Nochiziqli elektr zanjiridagi dinamik jarayonni Matlab va Elektronics Workbench dasturi yordamida modellashtirish va ularni taqqoslash


Download 0.73 Mb.
Sana12.03.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1262419
Bog'liq
Maqola-konferensiyaQIAI


Nochiziqli elektr zanjiridagi dinamik jarayonni
Matlab va Elektronics Workbench dasturi yordamida modellashtirish va ularni taqqoslash

Xudaynazarov Utkir Aqquziyevich


Xaydarov Shoxboz Ochil o`g`li
TIQXMMI MTU ning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti


ANNOTATSIYA
Maqolada nochiziqli elektr zanjirlarning xarakteristikasini EHM dasturlari hisoblangan Matlab dasturi va Elektronics Workbench dasturi yordamida dinamik xarakteristikalarini tahlil qilish va ularni grafiklarini taqqoslash va ahamiyati bayon qilingan


Kalit so`zlar: kontaktsiz yarim o`tkazgich, chastota xarakteristika, modellashtirish, kuchlanish xarakteristikasi, raqamli signal, analog signal

Yuqori quvvatli kontaktsiz yarim o‘tkazgichli uskunalarning keng tarqalishi, elektr texnikaning bir qator yo‘nalishlarida yarim o‘tkazgichlar texnikasini qo‘llanish doirasi kengayib, ularning yutuqlari elektr texnik uskunalarning yangi sinfini o‘zlashtirishga imkon berdi. Ko‘rsatilgan uskunalar, odatiy elektr mexanik uskunalar bilan birgalikda, sanoat ob’ekt-larining elektr ta’minotidagi ko‘p sonli muammolarini yechishda va hozirgi elektr ta’minoti tizimlarining texnik darajasini yuqori darajaga ko‘tarishga yordam beradi. Ushbu ishda 1-rasmda keltirilgan nochiziqli elektr zanjiri sxemasini matematik modellashtirish natijalari ishonchliligini tekshirish uchun, elektron hisoblash mashinasida modellashning ikkita dasturiy ta’mi-noti qo‘llanilgan, ya’ni birinchisi Electronics Workbench va ikkinchisi MATLAB dasturidir.


1-rasmda keltirilgan nochiziqli elektr zanjirini Electronics Workbench dasturi yordamida modellashtirib, Uc = f(t) sig‘im kuchlanishining o‘zgarish grafigi tahlili natijasi 2-rasmda keltirilgan.

Modellashtirish vaqtida 1-rasmda keltirilgan nochiziqli elektr zanjirini Electronics Workbench dasturi yordamida tahlil qilib, jarayonni vaqtga bog‘liq holda va chastota oraliqlarida amalga oshirildi.
Shuningdek, dastur raqamli-analog va raqamli qurilmalarni tahlil qilish imkoniyatini berdi.

2-rasm. Electronics Workbench dasturida yordamida modellashtirish jarayoni

Zamonaviy kompyuterlar dastur ta’minotchilari matematik hisob-lashlarni avtomatlashtirish uchun MATLAB, Mathcad, Mathematica va boshqa dasturiy tizimlar to‘plamini taklif qiladi.


Shular orasidan, MATLAB dasturi o‘zining imkoniyatlarini yuqori-ligi bilan ajralib turadi.
1-rasmda keltirilgan nochiziqli elektr zanjirini MATLAB R2014a dasturining Simulink Library Browser va SimPowerSystems bloklari orqali modellashtirib, sig‘im kuchlanishining Uc=f(t) o‘zgarish grafigi tahlili va natijalari 3-rasmda keltirilgan.
Modellashtirish vaqtida 1-rasmda keltirilgan nochiziqli elektr zanjirini MATLAB R2014a dasturining Simulink bloki orqali tahlil qilinib, jarayonni vaqtga bog‘liq holda va chastota oraliqlarida amalga oshirildi.
Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, ushbu MATLAB R2014a dasturining Simulink bloki kuchlanishni vaqt bo‘yicha o‘zgarishini tahlil qilishga imkon beradi.



3-rasm. MATLAB R2014a dasturi yordamida modellashtirish jarayoni
4-rasmda nochiziqli elektr zanjirining yuqorida keltirilgan usul-lardagi tahlili natijalarini taqqoslashnishi ko‘rsatilgan.



4-rasm. Nochiziqli elektr zanjiri
tahlili natijalarini taqqoslash jarayoni

Taqqoslash vaqtida: a – Electronics Workbench; b – MATLAB R2014a va v – Microsoft Excel dasturlari tahlillarining natijalari matematik usullar asosida modellashtirib, g – eksperimental tahlil natijasi bilan o‘zaro solishtirilgan.


Sig‘imdagi kuchlanish o‘zgarishi grafiklari tahlili natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, Eylera va Lagranj usullari orasidagi farq 1,5...2% ni tash-kil etmoqda. Ushbu farq ko‘rilayotgan zanjirni yechishda Lagranj usulida doimiy kattaliklarni kiritish bilan vujudga kelgan.
Nochiziqli elektr zanjirni modellashdan va tahliliy usullardan olingan natijalar bir xil hamda nazariy hisoblashlardagi egri chiziqlar bilan mos keldi.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI

  1. Sigorskiy V.P., Petrenko A.I. Algoritmы analiza elektronnыx sxem // Uchebnoe posobie. - M.: Izd. 2-e. Sovetskoe radio, 1976. – S.608.

  2. Aliev I.I. Virtualnaya elektrotexnika // Uchebnoe posobie. –M.: Izd-vo Radio, 2003. – S.112.

  3. Teryoxin V.V. Modelirovanie v sisteme MATLAB // Uchebnoe poso-bie. Kemerovskiy Gos. Univ. – Novokuznesk: Kuzbassvuzizdat, 2004. – S.376.

  4. Modelirovanie i analiz elektricheskix sxem v srede Electronics Workbench // Otchet po praktike po informatike i telekommunikatsiyam. Sayt: http://studentlib.com, http://radio.bobrodobro.ru/10215

  5. Щerbakov V.S., Ruppel A.A., Glushes V.A. Osnovы modelirovaniya sistem avtomaticheskogo regulirovaniya i elektrotexnicheskix sistem v srede Matlab i Simulink // Uchebnoe posobie. – Omsk.: Izdatelstvo SibADI, 2003. - S.160.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling