Neft va gaz tarkibini fizik-kimyoviy usullarda


Download 0.65 Mb.
bet1/36
Sana19.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1622675
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
korrektor.uz 1686161459 MM7.


VII – BOB


NEFT VA GAZ TARKIBINI FIZIK-KIMYOVIY USULLARDA


TEKSHIRISH


7.1–§. Neft va neft mahsulotlarini tarkibini fizik– kimyoviy usulda tekshirish

Keyingi yillarda neft va gaz mahsulotlaridan olingan murakkab organik biror moddalarning tuzilishini aniqlashda kimyoviy usullar bilan bir katorda tahlilning fizik–kimyoviy usullaridan keng foydalanilmoqda. Fizik–kimyoviy usullar kimyoviy usullarga qaraganda bir qancha afzalliklarga ega:


– Birinchidan fizik–kimyoviy usullar qoʻllanilganda tahlilni juda qisqa vaqtda va kam miqdor moddalar bilan bajarish mumkin.


– Ikkinchidan, fizik–kimyoviy usullar yordamida kimyoviy usul bilan erishib boʻlmaydigan natijalar olish mumkin.


Fizik–kimyoviy usulning bu afzaliklari kimyoviy usulni butunlay inkor etadi, deb tushunish notoʻgʻri, albatta. Aksincha, fizik–kimyoviy usullardan birgalikda foydalanilganda samarali natija olish mumkin.


Tahlilning fizik–kimyoviy usullari moddalarning kimyoviy reaksiyalari jarayonida fizikaviy xossalarini oʻrganishga asoslangan. Fizik–kimyoviy tahlil usullarining bir necha xili mavjuddir. Ulardan hozirgi vaqtda sanoat ayniqsa neft va gaz sanoatida neft va gaz mahsulotlarining xossalarini oʻrganishda ulardan olingan organik moddalarni shuningdek ilmiy tekshirish laboratoriyalari ishlarida keng foydalaniladi. Ularning orasida tajribada katta ahamiyatga ega boʻlganlari quyidagilardir:


1) spektral va boshqa optik usullar;




2) elektrokimyoviy usullar;
3) xromatografik–tahlil usullari;
Yuqorida koʻrsatilgan uchta guruh orasida tahlil usullari sonining koʻpligi jihatidan va tajribada eng muhim ahamiyatga ega boʻlgani bu spektral va boshqa optik usullar guruhidir. Spektral va boshqa optik usullar guruhi quyidagi tahlil usullarini oʻz ichiga oladi:

atom–emission spektrlar;


atom–absorbsion spektrlar; infraqizil spektrlar; alangaviy spektrometriya;

lyuminessensiya va boshqa usullar. Bu usullar moddaning elektromagnit nurlar bilan oʻzaro taʼsiri natijasida hosil boʻladigan har xil effektlarini oʻlchashga asoslangan.


Elektrokimyoviy tahlil usullari guruhi elektr oʻtkazuvchanlikni, potensiallarni va boshqa xossalarni oʻlchashga asoslangan boʻlib,





    • 149 ~

potensiometriya, konduktometriya, voltamperometriya va boshqa usullardan iborat.

Xromatografik tahlil usullari guruhiga, gaz va gaz–suyuqlik xromatografiyasi, yupqa qatlamli, ion almashinish va boshqa xromatografik usullari kiradi. Bu usullarni keyinchalik alohida koʻramiz.


Neft va gaz mahsulotlari tarkibidagi organik moddalarni tahlil qilish maqsadlarda fizik va fizik–kimyoviy xossalaridan foydalanish fizik–kimyoviy tahlil usullariga asoslangan. Fizik–kimyoviy tahlil usullari muhim afzalliklarga (yuqori sezgirlikka, natijalarning tez olinishiga) ega va qator koʻrsatgichlari boʻyicha klassik usullardan ustunlikka egadir. Fizik–kimyoviy tahlil usullarining yuqori sezgirligi, natijalarning tez olinishi, ularning universalligi, bu usullarni avtomatlashtirish mumkinligi va koʻpgina boshqa afzalliklari, ularni xalq xoʻjaligida, fan va texnikaning turli sohalarida qoʻllash imkonini beradi. Mahsulot sifatini oshirish va mehnat unumdorligini oshirish kabi muhim masalalarni hal qilishda ham gʻoyat muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, bu fizik–kimyoviy usullar kimyo fanining yangi sohasi–kosmik tahliliy kimyoning asosini tashkil etadi.


Neft va gaz mahsulotlarini tahlil qilishda hozirgi vaqtda fizik– kimyoviy tahlil usullardan optik usullaridan Fotokolorimetrik, Ultrabinafsha (UB), Infraqizil (IQ), spektroskopiya, yadro magnit rezonansi (YAMR) elektronparamagnit rezonansi (EPR), mass– spektrometriya, rentgenostruktura, shuningdek xromatografiya usullari keng qoʻllaniladi.





Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling