Nima uchun chet elda oʻqishni istayman?


Download 20.5 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi20.5 Kb.
#211235
Bog'liq
Bayonot


Nima uchun chet elda oʻqishni istayman?

Falsafiy manbalarning birida shunday deyilgan: "Bu dunyo rohatiga erishay desang tijorat qil. U dunyo halovatiga erishay desang ibodat qil. Bordiyu ikki dunyo saodatini qoʻlga kiritishni istasang unda ilm oʻrgan." Bugun zamon shu qadar shiddat bilan rivojlantirib ketdiki, pulsiz bir oycha tirik qolish mumkin, ammo ilmsiz bir kun ham yashash ilojsiz boʻlib qoldi. Hatto tilanchilikning ham oʻz ilmi, oʻz yoʻrigʻi bor. Ilm bu ovqat, ilm bu doimiy ish, ilm bu pul, ilm bu martaba, ilm bu obroʻ. Ammo odamning har xili boʻlgani kabi ilmning ham turli darajalari mavjud. Ilm olishga intiluvchi bir shaxs sifatida xozir oldimda nima uchun chet elda oʻqimoqchisiz va bu kelajakdagi rejalaringizni amalga oshirishda qanchalik ahamiyatga ega degan savol turipti. Keling, avvalo bu savolga majoziy maʼnoda javob izlab koʻramiz. Nima uchun akvariumdagi baliq doim okeanga chiqishni orzu qiladi. Vaholanki akvarium mutlaqo havfsiz va doimiy yemak zahirasi mavjud. Okeanda esa bir kunmas bir kun yo katta baliqlarga, yoki baliqchilarga yem boʻlishi turgan gap. Ammo bu yerda mustaqillik omili bor. Shaxsiy hayotini oʻz qoʻliga olish, oʻz imkoniyatlaridan toʻla foydalana olish omili bor. Urinib koʻrmaguncha nima boʻlishini hech kim bilmaydi. Ammo okean unga hali umri davomida koʻrmagan yangiliklar, sinovlar, imkoniyatlarni tayyorlab qoʻyipti. Falsafadan chekinib real hayotga qaytamiz. Nima uchun men chet elda oʻqishni xohlayman? Eng birinchi meni qiziqtirayotgan omil bu taʼlim darajasi va uslubiyat. Men 12yil Oʻzbekiston taʼlim tizimi va uslubida oʻqidim. Oʻzbekistondagi boʻlajak 4yillik bakalavr davri ham bundan mustasno emas. Yaʼni tizim va uslub menga tanish va bu toʻrt yil bir nechta yangi fanlardan tashqari boshqa koʻnikmalar bera olmaydi. Yevropa taʼlim tizimi va uslubi esa menga mutlaqo begona. Endi oʻylab koʻring, ilm olishga xoxish va qiziqishi boʻlgan inson tanish darsliklar va uslubdan koʻproq narsa oʻrganadimi yoki mutlaqo yangi tizimdanmi? Ayniqsa yaxshi mutaxassis boʻlib yetisha olmasam oʻz uyimga na diplom va na ishsiz qaytishdan or qilish xissi yurakni parchalab tashlar darajada qoʻrqinchli boʻlsa. Qolaversa bu yerda musofirlik omili ham mavjud. Chet elda oʻqish menga bir tomondan yaxshi mutaxassis boʻlib yetishishimda yordam bersa, ikkinchi tomondan qiyinchiliklar ortidan yetuk shaxs boʻlib yetishishimda katta ahamiyatga ega. Bunga esa oʻz uyimda muzlatgich toʻla ovqat va choʻntagim toʻla pul bilan erishib boʻlmaydi. Yana shuni ham inobatga olish kerakki bizda universitetni bitirgan hamma talaba ham oʻz mutaxassisligi boʻyicha ish topa olmaydi. Chunki Oʻzbekistonda aholining deyarli barcha qismini oliy maʼlumotli boʻlishiga katta eʼtibor qaratiladi. Bu esa bir ish oʻrniga oʻndan ortiq talabgorlar mavjud degani. Ammo oʻylaymanki chet elda oʻqish davomida begona davlatda oʻz oʻrnini topa olgan inson oʻz yurtida hech qiynalmay yaxshigina ish va daromad topa olishi mumkin. Demak chet elda oʻqishim va qay darajada yetuk mutaxassis boʻlib yetishishim shaxsiy kareramning eng asosiy ustunini tashkil etadi. Men iqtisod sohasida oʻqish va ishlashni hoxlayman. Yurtimizda koʻplab sohalarda birin keyin Yevropa standartlari joriy etilmoqda. Maqsadim chet elda oʻqib, oʻzimizda iqtisod sohasida hali bizga nomaʼlum boʼlgan yangi uslublarni amaliyotga joriy etish va shu orqali oʻz ishim, kelajagim va oilaviy byudjetim barqarorligini taʼminlashdan iborat. Yana milliy va Yevropa tajribasini birlashtirgan xolda oʻz soham boʻyicha yangi jahon standartlarini kashf etish imkonim ham boʻladi. Imkon bor joyda harakat qiladigan insonlar doimo topilgan. Dunyoni loqayd insonlar barbod qiladi deyishadi. Men esa oʻz sevgan kasbim bilan shugʻullanmoqchiman va oʻzimni bir umrga ishga qatnash vahimasidan ozod qilmoqchiman. Oʻzimning qisqa boʻlgan ushbu fikrlarim orqali nega chet elda oʻqimoqchi ekanimni bayon etishga urindim va oʻylaymanki buni uddalay oldim. Baribir yakuniy xulosa mening irodamdan tashqarida. Eʼtiboringiz uchun rahmat.
Download 20.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling