Nizomiy nomidagi tdpu
Download 479.57 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TDPU “Umumiy pedagogika” kafedrasi katta o’qituvchisi Mirsagatova Nargiza Sayfullayevna Mavzu: “Ta’lim metodlari va vositalari” Sana: 2019-yil 21-oktabr Fakultet: “Fizika-matematika” Yo’nalish: “MO’M” Guruh: 2-kurs 201-202 Vaqti: 1-smena, 1-juftlikda (3-06 xona) Тошкент-2019 7-MAVZU. TA’LIM METODLARI VA VOSITALARI. Reja: 1. Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari. 2. Zamonaviy didaktikada ta’lim metodlari tasnifiga turlicha yondashuvlar. 3. Ta’lim metodlarinig mohiyati va mazmuni. 4. Ta’lim metodlarini tanlab olish shartlari. 5. Ta’lim vositalari va ularning vazifalari. Tayanch tushunchalar: metod, ta’lim metodi, ta’lim usuli, qoida, intrefaol metod, metodika, texnologiya, didaktik vosita, ta’limning texnik vositalari. 1.Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari. Metod, usul va texnologiya. Ta’lim metodi tushunchasi anchagina murakkabdir. Shu bois pedagogikada uning tobora aniq talqini xususida munozara haligacha davom etmoqda. Biroq bu tushunchaga beriladigan didaktlarning turli ta’riflariga qaramay, ularning nuqtai nazarlarini yaqinlashtiradigan qandaydir umumiylikni ham ta’kidlash mumkin. Ko‘pchilik mualliflar ta’lim metodini o‘quvchilarning o‘quv bilish faoliyatini tashkil etish usuli, deb hisoblashga moyildir. Shu qoidani boshlang‘ich nuqta bilib, mazkur tushunchani yanada batafsil ko‘rib chiqish va uning ilmiy ta’rifiga kelishga harakat qilamiz. Metod so‘zi yunoncha tadqiqot, maqsadga erishish yo‘li, usuli deganidir. Metod - eng umumiy ma’noda - maqsadga erishish usuli, ma’lum tarzda tartibga solingan faoliyat. Ko‘rinadiki, bu o‘rinda ham o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va u tashkil etgan o‘quvchilarning faol o‘quv-bilish faoliyati uyg‘unlashadi. Download 479.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling