Neft qoldiqlarini kokslash. Kokslash jarayonlari turlari


Download 0.93 Mb.
bet1/4
Sana21.04.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1368998
  1   2   3   4
Bog'liq
1493307322 68025


Neft qoldiqlarini kokslash
Reja:



  1. Neft qoldiqlarini kokslash.

  2. Kokslash jarayonlari turlari.

  3. Qizdirilmaydigan kameralarda sekinlik bilan boruvchi kokslash qurilmasi ishlash printsipi.

Og’ir neft qoldiqlarini krekinglashda qattiq koks, suyuq mahsulotlar va uglevodorod gazlari hosil bo’ladi. Kokslashni bir marta yoki suyuq mahsulotni reakciya zonasiga qaytarish bilan amalga oshirilishi mumkin. Bunda chiqadigan gaz, koks va yengil distillyatlar miqdori xom ashyoga ko’ra hisoblaganda ortadi.


Jarayonni amalga oshirishdan maqsad. - Neft kokslashni ishlab chiqarish, neftni qayta ishlashdagi og’ir qoldiqlardan nisbatan engil fraksiyalar olish. Uch turdagi kokslash jarayoni mavjud: apparat kubida davriy kokslash; isitilmaydigan apparatda sekinlashtirilgan kokslash; mavxum qaynash katlamida kokslash.
Jarayonni amalga oshirish uchun xom ashyo va olinadigan mahsulotlar. Jarayon uchun xom ashyo sifatida gudron, termik krekinglash jarayonida olingan og’ir gazoyl, moylar ishlab chiqarishda hosil bo’lgan asfalt va ekstraktlar. Xom ashyo sifatiga asosiy talab: kokslanish kursatkichi-10-20 % (massa), elektrod koksi ishlab chiqarishda xom ashyo tarkibidagi oltingugurt miqdori- 1.5 % (massa) gacha1.
Jarayon natijasida quyidagi mahsulotlar olinadi.

  1. Neft koksi - alyuminiy eritishda qo’llaniladigan anodlar ishlab chiqarishda; elektrolitik po’lat, xlor, magniy olishda qo’llaniladigan grafitlangan elektrodlar ishlab chiqarishda, hamda ferrakotishmalar, kremniy va kalstiy karbidi ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Kokslash tizimida olingan koks, unga kuyiladigan talablarga javob berish uchun u maxsus pechlarda toblanadi.

  2. Gaz - tarkibi termik krekingda olingan gazga uxshash bo’lib, faqat olifinlar miqdori nisbatan kam.

  3. Benzin - tarkibida 60 % (massa) to’yinmagan uglevodorodlar bo’lgan, kimyoviy nostabil, oktan soni 60-66 bo’lgan benzin fraksiyasi bo’lib, past navli avtomobil benzini komponenti va ikkilamchi benzinlarni chukur gidrotozalash jarayonida xom ashyo sifatida kullanilishi mumkin.


  4. Download 0.93 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling