Nazorat savollari: Birinchi futbol o’yini qoidalari qachon paydo bo’lgan?


Download 22.89 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi22.89 Kb.
#203671
Bog'liq
1-Nazorat savollariga javob (4)


Nazorat savollari:

1. Birinchi futbol o’yini qoidalari qachon paydo bo’lgan?

1. 1863 yil 26 oktyabrda Londonda Angliya futbol uyushmasining tashkil etilishi paytida bu o‘yinning 13 moddadan iborat bo‘lgan ilk rasmiy qoidalari tasdiqlangan. Keyinchalik bu qoidalar boshqa barcha milliy uyushmalar uchun futbol o‘yinining asosi bo‘lib koldi.



2. O’zbekistonda zamonaviy futbol qachon paydo bo’lgan?

O’zbekistonda 20-asr boshlaridan zamonaviy Futbol qoidalari asosida o’yinlar o’tkazilgan. 1912 yilda Qo’qonda birinchi Futbol jamoasi tuzildi.

3. O’zbekistonda futbolning rivojlanish bosqichlari.

Zamonaviy futbol Turkistonda asrimizning boshida paydo bo’ldi. Futbol Farg’onada 1911 yilda aka-uka Martinyuk, Rajabov, Grenkolar tashabbusi bilan birinchi futbol komandasi tuzildi. «O’zbekiston fizkulturachisi» ro’znomasining ёzishicha kiyinchilik bilan 12 so’m yig’ildi va Mokva savdo do’konidan to’p sotib olindi. Undan keyin reykalardan darvoza yasashda va uni cherkov maydonida o’rnatishdi. Undan keyin futbol o’yini boshlandi. Toshkentda ilk futbol jamoalari 1912 yilda gimnaziya o’quvchilari orasida tuzildi. 1913 yildan boshlab futbol Samarqandda, Andijonda va №o’qonda keng tarqala boshladi. 1918 yildan keyin Toshkentda «Olimpiya» va «Spartak» futbol klublari qayta tiklandi. Shu yili Toshkentda shaxarlararo musobaqa o’tkazildi. 1924 yilda futbolchilar tomoshobinlarga qulay bo’lgan yashil maydonli «KSİ» futbol maydonni tashkil qilishdi va bu erda Sirdarё viloyatining olimpiadasi O’tkazildi. Futbol musobaqasida TsSKS, Muravey, Deprezıvnik, SKS, Fortuna, kenvaytsı jamoalari ishtirok etishdi.1924 yildagi olimpiada fizkulturachilarning katta bayramiga aylanib ketdi.Bu musobaqada Toshkent, Sirdarё, Samarqand viloyatlarining jamoalari qatnashdi.1928 yili O’zbek futbolchilari Bilan bir qator uchrashuvlar o’tkazildi.



4. O’zbekiston Kubok va birinchilik musobaqalari birinchi borqachon o’tkazilgan?

1937 yildan boshlab futbol musobaqalari asosida shahar terma jamoalarining match o‘yinlari emas, balki O‘zbekiston Kubogi va birinchiligi uchun klub jamoalar musobaqalari o‘tkazila boshladi. O’sha yillardan buyon ko‘pgina guruhlar, birinchiliklar va musobaqa qatnash-chilari almashdi, musobaqa o‘tkazish tamoyillari, baholash tizimi o‘zgardi, ammo sportchilar mahoratining yangi taktik yo‘nalishlarini aniqlaydigan chempionlik unvoni uchun kurash o‘zgarmay qolaverdi.



20-asrning 20-yillaridan mamlakatimizda turli toifadagi musobaqalar (1937 yildan O’zbekiston birinchiligi) muntazam ravishda o’tkazila boshlandi.

5. “Paxtakor” sport jamiyati qachon tashkil topgan?

1950 yilning boshida O‘zbekistonda «Paxtakor» sport jamiyati tashkil etildi.



6. Mustaqillik davrida O’zbekiston futbol chempionati nechanchi yilda start olgan?

1992 yil mustaqil O‘zbekiston Respublikasining ilk chempionati yili edi. Mamlakatimiz futboli tarixida yangi sahifa ochildi. Bu chempionatning oliy ligasida 17 ta, birinchi ligasida 18 ta, ikkinchi ligasida esa 42 ta jamoa ishtirok etdi. O‘zbekiston chempioni unvoni uchun kechgan shiddatli kurashda «Paxtakor»ga asosan Farg’ona vodiysi-ning «Neftchi», shuningdek, «So‘g’diyona» (Jizzax) va «Nurafshon» (Buxoro) jamoalari kuchli qarshilik ko‘rsatdilar.
Download 22.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling