Nurafshon xabarlari


Download 15.04 Kb.
Sana06.04.2023
Hajmi15.04 Kb.
#1335757
Bog'liq
Xorij 01.02.2023


Nurafshon xabarlari” Informatsion dasturga Xorij xabarlari 01.02.2023
2023 yilda qora oltin narxi 16,2 % ga arzonlashi kutilyapti
Xalqaro valyuta jamg‘armasi jahon iqtisodiyotining rivojlanish istiqbollari bo'yicha yanvar oyidagi hissobotida keltirishicha joriy 2023-yilda neft narxi 16,2 %ga pastlab 81,13 AQSH dollarini tashikil qiladi. Unga ko’ra, 2023 yilda neft narxi qariyb 16 foizga, yoqilg‘i bo‘lmagan xomashyo narxi esa o‘rtacha 6,3 foizga pasayishi kutilmoqda. O‘tgan 2022 yil 29 noyabrdagi fyuchers bozorlarida hisoblangan o‘rtacha prognoz narxi 2023 yilda 81,13 dollarni, 2024 yilda esa 75,36 dollarni tashkil etadi deyiladi hissobotda. Shunday qilib, neft narxi kelgusi yilda 7,1 foizga pasayadi hamda dunyo energiya bozorlari yuzaga kelgan global energiya inqirozi sharoitlarga tezda moslashdi. O Mamajonov
Yangi Zelandiya suv toshqinlari ro‘y berdi qurbonlar bor
Yangi Zelandiya kuchli yomg‘irlar tufayli suv toshqinlari ostida qolmoqda. Mahalliy hokimyatning xabar qilishicha, hozirda Yangi Zelandiyaning eng yirik shahri Oklend favqulodda holat ostida. Favqulodda vaziyat shimoliy orolning katta hududlarini qamrab olgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur hududda minglab uylar elektrsiz qolgan, yuzlab uylar esa suvsiz qolgan. Shuningdek, 4 kishi halok bo‘lgan. Mamlakat bosh vaziri Kris Xopkins Oklend shahri ustidan vertolyotda uchib, toshqindan zarar ko‘rgan uylarni aylanib chiqqan. Shundan so‘ng jabirlangan aholini har taraflama qo‘llab quvvatlash shuningdek, baxtsiz hodisa oqibatlarini tezlik bilan bartaraf etishga qo‘shimcha ko‘rsatmalar bergan. O Mamajonov
Pokistonda avtobus ag‘darilishi oqibatida 41 kishi vafot etdi
Pokistonning janubi-g‘arbida joylashgan Balujiston viloyatida avtobus halokatga uchradi. Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, baxtsiz hodisa oqibatida 41 kishi halok bo‘lga. Xalqaro axborot agentliklarining hukumat vakillariga tayanib xabar berishicha, avtobus ko‘prik tayanchiga urilib, jarlikka qulagan va yonib ketgan. Shuningdek, mahalliy hukumat vakili halok bo‘lganlarning ko‘pchiligi shaxsini aniqlashni imkoni bo‘lnagani sababli ularni DNK tahlili orqali aniqlanishini bildirdi.
Muallif: O Mamajonov
Download 15.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling