Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti musiqa madaniyati fakulteti


Download 54.07 Kb.
bet1/5
Sana23.01.2023
Hajmi54.07 Kb.
#1111204
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Sevara kurs iwi tayyori 4


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI


MUSIQA MADANIYATI FAKULTETI

Musiqa nazariyasi va metodikasi” kafedrasi


F.Shopen fortepiano preludiyalarining tuzilishi tahlili
mavzusidagi
Musiqa nazariyasi fanidan
KURS ISHI
Bajardi: Kunduzgi boʻlimi
MusT-301 guruh talabasi:
_____________ Asilova Sevara
Ilmiy rahbar: Katta oʻqituvchi
________Ibrahimjanova.G

Himoyaga tavsiya etilsin”


Musiqa nazariyasi va metodikasi”
kafedrasi mudiri:
___________ Karimova D.A.
____”________2021 yil
TOSHKENT – 2021
Mavzu: F.Shopen preludiyalarining tuzilishi tahlili
REJA
KIRISH
ASOSIY QISM:

  1. Preludiya janri haqida umumiy ma’lumotlar

  2. Shopen ijodida preludiya janrining oʻrni

  3. Shopen Prelyudiyalarning shakliy tahlili

XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYОTLAR ROʻYXATI:

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Musiqa hayotimizda juda katta rol oʻynaydi. U ilhomlantiradi va tinchlantiradi, muhim lahzalarni qabul qiladi va tantanali ravishda beradi, toʻgʻri sozlash va bizni ilhomlantiradigan yoki bezovta qiladigan narsalarni ifodalashga yordam beradi. Shuning uchun, biz bunday joʻshqinlik bilan nafaqat musiqa tinglaymiz, balki bu haqda gaplashamiz, taassurotlarimiz, sevimli kompozitsiyalarimiz bilan oʻrtoqlashamiz v anima tinglashni maslahat beramiz.
SH.M.Mirziyoyev rahbarligida 2019-yil 19-martda “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot tehnologiyalari, kitob oʻqishga qiziqishni oshirish toʻgʻrisida” oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida yoshlarni rivojlantirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi va sohalarga taalluqli 5 ta muhim tashabbus ilgari surildi. Bularni ichida 1 tashabbusda musiqaga va san’atga alohida e’tibor qaratilgan.
Prezident SH.M.Mirziyoyev “Asosiy maqsadimiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish” mavzusidagi ma’ruzasi yangi tarkibdagi mazkur besh yillikda amalga oshiradigan strategik ishlarining rejasini yaqqol namoyon etdi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Ushbu ma’ruza yangi tarkibdagi besh bosqichli strategiyaga, qolaversa ularning diqqatini mamlakatimiz ijtimoiy va madaniy hayotida boʻlishi muhim”, .1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha 2016 — 2020-yillarga moʻljallangan Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2015-yil 20-noyabrdagi PQ-2435-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:2
Maktablarda “Musiqa” fani “Musiqa madaniyati” fani nomiga oʻzgartirilib, Har bir oʻquvchi maktabni yakunlaganda hechboʻlmaganda bitta cholgʻu asbobida chalishni bilishi kerak”, - degan taklifni kiritdilar. Bu esa maktablarda musiqa va san’atga boʻlgan e’tibor, talab va ehtiyojlarni oshirdi. Shu qatorda Musiqa madaniyati fan oqituvchilarga tadbirlar tashkil etish va yosh avlodni oʻz qobiliyatlarini shakillantirish, ularni bir maqsad yoʻlida bir jaomaga aylantirib ommaviy tadbirlarga jalb qilish vazifasi yuklatildi.
Shu bilan birga, yoshlarning madaniy saviyasini yuksaltirish, ularni milliy va umumbashariy madaniyatning eng yaxshi na’munalaridan bahramant etish, shu asosda ma’naviy yetuk, barkamol shaxslarni tarbiyalash, yosh iste’dod egalarining qobiliyati va salohiyatini ro`yobga chiqarish borasida keng ko`lamli ishlar amalga oshiriladi.
Madaniyat va san’at sohasini boshqarishda eskicha usullar saqlanib qolayotgani, mavjud muammolarni hal etish bo`yicha kompleks yondashuvning yetishmasligi, madaniyat muassasalarining faoliyatini tashkil etish, aholiga madaniy xizmat ko`rsatishda oqsoqlikka yoʻl qoʻyilayotgani, aksariyat joylarda madaniyat va san’at maskanlarining moddiy-texnik bazasi bugunki kun talablariga javob bermasligini qayd etish zarur. Ayniqsa, soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashda mavjud talab va ehtiyojlarni hisobga olmaslik,ularni qayta tayyorlash, malakasini oshirish borasida puxta tizim yaratilmagani madaniyat sohasida yagona davlat siyosatini samarali amalga oshirish, bu yo`nalishdagi ustuvor vazifalarni to`liq bajarish imkonini bermayapti.
Shu milliy va jaxon musiqa merosi asarlari qatorida F.Shopen asarlari ham oʻrin egallagan. F.Shopen fortepiano uchun koplab asarlar yaratgan. Shu jumladan, u yaratgan preludiyalar ham kata ahamiyat kasb etadi. F.Shopen preludiyalari bular shunchaki musiqa emas, balki kompozitorning butun bir hayotini ifodalab beruvchi bastakorning haqiqiy shaxsiy kundaligi deyish ham mumkin, u yerda u barcha unutilmas va aziz epizotlаrni, hayotidagi yorugʻ va qorongʻu kunlarni, qiyinchiliklarini, dildagi kechinmalarini yozib qoldirgan.
Mavzuning oʻrganilganlik darajasi. F.Shopen ijodini koʻplab musiqashunos olimlar oʻrganishgan. Bular: Anastazi A., Alekseev A., Ayzenshtadt S.A., Asafev B.V., Bobrovskiy V., Davidova K.Yu., Nazaykinskiy Y., Nemov R.S., Savshinskiy S.I., Tipin G.M. va boshqa bir qator olimlardir.
Kurs ishining maqsadi. F.Shopen preludiyalarini oʻrganish, ularni shakily tahlilni qilib yoritib berish.
Kurs ishining obyekti: XIX asr Polsha musiqa san’ati va F.Shopen fortepiano ijodi.
Kurs ishining predmeti: F.Shopen preludiyalari
Kurs ishining vazifalari:

  • mavzuga oid adabiyot, ilmiy ishlar va elektron ma’lumotlar to`plash, o`rganish va taqqoslab tahlil qilish;

  • Preludiya janri haqida umumiy ma’lumotlar berish;

  • F.Shopen peludiyalarini yaratilish tarixini ochib berish;

  • F.Shopen prelyudiyalarida badiiy obrazlarini aniqlab berish;

  • F.Shopen preludiya musiqiy tili xususiyatlarini koʻrsatish;

  • F.Shopen preludiyalarini shakliy tahlil qilishi yordamida ularning oʻziga xosligini aniqlab berish.

Izlanish uslublari: To`plangan ma’lumotlarni bir-biri bilan taqqoslash, tahlil qilish, umumiylashtirish, xulosa chiqarish.
Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, asosiy qism, 3 paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyhati va ilovalardan iborat.


Download 54.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling