Nodavlat notijorat tashkilotlar- davlat tassarufida bo’lmagan notijorat tashkilotlaridir yani


Download 14.15 Kb.
Sana28.09.2020
Hajmi14.15 Kb.
#131686
Bog'liq
7 seminar


Nodavlat notijorat tashkilotlar- davlat tassarufida bo’lmagan notijorat tashkilotlaridir yani asosiy maqsadi foyda olmaslik va u foydani ishtirokchilar oʻrtasida taqsimlamaslik boʻlgan tashkilot. Bu tashkilot ijtimoiy, xayriya, madaniy-maʼrifiy, ilmiy va boshqa maqsadlarda fuqarolar sogʻligʻini saqlash, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, fuqarolarning nomoddiy talablarini qondirish, huquqini himoya qilish, fuqaro va tashkilotlarning qonuniy manfaatlarlarini himoyalash, mojaro va bahslarni hal qilish, yuridik yordam koʻrsatish va boshqa jamiyat foydasiga xizmat qiluvchi maqsadlarga erishish uchun tashkil etiladi. Va ushbu tashkilotlarning iqtisodiyotdagi salmog’iga qaraydigan bo’lsak har bir sohada sezilarli tasirga ega. Nodavlat notijorat tashkilotlarini mamlakat siyosiy haytidagi o’rniga qaraydigan bo’lsak yani ichki va tashqi siyosatni olib borishdagi o’rniga, mamlakat ichki siyosatida nodavlat notijorat tashkilotlarini o’rni juda ham muhim sababi ayni xozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan har bir o’zgarish va har bir yangilikda nodavlat notijorat tashkilotlarini sezilarli o’rni bor. Tashqi siyosatni olib borishda ham xalqaro maydondagi nodavlat notijorat tashkilotlarining ahamiyati kata sababi ayni xozirgi kunlarda nodavlat notijorat tashkilotlari hayotimizning ko’p jabhalariga kirib kelmoqda. Birgina O’zbekiston misolida ko’radigan bo’lsak Respublikamizda 2017 yilda faoliyat yuritgan nodavlat notijorat tashkilotlari soni 2377 tani tashkil etadi. Ulardan 1312 ta (yoki jamiga nisbatan 72,1%) notijrat tashkilotlari ta'lim sohasida, 260 tasi (11,0%) notijorat tashkilotlari davlat boshqaruvi va mudofaa sohasida, 86 ta (5,4%) notijorat tashkilotlari sog’likni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish sohasida, 36 ta (4,8%) notijorat tashkilotlari professional, ilmiy va texnik faoliyat sohasida, 45 ta (2,4%) notijorat tashkilotlari san'at, ko'ngil ochish va dam olish sohasida faoliyat ko'rsatadi. Albatta bu raqamlar ancha sezilarli tasir ko’rsatadi mamlakat hayotida. (Stat.uz)
Download 14.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling