Nozimning qo’llari kichkina bo‘lsa ham, yuzlari jiddiy, boqishlari samimiy, ovozi esa
Download 15.68 Kb.
|
6 tuzilgan
1. Nozimning qo’llari kichkina bo‘lsa ham, yuzlari jiddiy, boqishlari samimiy, ovozi esa jarangdor. Ushbu gapdagi asliy sifatlar qanday sintaktik vazifa bajargan? A) kesim B) aniqlovchi С) hol D) ega 2. Yangi mahallada savdogarlar, sartaroshlar, zargarlar juda serob. Ushbu gapda nechta yasama shaxs oti bor? A) 2 ta B) 4 ta С) 1 ta D) 3 ta 3.Qaysi javobda yasama holat fe’li berilgan? A) ko’karmoq B) yo’llamoq C) oshlamoq D) yurgizmoq 4.Kesimi o’zlik nisbatidagi fe’l bilan ifodalangan gapni toping. A) Nastarinning avaylab o’stirgan gullari ochildi. B) Bino mustaqillik yillarida tiklangan C) Qadimgi davrga oid hunarmandlar manzillari topildi D) To’tilarga qafas tayyorlandi. 5.Qaysi javobda fe’l+ fe’l shaklidagi qo’shma fe’l mavjud? A) olib kelmoq B) yurib ketmoq C) yugura boshlamoq D) talab qilmoq 6. Holat ravishi berilgan javobni toping. A) arang B) yugurgancha C) hadiksirab D) yumshoq 7. Keksayganda rohatda yashashni orzu qilsang, yoshlikda tinimsiz ilm o’rganishga harakat qil. Ushbu gapda qatnashgan yasama so’zlar haqidagi qaysi hukm to’g’ri emas? A) Aniqlovchi vazifasida kelgan yasama ravish bor B) Kesim vazifasida kelgan yasama fe’l mavjud C) To’ldiruvchi vazifasida kelgan yasama fe’l mavjud D) Hol vazifasida kelgan yasama fe’l mavjud 8.Ot+sifat shaklidagi qo’shma ot berilgan javobni aniqlang. A) oshko’k B) dunyoqarash C) tuyaqush D) kaltafahm 9.Qaysi gapda chama son ishtirok etgan? A) Bayramdan o’n-o’n besh kun o’tib bizga taklif keldi. B) To’rttadan bo’lib tarqalishdik. C) Umrni zoye etmang, u bir marotaba beriladi. D) Taqdirida nima bor, shuni ko’rib yashaydi. 10. Matnning qaysi turida axborot berish ustun turadi? A) hikoya matni B) tasviriy matn C) muhokama matni D) insho 11. Qaysi taom nomi Mirtemirning ,,Qishlog’im” she’rida uchramaydi? A) palov B) no’xat sho’rva C) qovurdoq D) go’ja 12. ,,Sariq devni minib” asaridagi sehrli qalpoqcha aslidakim yoki nimaning ramzi edi? A) ota-ona B) omad B) ilm C) xayolot 13. Qaysi ertakda dunyodagi har bir mavjudot, avvalo, inson o’zini, o’zligini tanishi kerak degan g’oya bor? A) ,,Hurishni eplolmagan kuchukcha” B) ,,Shahzoda Plombir” C) ,,Qutbdagi gunafsha” D) ,,Hech qayoqqa olib brmaydigan yo’l” 14.Gulxaniyning ,,Zarbulmasal” asaridagi ,,Tuya bilan bo’taloq “ masalida sarbon qayerlik edi? A) Farg’ona B) Toshkent C) Buxoro D) Qashqar 15. Said Ahmadning ,,Sobiq” hikoyasida rassom yigitning suratini necha kunda tugatadi? A) 9 B) 2 C) 7 D) 4 16. ,,Kambag’alning ekkani unmaydi, bolasi ko’payadi o’zi”. Ushbu parcha qaysi asardan olingan? A) ,,Urushning so’ggi qurboni” B) ,,Bemor” C) Abay naqliyalari D) ,,Dahshat” 17. Chexovning hikoyasi berilgan qatorni toping. A) ,,Qiyshiq oyna” B) ,,Oltin tanga” C) ,,Singan oyna” D) ,,Yelvizak” 18. Janni Rodarining ,,Shahzoda Plombir” ertagi qaysi xususiyati bilan boshqalaridan ajralib turadi? A)zamonaviyligi bilan B) tez mashhur bo’lgani C) she’riy parchalari mavjudligi D) qahramonlari oddiyligi 19. Zulfiyaning ,,Bahor keldi seni so’roqlab” she’ri qachon yozilgan? A) 1945-yil B) 1944-yil C) 1948-yil D) 1941-yil 20. Qaysi shoir ijodida insonparvarlik bosh mavzu bo’lib kelgan? A) E. Vohidov B) Mirtemir C) U.Nosir D) G’.G’ulom Download 15.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling