Zamonaviy insonning xayotini mashinasiz tasavvur qilish bo’lmaydi, ayniqsa unga og`ir mexnat qilishida yordam bersa, moddiy va ma`naviy extiyojlarini qondirishga xizmat qilsa


Download 429.53 Kb.
bet1/5
Sana07.06.2020
Hajmi429.53 Kb.
  1   2   3   4   5

KIRISH

Zamonaviy insonning xayotini mashinasiz tasavvur qilish bo’lmaydi, ayniqsa unga og`ir mexnat qilishida yordam bersa, moddiy va ma`naviy extiyojlarini qondirishga xizmat qilsa. Mashina shu yoki boshqa texnologik jarayonni bajarishi natijasida insonlarga kerak bo’lgan maxsulotni tayyorlashda yordam beradigan vosita sifatida xizmat qiladi.

Jamiyat doimo extiyojlarni yoxud yangi maxsulot turlari bilan yoxud avval yaratilgan maxsulotlarni kam vaqt ichida yaratish bilan qondiradi. Ikkala xol uchun bu extiyojlarni qondirishda yangi texnologik jarayonlar va yangi mashinalar yordamida amalga oshiriladi. Xar qanday texnologik jarayon kishilik jamiyatini ilmiy va texnik rivojlanish darajasini belgilab beradi.

Mashina foydali bo’lishi mumkin qachonki u tegishli sifatga ega bo’lsa. Sifatsiz mashina esa foyda xam keltirmaydi hamda zarar xam keltirmaydi, faqatgina unga sarflangan mexnat zoye ketgan bo’ladi. Kishilik jamiyatida esa mexnat resurslari yuqori baholanadi. Shuning uchun insoniyat doim barcha soxada mexnatni tejashga xarakat qiladi.

Mashinani yaratish jarayoni uni xizmat vazifasini ifodalashdan to tayyor xolatga kelguncha 2 bosqichga bo’linadi: loyihalash va ishlab chiqarish. Birinchi bosqich mashinani (buyumni) konstruksiyasi ishlanadi va uni chizmada taqdim etiladi, ikkinchi bosqichda esa – ishlab chiqarish konstruksiyasini amalga oshirish. Ikkinchi bosqichni qurish va amalga oshirish mashinasozlik texnologiyasini asosiy vazifasi hisoblanadi.

Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida mustaqil O’zbekistonimiz oldida turgan dolzarb muammolardan biri – xalq xo’jaligining texnika-iqtisodiy taraqqiyotini jadal suratlar bilan bosqichma-bosqich rivojlantirishdan iborat. Shundagina xalqimizning tobora o’sib borayotgan moddiy va ma`naviy ehtiyojlarini to’la qondirish mumkin bo’ladi. Bu borada mashinasozlikni roli katta. Chunki xalq xo’jaligi barcha tarmoqlarining taraqqiyoti mashinasozlikning qay darajada rivojlanganligiga bog’liqdir. Shu boisdan xam mashinasozlikning qay darajada rivojlanganligiga qarab mamlakatning qudrati xaqida fikr yuritiladi.

Ma`lumki, sanoatni zamonaviy, takominlashgan texnika va texnologiyalar bilan jixozlagandagina, jaxon andozalariga mos, ilg’or mamlakatlar ishlab chiqarayotgan maxsulotlar bilan raqobatlasha oladigan maxsulot ishlab chiqarish mumkin. Buning uchun mavjud texnoligik jarayonlarni takominlashtirish bilan birga rivojlangan davlatlardagi zamonaviy texnologiyalarni, sarmoyadorlarning sarmoyalarini sanoatimizga jalb qilishimiz kerak. Bu ulkan vazifalarni amalga oshirishda ilm-fan yutuqlariga asoslanish lozim.

Bu borada jaxonda juda ko’p ishlar qilinmoqda. Inson kuchidan kamroq foydalanib, vaqtni kamroq sarflab yuqori unumdorlikka ega bo’lish uchun har xil texnologiyalar, zamonaviy RDB dastgohlar, mustaxkam materiallar yaratilmoqda.

Keyingi o‘n yillikda jahon jamoatchiligi lug‘at boyligiga «nano» so‘zi kirib keldi. Xo‘sh, «nano» nima? Qisqa qilib aytganda, nano milliarddan bir qismdir.

Olimlar oldiga yangi materiallar izlab topish vazifasi qo’yildi. Olib borilgan izlanishlar nanofizika fanining nanotuzilmali materiallar olish texnologiyalari – nanotexnologiyaning paydo bo’lishiga olib keldi. Bu yo’nalishdagi ilk natija sifatida 1986-yilda IBM kompaniyasining tadqiqotchi olimlari atomlar ko’chishini boshqarish mumkinligini ko’rsatib berganini aytib o’tish mumkin.

Sanoatning ko’plab tarmoqlarida nanotexnologiyaning asosiy yutuqlaridan keng foydalanilayotganligiga qaramasdan bu ishlar xali boshlang’ich bosqichda turibti, lekin bugungi kunda jahonning ilg’or davlatlarida nanotexnologiya sohasidagi tadqiqotlarga katta e`tibor berilmoqda.

Avvallari detal chizmalari qo’lda chizilar edi. Bu esa juda ko’p vaqt va mexnatni talab qilardi. Xozirgi kunga kelib esa AutoCAD, COMPAS, 3D MAX kabi dasturlar yaratilgan. Bu esa chizmalarni yuqori aniqlikda, tez vaqtda chizishga imkon yaratib berdi. 3D MAX dasturida 3D ko’rinishda detalni chizib xamma tomonini chizmada ko’rish imkonini yaratdi.

Mashinasozlik – eng ko’p qo’llaniladigan yirik tarmoq xisoblanadi. Chunki u barcha xalq xo’jaligini ilmiy-texnik taraqqiyot darajasini belgilaydi, modomiki barcha tarmoqni mashinalar, uskunalar, asboblar bilan ta`minlaydi. Axoli iste`moli uchun narsalar bilan ta`minlaydi. Undan tashqari metalga ishlov berish, mashina va uskunalarni tamirlashni xam keltirsak bo’ladi.

Texnologik jarayonlarni doimiy rivojlantirish va iqtisodiy o’sish sharoitida, birinchi navbatda ro’y berayotgan jarayonlarda sifat va tezlik turibti. Undan tashqari ishlab chiqariladigan maxsulot sifati buzilmasdan turib qisqa vaqt ichida ishlab chiqarish uchun jarayonlarni imkoni boricha avtomatlashtirish kerak.


Strukturaviy texnologik model haqida tushuncha

Strukturali texnolagik madellashtirish bu korreksiyalashgan nomatematik formula, sxema va siklagramalar tizimi bo’lib unda dasgohlarning texnolagik imkoniyatlari, aniqligi, shakl xosil qiluvchi murakkab xarakatlanish, servis uskunalar va dastgohning boshqarish tizimi hamda kerakli bo’lgan boshqa ma’lumotlar aks ettiriladi.



STM ni ifodalash uchun maxsus belgilar:

X.Y.Z. – kardinatalar bo’yicha xarakatlanuvchi blokni ifodalaydi.



– diskretli: uzatmalarning diskretligi ko’rsatiladi.

CV – Vertikal shpindelni aylanishini ko’rsatadi.

Ch – shpindelning gorizantal aylanishi.

F – Padacha (surish).

Fбtez siljish.

x.y.z – yordamchi harakatlarni ko’rsatuvchi ifoda.

STM – ni ifodalovchi “Metalalegvistik” formula va sxemalar.

CTФ – strukturaviy texnalagichiski formula.

СПФ – strukturaviy parametrli formula.

ФМС – formula moshnisti stanka.

ФЦ – formula tsikla.

КТС­ – kordinatnaya texnolagik sxema.

ККТС – kambinirovinni koordinatnaya texnolagicheski sxema.

КСС – koordinatnaya strukturnaya sxema.

DSU – dastgohning servis uskunalari.

Yuqorida teriflangan formulalar va sxemalar o’zaro mantiqan bog’liq bo’lib ulardan istalgan murakkablikdagi dastgoh obrazi kerakli ohborotlar orqali loyhalaniladi. Bu loyhalash konstruktorlik jarayonining qismi hisoblanadi.



Dastgohning koordinatali texnolagik sxemasi.

KTS bu dastgohning shartli tekis ifodasi bo’lib, unda dastgohning texnolagik vazifasi, barcha ishchi va bajaruvchi qismlarni musbat yo’naltirilgan koordinatalarni stanina bilan o’zaro bog’liqlikda ko’rsatadi.

KTS da qirqish asbobini musbat koordinata bo’yicha xarakatlantirayotgan bloklar X,Y,Z,U,V,W,P,Q,R, harflar bilan ifodalanadi. Zagatovkani xarakatlantiradigan bloklar X;Y;Z;U;V;W;P;Q;R. Yordamchi xarakatlar x,y,z,u,v,w,p,q,r.

O’qlar bo’yicha shpindelni aylanishi A,B,C.

Zagatovkani o’rnatilishi a,b,c.

Mavjud dastgohlarni KTS ni qurilishidan avval quyidagilar o’rganilishi shart:



  1. Dastgohning komponovkasi va texnalagik vazifalari.

  2. Barcha shakl xosil qiluvchilarni aniqlash, yordamchi harakatlarni aniqlash va ularni to’g’ri burchakli koordinatalarni musbat tizimga bog’lash.

  3. Dastgohning ishchi va bajaruvchi qismlari xarakatlarini ijobiy yo’nalishini aniqlash.

  4. KTS ni qurish dastgohni ko’rinish turini tanlashdan boshlanadi.

  5. Oddiylashtirilgan texnolagik eskiz chiziladi – ya’ni ishlov berilayotgan detal va qirqish asbobi ko’rsatiladi.

Rasm 1.


Dastgohning strukturaviy STF dastgohning kompanovkasining malum bir ketma – ketlikda turli sinvillar orqali ularni harakatlarining koordinataga bog’lab ifodalashdan iboratdir.

STF dagi ifodalanish dasogohni komponovkasini bloklarini ularni joylashish tartibidan zagatovka o’rnatilgan blokdan boshlab qirqish asboblari o’rnatilgan blok bo’lib yakullanadi.



Detal – X – Hn – Y – Z – C­v – freza

Dasogohning har bir xarakatlanuvchi bloklari aniq bir koordinatada xarakatlanadi. Bu xarakatlarni ko’rsatish uchun dastgohning koordinatayiv texnalagik sxemasi tuziladi:

Rasm 2.


STF dastgohning koordinataviy strukturasi va texnolagik parametrlari haqida malumot beradi. Bularga quyidagilar kiradi:

  1. Ishchi va bajaruvchi qismlarning koordinatalar bo’yicha siljish kattaliklari.

  2. Uzatishlar tezliklar, soni va chegaralari.

  3. Siljishning diskretliligi soni miqdori.

  4. Shpindelni aylanish chastotasi va bosqichlari chegaralari.

  5. Trayektoriya turlari pozitsiyali ko’nturli, kombinatsiyalashgan.

  6. Uzatmaning turi qadamli yoki kuzatuvchi.

  7. Avtomatik ishlamaydigan siljishlarni kattaligi.

  8. Asboblar magazeni va RDB dastgohning modeli.


Download 429.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling