Nizomiy nomidagi tdpu qoshidagi Biologiya fakulteti 405-guruh talabasi Karimova Shahnozaning Biologik kimyo fanidan Mustaqil ta`lim referati Toshkent-2022


Download 180.74 Kb.
bet1/2
Sana31.01.2023
Hajmi180.74 Kb.
#1144666
TuriReferat
  1   2
Bog'liq
405 Karimova 4-5&



Nizomiy nomidagi
TDPU qoshidagi
Biologiya fakulteti
405-guruh talabasi
Karimova Shahnozaning
Biologik kimyo fanidan
Mustaqil ta`lim referati

Toshkent-2022
4-Mavzu: RNKlarning barcha turlariga xarakteristika bering: molekulyar massasi, strukturasi, funksiyasi, Hujayrada tarqalishi va ahamiyati.
5-Mavzu: i-RNKning protsessingi jarayonini tо‘liq tushintirish va sxemasini keltirish.
RNKning xususiyatlari
Ribonuklein kislota (RNK) DNKdan farqli oʻlaroq, odatda bir zanjirli tuzilishga ega. RNK zanjiri tarkibidagi nukleotid toʻrt xil azotli asosdan bittasini (A, U, G yoki S), riboza (beshta uglerodli uglevod) va fosfat guruhini oʻz ichiga oladi. Bu yerda biz RNKning toʻrtta asosiy tipi bilan tanishib chiqamiz: informatsion RNK (iRNA), ribosomal RNK (rRNA), transport RNK (tRNA) va regulyator RNK.
Informatsion RNK (iRNK)
Informatsion RNK ( iRNA ) oqsil kodlovchi gen va uning oqsil mahsuloti oʻrtasidagi oraliq molekula hisoblanadi. Irsiy axborotning nasldan naslga oʻtishida ishtirok etadi. Ribonuklein kislotalar molekulasining fazoviy strukturasi, asosan, bir ipli polinukleotid zanjirdan iborat boʻlib, tarkibida 75 tadan 10000 tagacha nukleotid qoldigʻi bor. Molekulasining ayrim qismlarida azot asoslarining komplementarlik prinsipiga binoan qoʻsh zanjirlar hosil boʻladi. Funksiyasi va strukturasiga koʻra, Ribonuklein kislotalar ribosomal (rRNK), transport (tRNK), informatsiyey (iRNK) va kichik molekulali (km RNK)ga ajratiladi. Tirik xujayralarda RNK sintezi DNK matritsasida RNKpolimeraza fermenti yordamida amalga oshadi . Eukariot hujayralarda RNK molekulalari 3 xil RNK — polimeraza ishtirokida sintezlanadi. Sintezlangan DNK matritsasiga komplementar, chunki RNK zanjiridagi nukleotidlar izchilligini DNK matritsasidagi nukleotidlar qatori belgilaydi. Muayyan gen sintezidagi DNKning komplementar 2 zanjiridan faqat bittasi RNK uchun matritsa vazifasini bajaradi. Odatda, RNK molekulalari u sintezlaydigan funksional molekulalarga nisbatan birmuncha katta molekulyar massaga ega. Hujayradagi RNK sonining 80% ini ribosomal RNK tashkil etadi. Uning molekulyar massasi 1,1 — 1,7 mln boʻlib, 4000—6000 mononukleotid qoldigʻidan iborat. RNKning bu xili ribosomalarning shakllanishida ishtirok etadi. Shakllangan ribosomalarning 60% massasini rRNK tashkil qiladi. Transport RNK hujayradagi RNKning 15% ini tashkil etadi. U aminokislotalarni oqsil sintezlaydigan ribosomalarga yetkazib beradi. Transport RNKning molekulyar massasi 25000 ga yaqin boʻlib, 60—90 nukleotid qoldigʻidan iborat. Transport RNK boshqa RNKga nisbatan yaxshi oʻrganilgan. Uning strukturasi beda bargiga oʻxshaydi. Har bir aminokislotaning oʻziga xos tRNKsi mavjud boʻlib, aminoatsilsintetaza fermenti bilan birga taʼsir koʻrsatadi. Bu ferment oʻziga xos keladigan tRNK va aminokislotani tanish xususiyatiga ega. Ayrim hollarda bitta aminokislota ikki va undan ortiq tRNK yordamida kodlanadi. Informatsion RNK xujayradagi RNK massasining 2—6% ini tashkil etadi. Har xil iRNK molekulalari bir-biridan molekulyar massasi va nukleotidlar tarkibi bilan farq qiladi. Hujayrada sintezlanadigan oqsil molekulalari muayyan i RNK yoki uning bir qismi orqali kodlanadi. Eukariotlar xujayrasida iRNK yadroda sintezlanib, u yerdan maxsus ribonukleoprotein zarrachalar (informosomlar) tarkibida sitoplazmaga koʻchiriladi. Eukariotlarda iRNK sintezi kodlanmaydigan kiyem (intron)larga ega bulgan juda uzun zanjirli pro iRNK sintezidan boshlanadi va birmuncha oʻzgarishlar bilan yetilgan iRNK hosil boʻladi. Kodlanmaydigan qismlar pro iRNK molekulasining butun uzunligi boʻylab tekis taqsimlangan. Intronlarni ajratib tashlab iRNK molekulasining kodlovchi qismlarini yangidan joylashtirish (splaysing) maxsus hujayra mexanizmlari orqali boshqariladi. Prokariot xujayralardagi iRNK sintezida deyarli katta oʻzgarishlar boʻlmaydi. Kichik molekulali RNK funksiyasi, strukturasi va oʻlchamiga binoan har xil. Ular tarkibida 30 tadan 300 tagacha nukleotid qoldigʻi boʻladi. Bu turdagi RNK ribosoma, yadro va sitoplazmadagi ribonukleoprotein zarrachalar tarkibida uchraydi. Agar hujayra maʼlum bir oqsilni ishlab chiqarishi kerak boʻlsa, oqsil kodlovchi gen “aktivlanadi”, yaʼni RNK-polimeraza fermenti DNKga bogʻlanadi va shu genning DNK ketma-ketligi asosida RNK nusxasi yoki transkript hosil qiladi. Masalan, DNKning kodlovchi ketma-ketligi 5’-AATTGSGS-3’ boʻlsa, undan hosil boʻlgan RNK ketma-ketligi 5’-AAUUGSGS-3’ boʻladi.
Hosil boʻlgan iRNK molekulasi aminokislotalarni bir-biriga ulash orqali oqsil ishlab chiqaruvchi uskuna hisoblangan ribosoma bilan bogʻlanadi. Ribosoma iRNKdagi spetsifik ketma-ketlikni oʻqish orqali shu mʼlumotga asosan oqsil sintez qiladi. iRNK uchta nukleotiddan iborat (kodon deb ataluvchi) guruhlarda “oʻqiladi” va har kodon oʻqilganda zanjirga bitta aminokislota qoʻshiladi.




Download 180.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling