Nomzodlar uchun savollar
Download 85.66 Kb.
|
1 2
Bog'liqNomzodlar uchun savollar (Автосохраненный)
Asosiy Sahifalar Nomzodlar uchun savollarO'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari boshqaruv, nazorat va shaxsiy tarkib bilan ishlashning samarali tizimini joriy etish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 2018 yil 23 avgustdagi PQ–3919-son qarori va Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish choratadbirlari to'g'risida”gi 2020 yil 6 iyuldagi 422-son qaroriga muvofiq, ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilish bo'yicha o'tkaziladigan tanlovlarning yakuniy bosqichini yanada soddalashtirishni nazarda tutgan tartib joriy etildi. Unga ko'ra: Yakka tartibdagi yakuniy suhbat nomzodlarning aqliy salohiyati, xizmat o'tashga ruhan tayyorligi, kirishimliligi, shuningdek xodim uchun zarur bo'lgan boshqa ma'naviy-axloqiy va kasbiy jihatdan muhim xislatlarni baholash uchun huquqshunoslik va tarbiya fanlari bo'yicha bilimlari hamda kasbiy kompetentsiyadan kelib chiqib umumiy dunyoqarashini aniqlash maqsadida og'zaki savol-javob tarzida o'tkaziladi. Yakka tartibdagi yakuniy suhbatning huquqshunoslik va tarbiya fanlari hamda kasbiy kompetentsiyadan kelib chiqib nomzodlarning umumiy dunyoqarashini aniqlash bo'yicha savollar ofitserlar va safdorlar tarkibi uchun alohida-alohida ishlab chiqiladi va Ichki ishlar vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtirib boriladi. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat davomida nomzodni baholashda uning savol mazmuni va mohiyatini ochib berishi, javobni mantiqan va ketma-ketlikda izchil ifodalashi, mustaqil va ijodiy fikrlashi hamda savolni yoritishda ishonchli dalillar yoki normativ-huquqiy hujjatlarga murojaat qilishi inobatga olinadi. Nomzodlarga yakka tartibdagi yakuniy suhbat o'tkaziladigan auditoriyaga o'zlari bilan suhbat davomida foydalanish imkonini beruvchi buyumlar, jumladan kitoblar, uyali telefon, axborot-kommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish ta'qiqlanadi. Yakka tartibdagi yakuniy suhbatdan o'ta olmagan nomzodlar uchun yakuniy suhbat takroran topshirilishiga yo'l qo'yilmaydi. Nomzod yakka tartibdagi yakuniy suhbatga fuqarolik pasporti (harbiy guvohnoma) bilan kelishi shart. Yakka tartibdagi yakuniy suhbatda nomzod ixtiyoriy ravishda tanlab olgan bilet 3 ta savoldan iborat bo'lib, ularga ixtiyoriy ketma-ketlikda javob beradi. Har bir biletda: birinchi savol – huquqshunoslik fanlari bo'yicha; Ofitserlar uchun Safdorlar uchun 1. O'zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida qanday huquqlarga ega? shaxslarni fuqarolikka qabul qilish va fuqarolikdan mahrum etish; 2. o‘z Qurolli Kuchlarini tashkil qilish huquqi;3. xalqaro huquq subyekti sifatida xorijiy mamlakatlar bilan mustaqil ravishda aloqalar o‘rnatish huquqi; 4. davlat tiliga egalik huquqi; 5. o‘z sud tizimini tashkil qilish va sud ishlarini mustaqil yuritish huquqi; 6. o‘z gerbi, bayrog‘i, madhiyasi va poytaxtiga ega bo‘lish huquqi; 7. davlat tiliga egalik huquqi. 2. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko'ra shaxsning huquqiy maqomini tushuntirib bering? O`zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha jabhalarini demokratlashtirish yo`liga o`tdi. Jahon tajribasidan ma'lumki, shaxsning asosiy huquq hamda erkinliklarini qat'iy himoya qilmasdan VA amalda ta'minlamasdan turib, jamiyatni demokratlashtirish mumkin emas. Xalqimizning boy ma'naviy salohiyati, uning tasarrufida Bo`lmish ulkan tabiiy boyliklar VA texnikaviy imkoniyatlar, mustahkamlanib borayotgan xalqaro aloqalar demokratik rivojlanish hamda inson huquqlariga rioya etilishi uchun zarur shart-sharoitlarni bosqichma-bosqich yaratish imkonini bermoqda. Shaxsning huquqiy maqomi deganda inson VA fuqarolarning huquq VA erkinliklari hamda burchlarining majmui tushuniladi. O`zbekiston Konstitutsiyasi inson huquq va erkinliklari borasida BMTning 1948 yilda qabul qilingan "Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi" ifodasini topgan qoidalarni yaxlit mushtaraklikda mujassamlashtirib olgan. O`zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo`lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilab qo`yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsipiga mos bo`lishi shart. O`zbekiston Respublikasi o`zining ichki va tashqi siyosatida BMTning ikkinchi Umumjahon konferensiyasida 1993-yili tasdiqlangan "Inson huquq va erkinliklarining universalligi" talablariga qat'iy rioya etib, ular himoyasi barcha davlatlarni qonuniy ravishda tashvishlantirib turuvchi muammo ekanligi haqiqatidan kelib chiqadi. Bugun jahonda 300 dan ortiq hujjat inson va fuqarolar huquqi sohasidagi xalqaro-huquqiy hujjatlar tizimini tashkil etadi. Ularning aksariyatini BMTning xalqaro-huquqiy hujjatlari tashkil etadi. Universal maqomdagi hujjatlardan tashqari, inson huquqlarini ta'minlash va himoyalashning mintaqaviy tizimlari faol shakllantirilmoqda. Bugungi kunda Yevropa, Amerika va Afrika tizimlari mintaqada inson huquqlarini ta'minlashning ko`proq rivojlangan tizimi hisoblanadi. “Jamiyatning, davlatning shaxslar bilan bo`ladigan va huquqiy normalar bilan belgilanadigan o`zaro munosabatlari shaxsning huquqiy holati deb ataladi. Jamiyat va davlatning shaxs bilan munosabatlari Konstitutsiya normalarida o`z ifodasini topadi. 3. Davlat tushunchasiga ta'rif bering? Download 85.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling