Neft baza va yoqilgi omb‘orlarini loyihalashtirish va ishlatish


Download 7.88 Kb.
bet1/2
Sana31.01.2024
Hajmi7.88 Kb.
#1817582
  1   2
Bog'liq
17-Amaliy PO‘LAT REZERVUARLARNING TEXNIK IQTISODIY KO‘RSATKICHLARINI O‘RGANISH

Neft baza va yoqilgi omb‘orlarini loyihalashtirish va ishlatish.


17-Amaliy
“Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasi assistenti A.I.Tog‘ayev
PO‘LAT REZERVUARLARNING TEXNIK IQTISODIY KO‘RSATKICHLARINI O‘RGANISH
Rezervuarlarga texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash
 Rezeruarlarni zanglashdan himoyalash. Zanglash – bu tashqi muhit ta’sirida metallarni emirilishi bo‘lib, bunda zanglash sur’ati metallning xossalari va atrof-muhitning xususiyatlari bilan bevosita bog‘liqdir.
Rezervuarlarning ichki yuzalaridagi zanglash jarayonining tezligi va xarakteri rezervuarda saqlanayotgan neft mahsulotlarining turi va kimyoviy tarkibiga, atmosfera havosining tarkibiga, rezvuarlarni to‘ldirib turishlar soniga va ichki yuzaning tekisligiga bog‘liq (1.1- rasm).
Rezervuarlarni ichki yuzalarini zanglashdan himoya qilishning oddiy va samarali usullaridan biri yuzalarga benzinga chidamli ashyolar qoplashdan iborat. Yerosti metall rezervuarlarining tashqi yuzalarini zanglashining quyidagi turlari mavjud: elektrokimyoviy, adashgan toklar va kristallararo toklar ta’siridagi zanglash. Ekspluatatsiya sharoitida bir paytning o‘zida yuqoridagi uch xil zanglash turlari ta’sir etishi mumkin.
YoQSh rezervuarlarini kalibrlash. Rezervuarlarni kalibrlashdan maqsad, ular ichidagi neft mahsuloti (benzin, kerosin, dizel yonilg‘isi va boshqalar) miqdorini suyuqlik sathining balandligiga qarab aniqlashdir. Kalibrlash odatda ikki xil usulda amalga oshiriladi: birinchi usul geometrik (hisob – kitob), ikkinchisi hajmni oldindan o‘lchab olish va so‘ng rezervuarga quyish usulidir.
1.1-rasm. Rezervuarlar ichki yuzalarini zanglash tezligini ularda saqlanayotgan neft mahsulotlarining turiga va rezervuar balandligiga qarab o‘zgarishi: 1 – benzin; 2 – kerosin; 3 – dizel yonilg‘isi.
Birinchi usul odatda katta hajmdagi, to‘g‘ri geometrik shakldagi rezervuarlarni kalibrlash, ikkinchi usul esa kichik hajmdagi (YoQSh rezervuarlari) uchun qo‘llaniladi. Ikkinchi usulda kalibrlangan rezervuarlardagi neft mahsulotlari katta aniqlik bilan o‘lchanadi. Rezervuarlarni kalibrlashda bajariladigan ishlar ma’lum bir ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Kalibrlanishi kerak bo‘lgan rezervuar neft mahsuloti, ifloslik va qoldiqlardan tozalanadi. Undan keyin rezervuarga namunaviy o‘lchagich yordamida (200 litr, II razryadli) to‘ldirilib suv quyiladi. Har bir quyishdan keyin rezervuardagi suyuqlikni sathi o‘lchanadi va jadvalga yozib boriladi. Rezervuar to‘ldirilguncha qanday hajmdagi quyilgan suvga, qanday suv sathi balandligi to‘g‘ri kelishi yozib boriladi.
Koordinatalar tizimining abssissa o‘qiga suyuqlik hajmi (l yoki m3), kordinata o‘qiga rezervuardagi suyuqlik sathining balandligi joylashtirilib, hajm bilan sath balandligi bog‘liqlik grafigi quriladi. Shunday qilib, rezervuardagi neft mahsulotining har bir santimetr balandligiga to‘g‘ri kelgan hajm aniqlanadi. Olingan jadval YoQSh rezervuaridagi neft mahsuloti miqdorini tezkorlik bilan aniqlashga xizmat qiladi. O‘lchamlari o‘zaro farq qiladigan rezervuarlarning har biri alohida-alohida kalibrlanadi. Rezervuarlarni ta’mirlash amaliyotda epoksid yelimlar keng ko‘lamda ishlatiladi.

Download 7.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling