O = reaksiyani davom ettiring va barcha koefissentlar yig’indisini aniqlang


Download 61.45 Kb.
Sana10.03.2023
Hajmi61.45 Kb.
#1257295
Bog'liq
Dilafruz opaga


Kimyo
1. Cl2O5 + H2O = . . . reaksiyani davom ettiring va barcha koefissentlar yig’indisini aniqlang.
A) 3 B) 4 C) 5 D) 6
2. Kislotali oksidni aniqlang.
A) CO B) N2O C) Al2O3 D) MnO3
3. Ba(OH)2 bilan ta’sirlashib tuz hosil qiladigan oksidni aniqlang.
A) NO B) Ag2O C) CO D) CrO3
4. 0,4 mol E2O3 ning massasi 44 g bo’lsa, E ni aniqlang.
A) Al B) N C) Fe D) P
5. (EOH)3(AsO4)2 ushbu asosli tuzda E ni o’rnida quyidagilarning qaysi biri bo’lishi mumkin?
A) Cu B) Ag C) Fe D) P
6. 0,8 mol marganes (VII) oksidining massasini aniqlang.
A) 88,8 B) 177,6 C) 355,2 D) 66,6
7. Noma’lum element oksidi tarkibida 4-π, 6-σ bog’ mavjud bo’lsa, quyidagi elementlardan qaysi biri bo’lishi mumkin?
A) Au B) Mn C) As D) Al
8. XOH(YO3)2 quyidagi elementlardan qaysi biri Y bo’lishi mumkin?
A) fosfor B) bor
C) marganes D) oltingugurt
9. Aluminiy gidro karbonat tarkibida jami atomlar berilgan javobni aniqlang.
A) 15 B) 16 C) 17 D) 24
10. 0,6 mol moddada 3,6 mol atom borligi ma’lum bo’lsa, quyidagi moddalarning qaysi biri bo’lishi mumkin?
A) azot (V) oksidi B) natriy karbonat
C) kalsiy gidroksid D) nitrat kislota
11. Qaysi qatordagi moddalarning barchasi ZnO bilan reaksiyaga kirishadi?
A) uglerod dioksidi, magniy oksidi, natriy bromid
B) vodorod xlorid, bromli suv, kali sulfat
C) vodorod, oltingugurt(VI) oksidi, kaliy gidroksid
D) uglerod dioksidi, natriy gidroksid, litiy xlorid
12. 0,06 mol XCl3 birikmasi 8,25 gramm bo’lsa,
X elementining atom massasini toping.
A)31 B)12 C)197 D)52
13. Toifasi(sinfi) ga to'g'ri ajratilmagan oksidni toping.
A) CaO-asosli B)BeO-amfoter
C)ZnO-kislotali D) CO-befarq
14. Quyidagi qaysi reaksiya yordamida asos olib
bo’lmaydi?
A)Na+H2O→ B)Ca+H2O→
C)Cu+H2O→ D)KH+H2O→
15. Oxaktosh tarkibidagi elementlarning massa nisbatlarini aniqlang ?
A) 8:4:5 B) 3:6:5 C) 10:3:12 D) 5:4:2
16. Quyidagi oksidlardan qaysi biri asosli?
1) azot(I)oksid 2) azot(II)oksid
3) rubidiy oksid 4) azot(IV)oksid
5) uglerod(IV)oksid 6) uglerod(II)oksid
7) fosfor(III)oksid 8) fosfor(V)oksid
9) oltingugurt(VI)oksid 10) oltingugurt(IV)oksid
11) kaliy oksid 12) magniy oksid
13) alyuminiy oksid 14) kremniy(IV)oksid
A) 3,11,12 B) 3,11,12,13
C) 1,4,5,6,7,14 D) 2,8,9,10,14
17. Kislotali oksidlarni aniqlang.
1) xrom(II)oksid 2) xrom(III)oksid
3) xrom(VI)oksid 4) marganes(II)oksid
5) marganes(IV)oksid 6) marganes(VI)oksid
7) marganes(III)oksid 8) marganes(VII)oksid
9) temir(II)oksid 10) temir(III)oksid
A) 1,4,7,9 B) 2,3,5,10
C) 1,2,4,8,9 D) 3,6,8
18. 25,97 kg mis (II) gidroksidning modda miqdorini aniqlang.
A) 245 B) 215 D) 255 D) 265
19. Quyida berilgan kislotali oksidlardan qaysi biri bir negizli kislota hosil qilmaydi?
A) Mn2O7 B) CO C) B2O3 D) P2O5
20. Suv va asoslar bilan ta’sirlashmaydigan oksidni aniqlang.
A) Cu2O B) K2O C) SO2 D) CaO
21. H2O + aExOy = 2EOH ushbu reaksiyada a ni aniqlang.
A) 1 B) 2 C) 0 D) 3
22. Mn2O7 + Al(OH)3 = . . . reaksiyani tugallang va reaksiyaning o’ng tomonidagi koefissentlar yig’indisini aniqlang.
A) 4 B) 5 C) 6 D) 7
23. Quyida berilgan reaksiyalarning nechtasi xato yozilgan?
1) SO3 + Na2O = Na2SO3;
2) 2K + H2O = 2KOH;
3) Al2O3 + 2LiOH = 2LiAlO2 + H2O;
4) 2CrO3 + CaO = CaCr2O7
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
24. 15,4 g azot (I) oksidining normal sharoitdagi hajmi berilgan qatorni aniqlang.
A) 6,72 B) 5,6 C) 2,24 D) 7,84
25. Massasi 34,5 g bo’lgan EO2 ning normal sharoitdagi hajmi 16,8 l bo’lsa, E ni aniqlang.
A) S B) C C) Si D) N
26. Normal sharoitdagi hajmi 8,96 l bo’lgan H2S ning massasini aniqlang.
A) 13,6 B) 12 C) 12,6 D) 7,2
27. Quyidagi gidroksidlardan qaysilari amfoter xossaga ega?
1 ) NH4OH 2) KOH 3) Be(OH)2
4) Ca(OH)2 5) Zn(OH)2 6) Fe(OH)2
7) Cr(OH)3 8) Sn(OH)2
A) 1,3,5,7 B) 2,4,6,8
C) 2,3,5,7 D) 3,5,7,8
28. 0,3 mol sulfat kislota necha gramm bo’ladi?
A) 29,4 B) 80 C) 40 D) 82
29. P2O5 va CrO3 oksidlariga qaysi kislotalar to’g’ri keladi?
1) gipofosfit 2) ortofosfat 3) fosfit 4) metafosfat 5) pirofosfat 6) xromit 7) dixromat 8) xromat
A) 2,8 B) 2,4,6,8 C) 1,3,6,7 D) 2,4,5,7,8
30. 2,5 mol kalsiy fosfatda necha mol kislorod atomi mavjud?
A) 15 B) 7,5 C) 20 D) 12,5



Kimyo
1. B2O3 + H2O = . . . reaksiyani davom ettiring va barcha koefissentlar yig’indisini aniqlang.
A) 3 B) 4 C) 5 D) 6
2. Suv bilan ta’sirlashib kislota hosil qiladigan oksidni aniqlang.
A) NO B) K2O C) SiO2 D) CrO3
3. Ca(OH)2 bilan ta’sirlashib tuz hosil qiladigan oksidni aniqlang.
A) HCl B) N2O C) SiO2 D) Cr2O3
4. 0,6 mol E2O3 ning massasi 118,8 g bo’lsa, E ni aniqlang.
A) B B) N C) As D) P
5. EOH(XO4)2 ushbu asosli tuzda X ni o’rnida quyidagilarning qaysi biri bo’lishi mumkin?
A) Cr B) Cl C) As D) P
6. 0,9 mol xrom (VI) oksidining massasini aniqlang.
A) 136,8 B) 80 C) 90 D) 60
7. Noma’lum element kislotasi tarkibida 1-π, 7-σ bog’ mavjud bo’lsa, quyidagi elementlardan qaysi biri bo’lishi mumkin?
A) N B) Mn C) P D) C
8. XOH(YO3)2 quyidagi elementlardan qaysi biri X bo’lishi mumkin?
A) mis B) magniy
C) temir D) kaliy
9. Temir (III) gidrosulfit tarkibida jami atomlar berilgan javobni aniqlang.
A) 15 B) 16 C) 17 D) 24
10. 0,8 mol moddada 4,8 mol atom borligi ma’lum bo’lsa, quyidagi moddalarning qaysi biri bo’lishi mumkin?
A) fosfor (V) oksidi B) kaliy silikat
C) natriy gidroksid D) xlorat kislota
11. Qaysi qatordagi moddalarning barchasi Al2O3 bilan reaksiyaga kirishadi?
A) uglerod dioksidi, magniy oksidi, natriy bromid
B) vodorod xlorid, bromli suv, kali sulfat
C) vodorod, oltingugurt(VI) oksidi, kaliy gidroksid
D) uglerod dioksidi, natriy gidroksid, litiy xlorid
12. 0,04 mol XCl3 birikmasi 12,14 gramm bo’lsa,
X elementining atom massasini toping.
A)31 B)12 C)197 D)52
13. Toifasi(sinfi) ga to'g'ri ajratilmagan oksidni toping.
A) CuO-asosli B)BeO-asosli
C)SiO2-kislotali D) NO-indeferent
14. Quyidagi qaysi reaksiya yordamida asos olib
bo’lmaydi?
A)K+H2O→ B)NaH+H2O→
C)CrO+H2O→ D)CaO+H2O→
15. 0,07 mol ammoniy digidrofosfatda necha mol vodorod bor?
A) 0,28 B) 0,35 C) 0,42 D) 0,56
16. Suv va kislota bilan reaksiyaga kirishadigan oksidlarni tanlang.
1) berilliy oksid 2) natriy oksid
3) alyuminiy oksid 4) oltingugurt(IV)oksid
5) xrom(III)oksid 6) kalsiy oksid 7) azot(V)oksid
A) 4,7 B) 1,3,5 C) 3,4,7 D) 2,6
17. Kislotali oksidlarni aniqlang.
1) xrom(II)oksid 2) xrom(III)oksid
3) xrom(VI)oksid 4) marganes(II)oksid
5) marganes(IV)oksid 6) marganes(VI)oksid
7) marganes(III)oksid 8) marganes(VII)oksid
9) temir(II)oksid 10) temir(III)oksid
A) 1,4,7,9 B) 2,3,5,10
C) 1,2,4,8,9 D) 3,6,8
18. 12,47 kg magniy gidroksidning modda miqdorini aniqlang.
A) 245 B) 215 D) 255 D) 265
19. Quyida berilgan kislotali oksidlardan qaysi biri bir negizli kislota hosil qilmaydi?
A) N2O3 B) N2O C) As2O3 D) Cl2O5
20. Suv va asoslar bilan ta’sirlashadigan oksidni aniqlang.
A) CuO B) SiO2 C) SO2 D) CaO
21. H2O + aExOy = E(OH)2 ushbu reaksiyada x ni aniqlang.
A) 1 B) 2 C) 0 D) 3
22. HClO4 + Fe2O3 = . . . reaksiyani tugallang va reaksiyaning chap tomonidagi koefissentlar yig’indisini aniqlang.
A) 4 B) 5 C) 6 D) 7
23. Quyida berilgan reaksiyalarning nechtasi xato yozilgan?
1) 2CrO3 + Na2O = Na2Cr2O7;
2) 2Al + 6H2O = 2Al(OH)3 + 3H2 ;
3) ZnO + 2KOH = K2ZnO2 + H2O;
4) 2MnO3 + CaO = Ca(MnO4)2
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
24. 13,2g uglerod (IV) oksidining normal sharoitdagi hajmi berilgan qatorni aniqlang.
A) 6,72 B) 5,6 C) 2,24 D) 7,84
25. Massasi 48 g bo’lgan EO2 ning normal sharoitdagi hajmi 16,8 l bo’lsa, E ni aniqlang.
A) S B) C C) Si D) N
26. Normal sharoitdagi hajmi 8,96 l bo’lgan SiH4 ning massasini aniqlang.
A) 6,4 B) 12,8 C) 4,8 D) 19,2
27. Quyidagi gidroksidlardan qaysilari kislotalar va ishqorlar bilan reaksiyaga kirishadi?
1 ) Cu(OH)2 2) NaOH 3) Al(OH)3
4) Ca(OH)2 5) Zn(OH)2 6) Mn(OH)2
7) Cr(OH)3 8) Be(OH)2
A) 1,3,5,7 B) 2,4,6,8
C) 2,3,5,7 D) 3,5,7,8
28. 0,7 mol sulfit kislota necha gramm bo’ladi?
A) 82 B) 72,9 C) 65,6 D) 57,4
29. Cl2O5 va MnO3 oksidlariga qaysi kislotalar to’g’ri keladi?
1) gipoxlorit 2) xlorat 3) xlorit 4) xlorid 5) perxlorat 6) manganat
7) permanganat
A) 2,7 B) 2,4,6 C) 1,3,6,7 D) 2,5,7
30. 1,5 mol magniy arsenatda necha mol kislorod atomi mavjud?
A) 15 B) 7,5 C) 20 D) 12


Download 61.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling