Nazorat savollari: Markaziy protsessor nima vazifa bajaradi?


Download 123.04 Kb.
Sana30.11.2020
Hajmi123.04 Kb.
#155918
Bog'liq
Savollarga javob 105


Nazorat savollari:

1. Markaziy protsessor nima vazifa bajaradi?

2. Markaziy protsessor qanday tuzilgan?

3. Arifmetik – mantiqiy qurilmaning vazifasi nima?

4. Mikroprotsessorning interfeys qismini ayting?

5. Mikroprotsessorning xotira qurilmasi nima?

Maxmudov Sunnatillo Rajabali O’g’li

Javonlar:



  1. Markaziy protsessor. Kompyuterlarning eng muxim qismini markaziy protsessor, (ya’ni protsessor va boshqaruv qurilmasi) tashkil etadi. Dastur yordamida berilgan ma‘lumotlarni o’zgartiradigan, hamma xisoblash jarayonlarini boshqaradigan hamda xisoblash ishlariga tegishli moslamalarning o’zaro aloqasini o’rnatadigan qurilma — protsessor deb ataladi. Arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish, xotiraga murojaat qilish, dasturdagi Ko’rsatmalarning berilgan ketma-ketlikda bajarilishini boshqarish va boshqa amallar protsessor zimmasidadir. Bir so’z bilan aytganda, protsessor kompyuterlarning barcha ishini boshqaradi va barcha ko’rsatmalarini bajaradi.



  1. Markaziy protsessor tuzilishi:

3. Arifmetik-mantiqiy qurilma ta’rifi


Arifmetik va mantiqiy amallar bajariladigan qurilma arifmetik-mantiqiy qurilma (AMQ) deb ataladi.Sodda amallar ketma-ketligi ko’rinishida ifodalangan masalalarni avtomatik ravishda yechish uchun berilganlarni, oraliq va olingan hisoblash natijalarini saqlashga, hamda oddiy amallarni bajarish tartibi haqidagi ma’lumotlarni saqlashga imkon beruvchi qurilma talab etiladi. Bunday qurilma xotira deb ataladi.

4. Mikroprotsessorning interfeys qismini: kompyuter qurilmalarini o’zaro moslash va aloqa qurilmalari to’plami bo’lib, ularning o’zaro samarali ishlashini ta’minlaydi.



5. Mikroprotsessorning xotira qurilmasi:  mashina ishlashining eng yaqin taktlaridagi hisoblashlarda bevosita ishlatiladigan axborotni qisqa vaqt saqlash, yozish va uzatish uchun mo’ljallangan; MPX registrlar asosida quriladi va mashinaning yuqori tezkorligini ta’minlash uchun ishlatiladi, negaki asosiy xotira (AX) tez ishlovchi mikroprotsessorning samarali ishlashi uchun kerak bo’lgan ma’lumotni yozish, qidirish va o’qish tezligini har doim ham ta’minlayvermaydi. Registrlar — turli xil uzunlikdagi xotiraning tez ishlovchi yacheykalari (1 bayt standart uzunlikka ega bo’lgan va tezkorligi nisbatan pastroq AX yacheykalaridan farqli o’laroq).Mikroprotsessorning interfeysli tizimi SHKning boshqa qurilmalari bilan ulash va aloqa qilish uchun mo’ljallangan, u o’z ichiga MPning ichki interfeysi, buferli eslab qolish registrlari va kiritish-chiqarish portlarini (KCHP), boshqarish sxemalari va tizimli shinani oladi.
Download 123.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling