Nota hujjatini shakllantirish
Download 0.7 Mb.
|
Nota hujjatini shakllantirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Open another file»
- «Open a MIDI file»
- «Transcribe music with AudioScore» – Sibelius dasturining yordamchi
Nota hujjatini shakllantirishSIBELIUS DASTURIDA PARTITURA YARATISH Sibelius dasturida musiqa asarini terish yoki tahrirlashdan avval quyidagi variantlardan birini tanlash lozim (rasmga e‟tibor bering): «Open recent file» – oxirgi marta ochib qaralgan fayllardan birini ochish. Ushbu buyruq yordamida dasturga oxirgi marta ochib qaralgan nota hujjati yuklanadi. Bizning misolimizda bu – oynadagi mos ro„yxatda aks ettirilgan «Garduni Segoh» nomli hujjat. Shuningdek, dasturga ushbu ro„yxatda mavjud boshqa nota hujjatini ham yuklash mumkin. «Open another file» – boshqa faylni ochish. Ushbu buyruq yordamida dasturga kompyuter xotirasiga yoki boshqa axborot tashuvchi vosita (CD, DVD, fleshka va boshqa)ga yozib olingan faylni yuklash amalga oshiriladi.
o„quv sahifalarni ko„rib chiqish. Dastur o„zida saqlangan o„rgatuvchi resurslarniko„rib chiqiladi va sizga to„g„ri keladigan o„rgatuvchi modullarni yoki hujjatlarnitaqdim etadi. «Open a MIDI file» – MIDI formatdagi faylni ochish. Agar sizda MIDI formatidagi fayl mavjud bo„lsa, Sibelius dasturi ushbu faylni nota ko„rinishidagi hujjatda ochib beradi. Keyinchalik ushbu hujjat bilan ishlab, unga kerakli o„zgarishlarni kiritish mumkin. «Scan in printed music with PhotoScore» – Sibelius dasturining yordamchi dasturi «FotoSkor» orqali qog„ozda chop etilgan musiqa matnini kompyuterga skaner yordamida Sibelius formatida yozib olish mumkin. Qog„ozga chop etilgan nota matni tiniq va toza bo„lishi shart. FotoSkor dasturini Sibeliusning dasturiyyuklovchi majmuasidan o„rnatish zarur. «Transcribe music with AudioScore» – Sibelius dasturining yordamchi dasturi «AudioSkor» yordamida audio fayllarni kompyuterga Sibelius formatidayozib olish mumkin. Dastur hosil qilgan nota hujjatini sinchiklab tekshirish zarur,chunki bunda notalarning joylashishida xatoliklar bo„lishi mumkin. AudioSkor dasturi Sibeliusning dasturiy-yuklovchi majmuasidan foydalanib o„rnatiladi. Yangi musiqa asari ustida ishlashni boshlash uchun «Start new score» – yangi nota hujjatini yaratish buyrug„idan foydalaniladi. Bunda yangi hujjatni yaratish oynasi taqdim etiladi. Ushbu oynaning chap tomonida tayyor maketlar namunalari (1, Manuscript Paper ro„yxati, ya‟ni orkestrlar partituralari, klavirlar va boshqalar), qog„oz formatini tanlash ro„yxati (2, A4, A5 va boshqalar) va oriyentatsiyasini (3, kitob yoki albom ko„rinishida)ni tanlash mumkin. Oynaning o„ng tomonida esa yaratiladigan hujjatning maketi (4) aks ettiriladi. Tayyor maketlardan birini tanlab keyingi qadamga o„tish mumkin. Agarda tayyor maketlar namunalari sizni qoniqtirmasa, bo„sh (toza) sahifa maketi (5, «Blank»)ni tanlash va keyingi qadamga o„tish mumkin. Ushbu holda dastur sizga musiqa asarida ishtirok etadigan cholg„ularni tanlashni taklif etadi, bunda «Da (Ha)» tugmasi bosilsa, mos oynaga o„tiladi. Ushbu oyna yaratilayotgan nota hujjati uchun cholg„ularni tanlash oynasi bo„lib, «Instruments» deb nomlanadi va u quyidagi ko„rinishda aks ettiriladi: Ushbu oynani «New Score» oynasidagi «Ghange Instruments…» tugmasini bosish orqali ham ochish mumkin. Cholg„ularni tanlash oynasining yuqori chap qismida cholg„ularning tarkibiy («Choose from») ro„yxati joylashgan. Ko„p hollarda «All instruments» (barcha cholg„ular) variantini (1) tanlash maqsadga muvofiq. Ushbu variant kerakli cholg„uni tanlash imkoniyatini kengaytirib, ayniqsa murakkab partituralarni shakllantirishda juda qo„l keladi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling