Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
Sana19.06.2020
Hajmi0.52 Mb.
#120399
Bog'liq
matematikani oqitishning innovatsion vositalari


 

 



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS 

TA‘LIM VAZIRLIGI 



 

NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA 

UNIVERSITETI 

 

FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI 

 

“5110100-MATEMATIKA O’QITISH METODIKASI”  

TA’LIM YO’NALISHI 

 

K U R S   I SH I 

Mavzu:


 Matematikani o‘qitishning innovatsion vositalari 

 

 

 

 

 

BAJARDI: MO‘M 302-guruh 

talabasi A. Qayumov 

ILMIY RAXBAR: MO‘M  

kafedrasi o‘qituvchisi 

M. Mamatqulova 

 

 

TOSHKENT-2013 



 

 

 

 



REJA 

Kirish…………………………………………………………………………. 

1-bob. Pedagogika nazariyasi va amaliyotida ta‘lim vositalari muammolari  

1.1§.  Ta‘lim vositasi tushunchasi…………………………………………… 

1.2§.  Zamonaviy tailim vositalari…………………………………………… 

2 bob. Matematikani o‘qitishda an‘anaviy ta‘lim vositalari……………….. 

2.1§. Algebrani o‘qitishda an‘anaviy ta‘lim vositalari……………………… 

2.2§. Geometriyani o‘qitishda an‘anaviy ta‘lim vositalari…………………. 

3 bob. Matematikani o‘qitishda innovatsion ta‘lim vositalari……………… 

3.1§. Algebrani o‘qitishda innovatsion ta‘lim vositalari……………………. 

3.2§. Geometriyani o‘qitishda innovatsion ta‘lim vositalari………………... 

Xulosa…………………………………………………………………………. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Kirish 

Kurs  ishining  dolzarbligi.    O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 

2012-yil  28-maydagi  ―Malakali  kadrlar  tayyorlash  hamda  o‘rta  mahsus  kasb-

hunar  ta‘limi  muaasalarini  shunday  kadrlar  bilan  ta‘minlash  yanada 

takomillashtirishga  oid  chora  tadbirlar  to‘g‘risida‖gi  qarori  ta‘lim  mazmunini 

uning samaradorligini yanada yaxshilashga qaratilgan. Respublikamizda faoliyat 

ko‘rsatayotgan  o‘rta  maxsus  kasb-hunar  kollejlari  uchun  tayyorlanayotgan 

pedagog  kadrlar  sifatini  tubdan  yaxshilash,  ta‘lim  muassasalaridagi  o‘quv 

jarayonini  zamonaviy  talablar  asosida  qayta  tashkil  etish  va  tayyorlanayotgan 

o‘rta  bo‘gin  mutaxasislari  malakasining  raqobatbardosh  bo‘lishiga  erishish 

asosiy vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. 

Ushbu  vazifalarning  samarali  bajarilishining  asosiy  omili  o‘quv 

vositalaridir.  Ta‘lim  vositalari  svilizatsiyaning  ajralmas  qismi  umuminsoniy 

madaniyatning muhum elementi hamda dunyoni ilmiy o‘rganish tilidir. 

Shiddatli axboratlashuv jarayoni amalga oshib  borayotgan hozirgi davrda 

har  bir  soha  kishisi  zamon  bilan  hamnafas  ravishda  innovatsion 

tehnalogiyalarga,  innovatsion  vositalarga  murojaat  qilishiga  to‘g‘ri  kelmoqda 

shu  jumladan  matematika  fani  ham  bunday  oqimdan  chetda  qolayotgani  yo‘q. 

O‗zbekiston  Respublikasi  taraqqiyotida  halqning  boy  ma‘naviy  salohiyati  va 

umuminsoniy qadriyatlarga hamda hozirgi zamon madaniyati, iqtisodiyoti, ilmi, 

texnikasi  va  texnologiyasining  so‗nggi    yutuqlariga  asoslangan  mukammal 

ta‘lim  tizimini  barpo  etish  dolzarb  ahamiyatga  ega.  Ma‘lumki,  kadrlar 

tayyorlash  milliy  dasturida  ilg‗or  pedagogic  texnologiyalarni  joriy  qilish  va 

o‗zlashtirish  zarurligi  ko‗p  marta  takrorlanib  yangi  pedagogik  va  axborot 

texnologiyalardan  foydalanib,  talabalarni  o‗qitishni  jadallashtirish  ko‗zda 

tutilgan.Pedagogik texnologiyaga UNESCO ning bergan ta‘rifini keltiramiz: 

―Pedagogik  texnologiya  –  bu  butun  o‗qitish  va  bilimlarni  o‗zlashtirish 

jarayonida o‗z oldiga ta‘lim shakllarini samaradorlashtirish vazifasini qo‗yuvchi 

texnik  hamda  shaxs  resurslari  va  ularning  o‗zaro  aloqasini  hisobga  olib, 

bilimlarni  yaratish,  qo‗llash  va  belgilashning  tizimli  usulidir‖.  Bu  ta‘rifdagi 


 

 



asosiy  tushuncha  ―tizimli  usul‖  bo‗lib,  aynan  tizimli  yondashuv  pedagogik 

texnologiyaning, o‗qitishga boshqa yondashuvlardan farqlanuvchi asosiy belgisi 

hisoblanadi.  Ta‘lim  maqsadlari,  uning  mazmuni,  o‗qitish  va  ta‘lim  berish 

usullari,  nazorat  va  natijalarni  baholashni  o‗zaro  bog‗liklikda  loyihalash- 

ko‗pincha  an‘anaviy  o‗quv  jarayonida  yetishmaydigan  narsadir.Jaxon 

pedagogika  fani  ilmiy  –  texnika  taraqqiyoti  ta‘sirini  boshdan  kechirib, 

psixologiya,  kibernetika,  tizimlar  nazariyasi,  boshqaruv  nazariyasi  va  boshqa 

fanlar  yutuqlarini  birlashtirib,  hozirgi  davrda  faol  yangilanish  innovatsiya 

jarayonlari  bosqichida  turar  ekan,  inson  imkoniyatlarini  samarali  rivojlantirish 

amaliyotiga  boy  mahsul  bermoqda.  Pedagogik  texnologiya  usullari  dastlab 

o‗qitishning  harakatini  namunaviy  vaziyatdagi  belgilangan  qoida  bo‗yicha 

o‗zlashtirish  talab  etiladigan  mahsuldor  darajasi  uchun  ishlab  chiqilgan. 

Mahsuldor  ta‘lim  har  qanday  ta‘limning  zaruriy  tarkibiy  qismi  hisoblanib,  u 

insoniyat  jamg‗argan  tajribani  aniq  o‗quv  fani  doirasida  o‗zlashtirish  bilan 

bog‗liq.  Ta‘lim  oluvchilarda  bilim  va  ko‗nikmalarning  ma‘lum  ―poydevori‖ 

hosil  qilingandan  keyingina  ta‘limning  natijali  va  ijodiy  yondashish  usullariga 

ko‗chish mumkin.Pedagogik texnalogiya oqimi 70-80 yillarda AQSh da yuzaga 

keldi  va  UNESCO  kabi  nufuzli  tashkilot  tomonidan  tan  olindi  va  qo‗llab  – 

quvvatlandi  va  hozirgi  kunda  ko‗pgina  mamlakatlarda  muvaffaqiyatli 

o‗zlashtirilmoqda. Ma‘lumki, tubdan farq qiluvchi uchta ta‘lim turlarini ajratish 

mumkin.  Bular:  og‗zaki-  ko‗rgazmali,  texnologik  va  izlanuvchan-ijodiy  ta‘lim 

turlari hisoblanadi. 

1.  Og‗zaki  –  ko‗rgazmali  an‘anaviy  bo‗lib,  o‗qituvchining  axborot 

berishi,talabalarning  bilimlarni  qabul  qilishi,  to‗plashi  va  xotirasida  saqlashi 

bilan belgilanadi. Ta‘limda  og‗zaki-ko‗rgazmali  yondashuv  juda  katta tajribaga 

ega  bo‗lib,  qismlarga  ajratib  ishlab  chiqilgan  va  ta‘lim  tizimida  ulkan  xizmat 

ko‗rsatdi.Jadal  suratlar  bilan  o‗sib  borayot-gan  fan  va  texnika  talablari,  ta‘lim 

tizimidagi  istlohatlar,  raqobotbardosh  kadrlar  tayyorlash,  shaxsni  rivojlantirish, 

uning ma‘lumot olish istaklarini to‗laroq qondirishga bo‗lgan jamiyat ehtiyojlari 

o‗qitish usullariga yangicha yondashishni talab qilmoqda. 



 

 



2.  Ta‘limga  texnologik  yondashuvning  umumiy  tavsifnomasi  qismlarga 

ajratilmagan  holda,  ta‘limning  juda  oddiy  mahsuldor  darajasi  sifati  misolida 

qaraladi.  O‗quv  ishlari  yuqori  natijalarga  erishishga  qaratilgan  bo‗lib, 

yo‗naltirilganlik,  mashg‗ul  bo‗lish,  musobaqalashish  va  o‗zaro  yordamlashish 

tushunchalari mavjud bo‗ladi. 

3.  Izlanuvchan  yondashuvdagi  maqsad,  talabalarda  muammoni  hal  etish, 

yangi,  oxirigacha  tugallanmagan  tajribani  o‗zlashtirish,  ta‘sir  etishning  yangi 

yo‗llarini  yaratish  qobiliyatlarini,  shaxsiy  idrokni  rivojlantirishdan  iboratdir. 

Izlanuvchan ta‘lim andozasining ta‘lim mazmuni, tabiat va jamiyat bilan o‗zaro 

ta‘siri  natijasida  shaxsda  tadqiqotchilik  va  jadal  ijodiy  xarakterli  faoliyat  yo‗li 

boshlanadi. 

O‗quv  jarayonining  texnologik  shakl  modeli  va  uning  amaliy  tadbiqi 

yangilik  xususiyatiga  ega  bo‗lib,  an‘anaviy  ta‘limni  qayta  shakllantiradi. 

―Pedagogik  texnologiya‖  so‗z  birikmasi  asosida  ―Texnologiya‖,  ―Texnologik 

jarayon‖  tushunchasi  yotadi.  Bu  tushuncha  orqali  sanoatda  tayyor  mahsulotni 

olish uchun bajariladigan ishlarning ketma – ketligi haqidagi hujjat, ta‘limda esa 

fan  bo‗yicha  uslubiy  tadbirlar  majmuasi  tushuniladi.  Pedagogik  texnologiyada 

asosiy  yo‗l  aniq  belgilan-gan  maqsadlargaqaratilganlik,  ta‘lim  oluvchi  bilan 

muntazam  o‗zaro  aloqani  o‗rnatish,  pedagogik  texnologiyaning  falsafiy  asosi 

hisoblangan ta‘lim oluvchining xatti  – harakati orqali o‗qitishdir. O‗zaro aloqa 

pedagogik texnologiya asosini tashkil qilib, o‗quv jarayonini to‗liq qamrab olish 

kerak.  Pedagogik  texnologiyada  nazarda  tutiladigan  maqsadlarni  qo‗yish 

usuli,o‗qitish  maqsadlari  o‗quvchilar  harakatida  ifodalanadigan  va  aniq 

ko‗rinadigan  hamda  o‗lchanadigan  natijalar  orqali  belgilanadi.  Maqsadlar 

o‗qituvchining  faoliyatidan  kelib  chiqqan  holda  o‗rgatish,  tushuntirish,  ko‗rsa-

tish,  aytib  berish  va  hokazo  atamalar  orqali  qo‗yila-di.  O‗quvchining 

harakatlarida  ifodalanadigan  vazifalar  esa  ta‘limining  natijalarda  ifodalanadi. 

Natija,  talabaning  tugallangan  xatti  –harakatini  ifodalovchi  keltirib  chiqaring, 

sanab  o‗ting,  so‗zlab  bering  tanlang,  ko‗rsatib  bering,  hisoblang  kabi  atamalar 

bilan  ifodalanishi  kerak.Shunday  qilib,  an‘anaviy  o‗quv  jarayonlarida  asosiy 



 

 



omil  –  bu  pedagog  va  uning  faoliyati  hisoblansa,  pedagogik  texnologiyada 

birinchi o‗ringa o‗qish jarayonidagi o‗quvchilarning faoliyati qo‗yiladi. Har bir 

vazifa  raqamlanib,  u  bitta  natijani  ko‗zlashi  lozim.  Har  bir  vazifani  shunday 

qo‗yish kerakki, u o‗qituvchining o‗tadigan darsining bosqichlarini emas, balki, 

talabaning o‗zini keyin qanday tutishi kerakligiga ishora qilsin. Ma‘lumki, ilg‗or 

texnologiyalarni  qo‗llashda  asosiy  e‘tibor  loyihalash  bosqichiga  qaratiladi, 

bunday  tizimli  yondoshuv  asosida  o‗quv  jarayonini  loyihalash,  kutilayotgan 

natija  shaklidagi  o‗quv  maqsadlarini  mumkin  qadar  aniqlashtirish,  rejalash-

tirilgan  o‗quv  maqsadlariga  kafolatli  erishishga  undaydi.  Biz  ushbu  mavzuda 

matematika sohasi uchun innovatsion vositalar bilan tanishib chiqamiz.  



Kurs ishining maqsadi: 

Innovatsion  pedagogika  asoslarini  va  innovatsion  ta‘lim  jarayonini  , 

maktabda  matematikani  o‘qitishning  innovatsion  vositalarini  o‘rganishdan 

iborat. 


Kurs ishining obyekti: 

O‘zbekistondagi  barcha  ta‘lim  muassasalarida  matematikani  o‘qitish 

jarayoni. 

Kurs ishining predmeti: 

Innovatsion  ta‘lim  muhiti  mazmuni,  metodlari  va  innovatsion  muhitni 

shakllantiruvchi vositalar. 

Kurs ishining vazifalari: 

   Mavzuga doir manba topish, axborotlarni tartiblash, rejani shakllantirish; 

  Innovatsion pedagogik faoliyatni o‘rganish; 

  Innovatsion ta‘lim jarayoni, shakl, metod, vositalarini o‘rganish; 

  Innovatsion ta‘lim muhitini o‘rganish; 

  Matematikani o‘qitishning innovatsion muhitini o‘rganish; 

  O‘rganilgan ma‘lumotlar asosida xulosalar chiqarish

  Kurs ishini jihozlash, himoyaga tayyorlash; 

 


 

 



1-bob.  Pedagogika  nazariyasi  va  amaliyotida  ta’lim  vositalari 

muammolari. 

1.1§. Ta’lim vositasi tushunchasi 

Ta‘lim  vositalari  –O‘quv  materialini  ko‘rgazmali  taqdim  etish  va  shu 

bilan  birga  o‘qitishni  samaradorligini  oshiruvchi  yordamchi  materiallar 

hisoblanadi. 

Ta‘lim berishning texnik vositalari –o‘quv materialini ko‘rgazmali namo-

yish  etishga,  uni  tizimli  yetkazib  berishga  yordam  beradi  talabalarga  o‘quv 

materialini  tushunishlariga  va  eslab  qolishlariga  imkon  beradi  .Bunday 

vositalarga  quyidagilar  misol  bo‘lishi  mumkin:  diaproektor,  grafoproektor, 

doska-bloknot, doska-stend, …    

Yordamchi ta‘lim vositalari — grafiklar, chizmalar, namunalar, tarqatma 

materiallar va boshqalar.   

O‘quv-uslubiy  materiallar  —  o‘quv  materiallar,  o‘zlashtirilgan  o‘quv 

materiallarini  mustahkamlash  uchun  mashqlar.  Bular  talabalarning  mustaqil 

ishlarini faollashtirishga yordam beradi (ish varaqasi, eslatma, nazorat varaqasi, 

matnlar). 

Tа‘lim  vоsitаlаri  o‘qituvchi  uchun  ham,  o‘quvchi  uchun  ham  qulay 

bo‘lishi lozim. O‘qituvchi uchun vоsitаlаr: o‘quv prеdmеtini o‘qitish mеtоdikаsi 

bo‘yichа qo‘llаnmаlаr, shаhsiy mеtоdikа, murаkkаb mаsаlаlаr bo‘yichа mеtоdik 

tаvsiyalаr,  o‘qituvchilаr  tоmоnidаn  tаyyorlаngаn  mеtоdik  ishlаnmаlаr,  darslik. 

Tаlаbаlаrni    o‘quv  bilish  fаоliyatlаrini  jаdаllаshtirishgа  yordаm  bеruvchi  hаr 

turdаgi tа‘lim vоsitаlаrini tаnlаsh vа ulаrdаn fоydаlаnish quyidаgilаrgа bоg‘liq:  

1.  Mаqsаdni bеlgilаsh; 

2.  Аsоsiy bilim mаnbаigа; 

3.  Tа‘lim usuligа; 

4.  O‘quv mаtеriаlining yangiligi va murаkkаbligigа; 

5.  Tаlаbаlаrni o‘quv imkоniyatlаrigа. 

Tа‘lim  vоsitаlаrini  tаnlаshni  аniqlоvchi  оmillаr:  mаqsаdni  bеlgilаsh; 

o‘quv  аhbоrоt  mаzmuni;  tа‘lim  vоsitаlаri;  еtаkchi  bilim  mаnbаi;  o‘quv 



 

 



mаtеriаlining  yangiligi  vа  murаkkаbligi.  Mavzuni  o‗rganishning  taxminiy 

bosqichlari quyidagilardan iborat deb bilamiz: 

1. Mavzu va uning rejasi beriladi;  

2. O‗quv faoliyati natijalari eslatiladi; 

3. Mavzuni uning ahamiyatga qisqa to‗xtalinadi; 

4. Mavzuni  tushuntirish  ketma–  ketligi  texnologik  loyiha  asosida  o‗qituvchi 

maqsadiga mos kelishi lozim; 

5. Talabalar  diqqatini  jalb  etib,  mavzu  savollari  haqida  muammoli  vaziyatlar 

hosilqilish; 

6. Tushuntirish  jarayonida  o‗quv  adabiyotlari  yoki  tarqatma  materal  bilan 

ishlashga ahamiyat beriladi; 

7. Talabaning tarqatma materal yoki o‗quv adabiyotlardan asosiy tushunchalarni 

o‗qish va yozishni tashkil etishga imkoniyat yaratish

8. Mavzuni  o‗rganish  darajasini  tekshirish,  talabalarga  og‗zaki  savollar  berib 

borish orqali, (masalan, analitik geometriya tushunchasining mohiyati nima?); 

9. Talabalar  javoblariga  izoh  berish  yoki  to‗ldirish,  to‗g‗ri  javoblarni 

rag‗batlantirish; 

10. 


Egallangan bilimlarni tekshirish va baholash; bunda tayyorlangan savollar 

hamma talabalarga tarqatiladi. Savollarga javob berish uchun muayan (masalan, 

10  minut)  vaqt  beriladi.  Berilgan  savol  varaqlari  yig‗ishtirib  olingach,  savollar 

oldindan  tayyorlab  qo‗yilgan  javoblar  bilan  solishtirib  tekshiriladi.  To‗g‗ri 

javoblar  ekranda  ko‗rsatiladi  yoki  doskaga  ilinadi.  Har  bir  talaba  o‗zining 

bilimlarini o‗zi tekshirib ko‗radi va baholaydi baholash reyting tizimida bo‗ladi, 

o‗qituvchi  talabalar  javoblariga  munosabat  bildiradi.yuqori  baholanganlar 

rag‗batlantiriladi  va  kam  baho  olgan-larga  tanbeh  bermasdan,  ularni  o‗qish  – 

o‗rganishga da‘vat etiladi; 

11. 


Egallangan  bilimlarni  yanada  mustahkamlash  va  mustaqil  ishlash 

ko‗nikmasini  hosil  qilish  maqsadida  uyga  vazifa  beriladi.  Bunda  beriladigan 

vazifa  aniq  bo‗lishi,  berilgan  vazifaning  bajarilish  shakli  (referat,  konspekt 

qilish, misol va masalalarni yechish) aniq bo‗lishi zarur. 



 

 



Matematika  fanini,  o‗rganishda  ushbularga  erishishni  maqsad  qilib 

olinadi: 

1. matematikaning hozirgi zamon taraqqiyotidagi o‗rni va ahamiyati anglash; 

2. o‗quvchining matematik apparatning qo‗llanilishiga qiziqishi; 

3. amaldagi dastur asosida matematik apparatni o‗rgatish; 

4. ayrim masalalarning matematik modellarini tuza bilish va uni tahlil qilish; 

5. matematik fikrlash va xulosa chiqarish; 

6. matematik  bilimlarni  chuqurlashtirishga  yo‗naltirib,  bu  bilimlarni  o‗z 

faoliyatida qo‗llash. 

 

 


 

10 


 

1.2§. Zamonaviy ta’lim vositalari. 

Zamonaviy  ta‘limni  tashkil  etish  uchun  turli  innovatsion  vositalardan 

foydalanish  maqsadga  muvofiqdir.  Innovatsion  vositalarga  ekranli  proektor, 

doska-stend,  doska-bloknot,  grafoproektor,  elektron  darslik    va  videodarslikni 

misol keltirishimiz mumkin.  

 

Grаfоprоеktоr  —  shаffоf  plyonkаdаgi  tаsvir  (slаydlаr)  ni  ekrаngа 

prоеktsiyalаsh uchun qo‘llаnilаdigаn jihоz hisоblаnаdi. Undаn mа‘ruzа vаqtidа 

mаtеriаllаrni  nаmоyish  qilish  uchun,  shuningdеk  guruh  ishlаri  tаqdimоtidа 

yordаmchi  vоsitа  sifаtidа  fоydаlаnilаdi.  Kоdоskоp  fоydаlаnish  uchun  qulаy 

mоslаshuvchаn  vоsitа  bo‘lib,  bir  mаrtа  tаyyorlаngаn  plyonkаdаn  ko‘p  mаrtа 

fоydаlаnish  mumkin,  bundаn  tаshqаri  dоskа  bo‘lmаgаn  hоllаrdа  аsоsiy 

tushunchа  g‘оyalаr  vа  nаtijаlаrni  o‘qituvchi  plyonkаgа  flоmаstеr  yordаmidа 

to‘g‘ridаn-to‘g‘ri yozib ko‘rsаtish hаm mumkin. 

EHM — Elektron Hisoblash Mashinalari. 



 

11 


 

   


 

Hozirgi  kunda  ta‘lim  jarayonini  EHM  siz  tasavvur  qilish  qiyin. 

Allaqachon kompyuter o‘qituvchi uchun ham talaba uchun ham asosiy vositaga 

aylanib  ulgurgan.  Kompyuterning  afzallik  taraflari  anchagina.Uning  yordamida 

electron darslik va juda katta hajmli ma‘lumotlarni ihcham holatda  saqlash va 

foydalanish  imkoniyati  mavjud.Kamchiligi  nurlanish  tufayli  inson  salomatligi 

uchun  zararlidir.  Kompyuter  orqali  elektron  darslikdagi  masala  yechilishini 

quyidagichanamoyish etish mumkin. 

Masala.   y=x

2

-2x+3  funksiyaning  grafigini  yasang  va  uni y=x

2

 funksiya 

grafigi bilan taqqoslang. 

y=x

2

-2x+3 funksiyaning qiymatlar jadvalini tuzamiz: 

-3 


-2 

-1 






y(x) 

18 


11 





Topilgan nuqtalarni yasaymiz va ular orqali silliq egri chiziq o'tkazamiz. 

 

12 


 

Grafiklarni 

taqqoslash 

uchun, 


to'la 

kvadratni 

ajratish 

usulidan 

foydalanib, y=x

2

-2x+3 

 

formulaning 



shaklini almashtiramiz: 

y=x

2

-2x+1+2=(x-1)

2

+2 

Avval 


 y=x

2

  va y=(x-1)

2

  

funksiyalarning  grafiklarini  taqqoslaymiz. 



Agar (x;y

1

nuqta  y=x



2

  parabolaning 

nuqtasi, 

ya'ni y

1

=x



1

2

 bo'lsa, u 

holda 

(x

1

+1;y

1

)  

nuqta y(x-1)

2

 funksiyaning 



grafigiga tegishli bo'ladi. 

Chunki  ((x



1

+1)-1)

2

=x

1

=y

1

.  Demak, 



y=(x-1)

2

    funksiyaning  grafigi  y=x



2

 

parabola-dan  uni  bir  birlik  o'ngga  siljitish 



(parallel  ko'chirish)  bilan  hosil  qilingan 

parabola bo'ladi. 

Endi  

y = (x- 1)

2

 va 


y=(x-1)

2

 +2  funksiyalarning 

grafiklarini taqqoslaymiz.  



ning   har  bir  qiymatida 

y = (x- 1)

2

 +2 

funksiyaning 

qiymati  y=(x-

1)

2

 funksiyaning   qiymatidan 

2  taga  ortiq.  Demak,  y  = (x  -



 1)

2

 + 2 funksiyaning grafigi y = (x- 1)

2

   parabolani ikki birlik yuqoriga siljitish 

bilan hosil qilingan parabola bo'ladi. 


 

13 


 

    


 

 

     Синf доскаси.                                                         Доска-стенд. 



 

 

Shunday qilib,  y = x



2

 - 2x + 3 funksiyaning grafigi  y = x

2

 parabolani bir 

birlik    o'ngga  va  ikki  birlik  yuqoriga  siljitish  natijasida  hosil  qilingan parabola 

bo'ladi. 

Dоskа-stеnd — mаshg‘ulоtlаrdа o‘quv munоzаrаlаri, аqliy hujum, guruh 

ishlаri  vа  bоshqа  muhоkаmаlаr  nаtijаlаrini  hujjаtlаshtirishdа  fоydаlаnilаdigаn 

o‘qitishning  tеxnik  vоsitаsidir.  Bundа  stеndgа  o‘shа  kаttаlikdаgi  qоg‘оz 

qo‘yilаdi  vа  ungа  turli  rаngdаgi  hаmdа  shаkldаgi  kаrtоchkаlаr  yopishtirilаdi. 

Mаshg‘ulоt  vаqtidа  stеnddа  mаzkur  kаrtоchkаlаr  yordаmidа  sxеmаlаr, 

tuzilmаlаr,  shаrhlаr  vа  shu  kаbilаrni  tuzish  mumkin.  Dоskа-stеndning  аfzаlligi 

shundаki,  undа  kаrtоchkаlаr  (sxеmаlаr,  tuzilmаlаr,  shаrhlаr  vа  hokazo) 

jоylаshuvini  xоhlаgаn  vаqtdа  o‘zgаrtirish  imkоniyati  mаvjud.  Shuningdеk 

dоskа–stеnd  bilаn  ishlаgаndа  qisqа  vаqt  ichidа  bаrchа  tinglоvchilаrning  fikr–

mulоhаzаlаri  vа  g‘оyalаrini  qаmrаb  оlish  vа  qаyd  etish  imkоniyatigа  egа 

bo‘linаdi. 

 

 

 



 

 

O‘quv аuditоriyalаri uchun dоskаlаr tizimi



 

 

14 


 

2-bob. Matematikani o’qitishning an’anaviy vositalari 

2.1§. Algebrani o’qitishda an’anaviy ta’lim vositalari 

Eng  asosiy  vositalardan  biri  bu  sinf  dоskаsi  –  o‘quv  mаtеriаlini  vizuаl 

nаmоyish qilishning аn‘аnаviy vа qulаy vоsitаsidir. Undаn o‘quv mаtеriаlining 

аsоsiy  tаyanch  nuqtаlаrini  bеlgilаshdа,  yoki  birоr  nаrsаni  tеz  yozish  lоzim 

bo‘lgаndа  fоydаlаnish  judа  qulаydir.  Bundаn  tаshqаri  sinf  dоskаsi  tа‘lim 

muаssаsаsining 

hаr 

bir 


o‘quv 

xоnаsidа 

mаvjuddir. 

 

Kаmchiligi:  yangi  mаtеriаlni  tushuntirish  uchun  dоskаdа  yozilgаnlаrni 



o‘chirishgа  to‘g‘ri  kеlаdi  vа  аvvаl  yozilgаnlаrni  qаytа  ko‘rsаtish  imkоni 

bo‘lmаydi.Bundаn  tаshqаri  o‘qituvchi  dоskаgа  hоlаtdа  bo‘lаdi  vа  uni  eshitish 

qiyin bo‘lаdi. 

Algebrani  ananaviy  o‘qitishda  o‘qituvchiga  doska,  bo‘r  yetarli  bo‘ladi, 

lekin  biz  bilamizki,  har  qanday  maktab  yoshidagi  bolaning  diqqat  e‘tiborini 

ko‘pi bilan 20 daqiqagina jalb etish  mumkin. Bu qisqa vaqt ichida o‘quvchiga 

kerakli  ma‘lumotlar  yetkazilishi  lozim  bu  esa  har  qanday  pedagokdan  katta 

mahorat  talab  qiladi.  Algebraning  ba‘zi  mavzulari  uchun  jumladan: 

trigonometriya,  funksiya  tushunchasi  kiritilayotgan  vaqtda  an‘anaviy  ta‘lim 

vositalarining  o‘zi  kamlik  qiladi,  bu  mavzularni  maxsus  ko‘rgazmali  qurollar 

yordamidan  foydalangan  holda  o‘quvchilarga  yetkazib  berish  maqsadga 

muvofiqdir.  Masalan  proektor  yordamida  berilgan  funksiyaning  grafigini 



 

15 


 

namoyish qilish orqali ushbu funksiyaga oid boshqa tushunchalarni ham izohlab 

ketish mumkin.     

       Dоskа–blоknоt  —  bu  vаrаqаlаnаdigаn  qоg‘оzli  dоskа  bo‘lib,  ungа 

mаrkеr  bilаn  yozilаdi.  U  turli  muhоkаmаlаr  yakunlаri  vа  nаtijаlаrni  yaqqоl 

nаmоyish  etishdа  hаmdа  eng  muhim  аhbоrоtlаrni  qаyd  etishdа  qo‘llаnilаdi. 

Uning  аfzаlligi  shundаki,  hоhlаgаn  vаqtdа  оldingi  yozilgаnni  qo‘yish  hаm 

mumkin. 


 

Dоskа–blоknоt 

Pedagogik texnalogiyalarni ham o‘qituvchi uchun ta‘lim vositasi sifatida 

qarash mumkin.quyidagi jadvalda shunday texnalogiyalardan biri keltirilgan.  

 

 


 

16 


 

Matematika  darslarida  pedagogik  texnologiyalar  va  ulardan  ta‘limda 

foydalanish. 

№ 

MAVZULAR 



Ma‘ru

za

 



A

ma

li



y

o



Semi

n

ar



 

L

ab



ara

to

ri



y

Jam



1

1. 



Pedagogik texnologiya 

tushunchasi, uning 

ta‘riflari va metodikadan 

farqi.  




2



2. 

Pedagogik texnologiya 

turlari va dars modullari. 





3

3. 


O‘quv fanlari misolida 

darslar mazmuni va 

jarayoni modullarini 

belgilash mashqlari. 





4



4. 

Interfaol ta‘lim, uning 

shakllari va 

ishtirokchilari. 

22 





5



5. 

Interfaol ta‘lim shakllarini 

amalda qo‘llash 

mashqlari. 





6



6. 

Muammoli ta‘lim 

texnologiyasi asoslari. 





7

7. 


Muammoli ta‘lim   

mashg`ulotlarini tashkil 

etish va boshqarish. 





8

8. 


Tinglovchilarning   turli 

pedagogik texnologiyalar 

bo‘yicha dars 

ishlanmalari taqdimoti. 





 



Jami: 

10 



18 



 

 

 



 

17 


 

2.2§. Geometriyani o’qitishda an’anaviy talim vositalari 

Asboblar,  uskunalar,  jadvallar,  chizg‘ich,  sirkul,  doska,  bo‘r,  transporter, 

darslik. 

Geometriya fani o‘quvchilar uchun biroz murakkablikni keltirib chiqarishi 

mumkin.  Shu  sabab    texnik  vositalardan  foydalanish  har  bir  o‗quvchiga 

individual  yondashuvni  ta‘minlashi  va  turli  darajadagi  murakkablikka  ega 

topshiriqlarni  ishlab  chiqish,  individual  qobiliyati  hamda  tayyorgarligiga  qarab 

bir dars doirasida turli o‗quvchilarga taklif etishni ta‘minlashi mumkin bo‗ladi. 

Shuni  ta‘kidlaymizki,  ―Oliy  matematika‖ fani  oliy  ta‘limda  asosiy  tayanch  fan 

ekanligi,  uning  bo‘limlari  ehtimollar  nazariyasi  va  matematik  statistika, 

informatika,  chiziqli  va  nochiziqli  dasturlash,  makro  va  mikro  iqtisod, 

ekonometriya,  iqtisodiy  tahlil,  moliyaning  miqdoriy  metodlari,  logistika  va 

boshqa fanlarning asosiy bilimlarini egallashda muhim qurol sifatida ishlatilishi 

e‘tiborga  olinadi.  Ananaviy  metodlarning  ibtidosini  ilk  falsafiy  va  pedagogik 

tizimlar  tashkil  etadi  hozirgi  davrda  ulardan  5  tasi  inobatga  olinadi:  amaliy, 

ko‘rgazmali, ifodali, kitob bilan, video darslik. 

Matematika  darsining  o‗ziga  xos  tomonlari,  eng  avvalo,  bu  o‗quv 

predmetining  xususiyatlaridan  kelib  chiqadi.  Bu  xususiyatdan  biri  shundan 

iboratki,  unda  arifmetik  material  bilan  bir  vaqtda  algebra  va  geometriya 

elementlari ham o‗rganiladi.   Talabalarning psixologik imkoniyatlari va o‘qish-

o‘zlashtirish  faoliyati  natijalari  o‘zaro  bir-biriga  doimo  mos  kelavermaydi,  

shuning  uchun  psixologik  imkoniyat  va  o‘zlashtirish  ko‘rsatkichlari  natijalari 

sistemali  ravishda  hisobga  olib  boorishi  zaruriyati  tug‘iladi.  Ayni  mana  shu 

borada  AQSh  ta‘lim  tizimida  olib  borilayotgan  izlanishlar  ijobiy  natija 

bermoqda.Bunda  mutahassislar  tomonidan  tuzilgan  mahsus  testlar  yordamida 

talabalarni quyidagi  guruhlarga ajratishadi. 

  Vizual talaba-ko‘rish orqali malumotlarni samarali qabul qiladi 

  Audial talaba –eshitish orqali  

  Reflektor qobiliyatli talaba –tahlil qilish,tajriba,soolishtirish orqali 


 

18 


 

  Introvert  talaba  –kam  muloqot  qiladi  ,energiyasi  ichida  bo‘ladi  chuqur 

o‘ylab tez o‘zlashtiradi  

  Exstrovert talaba –ko‘p gapiradi ,tinmay energiya sarflaydi bir joyda tura 

olmaydi.  

 

Endi  ―Geometriya‖  fanining  ―Fazoda  tekislik  tenglamalari‖  amaliy 



mashg‘ulot darsida ilg‗or pedagogik texnologiyalarni qo‗llab, o‗qitish-o‗rgatish 

haqida fikr yuritamiz. 

Mavzu: 

Fazoda tekislik tenglamalari 



Vaqti 2 soat 

Talabalar soni: 25 nafardan oshmasligi 

Kerak 

O‘quv 


mashg‗uloti 

shakli 


Individual topshiriqlarni bajarishga 

asoslangan amaliy mashg‗ulo 

Mashg‗ulot rejasi 

1. Fazoda Dekart koordinatlar sistemasi va 

asosiy masalalarпф oid misollar iechish. 

2. Berilgan nuqtadan o‘tib, berilgan 

vektorga perpendikulyar bo‘lgan tekislik 

tenglamasini muayan misollarda chiqarish. 

3. Tekislikning umumiy tenglamasi va 

uning xususiy hollariga misollar iechish. 

5. Tekislikning kesmalar bo‘yicha 

tenglamasiga doir misollar iechish . 

6. Berilgan uchta nuqtalardan o‘tuvchi 

tekislik tenglamasiga oid misollar iechish 

Asosiy  tushuncha  va 

atamalar 

Fazoda nuqtaning o‗rni, aplikata, 

oktantlar, koordinat tekisliklari, ikki nuqta 

orasidagi masofa, kesmani berilgan 

nisbatda bo‗lish, sirt va uning tenglamasi, 

sirtning tartibi, sferik sirt, fazoda tekislik

normal vektor, tekislikning umumiy 



 

19 


 

tenglamasi, tekislikning kesmalar bo‗yicha 

tenglamasi, berilgan uchta nuqtadan 

o‗tuvchi tekislik, ikki tekislik orasidagi 

burchak, nuqtadan tekislikkacha bo‗lgan 

masofa, ikki tekislikning parallelligi va 

perpendikulyarligi. 

Amaliy 


mashg‗ulotining 

maqsadi 


Fazoda tekislik tenglamalari haqidagi 

bilimlarni mustahkamlash va ularni 

chuqurlashtirish.. 

Pedagogik vazifalar 

O‗quv faoliyati natijalari 

1.Mavzu 


bo‘yicha 

bilimlarni 

tizimlashtirish, 

mustahkamlash. 

2.O‘quv  materiallari 

bilan 


ishlash 

ko‘nikmalarini 

hosil qilish. 

3. 


Fazoda 

Dekart 


koordinatlar 

sistemasi va 

asosiy 

masalalarga 



oid  misollar  iechish. 

4.  Berilgan  nuqtadan 

o‘tib, berilgan 

vektorga 

perpendikulyar 

bo‘lgan tekislik 

tenglamasini  muayan 

1.Fazoda Dekart koordinatlar sistemasi va 

asosiy masalalarga oid misollar iecha 

bilish. 


2. Berilgan nuqtadan o‘tib, berilgan 

vektorga perpendikulyar bo‘lgan tekislik 

tenglamasini muayan misollarda chiqa bilish. 

3. Tekislikning umumiy tenglamasi va 

uning xususiy hollariga misollar iechni 

bilish. 


4.Tekislikning kesmalar bo‘yicha 

tenglamasiga doir misollar iecha bilish . 

5. Berilgan uchta nuqtalardan o‘tuvchi 

tekislik tenglamasiga oid misollar iechni 

bilish. 


 

20 


 

misollarda chiqarish. 

5. 

Tekislikning 



umumiy  tenglamasi 

va 


uning 

xususiy 


hollariga 

misollar 

iechish. 

6. 


Tekislikning 

kesmalar bo‘yicha 

tenglamasiga 

doir 


misollar iechish . 

7. 


Berilgan 

uchta 


nuqtalardan o‘tuvchi 

tekislik  tenglamasiga 

oid misollar iechish. 

Ta‘lim 


usuli 

va 


texnikasi 

Amaliy mashg‗uloti, tezkor-so‗rov, aqliy 

hujum, pinbord, suhbat, munozara, insert. 

Ta‘lim shakli 

Frontal, jamoaviy(guruhli). 

Ta‘lim vositalari 

 Ma‘ruza matni, amaliy mashg‗ulot 

bo‗yicha o‗quv materiallari, proektor, 

axborot texnologiylari vositalari. 

Ta‘lim berish sharoiti  Maxsus texnika vositalari bilan 

jihozlangan, guruhli shaklda ishlashga 

mo‗ljallangan auditoriya 

Manitoring 

va 


baholash 

Og‗zaki so‗rov, kuzatish, test. 

 

Oliy ta‘limning asosiy vazifalariga ko‘ra talabalarni yuksak ko‘rsatkichli 



ta‘limni  ta‘minlash  va  DTS  ga  muvofiq  ravishda  xozirgi  zamon  ta‘limiy  va 

kasbiy  dasturlar  asosida  malakali  kadrlar  tayyorlash,hamda  jamiyat  talablariga 



 

21 


 

javob  beradigan,  mamlakatning  iqtisodiy  siyosiy  sotsial  taraqqiyotiga  munosib 

hissa  qo‘sha  oladigan  yoshlarni  tarbiyalash  lozim,zamonaviy  fan  texnika 

texnologiya  va  madaniyat  yutuqlariga  asoslangan  holda  matematika  o‘qitishni 

tashkil etish lozim.  

 

 


 

22 


 

3-bob. Matematikani o’qitishda innovatsion ta’lim vositalari 

3.1§. Algebra o’qitishda innovatsion ta’lim vositalari 

EHM  —  Elektron  Hisoblash  Mashinalari.  Hozirgi  kunda  matematikani 

o‘qitishni tashkil etishni innovatsion yo‘llaridan biri  masofaviy ta‘lim . 

Masofaviy  ta‘limni  tashkil  etish  vositalari  quyidagilardan  iborat  mahsus 

ekran  va  proektor  Internet  brauzeri  va  online  video,  shular  orqali  biror  bir 

oldindan  tan-langan  mavzuni  masofadan  turib  orgatish  mumkin  bu  asosan 

videokonfernsiya orqali amalga oshiriladi . 

 

Matematikani  o‗qitishda  masalalar  markaziy  rol  o‗ynaydi  va  o‗quv 



jarayonining  ham  vositasi,  ham  maqsadi  sifatida  e‘tirof  etilishi  mumkin. 

O‗quvchi  nuqtai  nazaridan  masala  ta‘limning  maqsadidir,  chunki  u  masala 

yechilishini daftarga qayd etish, natijani olish va uni to‗g‗riligini tekshirish kabi 

tushuniladi. O‗qituvchi nuqtai nazardan masala o‗qitish vositasi hisoblanadi. U 

―ma‘lum bir matematik nazariyani shakllantirishga yordam beradigan natijalarni 

olish‖ uchun masalani tavsiya etadi. Mazkur holatda matematikani ―masalalar – 

nazariya  –  masalalar‖  sxemasi  bo‗yicha  o‗qitish  haqida  gapirish  lozim. 

A.A.Stolyar    masalalarni  shakllantirishda  nomatematik  sohada  yuzaga  kelgan 

muammoli  vaziyatlardan  kelib  chiqishni  va  ulardan  mos  masalalarni 

shakllantirish zarurligini ta‘kidlaydi.     Maqsad  bunday masalalarni matematik 

vositalar  yordamida  yechishda  berilgan  ma‘lumotlarning  yetishmasligi,  bu  esa 


 

23 


 

nazariyani chuqurroq o‗rganish lozimligi kabi faktlarni o‗rnatishga olib keladi. 

Nazariy materiallarni qayta ishlash yana masalalar (matematik va amaliy) orqali 

amalga  oshiriladi.  Masalalarning    ko‗p  xilliligi    ularni    ma‘lum    tanlangan 

asoslarga  ko‗ra klassifikatsiyalash ehtiyojini keltirib chiqaradi. Bunday asoslar 

didaktik  maqsadlar,  bajaruvchi  vazifalari,  tuzi-lishlari,  yechilish  usullari  va 

boshqalar  bo‗lishi  mumkin.  Matematikani  o‗qitish  jarayonida  masalalar 

quyidagi didaktik maqsadlarga xizmat qiladi:  

1. Matematikani o‗rganishga qiziqishni orttiradi;  

2. O‗rganiluvchi  tushunchalar  hamda  harakatlar  uslublarining  

propedevtikasini yaratadi;  

3. Nazariy materiallarni (o‗rgatuvchi masalalar) ni o‗zlashtirishga yordam  

beradi;  

4. Asosiy tipdagi masalalar (mashqlantiruvchi masalalar) ni yechish  

ko‗nikmalarini shakllantiradi;  

5.  Intelllektni,  dunyoqarashni,  ma‘naviy  sifatlarni  (rivojlantiruvchi 

masalalar) rivojlantirishga yordam beradi. 

Yuqorida  ko‗rsatilgan  didaktik  maqsadlarni  amalga  oshirish  butun 

ta‘limning  maqsadiga  erishish  imkonini  beradi.  Jumladan,  ma‘lum  tipdagi 

masalalar ta‘limning alohida maqsadlariga erishishga yordam beradi.  

 

 

 


 

24 


 

3.2§. Geometriyani o’qitishning innovatsion vositalari 

Geometriyani    o‘qitish  jarayoni  algebrani  o‘qitishdan  bir  muncha  farq 

qila-di.Geometriyada  adabiyotlar  bilan  ishlash  ko‗nikma  va  malakalarini 

shakllantirish  mashg`ulоtlarda  kоmpyutеrli,  infоrmatsiоn  va  bоshqa  zamоnaviy 

o‘qitish  tехnоlоgiyalari,  pеdagоgik  vaziyatlarni  mоdеllashtirish,  pеdagоgik 

mazmundagi  amaliy  (rоlli)  o‘yinlar,  o‘quv  –  tadqikоtchilik  va  rеfеrat 

tоpshiriqlarni bajarish qo‘llaniladi. Bundan tashqari psiхоlоgо-pеdagоgik fanlar 

bo‘yicha  darsliklar,  o‘quv  qo‘llanmalari,  ma‘ruza  matnlari  ―Pеdagоgik 

tехnоlоgiyalar‖  faniga  tеgishli  bo‘lgan  tarqatma  matеriallar,  EHM,  o‘qitish 

ko‘rgazmalari  (plakat,  jadval,  diagrammalar)  va  tехnik  vоsitalaridan 

fоydalaniladi. 

Aytaylik,  vertikal  to'g'ri  chiziq  markazi O nuqtada  va  radiusi  1  ga  teng 

bo'lgan aylanaga nuqtada urinsin . 

 


 

25 


 

 Bu  to'g'ri  chiziqni  boshi nuqtada  bo'lgan  son  o'qi  deb,  yuqoriga 

yo'nalishni  esa  to'g'ri  chiziqdagi  musbat  yo'nalish  deb  hisoblaymiz.  Son  o'qida 

uzunlik  birligi  sifatida  aylananing  radiusini  olamiz.  To'g'ri  chiziqda  bir  nechta 

nuqtani belgilaylik: 

.  

(   —  taqriban  3,14  ga  teng  bo'lgan  irratsional  son  ekanligini  eslatib 

o'tamiz). 

Bu 

to'g'ri 


chiziqni 

aylanadagi nuqtaga 

mahkamlangan 

cho'zilmaydigan ip sifatida tasavvur qilib, uni fikran aylanaga o'ray boshlaymiz. 

Bunda  son  (o'qining)  to'g'ri  chizig'ining,  masalan,

   koordinatali 

nuqtalari  aylananing,  mos  ravishda,  shunday M

1

, M



2

, M

3

M



nuqtalariga 

o'tadiki, PM

1

 yoyning  uzunligi  1  ga  teng, PM

2

 yoyning  uzunligi    ga  teng  va 

hokazo  bo'ladi.  Shunday  qilib, to'g'ri  chiziqning  har  bir  nuqtasiga  aylananing 



biror nuqtasi mos mos qo’yiladi. 

 

 



 

26 


 

Xulosa 

Men  ushbu  kurs  ishimda  ta‘lim  jarayonini  tashkil  etishdagi  ta‘lim 

vositalarining o‘rni va ro‘li haqida fikr yuritdim.Sifatli ta‘lim olish uchun ta‘lim 

vositalarining  ahamiyati  katta.Xalqimizda  ajoyib  naql  bor  ―Ish  quroling  soz 

bo‘lsa,mashaqqating  oz  bo‘lur  ‖.Rivojlanib  borayotgan  texnikalashuv 

sharayotida,albatta  ta‘lim  vositalari  ham  yangilashib  borishi  tabiiy.Kurs  ishida 

nomlari  keltirilgan  zamonaviy  ta‘lim  vositalaridan  kelajakda  akadamik  litsey 

maktab  va  oily  o‘quv  yurtlarida  foydalanilsa  maqsadga  muvofiq  bo‘ladi  va 

yaxshi natijalarga erishish mumkin.        

Ta‘lim  maqsadlari,  uning  mazmuni,  o‗qitish  va  ta‘lim  berish  usullari, 

nazorat  va  natijalarni  baholashni  o‗zaro  bog‗liklikda  loyihalash  ko‗pincha 

an‘anaviy  o‗quv  jarayonida  yetishmaydigan  narsadir.  Jaxon  pedagogika  fani 

ilmiy  –  texnika  taraqqiyoti  ta‘sirini  boshdan  kechirib,  psixologiya,  kibernetika, 

tizimlar  nazariyasi,  boshqaruv  nazariyasi  va  boshqa  fanlar  yutuqlarini 

birlashtirib, hozirgi davrda faol yangilanish (innovatsiya) jarayonlari bosqichida 

turar ekan, inson imkoniyatlarini samarali rivojlantirish amaliyotiga boy mahsul 

bermoqda.  Pedagogik  texnologiya  usullari  dastlab  o‗qitishning  harakatini 

namunaviy vaziyatdagi belgilangan qoida bo‗yicha o‗zlashtirish talab etiladigan 

mahsuldor    darajasi  uchun  ishlab  chiqilgan.  Mahsuldor  ta‘lim  har  qanday 

ta‘limning  zaruriy  tarkibiy  qismi  hisoblanib,  u  insoniyat  jamg‗argan  tajribani 

aniq o‗quv fani doirasida o‗zlashtirish bilan bog‗liq. 

1997-yilda  qabul  qilingan  O‘zbekiston  Respublikasining  ―Ta‘lim 

to‘g‘risida‖gi  qonuni  va  ―Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi‖  milliy  ta‘lim 

taraqqiyoti  va  milliy  kadrlar  tayyorlash  tizimi  istiqbollarini  belgilovchi  xujjat 

sifatida bu sohadagi ishlarni rivojlantirishda yana bir tarixiy davr boshlanishiga 

zamin  yaratdi.  Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi  asosiy  vazifalaridan  biri  bu 

ta‘lim  jarayonidagi  sifat  ko‘rsatkichlarini  yaxshilash,  ya‘ni  jahon  andozalariga 

mos, raqobatbardosh,  yuqori saviyaga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlashdir. 

Ushbu  murakkab  muammolarni  yechimini  topib,  ularni  amalda  keng  qo‘llash 

oliy  ta‘lim  tizimi  xodimlari  oldiga  juda  katta  vazifalar  belgilaydi.  Bunda  aniq 



 

27 


 

vazifalar sifatida bevosita o‘quv jarayonini yaxshilash, o‘quv dasturlarini yanada 

takomillashtirish,  o‘qitishning  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarini  amalga 

joriy  qilish,  texnik  vositalaridan  keng  foydalanish  va  shu  asosda  masofadan 

o‘qitishni  keng  joriy  qilishdan  iboratdir.  Masofaviy  ta‘limni  tashkil  etish 

natijasida  ta‘lim  olish  jarayonini  qulaylashtirish  imkoni  tug‘iladi.  Kurs  ishidan 

ko‘zlangan  maqsad  ta‘lim  jarayonini  tashkil  etishda  foydalaniluvchi  vositalar 

haqida malumot berish edi.    

O‘sib kelayotgan yosh avlodni yetuk ma‘naviyatli, bilimli, malakali kadr 

etib  tarbiyalash  har  bir  pedagogning  asosiy  vazifasidir  va  bu  ishlarni  biz  ham 

munosib  ravishda  amalga  oshirilishiga  o‘z  hissamizni  qo‘shishga  harakat 

qilamiz. 

 

 


 

28 


 

Lug’at 

O‘zbek 


Ingliz 

Rus 


Adab 

Breeding 

Воспитанност 

Ahamiyat 

Significance 

Важностъ 

Ajoyib 

Astonishing 



Удивителъны 

Akademiya 

Academy 

Akadeми 


Aks holda 

Other wise 

Наоборот 

Aksioma 


Axiom 

Аkсиома 


Aktuallik 

Actuality 

Аkтуалъностъ 

Algebra 


Algebra 

Алгебра 


Aloqa 

Reletion 

Связъ 

Aniq 


Exat 

Ясный 


Aql 

Mind 


 Разум 

Axborot 


Repor 

Известния 

Baho 

Prise 


Цена, стоимост 

Bajarmoq 

Carry out 

Исполнятъ 

Ball 

Unit off measure 



Балл 

Bandlik 


Busy 

Занятый 


Berilgan 

Given 


Преданный 

Bilag‘on 

Learned 

Разг 


Bilim 

Knowledge 

Знание 

Bilimdon 



Learned 

Знаток, знающий 

Bo‘lajak 

A future 

Будущий 

Bola 


Child 

Дитя 


Boshlang‘ich 

Initia 


Начальный 

Boshqotirma 

Puzzle 

  

Daftar 



Writing 

Тетрадъ 


Daraja 

Degree 


Степень  

Davriy 


Periodical 

Циkличный 

Diqqat e‘tibor 

Attention 

Внимание 

Dolzarb 


Culmination 

Кульминация 

Dunyoqarash 

World wiew 

Мировоззрение 

E‘lon 


Advertisement 

Обьявление 

Egallamoq 

Takepossession 

Занимат 

Ekran 


Movie screen 

Экран 


 

29 


 

Electron 

Electron 

Вычислительная 

Erishmoq 

Get 


Достигат  

Eski 


Old, ragged 

Старый 


Fan 

Science, subject 

Наука 

Faoliyat 



Activity 

Деятелъностъ 

Faoliyat 

Activity 

Деятельность 

Foydalanmoq 

Use, advantage,  

Пользоваться 

Grafik 

Graphic 


Графиk 

Hajm 


Size 

Ёмкость 


Hamkorlik 

Coexistence 

Содружество 

Ijodkor 


Creator 

Творец 


Ilg‘or 

Advance-guard 

Прогрессивный 

Imtiyoz 


Privilege  

Привилегия 

Intilish 

Aspiration 

Стремление 

Isbot 


Proof 

Доказательство 

Islohot 

Reform 


Реформа 

Iste‘dot 

Ability 

Способность 

Ixtiro 

Invention 



Изобретение 

Izoh 


Explanation, elucidation  Разьяснение 

Jamoa 


Community 

Общество  

Jarayon 

Process 


Процесс 

Kashfiyot 

Discoveries 

Открытия 

Kelajak 

Future 


Будущее 

Ko‘nikma 

Habit, practice, custom 

Навык 


Ko‘rgazma 

Exhibition 

Выставка 

Loyiha 


Project, design, 

undertaking 

Проект 

Mahorat 


Craftsmanship, art 

Высокое  

Malaka 

Habit, skill 



Квалификация 

Maqsad 


Aim, goal, object 

Намерение 

Masofa 

Distance 



Расстояние 

Muvaffaqiyat 

Serccess, goodluck 

Успех 


Natija 

Result, outcome 

Результат 

O‘zgarish 

Change 

Перемена изменение 



Ommalashtirmoq 

Popularize 

Попульярным 


 

30 


 

Qo‘llanma 

Manual 

Пособие 


Qobiliyat 

Capability 

Одарѐнный 

Raqobat 


Competition, rivalry 

Конкуренсия 

Sezgi 

Feeling, sense 



Чуство 

Sharoit 


Condition 

Условия 


Ta‘lim 

Education, teaching 

Учѐба 

Ta‘rif 


Definition, description 

Описание 

Tabaqa 

Estate, stratum 



Створка 

Tajriba 


Ezperiment, test 

Эксперимент 

Takomillashtirmoq 

Perfecting, developing 

Совершенствоваться 

Talab 


Demand, reduirement 

Требование 

Tayyorgarlik 

Preparation 

Подготовка 

Tekshirish 

Verification, checkup 

Проверка 

Vosita 

Instrument, implement, 



means 

Средство 

Yaratmoq 

Compose, create 

Создовать 

Zamonaviy 

Contemporary, modern 

Современный 

 

 

 



 

31 


 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 

1. 


O‘zbekiston respublikasi ―Ta‘lim to‘g‘risidagi qonun‖. 

2. 


 Karimov I.A. ―Asosiy vazifamiz vatanimizning taraqiyoti va xalqimiz  

farovonligini yanada yuksalyirish‖. Toshkent. O‗zbekiston. 2010 . 

3. 

 Karimov I.A. ―Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini  



yuksaltirish, xalqimiz farovonligi oshirishga xizmat qiladi‖. Toshkent.  

O‗zbekiston. 2011. 

4. 

O‘zbekiston respublikasi ―Ta‘lim to‘g‘risidagi qonun‖. 



5. 

 Karimov I.A. ―Asosiy vazifamiz vatanimizning taraqiyoti va xalqimiz  

farovonligini yanada yuksalyirish‖. Toshkent. O‗zbekiston. 2010 . 

6. 


 Karimov I.A. ―Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini  

yuksaltirish, xalqimiz farovonligi oshirishga xizmat qiladi‖. Toshkent.  

O‗zbekiston. 2011. 

7.      Sh.Alinov,O.R.Xolmuhammedov,M.A.Mirzaxmedov. 9-―algebra‖  2006- 

yil  

 

Internet  manzillari 



1. 

www.bilimdon.uz 

2. 

uz.wikipedia.org 



3. 

www.tdpu.uz 

4. 

library.tuit.uz 



5. 

www.study.uz 

6. 

www.elearning.uz 



7. 

www.pedagog.uz 

8. 

www.metodist.ru 



9. 

www.criticalthinking.org 

10. 

http://www.psyfactor.org/lybr7.htm 



11. 

http://www.anovikov.ru/artikle/problem.htm89 

 

 


 

32 


 

Mundarija 

Kirish…………………………………………………………………………….3 

bob. 


Pedagogika 

nazariyasi 

va 

amaliyotida 



ta‘lim 

vositalari 

muammolari……………………………………………………………………..7  

1.1§.  Ta‘lim vositasi tushunchasi……………………………………………...7 

1.2§. Zamonaviy tailim vositalari……………………………..……………...10 

2 bob. Matematikani o‘qitishda an‘anaviy ta‘lim vositalari………………..13 

2.1§. Algebrani o‘qitishda an‘anaviy ta‘lim vositalari………………………13 

2.2§. Geometriyani o‘qitishda an‘anaviy ta‘lim vositalari…………………..17 

3 bob. Matematikani o‘qitishda innovatsion ta‘lim vositalari…………………22 

3.1§. Algebrani o‘qitishda innovatsion ta‘lim vositalari……………………….22 

3.2§. Geometriyani o‘qitishda innovatsion ta‘lim vositalari………………….24 

Xulosa…………………………………………………………………………..26 

Lug‘at…………………………………………………………………………..28 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati……………………………………………31 



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling