1-mt mavzusi: Amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish


Download 22.74 Kb.
bet1/2
Sana17.02.2023
Hajmi22.74 Kb.
#1205542
  1   2
Bog'liq
1СР


1-MT Mavzusi: Amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish

I analitik guruh kationlarining tuzlari tibbiyotda keng miqyosda ishlatiladi. Ular ko‘pchilik dorivor moddalar tarkibiga kiradi. Masalan, natriy gidrokarbonat tuzi mineral suvlar tarkibiga kiradi va kishilar oshqozonida kislota oshganda ishlatiladi. Natriy sulfat tuzi ichni yumshatuvchi va bariy, qo‘rg‘oshin tuzlaridan zaxarlanganda zaxarga qarshi ishlatiladi. 0,9%li natriy xlorid tuzi izotonik eritma va kumush nitrat bilan zaxarlanganda, zaxarga qarshi ishlatiladi. Kaliy xlorid aritmiyaga qarshi, kaliy bromid va natriy bromid tinchlantiruvchi va uyqu chaqiruvchi, kaliy yodid va natriy yodidlar bir qator kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Ularning chinligini aniqlashda ko‘pchiligi farmakopeya bo‘lgan analitik reaksiyalardan foydalaniladi.




Metodni amalga oshirish bosqichlari:
1.Rux uranilatsetat bilan mikrokristalloskopik reaksiyasi (farmakopeya usuli)
2.Natriy ioni sirka kislotali sharoitida rux uranilatsetat bilan sariq kristal cho‘kmani xosil qiladi.
3.Buyum oynachasiga 1 tomchi natriy tuzining eritmasidan tomizib, ustiga 1 tomchi ruxuranilatsetat eritmasidan tomiziladi. 1-2 minutdan keyin mikroskop ostida tetraedrik yoki oktaedrik shakldagi kristallarni ko‘rish mumkin.
4.Kaliy geksagidroksostibat (V) bilan mikrokristalloskopik reaksiyasi
5.Kaliy geksagidroksostibat (V) K[Sb(OH)6] neytral, kuchsiz kislotali yoki kuchsiz ishqoriy sharoitda natriy ioni bilan mayda kristallik cho‘kmani xosil qiladi:
6.Litiy va ammoniy ionlari reaksiya olib borishga xalaqit beradi. Nitrat ioni kristal cho‘kmani xosil bo‘lishini sekinlashtiradi. Kuchli kislotali sharoitda oq amorf cho‘kma meta surma kislotasi xosil bo‘ladi.
7.Kaliy kationi NGNK bilan sirka kislotali yoki neytral sharoitda sariq cho‘kmani xosil qiladi:
8.Probirkaga 1-2 tomchi kaliy tuzining eritmasiga Na3[Co(NO2)6] eritmasidan 1-2 tomchi tomizing. Sariq rangli mayda kristallik cho‘kma xosil bo‘ladi. Reaksiyani bajarishda ammoniy va litiy kationlari xalaqit beradi.
9.Nessler reaktivi bilan ammoniy ioni qizil-qo‘ng‘ir cho‘kma xosil qiladi:
10.Sezgir reaksiya bo‘lib, juda kam miqdordagi ammoniy ionini ochish mumkin. Reaksiyaga og‘ir metall tuzlari xalaqit beradi.
11.Probirkaga 1-2 tomchi ammoniy tuzi eritmasidan olib, 2 tomchi Nessler reaktividan tomizing (bu reaksiyani buyum oynachasida xam bajarish mumkin) qizil-qo‘ng‘ir cho‘kma xosil bo‘ladi. Agar ammoniy ioni kam bo‘lsa, eritma sariq yoki qo‘ng‘ir rangga bo‘yaladi.
Topshiriq: Ushbu ma’lumotlardan foydalanib “Blits” jadvalini to‘ldiring



Aniqlashlar (ajratish) mohiyati

Yakka baxo


Yakka xato


To‘g‘ri javob


Guruh xatosi


Guruh baxosi


1

Eritmadan K+ ni natriy geksonitrokokaltat(III) bilan kasrli (dastlabki eritmadan) aniqlash












2

Tahlil qilinuvchi eritmadan Na+ ni ruxuranil atsetat yordamida kasrli
aniqlash












3

NH4+ nikoblangan eritmadan Kni natriy geksonitrokokaltat(III) bilan aniqlash












4

Tahlil qilinuvchi eritmadan NH4+ ni ishqor bilan kasrli aniqlash












6

NH4+ nikoblangan eritmadan Na+ ni kaliy geksagidroksostibat(V) bilan aniqlash












7



NH4+ ni Nessler reaktivi bilan tulik nikoblanganligini tekshirish
















Download 22.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling