Nurota chashmasi


Download 79.5 Kb.
Sana05.04.2023
Hajmi79.5 Kb.
#1275195
Bog'liq
NUROTA CHASHMASI


Qadimiy Nur Turon zaminining tarixiy shaharlari silsilasiga kiradi. Sharqu G`arbni bog`lagan «Buyuk ipak yo`li»ning muhim manzili hisoblangan. Uning go`zal chashmasi, qadimiy suv inshooti – yer osti korizlari, Nur qal’asi (Ark), Katta gumbazli va «Chil ustun» («Qirq ustun») masjidlari… Asrlarki, kishilar bunday me’moriy Yodgorliklar va tabiat in’omi bo`lmish Chashmadan zavq-shavq olishadi.


Shahar o`tmishi tarixiy kitoblarda, solnomalarda ko`p bayon qilingan. O`ninchi asrning nodir asari «Buxora tarixi»da aloxida zikr etiladi. Muallifi – muarrix, bobokalon Abu Bakr Muxammad ibn Ja’far an-Narshaxiy shunday ta’rif keltirdi:
«Nur katta joy. Unda masjidi jome bor: u ko`pgina rabotlarga ega. Buxoro va boshqa joylarning odamlari har yili ziyorat ucnun u yerga baradilar. Buxoro aholisi bu ishda ko`p mubolag`a qilishadilar: Nur ziyoratiga borgan kishi haj qilgan (kishining) fazilatiga ega bo`ladi; u ziyoratdan qaytib kelganida tabarruk joydan kelganligi sababli shaharni xavozaband qilib bezatadilar. Bu Nurni boshqa viloyatlarda Nuri Buxoro, deb ataydilar…»
Bundan ming yillar burun «Ko`pgina rabotlarga ega» shahar, shubhasiz, obod va katta joy bo`lgandi. Tarixi uzoq, o`tmishga taqalgan shaharning nomlanishi ayrim manbalarda turlicha izohlanadi.
Nur – yorug`lik, rushnulik, shula;
Nuroto – a) nur, yorug`lik vujudga keldi; b) nur, yorug`lik inom qildi yoki bag`sh etdi;
Nurota – bu yerda «ota» iloxiy ma’noda: muqaddas, ziyoratgoh.
Nurota – shu tog` nomi asosida ataladi….
«Nur» va «Nurato» - atamasi uzoq yillardan buyon aytilib kelingan. «Nurata» esa XX asrdan boshlab tilga olina bashlandi.
Chashma va shahar nomlanishi haqida xalq afsona, rivoyatlari ko`pdir. Ijodkor xalq nazarida mo`jiza joy – Chashma ulug`langan.
Darhaqiqat, ollahning inoyati birla paydo bo`lgan chashma xayratomuz. Shu bois Ollox karomatlarining tengsiz mehr-muruvvatlari xususida ajoyib rivoyat, afsonalar yaratilgani ham bejiz emas.
Xudo yer yuziga nurini, saxovatini ulashganda, ul yaratuvchi Yagonaga faqat shu yerdan shukronalik – nur paydo bo`lib ko`ringanmish.
Rivoyat. Qadim zamonda bu yedan karvonlar o`tib turgan ekan. Cho`l tomondan kelayotgan karvon to`xtab, tunni tog` bag`rida o`tkazi-shibdi. Ular tong azonda uyg`onishsa, mo`jiza ro`y beribdi: ro`paralarida qandaydir shu’la ravshanlashib, bug` taratarmish. Kecha bu yerda bunday holni ko`rishmagan odamlani qo`rquv va hayajon bosibdi. Borib qarasalar shundoq tog` etagidagi chuqurlikda katta buloq suvlari yiltillar, hovuridan bug` ko`tarilar ekan. Buloq shunday tiniq ekanki, yo`lovchilar shuncha dunyo kezib, umrlarida bunday toza va mazali shirin suvni ko`rishmagan ekanlar.

  • Xudo bizga Nur ato qildi, – deb odamlar xursand bo`libdi.

Shundan buyon bu joyning nomi Nurato bo`lgan ekan.
Yana bir rivoyatda, yuqoridagi voqea, tasviga monandxolat yuz beradi-yu, xayratga tushgan Iskandar Zulqarnayn buloqnni qamish, tuqaydan tozalab, obod qilishni buyurganmish…
Bunday rivoyatlar, manbalarning tub mag`zi, ma’no ishorasida «obi xayot» namoyondir. Zero, Nur, Nurato, Nurota atamalari zamirida Chashma suvi nurdek tovlanib turadi.
Qadimiy Nur chashmasi asrlar mobaynida kishilarga obi-xayot va ma’naviyat sarchashmasi bo`lib keladi. U tabarruk zaminga, ular vujudiga hayot, nur bag`ishlagani bag`ishlagan. Chashma ta’rifi mashriqdan mag`ribga ketgan. U dengiz sathidan besh yuz o`ttiz metr balandlikda – Oqtov yizma tog`larining g`arb tomonida joylashgan. Suvi toza, zilol: rangsiz, hidsiz; shifobaxsh: bir litri tarkibida xlor, sulfat, kaliy, magniy, kalsiy, kremniy, karbonat, natriy, oltin, kumush ionlari kabi o`n beshdan ziyod mikrounsurlar bor. Harorati hayratomuz: qishin yozin muqarrar bir xil holatda +19,50 saqlanadi. Miqdori: bir lahza mobaynida 250-270 litr sig`imida suv chiqaradi. Albatta, suv miqdorining yo oz, yo ko`p bo`lishligi fasllarning qanday kelishiga bog`liqdir.
Chashma manzarasi – chiroyi bag`oyat nafosatlidir. Tiniq, top-toza suvda turli shakldagi toshlar, qumlar marvarid injulaidek ko`rinadi. Unda durlar – baliqlar tovlanib suzib yurishibdi…Ko`rsangiz, mag`ribdan mashriqqa qadar maqtovi chinligini tan olasiz.
Tiriklik manbai – suv bor yerda hayot bo`ladi. Chashma atofida odamlar urug`-urug`, qabila-qabila bo`lib yashay boshlaydi… Yillar, asrlar o`taveradi. Asta-sekinlik bilan shahar vujudga keladi. Bu yerda istehkom, qal’a, qurg`onlar quriladi.
Odamlar chashma va uning atrofini turli davrlarda tulicha bunyod etishdi. Chashma, asosan, ikki yirik suv manbaidan iborat. Tarsi: doira va to`rtburchak G`arb tomon - doira shakl «Nurgulato», deyiladi. Bu katta buloq hisoblanib, butun chashma suv hajmining qariyib yarim miqdorini beradi. Suvi ko`prik ostidan to`g`ri pastga – to`rtburchak shakldagi chashmaga qo`yilib tushadi. Chashmaning deyarli yon-atroflari-yu, tag zaminidan, ajoyib va turli shaklli tosh kavaklaridan zilol suv sizilib, qaynab chiqqani chiqqan. Janub tamondon - «besh panja» shakldagi tosh kavaklai orasidan oqar suv yo`li ajoyib ko`rinihda va chiqayotgan suv miqdori barakalidir. Shu xolatda to`rtburchaksimon chashma to`lib toshib, uning zilol, toza suvi katta ariq orqali shimolga, shahar tomonga enib oqadi. Ko`rinib turibdiki, Nurotada mavjud yagona shu buloqdan va yer osti suvlari (koriz, quduqlar nazarda tutilmoqda – R. Q.) dan unumli foydalanishda azal-azaldan ahamiyat berib kelingan. Darvoqe, nurotaliklarning ota-bobo ajdodlari qadimiy sug`orma (irrigansiya) usulidan to`g`ri, unumli, eng muhimi adolatli foydalana bilishning zukko, donishmandlari bo`lishgan. Buni, yuqorida ma’lum qilishganidek, yana aniq dalillar asosida yaqqol ko`rish mumkin.
Chashmadan boshlangan ariq suvi, garchi pastlikka tushayotgan bo`lsada, shitob bilan pastga oqmaydi; u bir meyorda taxminan yigirma metr, ya’ni suv ayirg`ichga sekin-sekin, ammo bilinear-bilinmas holatda tezlashib boradi. Ariqni ikkiga bo`lib turgan ayirg`ich – uchi silliq qilib tarashlargan uzun marmartosh – bir necha ko`ndalang yotqizilgan engsiz toshlar ustida turadi. Katta ariq ostida ayirg`ich toshning uchiga qadar va uning old tomonida ham tag toshlar yotqizilgan. Bular go`yo ostona vazifasini o`taydi. Ammo aslida suvning tekis va barovar miqdorda oqishini ta’minlaydi. Ayirg`ich toshning asosiy qismi ikki ariq o`rtasida, uchi esa katta ariqda turadi. Ikki ariq chashmaga ulangan katta ariqdan pastdir. Shu bois ham pastki bu ikki ariqqa o`sha ostona toshlar ustida oqib kelayotgan suv go`yo novdan oqqandek, pastga shiddat bilan tushadi va shahar ariqlariga toza suvini taratadi.
Chashmaning tabiatan qulay joyda paydo bo`lib qolganligi suvining butun shaharga to`g`ri tarqalish imkonini bergan. Bundan mehnatkash va zukko xalq oqilona foydalana olgan. Yuqorida aytgandek, Chashma shahardan balandda, ya’ni Nurotaning yuqori janubiy qismidadir. Ilgari unga qadimiy qo`rg`on orqali borilgan (mazkur Qo`rg`on bugunga kelib, o`sha vaqtlardagi qiyofasini yo`qotgan – R.Q.) Qo`rg`on yoxud Chashmaga eltuvchi yo`l brogan sari tog` tomonga yuqorilab boradi… Bu yerdan suv taqsimlanganda, shahar yer tuzilishining baland yo pastligiga alohida ahamiyat berilgan. Va shu e’tiborga olingan holda moslab ariqlar qazilgan… Shaharga uzatilib kelinayotgan suvning to`g`ri taqsim topishligida, Chashmadan suv olayotgan katta ariq va suv ayirg`ichining benihoyat oqilona o`ylab qurilganigiga hech shubha yo`qdir. Mana, asrlar, yillar osha uning xizmati naqadar ulug` va qadrli ekanligi o`z-o`zidan ko`rinib turibdi.
Bunday fayzli, go`zal joyni o`tmish ajdodlarimiz tabarruk, deb bilishgan, qadrlashgan va zakovat, hunarlarini ko`rsata olishgan. Chashma atrofi zina tarzida bo`lib- bo`lib chiqilgan, marmar toshlar bilan bezatilgan. Shimoliy tomonda qad rostlagan katta gumbazli masjidga qadar to`rtburchak- to`rtburchak tarzda nafis marmardan devorga o`xshatilib, masjid supasi tiklangan. Sharq tomonida xona, hujralar bo`lgan. Katta ariq ustida «xonachapoya»lar mavjud bo`lib, undan ziyoratchi, nomozxon, dardiga shifo izlovchilar foydalangan. Shu tariqa yillar o`tib Chashma atrofida ajoyib inshootlar bunyod etiladi. Atrofi qal’a, qurg`onga aylanadi. Ark va mustahkam devorlari tiklanadi. Saxobalar xonaqosi, Katta gumbaz masjidi, juma masjidi – Chilustun, madrasa, Abul Hasan Nuriy dahmasi – Nurota chashmasining nodir obidalaridir. Bular ajdodlarning yuksak darajadagi mahoratlari evaziga bunyod etilganki, har birining qurilish tarzi, tarixi o`ziga xosdir, albatta.


Raboti Malik karvonsaroyi asrlar mobaynida Turon zaminning eng qadimgi va ulkan karvonsaroyi bo`lib kelgan. Bu nodir obida xalq me’morchilik va hunarmandchilik san’atining yorqin na’munasidir. Shu bois: karvonsaroy va shu manzil go`zal, ko`rkam, fayzli bo`lgan.


Raboti Malik qadimiy «Shox yo`l»da – Buxoro va Samarqand oralig`ida qad rostlab, Sharqu G`arbni bog`lovchi joyda o`rnashganligi muhim ahamiyat kasb etgan. Necha yillar, asrlardan buyon mashriqdan mag`ribga va mag`ribdan mashriqqa yo`l olgan karvonlar, yo`lovchilar bu yer muhim bekat, qo`nalg`a, savdo uchun qulay joy hisoblangan.
Buyuk Ipak yo`lidagi asosiy bekat, katta karvon saroy, ko`p tarixiy voqealarning guvohi ekanligini arab, yevropalik va mahalliy muarrixlarning asarlaridan ham bilish mumkin. Tarixiy salnomalarda jahonga mashhur sarkarda va yirik davlar arbobi Sohibqiron Amir Temur, Bobur Shayboniyhon, Abdullaxon singarilar hayotiga, ular bilan bog`liq voqealarda ham shu manzil - Raboti Malik tilga olinadi. Demak, Raboti Malik, shak-shubhasiz, o`z tarixiga molik tabarruk joydir.
Raboti Malikning eng muhim ahamiyatli tomoni: bunyod etilgan karvonsaroyning betakror me’moriy loyhasi va shu asosda yuksak darajada puxta – pishiq qurilganligi, uning ajoyib tarzi; unda xalq me’mor ustalarining o`tkir zehni, nozik didi; mohir hunarmandlarining mahoratligidir. Shuning uchun xam Raboti Malik nomi bilan mashxur karvonsaroyiga qiziqish tobora ortgan.
Odatda, shrq afsona, ertaklarida muhtasham Rabotlar kutilmaganda cho`l o`rtasida paydo bo`lib, mahobatli qasr, bino, bog`, sarhovuzlari bilan tasvirlanadi. Raboti Malik ham huddi afsona ertaklarga o`xshash: cho`li Malikda qurilgan… Qurilibdiki, mana necha asrlar osha odamlarni o`ziga matun etib keladi.
Ana shunday uning hayratomus ko`rinishiga aniq dalil:
«…Bepoyon cho`l o`rtasida kutilmaganda voha namoyon bo`ladi. Bu – mustahkam qal’a, endilikda harobaga aylangan; uning qarshisida kichik qishloq va suv hovuzi (sardoba – R.Q.) joylashgan. Qal’a qadimiyligi bilan shu yurt o`tmishi davriga oiddir. Men kimlardan bu xaqda so`ragan bo`lsam, ularning taxminiga ko`ra, bundan 700-800 yillar burun qal’a gullab yashnagan va uni qadimgi Movarounnahr ko`chmanchi urug`larining yo`lboshchilaridan biri, go`yo tuhida kerakli bir yo`riqni olib, qurgan ekan. Malikxon (qal’aning afsonaviy asoschisini shunday deb atashgan)… Uning nomidagi xaroba va, shuningdek, yaqin kishloq, hanuzgacha Malik, deb yuritiladi… Qal’a, basharti, shunday atalsa, aslida katta to`rtburchakdan iborat: uzinasiga 106 qadam va kengligiga ham shuncha. Bularning hammasi chiroyli, nafis pishiq gishtlardan nihoyatda tartibli va to`g`ri terib qurilgan…»
Shu manzarani ko`rgan, bu yurtning maftuni bo`lgan, yevropalik o`lkashunos A. Leman 1841 yili Raboti Malikdan o`tar ekan, yuqoridagi qimmatli taassurotini yozgan. Uning biz uchun benihoyat qadrli xizmatidan yana biri - Raboti Malik karvonsaroyining o`sha paytidagi holatini mohir masavvir singari chizib, nodir rasmini qoldirgan.
Mashhur tarixchi sayyox H. Vamberi: «Malik kichik dashtidan, bu – eniga va uzunasiga olti soatlik masofali yo`ldan o`tib», Cho`li Malikdagi karvonsaroy va sardobani ko`rib, «haqiqatan ham hayratga tushgan»ligini «O`rta Osiyo bo`ylab sayoxat» (1867 y.) kitobida bayon etgan.
Asrimizga qadar H. Vamberi, A. Leman, N. Xanikov, N. A. Mayev, A. F. Kostenko va boshqalarning asarlarida Raboti Malik haqida, yuqorida ko`rsatilganidek, ishonchli manba, ma’lumotlar uchraydi. Yodgorlikni ilmiy jihatdan o`rganishga asosan, 1925 - 27 yillardan boshlab kirishildi. V. V. Bartol’d, A. Yu. Yakubovskiy, A. A. Semenov, I. I. Umnyakov, B. N. Zasipkin, M. Saidjonov, V. A. Nilsen, G. P. Pugachenkova, V. L. Varonina, N. Y. Nemseva, P. Zohidov singari tarixchi, qadimshunos, me’mor, san’atshunos olimlar ham ikki inshoot: Kavonsaroy va sardoba tarixi, mohiyati, ularning betakror hislarlari, xususan, haqiqiy san’atning ajoyib na’munasi ekanligini faxr-iftihor tuyg`ulari bilan zikr etganlar.
Manbalarda ko`rsatilishicha, karvonsaroy taxminan 1069-79 yillarda Qoraxoniylar sulolasiga mansub Buxoro hukmdori Malik Shamsulmuluk davrida bunyod qilinadi. «Raboti Malik» va «Raboti shox», ya’ni «Shoxi Raboti» deb nomlanishi ham bejiz emas.
Binoning tarzi benihoyat ulug`vor: Ichkari – katta va keng ikki hovli; o`rta qismida xashamatli saroy; tahqari qismi, ya’ni kirish hovlisi va bir nechta hujra, xonalardan iborat. Undan naxshinkor baland peshtoqli darvozadan kirilgan. Tashqari va ichkari hovlilarga, saroyga; bazisi ayvonli, bazisi esa ayvonsiz uylarga, hujralarga goh gumbazsimon, goh ochiq yo`laklar orqali o`tib borilgan. Karvonsaroydagi xashamatli saroy, uylar, ayvonlar, hujralarning shakli, ularning qurilish uslublari har xil bo`lib, ammo bir biriga mutonosib qurilganligi A. Leman bergan izohga ahamiyat bersak fikrimiz yanada oydinlashadi:
«…Bu ohirgi yahlit alohida katta binoni tashkil qiladi, uning ichkari devorlari xashamatli ustunlar bilan tiklangan bo`lib, oxirgisi ancha yaxshi saqlangan; arab usulida bezatilgan har xil naqshlari bor. Bu ilgari doira shaklidagi ulkan gumbazli bino endilikda qulab, siniq parchalari yerda sochilib yotibdi. Uning devorlarida neqadir darcha tokchalari yo`q. Ammo yorug`lik tepasidan – yuqori tokcha-dan tushib turadi. Doira shaklidagi bu uyning orqa tomonidan kichik eshigi bo`lib, undan oxirgi xonaga kirilgan va o`sha orqali katta mevazor chorboqqa o`tilgan…»
O`sha paytda karvonsaroy ichkarisi – shimoliy tomondagi oxirgi bir binosi shunday nufuzli ekan, ulkan karvonsaroyning ham ichkari, ham sirtki hamda poydevorlaridan tortib, naqshinkor mino-ralari-yu umuman qurilishi va yaxlit tarzi qanday bo`lgan ekan-a?!
Karvonsaroyni tiklashda pishiq va xom g`isht, hamda saroy, uy, hujralarning ichki tamonlarida ganchdan foydalangan. Baland devorlarning tashqari sirtiga asosan pishiq g`isht ishlangan. Hashamatli tarzda peshtoqi, ikki chekka minorasi hamda binoni bezagan yarim ustunsimon va ularni bir-biriga bog`langan tokchalardan iborat baland devor g`ishtni turli usulda mohirlik bilan terilgani uchun karvonsaroy bezakli va ko`kam chiqqan. Raboti Malik karvonsaroyining peshtoqi benihoyat go`zal. Uni bezashda turli hajmdagi g`ishlar tarashlab; arab yozuvlari bo`rttirib, xoshiyali qilib nafis ishlangan. Peshtoqning asosiy g`ishti bilan hamohang ishlab chiqarilgan naqsh, bezaklar diqqatini tortadi.
Bugungi kunda hashamatli karvonsaroydan birgina nishona – peshtoq qolgan, xolos. U ham bo`lsa, naqshdan bezaklar ko`chgan, kufiy yozuvning yarmi tushib ketgan, xullas, xaroba holda yetib keldi.
Raboti Malik karvonsaroyining yaxlit ko`rinishi haqida ilk manba, aniq dalillarni bergan bergan A. Lemanning ko`rsatmasiga binoan, karvonsaroy tashlandiq holda bo`lib, bu yerni odamlar allaqachon tark etganligini ma’lum qilgandi.
Biroq Raboti Malikda hayot davom etgan, kishilar yashagan. Karvonsaroy ruparasida sardoba yon-atroflarida uy, hovlilar bo`lgan, 1926-27 yillargacha undan ziyod xonadon ahliistiqomat qilishgan. Keyinchalik, ikki uch yil orasida oilalar, odamlar ko`chib ketishgan. Shu tariqa, qishloqdan ham nom-nishona qolmadi. Uy, hovlilar buzilib ketgan. Faqat qadimiy sadoba yillar bo`ronlariga bardosh berib turibdi.
Afsus, bizning hozirgi va kelgusi avlod nodir yodgorlikni qadimiy holatda, ya’ni yuksak san’at namunasi darajasida ko`rish baxtidan benasib qoldi?!.
Ammo, karvonsaroyning qadimiy tarzi odamda beixtiyor ajib hislat uyg`otadi. U sizni qadimiy dono Sharq, jumladan, o`zbek xalq ijodiyoti olamiga – afsona, ertaklarda ifodalangan xayoli manzaraga yetaklaydi. Va bu xayol mo`jizasi hayotda haqqoniy yaratilgani ko`rib, bo`lib, dilingiz sevinchlarga to`ladi. Shuni haqiqiy san’at darajasida bunyod etgan daxo xalq zakovatiga, me’moriy olamining beqiyosligiga, hunarmandligining yuksakligiga tasannolar deysiz!
Raboti Malik karvonsaroyi XI asrning ana shunday nufuzli tarixiy-me’moriy yodgorligidir!
Bugungi kunda Raboti Malik Navoiy shahar hududiga qarashli bo`lib, unga tutash go`zal va shinam Malikobod qo`rg`oni bunyod etildi. Ro`parasida zamonaviy usulda qurilgan tayyoragoh… Bu joylar keyingi 30-40-yillar davomida cho`lda qurilgan go`zal maskandir. Qadimiy rabot va sardobani asrash, tiklash, uning atrofini ko`rkam joyga aylantirish maqsadida layiha bo`yicha ta’mirlash, obodonchilik ishlari amalgam oshirilmoqda.
Ma’lumki, Raboti Malik qadimdan yo shu kunga qadar ikki nodir yodgorligi - karvonsaroy va sardobasi bilan mashhur. Biz faqat karvonsaroy haqida baholiqudrat fikr bildirdik. xolos. Go`zal va hayratomuz sardobasining o`zi ham alohida mavzudir.


Qadim-qadimdan Sharqu G`arbnimashhur Buxoro va Samarqand shaharlari oralig`idagi maskanlarda qad rostlagan obidalar asrlar osha o`zining beqiyos go`zalligi bilan kishilarni maftun etib keladi. Qosim Shayx nomlari bilan ataluvchi majmui ham nodir me’moriy yodgorliklar sirasidan munosib o`rin tutadi.
Ko`hna, ammo muhtasham bino Karmina shahrining janubiy tomonida o`rnashgan. Karmina – Turon zaminining qadimiy shahri; hushhavoli, hushmanzarali, obod joy… Uning bag`rida qad rostlab, chiroyiga chiroy qo`shgan, qaddu bastini ko`rsatib turgan fayzli go`sha – moviy rang gumbazli mahobatli masjid va bir-biriga mutanosib shaklda qurilgan tutash binolar hanuzgacha qadr-qiymatini yo`qotgan emas.
Tarixiy yodgorlik Qosim Shayx nomlarida ataladi. Garchi u yerda ayrim kishilar keyinchalik dafn etilgan, xonaqo, binolar qurilgan bo`lsada, lekin bunyod etilganidan buyon to shu kunlargacha Qosim Shayx nomlarida muhrlanib kelinadi. Demak, yodgorlik tarixi shul tabarruk inson shahsiga, ul zotning hayotlariga bevosita bog`liqdir.
Xo`sh, bul zot, ya’ni Qosim Shayx kim?
Tarixiy manbalarda va el nazarida «Qosim Shayx», «Qosim Shayx Azizon», «Hazrati Qosim Shayx», «Hazrati Qosim Shayx Azizon», «Shayx Azizon», «Qosim Shayx Karminagi» singari nomlari alohida hurmat va ehtirom bilan tilga olinadi. O`tkazilgan umrlari davomida bunday izzat ehtirom boisi: o`zlari yahagan hudud miqyosidagina emas, Movarounnahrning XVI asrdagi siyosiy hayotida sezilarli darajada o`z obru, mavqeyiga ega bo`1gan, Xoja Axmad Yassaviy tariqatining nomdor davomchilari sifatida faoliyat ko`rsatib, shurat qozongan shaxslardandir. Bunga tarixiy manbalar aniq guvohlik beradi. Hofiz Tanish Buxoriyning «Sharafnomayi shohiy» («Abdullanoma»), Hasanxo`ja nioriyning «Muzakkiri ahbob» («Do`stlar yodnomasi») kabi asarlarda Xazrati Qosim Shayx haqida qimmatli ma’lumotlar bayon etilgan.
«Qosim Shayx Azizon vujuddan kechroq va mavshudni darig` tutmaslik nazariyotini chunonam martabasiga yetkazganlar», - deb «Mazakkiri ahbob» tazkirida yoziladi. Demak, Qosim Shayx Azizon zamonasining katta e’tibor va hurmat topgan tasavvuf olimi.
Movorounnahr xalqi nazdida ana shunday obro`li zotning ajoyib fazilatlari islom ahlini birlashtirish, turlitabaqadagi kishilarning yaxshi yashashligi, adolatsizlikka qarshi kurashish, el-yurt obodonligi, ma’murligi yo`lidagi jon fidoyiliklarini tarixchilar tomonidan iftixor bilan qayd etib yozilganligini chuqur his qilish mumkin.
Xazrati Qosim Shayx hijriy 986, milodiy 1578 yilda olamdan o`tadi. Vafotlari haqida «Sharofnomayi shoxiy»da shunday zikr qilinadi. «Tevarak atrofdan kishilar kelib, janoza o`qidilar va uning jasadini o`zi ko`rgan gumbazga dafn etdilar…»
«..o`zi ko`rgan gumbazga dafn etdilar…»
Shul iboraga iboraga ahamiyat bersak, Hazrati Qosim Shayx nomlari bilan ataluvchi binoning vujudga kelishini dastlab tabarruk zotning o`zlari boshlaganbo`lib chiqadi. Undan keyingi ayrim binolar ham bevosita u kishidan sha’niga atalib quriladi.
Umuman, bu yerda qaysi davrda nimaiki qurilgan ekan, shu majmua tizimiga mansubdir.
Shu taqlid, yodgorlik XVI asrning saksoninchi yillarida bunyod etiladi. O`sha kezlarda marmar bilan qoplangan Qosim Shayx dahmasi tiklanadi. Dahmaning atrofi hovli tarzida devorlar bilan o`ralib, aloxida maydonni tashkil etadi. Uning g`arb tomonidan kirish darvozasi va darvoza ustuni ham yopgan ochiq ayvon quriladi. Bu ayvon masjidning qalin devoriga nomand ustunlari g`ishtdan ko`tarilgan ayvonga tutashadi. Ayvondan uchta bir-biridan katta-kichik hujralarga o`tiladi. Uning sharqiy maydoni, ya’ni Hazrat Qosim Shayx xokpoylari quyilgan joy tarzi shunday.
Qosim Shayx masjidi go`zal me’moriy obida. O`ziga xos shakl tuzilishiga ega. U katta gumbazli masjid va o`nta tutash hujralar hamda ayvonlardan iborat bo`yiga qariyib 37, eniga esa 17 metr kattalikdagi yaxlit inshoot. Osmonga bo`y cho`zgan moviy rangli gumbazning balandligi 14 metr. Salobatli bino, umuman yodgorlik majmuiga musulmon g`ishti ishlatilgan. El orasida «G`ishti Abdullaxoniy», ya’ni «Abdullaxon g`ishti» deb ham yuritilgan. Abdullaxon 11 pirlari Qosim Shayxga ana shu ulug`vor binoni ko`rgan, degan ayrim manba fikrlari ham mavjuddir.
Bino tarzining uch tomoni peshtoqli bo`lib, janubiy peshtoq hashamatli va baland ikki yon shimol va g`arbiy peshtoqning har biri o`ziga xos… Ko`rinishidan inshoot qandaydir ajib bir geometrik xolatni yuzaga chiqargandek. Old va ikki yon tomon to`rtburchak; shu shakllarning har biri bino ichkarisida ham o`z holatini saqlab, aloxida-aloxida xonaga o`xshab ketadi. Masjidning eshiklari ikki yondan quyilgan. Qadimda eshiklari qalin yog`och va naqshinkor bo`lgan. Ichkaridan o`rta va ikki yon hujralardan yo`lak orqali o`tiladi. Yo`lak orqali bino devoriga monand g`isht ustunli ayvonga chiqiladi. Bu endi binoning sharq tomoni – Qosim Shayx daxmasidir. Old tomonining ikki hujrasiga esa tashqaridan kiriladi…
Katta gumbazli masjiz binoning ulug`vorligini namoyon qilib turadi, uning osmonga bo`y cho`zgan gumbazi aslida yoyiqsimon tarzda; moviy rang qubba-gumbaz esa qo`shimcha holatda chiqarilgan. Zero masjid ichkarisidan bu uzun gumbaz ko`rinmaydi, lekin shu katta binoning o`rtasida, yoyiq gumbaz ustudadir. Uning salobati, butun inshoot qiyofasiga ko`rk bag`ishlaydi. Binoning tomidan nazar tashlasangiz, sharq tomoni, hujralar va ayvonlar ma’lum tartibda quyiga inib boradi. Avval katta bino, o`rta hujralar, so`ng pastda ayvon. Zina taxlit qurilgan: yomg`ir, qor suvlari tom ustida yurmay, ung`ay oqib tushadi. Buning ustiga, masjid tomidan baland qilib tiklangan devorlari bo`ron, qor, yomg`irni ancha to`sadi. Demak, moviy gumbaz shunchaki ko`rk uchun tiklangan emas, U yopiq gumbazni, butun binoni namdan saqlashga xizmat qiladi.
Majmuaning aloxida maydonini yana bir bino xonaqo tashkil etadi. U Buxoro Amiri Ahadxon dahmasi. Aytishlaricha, Amir Olimxon otasi qabrini Qosim Shayx dahmasiga o`xshatib qurdirgan. Biroq bu undan uch-to`rt hissa kichik. Qora kulrang marmardan sayqallangan… dahmaning atrofi devor bilan o`ralib, ichki va tashqi tomonlariga ziyoratxona, ochiq ayvon, xonalar barpo qilingan bo`lib, aloxida maydon hosil qilingan. Unda amirzodalar, mansabi ulug`lar dafn etilgan. Xonaqoda dafn etilganlar turli yillarda qo`yilgan bo`lsada, biroq undagi qurilishning hammasi 1910-1911 yillarda bitkazilgan edi.
Bu xonaqo tarzi uch asrdan keyin qurilgan ersada,qadimiy binolarga monand me’moriy va qurilish shakl uslubini saqlab qolgan yaxlit, ulkan yodgorlik, qaysiki Qosim Shayx yodgorlik majmuini bunyod etadi. Har ikkala yodgorlikning hujra, ayvon, qavariq va botiq shaklidagi devorlari, devorlardaginaqshlar, tokchalar – hammasi pishiq g`ihtdan sayqallanib o`z o`rniga mos katta-kichik hajmda mahorat bilan terilgan. Xona, hujra, ayvonlarning ichkari tomonlari ganch bilan suvoqdan chiqarilgan. Mehrob, peshtoq, ravoqlaridagi milliy ganch naqshlari uzviyligi bilan nafisdir. Bino hujralarining va oddiy devorlarining qirralari, devor ustunchalarining qubbalari nozik ta’b bilan jilolanib, ajib shakllar berilgan. Mustahkam poydevorlarida marmar va oddiy toshlar tarashlanib terilgan. Poydevori ham, qaddi basti ham mustahkam va ko`rkam ana shu betakror yodgolikka yaqin yillargacha ahamiyat berilmadi. Yot mafkura, yot qarashlar: - «din maskani – xurofot» deya fayzli joylarni xaroba holiga keltirib qo`yishgandi…
Mana, xur diyor Mustaqilligi avlod-ajdodlarning asla mobaynida aql idroki bilan yaratilgan bebaho xazinasidan bahramandlikka oydin yo`lni ochib berdi. Hazrati Qosim Shayx nomlarida ataluvchi ushbu yodgorlik majmui qayta ta’mirlanib, ziyoratgohga, ajib bir maskanga aylanib qoldi. Uzoq yillar nam, zax, rutubat bosgan yodgorlik bag`riga hayoybaxsh nur, muattar shaboda esmoqda!... Qosim Shayx yodgorlik majmuida keyingi yillarda tamirlash va obodonchilik borasida ko`pxayrli ishlar qilindi. Yodgorlikning yon atroflari tartibga keltirilib, yo`laklar va gulzorlar barpo etildi. Majmuaga kirishning old darvoza tamoni pishiq g`ishdan qayta tiklandi. Xonaqo atroflari asl xolatida ta’mirdan chiqarildi. Xullas, obod, fayzli joyga aylandi… Bunday saxovatli ishlarda Navoiy viloyat xokimligining e’tibor berib kelayotganligi diqqatga sazovordir.
Download 79.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling