Nutqning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat? Nutqning to’g’riligi qanday me’yorlarga ajraladi?


Download 50.5 Kb.
Sana11.12.2020
Hajmi50.5 Kb.
#165033
Bog'liq
2-amaliy mashg'ulot


2-AMALIY MASHG’ULOT: NUTQNING ASOSIY XUSUSIYATLARI MAVZUSIDAN SAVOL-JAVOB, MASHQ BAJARISH VA TEST TAHLILLARI.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.


  1. Nutqning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?

  2. Nutqning to’g’riligi qanday me’yorlarga ajraladi?

  3. Nutqning aniqligi nimalarda ko’rinadi?

  4. Nutqning mantiqiyligi va mantiqiylik shartlari haqida fikr yuriting.

  5. Nutqning sofligi va ta’sirchanligi yuzasidan fikr yuriting.


Mavzuga doir topshiriqlar tahlili.
6-topshiriq. Matnni ifodali o‘qing, nutqning to‘g‘riligini
asoslovchi dalillarni topib, asoslang.

Xalqimizning turmush va tafakkur tarziga nazar tash-


laydigan bo‘lsak, boshqalarga hech o‘xshamaydigan, ming
yillar davomida shakllangan, nafaqat o‘zaro muomala, balki
hayotimizning uzviy bir qismi sifatida namoyon bo‘ladigan
bir qator o‘ziga xos xususiyatlarni ko‘ramiz.
Misol uchun, tilimizdagi mehr-oqibat, mehr-muhabbat,
mehr-shafqat, qadr-qimmat degan, bir-birini chuqur
ma’no-mazmun bilan boyitadigan va to‘ldiradigan ibo-
ralarni olaylik. Qanchalik g‘alati tuyulmasin, bu iboralarni
boshqa tillarga aynan tarjima qilishning o‘zi mushkul bir
muammo.
Shuni aytish lozimki, bu tushunchalar kimdir shunchaki
o‘ylab topgan shirin kalom, quloqqa xush yoqadigan so‘zlar
emas. Bunday tushunchalar asrlar mobaynida el-yurtimizning
dunyoqarashi, ma’naviy hayotining negizi sifatida vujudga
kelgan, ong-u shuurimizdan chuqur joy olgan buyuk
qadriyatlarning amaliy ifodasidir.
Masalan, ezgu odatimizga aylanib ketgan mehr-oqibat
tushunchasini oladigan bo‘lsak, uning juda teran tarixiy,
milliy, diniy ildizlari borligini ko‘rish mumkin. Bu, avvalo,
insonning inson bilan, qo‘shnining qo‘shni bilan, qarin-
doshning qarindosh, oilaning oila bilan, eng muhimi,
shaxsning jamiyat bilan uyg‘un bo‘lib yashashini, yetim-yesir,
beva-bechora va nogironlarga, musofirlarga saxovat ko‘rsatish,
sidqidildan, beg‘araz yordam berishni anglatadi va bunday
xususiyatlar xalqimizning ma’naviy olamiga singib ketganini
hech kim inkor eta olmaydi.
Islom Karimov, «Yuksak ma’naviyat —
yengilmas kuch» asaridan.
7-topshiriq.  Gaplarni ko‘chiring, ulardagi so‘zlarning qanday
adabiy til me’yorlariga mosligini izohlang.

Yaxshi nutq tuzish uchun nahv, aruz, mantiq fanlari
hamkorligidan foydalanish zarur bo‘ladi. Ularning birontasiga
ahamiyat bermaslik, bulardan birining qoidasi buzilishi
qolgan ikkitasiga ta’sir qilmay qolmaydi (Abu Rayhon Beruniy).
2. Agar so‘zni va ilmni yaxshi bilsang ham hech bir so‘zni
buzma, to‘g‘ri ta’rifla. So‘zni bir xil gapir (Kaykovus). 3. Bilib
so‘zla, so‘z bilig sanalur (Yusuf Xos Hojib). 4. So‘zlaringda bo‘lsin
fikr-u o‘y yoniq, bo‘lsin har so‘zingda bir nuqta aniq (X.
Dehlaviy). 5. Agar tilni asramoq ko‘ngulga mehnatdur, ammo
so‘zni siypamoq boshqa ofatdur (A. Navoiy).
8topshiriq. Maqol va hikmatlarni daftaringizga ko‘chiring, ular
mazmunidagi  mantiqiy  bog‘liqlikni asoslang.

1. Shamol bo‘lmasa daraxtning uchi  qimirlamaydi.
2. Tilingni yaxshi ishlatsang, qurolidan yaxshi foy-
dalanadigan ovchi kabi bo‘lasan. 3. Til ravshanligi – tafakkur
ravshanligining natijasi, ravshan fikr esa muqarrar
ravshan shaklni taqozo etadi. 4. Fikrdagi  qusur so‘zdagi
xatolarni vujudga keltiradi, so‘zdagi kemtiklar esa ishdagi
xatolarni keltirib chiqaradi. 5. Usta ko‘rmagan shogird
har maqomga yo‘rg‘alar. 6. Ipni har qancha bo‘yagan
bilan ipak  bo‘lmaydi. 7. Nonni katta tishlasang ham,
gapni katta gapirma.

9-topshiriqGaplarni  o‘qing, nutqning jamiyat  ma’naviy-axlo-
qiy qoidalariga muvofiq tuzilishini  ifodalovchi  so‘z
birikmalarini  aniqlab, daftaringizga ko‘chiring.



Har neki senga yetar lison og‘rig‘idin, Bilgilki, qat-
tiqdurur sinov og‘rig‘idin (Alisher  Navoiy). 2. Yaxshi  so‘zlash-
ga  o‘rgan va  muloyim so‘zlashdan boshqa  narsani  odat
qilma, negaki, qanday so‘zni gapirishni  istasang, tiling shuni
gapiradi  (Kaykovus). 3. Kishi so‘z tufayli bo‘ladi malik,
ortiq so‘z qiladi bu boshin egik (Yusuf Xos Hojib). 4. Bundin
nari betakalluf va ravshan va pok alfoz bila biti: ham senga
tashvish ozroq bo‘lur va ham  o‘qig‘uvchig‘a (Z. M. Bobur).
5. So‘zlaganda sharoitni, suhbatdoshingni hisobga ol, beo‘rin
so‘z aytma (A.Navoiy). 6. So‘zing  kiyimingdek  bekam-u ko‘st
qil, Yoki kiyimingni so‘zingga rost qil (N. Xusrav). 7. Yaxshi,
ezgu so‘z (nutq) kishiga obro‘, baxt keltiradi. Ezgu so‘zli bo‘l
(A. Navoiy).
10- topshiriq. Abu Homid  G‘azzoliyning  «Til  ofatlari kitobi»dan
olingan parchani o‘qing va uning mazmuni asosidagi xulo-
salaringizni 5–6 ta gap bilan ifodalang.



Xunuk eshitiladigan iboralarning aksari albatta so‘kishda
qo‘llanadi. Bunday iboralar behayolik darajasiga, ya’ni bir-
biridan bepardaroq bo‘lishiga qarab  farqlanadi.
Shuningdek, bunday iboralar har o‘lkaning odatiga ko‘ra
ham tafovutlidir. Deylik, shaharning bu chekkasida quloqqa
yomonroq eshitiladigan iboralar, shaharning u chekkasida
umuman taqiqlangan bo‘lishi yoki ikkalasining orasida uni-
siga ham, bunisiga ham o‘tib turadigan darajada farqlanishi
mumkin.
Ahli ayolga nisbatan ham ishoratan gapirish go‘zal va
ma’qul ko‘rilgan odat hisoblanadi. Masalan: «Mening xotinim
falon dedi», – deyilmaydi. Balki: «Ichkari xonada shunday
gap aytildi» yoki «Parda orqasidan shunday gap eshitildi»
yoxud «bolalarning onasi aytdi», – deyilishi hayoga yaqinroq.
Bu borada ziyrak va «yopiq»roq bo‘lish maqtovga munosib
sifatdir. Ochiqlik esa xunuk, qolaversa, behayolikka boshlaydi.
Xijolatga sabab bo‘ladigan pes, kal, bavosir kabi jismoniy
ayblarni ochiq aytish ham durust emas. Balki, vaziyatga qarab,
ramzlar bilan ishora qilish  odobga muvofiqdir.
Demak, uyatli ishlarni ochiqcha gapirish behayolikka
kiradi va bularning barchasi til ofatlaridandir.
Ato ibn Horun deydi: «Umar ibn Abdulaziz tilga e’tiborli
kishi edi. Qo‘ltig‘iga yara chiqqanida uni  ko‘rishga bordik.
Undan: «Yara qayeringizga chiqdi?» – deb so‘radik. «Qo‘lim-
ning ich tarafiga», – dedi u».
Ozor yetkazishni qasd qilish, surbet va fosiq kishilar davra-
siga ko‘p qo‘shilish, so‘kishga odatlanish  kabi illatlar behayo-
likka sabab bo‘ladi.
Rashid Zohid tarjimasi.
11- topshiriq. She’riy parchalarni o‘qing va shu asosda o‘zbek tilining so‘z boyligi haqida matn tuzing.
I. Dona-yu dur so‘zini afsona bil,
   So‘zni jahon bahrida durdona bil.
* * *
  Har kimsaki, so‘z demak shiorida durur,
  Ma’no guli nutqining bahorida durur.

So‘zkim, demasun ulki ixtiyorida durur,


So‘z yaxshiligi chu ixtisorida durur.
                                                       Alisher Navoiy
II. Tovushlarning kichik, ulug‘i,
Tovushlarning hidi – bo‘yi  bor.
Tovushlarning sovuq, ilig‘i,
Tovushlarning rangi-ro‘yi bor.
Tovushlarning shirin-achchig‘i,
Bordir hatto yumshoq, qattig‘i.
Shoir rassom bo‘lsaydi agar,
Chizar edi shunday lavhalar.
                                               Maqsud Shayxzoda
III. Ba’zan so‘zlar «Bejoman» deb dod soladi,
Goh xuddi yov ustiga ot soladi.
Goh loqayd bo‘ladilar har narsaga,
Na g‘aflatga soladilar, na larzaga.
Esiz husnim deb o‘ksib turadilar,
Yo azada go‘yo qah-qah uradilar...
So‘zni qayliq saylagandek sevib sayla,
Òo qo‘l ursa, muharrirga rashk ayla.
Gomer kabi mangulikka tanla uni,
Mangu yonar topsang agar qalovini.
                                           Asqad Muxtor
Mavzuga doir test savollari:
1.Berilgan matndan adabiy talaffuzdan chetlashgan so'z shakllarini aniqlang?

U shu istiholaga borib, gapni boshqa yaqqa burdi:


-... Shaharda dong chig'argan bir milisa oshpaz bor.
a) Istihola b) yaqqa c) oshpaz d) Yaqqa, chig'argan, milisa, oshpaz
2. Qanday nutqni boy deyish mumkin?
a) So'zlarni o'z o'rniga qo'yish b) Tilning ifoda vositalaridan foydalanish
c) Nutq hamma vaqt aniq, ravshan bo'lishi d) a va d
3. Matnning uslubini aniqlang.
Suv molekulasi uch atomdan: bir atom kislorod va ikki atom vodoroddan iborat. Oqsil molekulasi bo'lsa, yuz minglab atomlardan tashkil topgandir.
a) Ilmiy b) Badiiy c) So'zlashuv d) Publitsistik
4. Kishilarning kundalik norasmiy, erkin muomalalari doirasida til birliklarini o'ziga xos amal qiluvchi qanday uslub sanaladi?
a) Rasmiy b) ilmiy c) publitsistik d) so'zlashuv

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati .

1. R.Qo`ng`urov va b. Nutq madaniyati va uslubiyoti asoslari. T., “O`qituvchi”, 1992.



2. E.A.Begmatov. Notiqning nodir boyligi. T., “O`zbekiston”, 1980.

3. H.Abdurahmonov, N,Mahmudov. So`z etikasi. T., “Fan”, 1981 y.
Download 50.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling