Xotiraga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilish rejimi. To’g’ridan to’g’ri manzilga EGA buyruqlar


Download 155.4 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi155.4 Kb.
#1008628
Bog'liq
17-amaliy mashgulot.raqamli qurilmalar.


Xotiraga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilish rejimi.
To’g’ridan to’g’ri manzilga ega buyruqlar.
Bu rejim xotiradan katta hajmdagi axborotni oʻqish yoki yozish talab etilgan holatlarda ishlash jarayonini tezlatish uchun qoʻllaniladi. Masalan, matnnni tezkort printyerdan chiqarish. Agar matn oddiy rejimda chiqarilsa, u holda, barcha mikroprotsessorli tizimni asosiy ish tamoyiliga koʻra avval ma’lum dasturosti yozilishi va u xotiradagi ma’lumotlarni printer portiga baytma-bayt oʻqishi talab etiladi. Har bir baytni oʻqish uchun protsessor 3 – 4 ta komandani bajarishi lozim. Agar printer tezkor boʻlsa, u holda, printer talab etilayotgshan pechat tezligini ta’minlamasligi mumkin. Mazkur holatldarda xotirga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilish qoʻllaniladi.
Mazkur rejimni amalga oshirish uchun mikroprotsessorli tizim oʻz tarkibida maxsus qurilma – xotiraga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat kontrolleriga (XTTMK) ega boʻlishi lozim. Bu rejimda mikroprotsessor adres va ma’lumotlar shinasidan uziladi va ularni operativ xotira bilan bevosita ma’lumotlar almashish uchun (mikroprotsessor ishtirokisiz) PQ ixtiyoriga beradi. Bu vaqtda almashish XTTMK kontrollerit tomonidan tashkil etiladi. Bu rejimda PQ operativ xotira bilan yagona ma’lumotlar bilan emas, balki katta ma’lumotlar bloki bilan almashadilar. XTTMK kontrolllerida avvaldan almashinish bilan boshqarish uchun talab
etiladigan axborotlar (birinchi boʻlib almashinishi talab etilayotgan soʻz joylashgan OXQ yacheykasi adresi, blokdagi soʻzlar soni va boshqalar) kiritiladi. Almashish jarayonida XTTMK kontrolleri adreslar shinasiga OXQ yacheykasi adresini uzatadi, OXQ va PQ oʻrtasida soʻzlar uzatish tugagach ma’lumotlar shinasi orqali adres shinasiga uzatiladigan
keyingi XTTMK adres qiymatini bittaga oshiradi. Belgilangan miqdordagi soʻzlar uzatib boʻlingach XTTMK kontrolleri almashinuvni toʻxtatadi va mikroprotsessorni bundan xabardor qiladi. Mkiroprotsessor esa adres va ma’ulmotlar shinasi bilan aloqani tiklaydi va dastur bajarilishini davom ettiradi.
Mikroprotsessor tomonidan adres va ma’lumotlar shinasiga uzatiladigan axborot bu shinalarga ulangan koʻp sonli turli qurimallarga moʻljallangan (OXQ, DXQ, kiritish-chiqarish portlari, boshqa periferiya qurilmalari). Bu qurilmalar mikroprotsessor tranzistorlari orqali oqib oʻtadigan toklardan ancha katta tok iste’mol qiladilar. Shuning uchun koʻrsatib oʻtilgan periferiya modullarining mikroprotsessorning interfeys tizimi bilan aloqasi shinali qabulqilgich-uzatgichlari (shakllantirgichlari) orqali amalga oshiriladi. Ularning vazifasi – raqamli signallarni shakllantirish, tok boʻyicha impulslarni kuchaytirish, ya’ni «katta hajmdagi energiya» talab etuvchi raqamli yuklamalarga xizmat koʻrsatishdir. Qabulqilgich-uzatgichlari – bu tristabil ventillar majmui boʻlib, ruxsat beruvchi boshqaruv signali mavjud boʻlganda chiqishda kirishdagi bir yoki nolga mos keluvchi yuqori yoki past potentsial hosil qiladilar. Ruxsat beruvchi boshqaruv signali mavjud boʻlmaganda ventil juda katta chiqish qarshiligiga ega boʻladi, ya’ni shinadan uzilgan boʻladi. Bu xossa shinalarga eng kichik yuklama berish orqali almashishni amalga oshirishga imkon beradi. Ba’zida bu elementlarni tristabil quvvat kuchaytirgichlari, buferli kuchaytirgichlar, buferlar yoki drayverlar deb atashadi. 8.4-rasmda chiqishida uchta holatga ega boʻlgan KMDYA da bajrilgan buferli kuchaytirgich printsipial sxemasi
keltirilgan.
Buferli kuchaytirgich, aslida kalit sxema hisoblanadi. p- va nkanalli MDYA-tranzistorlarni parallel ulab chiqishida B=1 boʻlganda F=A funk siyani amalga oshiruvchi kalit sxema hosil qilamiz. Agar A=0 boʻlsa, u holda, A kirishga berilayotgan potentsial chiqishga ochiq turgan VT1 tranzistor orqali uzatiladi (VT2 tranzistor berk boʻladi), agar A=1 boʻlsa, u holda, A kirishga berilayotgan potentsial chiqishga ochiq turgan VT2 tranzistor orqali uzatiladi (VT1 tranzistor berk boʻladi). B=0 boʻlsa ikkala tranzsitor berk boʻladi, ya’ni chiqish uzilgan boʻladi. Shunday qilib, mazkur sxema uchta holat (0,1 va uzilgan)ga ega boʻlgan funktsiyani amalga oshiradi. Kalit VT3 va VT4 tranzistorlarda bajarilgan KMDYA-invertor orqali boshqariladi. Agar boshqaruvchi kirishga yuqori daraja kuchlanishi (mantiqiy 1) berilsa, ikkitomonli kalit berkiladi va pastki tranzistorlar juftligi (ventillar) ikkitomonlama yoʻnalgan uncha katta boʻlmagan rezistorga (yuzlab Om) aylanadi. Bu ventil yuqori darajadagi chiziqlikda ham analog, ham raqamli signallarni
uzitilish mumkin. Kirishga past boshqaruv kuchlanishi berilsa (mantiqiy 0) pastdagi ikkita tranzistor berk boʻladi va sxemaning chiqishi bilan kirishi orasidagi qarshilik 50-100 MOm ga yetadi. 8.5-rasmda umumiy maqsadlarga moʻljallangan 8-razryadli ma’lumotolarni parallel uzatishni amalga oshiruvchi shinali shakllantirgich tuzilma sxemasi keltirilgan. Adabiyotlarda shinali shakllantirgich shinali drayver yoki adapterlar deb ham keltiriladi.
Rasmda faqat nolinchi razryad sxemasi toʻliq aks ettirilgan, qolgan razryadlar sxemasi xuddi shunday boʻladi. Uzatish zanjirida ikkita buferli kuchaytirgich ulangan boʻlib, ular uchta holatga ega. Bunda agar kuchaytirgichlardan biri ulangan holatda boʻlsa, boshqasi uzilgan (uchinchi) holatda boʻladi. Demak, agar 1 kuchaytirgich ulangan holatda oʻrnatilgan boʻlsa, 2 kuchaytirgich uzilgan holatda boʻladi va uzatishlar 1 kuchaytirgich orqali 1 chiqishdan 19 chiqishga yoʻnalgan holda uzatiladi (A0 dan B0 ga). Agar kuchaytirgichlarni teskari tartibda qayta ulasak, ya’ni 2 kuchaytirgich ulangan holatda oʻrnatilgan, 1 kuchaytirgich uzilgan holatda boʻladi va uzatishlar 2 kuchaytirgich orqali 19 chiqishdan 1 chiqishga yoʻnalgan holda uzatiladi (B0 dan A0 ga)
Kuchaytiigich holatlarini boshqarish 1 va 2 YOKI-EMAS mantiqiy elementlari orqali BK va T boshqaruv signallari yordamida amalga oshiriladi. Agar BK kirishda mantiqiy 1 darada oʻrnatilgan boʻlsa, u holda, T signali qiymatidan qat’i nazar YOKI-EMAS elemientlar kirishida mantiqiy0 darajasi oʻrnatiladi va barcha razryadlarda ikkala kuchaytirgich uzilgan holatda boʻladilar. Demak, ma’lumotlar uzatish na toʻgʻri, na teskari yoʻnalishda amalga oshirilmaydi. BK=0 va T=1 signallar kombinatsiyasida 1YOKI-EMAS elementi kirishida mantiqiy 1 daraja oʻrnatiladi va kuchaytirgichlar barcha razryadlarda ulangan holatda boʻladilar; 2YOKI-EMAS elementi chiqishida mantiqiy 0 darajasi oʻrnatiladi va 2 kuchaytirgich uzilgan holatga oʻtadi. 8 razryadli ma’lumotlar A dan V ga uzatiladi. BK=0 va T=0 signallar kombinatsiyasida aksincha, 2YOKI-EMAS elementi kirishida mantiqiy 1 daraja oʻrnatiladi va 2 kuchaytirgichlar ochiladi kuchaytirgichlar barcha razryadlarda ulangan holatda boʻladilar; 1YOKI-EMAS elementi chiqishida mantiqiy 0 darajasi oʻrnatiladi va 1 kuchaytirgich uzilgan holatga oʻtadi. 8 razryadli ma’lumotlar B dan A ga uzatiladi. Shunday
qilib, shinali shakllantirgich boshqariluvchi 8 razryadli ma’lumotlarni ikki tomonlama uzatilishini ta’minlaydi.
Interfeys qurilmalar va kiritish-chiqarishni tashkil etish Mikroprotsessorning oʻzi koʻp narsaga qodir emas. Masalan, ma’lumotlarni registrlar, DXQ va OXQ lar oʻrtasida uzatish, ular uchtidan ma’lum arifmetik va mantiiqiy amallar bajarish. Mikroprotsessor jarayonni boshqarishi lozim. Markaziy PQ siga koʻp sonli periferiya qurilmalari ulanadi. Masalan, terli datchiklar, axborot qabul qilgichlar, tashqi xotira qurimallari, biror obyekt yoki asbobning boshqaruv tizimining ijro organlari, texnologik uskunalar, analograqamli va raqamli-analog oʻzgartirgichlar va x.k. Mikroprotsessorli tizim qurimallari, shu qatori mikrokontroller ham bir-birlari bilan interfeyslar deb ataluvchi moslashtirgich yordamida bogʻlanadilar
MK ga imokn qadar koʻp sonli turli kiritish-chiqarish qurimallari yoki boshqacha aytganda, tashqi yoki periferiya qtsrilmalarini ulash lozim. Mikroprotsessorga nisbatan tashqi hisoblangan qurimallar bilan axborot almashinish uchun kiritish-chiqarish tizimi lozim. Qurilma biror foydali funktsiyani bajarishi uchun kiritish-chiqarish qurimallari muhim hisoblanadi. Axborotni qabul qilish yoki uzatishga qodir boʻlmagan mikroprotsessor amalda keraksiz. MK ishlash jarayonida turli kiritish qurimallaridan axborot oladi. Qabul qilingan ma’lumotlar qayta ishlanadi. Qayta ishlash natijasida olingan ma’lumotlar Mkdan chiqariladi va turli chiqarish qurimallariga uzatialdi. Bunday qurilmalarga AROʻ, RAOʻ, aloqa liniyalari va boshqalar kiradi. Demak, bunda almashinuvni ta’minlash uchun ma’lum vositalar – komandalar, signallar tizimi va moslashtiruv qurilmalar talab etiladi. Bunday vositalar kiritish-chiqarish interfeyslari deb ataladi.
Interfeys (ingl. interface) – unifikatsiyalangan signallar va apparaturalardan tashkil topgan aloqa tizimi boʻlib hisoblash texnikasi tizimi oʻrtasida (masalan, ma’lumotlarni kiritish qurimalsi va xotira qurimalsi oʻrtasida) axborot almashinishga moʻljallangan. Oʻz navbatida interfeys fizik interfeys – elektr aloqalar va siganllar xarakteristikasi majmui va mantiqiy interfeys – ikkita qurilma yoki ikkita dastur oʻzaro almashinayotgan axborotlar majmui hamda almashinish mantigʻini belgilovchi qoidalar majmuiga boʻlinadi. Mikroprotsessorli tizimlarda interfeys operatsiyalari apparat va dasturiy vositalar birligida amalga oshiriladi: kontroller (apparat vosita) va mazkur kontrollerni boshqaruvchi maxsus dastur, uni koʻp hollarda mos periferiya qurimalsining drayveri deb atashadi. Periferiya qurilmasida interfeys toʻliq ravishda apparat vositakontroller tomomnidan, yoki ancha murakkab mantiqqa ega boʻlgan PQlar uchun dasturiy-boshqariluvchi kontroller tomonidan amalga oshiriladi.
Download 155.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling