalanishga harakat qilaman» tarzda fikrni ilgari surish asosida savolnomaning tarkibiga kirgan to’qqizinchi savolga javob bergan. O’quvchilarning ushbu savolga nisbatan munosabatlari ko’rsatgichlar yordamida quyidagi ko’rinishda aks etadi: - o’quvchilarda milliy g’ypyp, iftixor va o’zlikni anglash tuyg’ularini shakllantirish jarayonida fanlararo aloqadorlik hamda jamoatchilik hamkorligiga tayanib ish ko’raman - 29 %; - bu borada fanlararo aloqadorlik hamda jamoatchilik hamkorligiga tayanib ish ko’rishga nisbatan ehtiyoj sezmadim - 47%; - fanlararo aloqadorlik hamda jamoatchilik hamkorligiga tayanib ish ko’rishga nisbatan ehtiyoj sezaman, biroq ulardan samarali foydalanishda ma’lum qiyinchiliklarga duch kelaman - 24 %. So’nggi o’ninchi savol yuzasidan javob qaytarishda respondent-o’qituvchilar quyidagi takliflarni ilgari suradilar: o’quvchilarda milliy g’ypyp, iftixor va o’zlikni anglash tuyg’ularini shakllantirishda milliy qadriyatlar hamda xalq an’analari va ularning mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning tashkil etilishiga erishish - 76 %; ta’sirchan ekskursiyalardan foydalanish maqsadga muvofiq – 16 %; ma’naviy-ma’rifiy mavzularda uchrashuv va suhbatlarni tashkil etish - 8 %. Asoslovchi tajriba yakunida o’quvchilarning milliy iftixor tuyg’usi borasidagi nazariy bilim va amaliy ko’nikmalari darajasi quyidagi ko’rsatkichlarda namoyon bo’ldi: Respondent-o’quvchilarda milliy iftixor tuyg’usi shakllanganligining o’rtacha koeffitsenti
Bu ko’rsatkichlar diagrammada ifodalanganda quyidagi ko’rinishda namoyon bo’ldi: O’quvchi va o’qituvchilarda milliy g’ypyp, iftixor hamda o’zlikni anglash tuyg’ularining shakllanganlik darajasi yuqori emas. Xulosaning yanada asosli bo’lishini ta’minlash maqsadida o’quvchilar o’rtasida test so’rovi tashkil etildi. Test so’rovining tashkil etilishidan ko’zlangan maqsad o’quvchilarda milliy g’ypyp, iftixor hamda o’zlikni anglash tuyg’ulari shakllanganlik darajasining mavjud holatini aniqlash etib belgilandi (1–ilovaga qarang). Test so’rovi natijalari yuqorida bayon etilgan xulosaning haqqoniy ekanligini yana bir bor tasdiqladi. Download 68.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling