Nogironlik pensiyalari qonunchilikda belgilangan tartibda I va II
Download 0.5 Mb.
|
Презентация
- Bu sahifa navigatsiya:
- I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar deb topilgan, sug‘urta qilingan xodimlarga
- Nogironligi bor shaxslar uchun bir qancha imtiyozlar mavjud
- 300 ming so‘m qo‘shildi
Nogironlik pensiyalari qonunchilikda belgilangan tartibda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar deb topilgan shaxslarga, shuningdek Chernobilь AESdagi avariya tufayli mayib bo‘lish yoki kasallik oqibatida III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar deb topilgan shaxslarga tayinlanadi
Shaxs nogiron deb eʼtirof etilganida, mehnatga layoqatlilikning buzilishi darajasidan kelib chiqqan holda nogironlikning birinchi, ikkinchi, uchinchi guruhlari belgilanadi.I - guruh nogironligi - mehnat qilish qobiliyatini butunlay yoʼqotgan va oʼzgalarning yordamiga, parvarishiga muhtoj boʼlgan shahslarga belgilanadi;II - guruh nogironligi – mehnat qilish qobiliyatini butunlay yoʼqotgan, lekin oʼzgalar yordamiga, parvarishiga muhtoj boʼlmagan shahslarga belgilanadi;III – guruh nogironligi – mehnat qilish qobiliyatini qisman yoʼqotgan shaxslarga belgilanadi.Nogironlik pensiyasi TIEK tomonidan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar deb topilgan, sug‘urta qilingan xodimlarga:
20 yoshga toʻlgunga qadar umumiy kasallik tufayli ish davrida yoki ishlash toʻxtatilganidan keyin nogironligi boʻlgan shaxs deb topilgan fuqarolarga pensiyalar ish stajidan qatʼi nazar tayinlanadi. Nogironligi bor shaxslar uchun bir qancha imtiyozlar mavjud I va II guruh nogironlariga oliy ta'lim muassasalariga abiturientlarni qabul qilishning umumiy sonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ravishda ikki foizli kvota ajratilgan. Xodimlarining soni yigirma kishidan ortiq bo‘lgan korxonalarda, muassasalar va tashkilotlarda mahalliy davlat hokimiyati organlari nogironlarni ishga joylashtirish uchun xodimlar sonining kamida uch foizi miqdorida ish joylarining eng kam sonini belgilaydi va zaxirada saqlaydi. I va II guruh nogironlariga mehnatga haq to‘lash kamaytirilmagan holda ish vaqtining haftasiga o‘ttiz olti soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilanadi 2022-yil 1-maydan boshlab nogironlik pensiyalari, shu jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasi hamda mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasining eng kam miqdori 698 000 so‘m etib belgilansin. 2022-yil 1-apreldan boshlab: o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning (keyingi o‘rinlarda — o‘zgalar parvarishiga muhtoj bolalar) parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 000 so‘m miqdorida nafaqa to‘lovi (keyingi o‘rinlarda — parvarishlash nafaqasi) joriy etiladi. 2023 yil 1-yanvardan (1994−2022 yillarda ish stajiga ega bo‘lgan) 75 ming nafar I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning pensiyalariga o‘rtacha 300 ming so‘m qo‘shildi Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling