O’ tkazgichdan oqib o’tuvchi ruxsat etilgan tok miqdorini hisoblash


Download 37.15 Kb.
Sana20.11.2023
Hajmi37.15 Kb.
#1790312
Bog'liq
O’ tkazgichdan oqib o’tuvchi ruxsat etilgan tok miqdorini hisoblash

O’ tkazgichdan oqib o’tuvchi ruxsat etilgan tok miqdorini hisoblash


Kesim yuzasi S = 100´10 mm2 li xona ichida joylashgan, yuza qismi bo‘yalgan mis shinaning +20 0S haroratdagi ichki sig‘imiy qarshiligi r =1,74•10-2 Om ga teng. Atrof muhitning harorati tre = 70 0S bo‘lsa, undan oqib o‘tuvchi ruxsat etilgan tok miqdoriii aniqlang.




Yechim:
Echishni mis shinaning L = 1 sm uchun bajaramnz:
1. O‘tkazgichdan nur taratish usulida ajralib chiqadigan issiqlik miqdorini topamiz:
, Vt/sm2
Bu holat uchun: Gre = 273 + 70 = 343 0S; u holda G0 = 273 + 25 = 298 0S ga teng.

2. Tabiiy sharoitda el esish holatida ajralib chiqadigan issiqlik miq­dorini hisoblaymiz:



3. SHinaning 1 sm2 yuzasidan ajralib chiquvchi umumiy issiqlik miqdorini topamiz:



4. O‘tkazgichdan oqib o‘tuvchi ruxsat etilgan tok(Ire)ni topamiz:



Hisob uchun o‘tkazgich yuzasini 1 sm2 qabul qilib, yuzani hisoblaymiz. Shinaning yuzasi 100×10 mm. ligini inobatga olib ikki tomonlama yuza uchun quyidagini hisoblaymiz:
F = 2 (10 + 1) = 22 sm2 ni topamiz.

Ayni olingan payt uchun o‘tkazgich kesimini 1 sm2 qabul qilib, mis shinaning umumiy yuzasini topamiz:



Ruxsat etilgan harorat tre = 70 0S bo‘lgandagi tasmasimon o‘tkazgich shinaning 1 sm2 yuzasi uchun qarshilikni quyidagi formuladan hisoblaymiz:



Tabiat qonunlariga ko‘ra, o‘tkazgichdan elektr toki o‘tgan paytda haroratga bog‘liq ravishda uning ichki sig‘imiy qarshiligi ham o‘zgaradi. Shu sababli o‘tkazgichning haroratga bog‘liq holdagi ichki sig‘imiy qarshiligini (rt) hisoblaymiz:



Bu erda, a - o‘tkazgichning harorati ichki sig‘imiy qarshilik koeffitsienti.
t0 =20 0C, bo‘lganda mis o‘tkazgich uchun a = 0,004-1 0S;
U holda qarshilik quyidagi formuladan topiladi:

O‘tkazgichdan tok oqib o‘tayotgan paytda yuza effekti hodisasiga asosan unda qizish jrayoni ko‘zatiladi va bu o‘z navbatida qarshilikni o‘zgartiradi.


Yuzasi to‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi tasmasimon o‘tkazgichlar uchun yuza effekti koeffitsienti «kyu» 1 – rasmdagi egri chizziqlardan topamiz. Grafikdagi ko‘rsatkichlar funksiya ko‘rinishida berilgan, ya’ni:

Bu erda, f - tarmoqdagi tokning chastasi, Gs; h va B shinaning qalinligi va eni, sm; S - shinaning ko‘ndalang kesimi, sm; A - shinaning materialining harorat va o‘zgaruvchan tok chastotasiga bog‘liq holda o‘zgarib turish doimiyligining koeffitsienti.
Odatda kuchlanishi 35 kV.li tarmoqlarda yuzasi yassi yoki silindr bo‘lgan shinalar o‘rnatiladi. Bunday shinaing yuza effekti koeffitsienti kyu ≈1,1÷1,15 oralig‘ida bo‘ladi. Hisoblash uchun kyu =1,1 deb qabul qilamiz.
O‘zgaruvchan tok chastotatsi f = 50 Gs. da o‘tkazgichdagi turg‘unlashgan harorat miqdori 70 °S bo‘lganda:
Mis o‘tkazgich uchun A = 0,755;
Alyumin o‘tkazgich uchun A = 0,559

O‘tkazgichning yuzasi S = 10 sm2 bo‘lganda: U holda o‘tkazgichning tre = 70 oS gacha qizish paytidagi qarshiligini quyidagicha topamiz:





Ruxsat etilgan tok miqdori quyidagi formuladan topiladi:







Mustaqil echish uchun misollar:
1. Kesim yuzasi S = 100´8 mm2 li xona ichida joylashgan, yuza qismi bo‘yalgan mis shinaning +25 0S haroratdagi ichki sig‘imiy qarshiligi r =1,74•10-2 Om ga teng. Atrof muhitning harorati tre = 60 0S bo‘lsa, undan oqib o‘tuvchi ruxsat etilgan tok miqdoriii aniqlang.
2. Kesim yuzasi S = 80´6 mm2 li xona ichida joylashgan, yuza oksidlangan mis shinaning +35 0S haroratdagi ichki sig‘imiy qarshiligi r =1,81•10-2 Om ga teng. Atrof muhitning harorati tre = 70 0S bo‘lsa, undan oqib o‘tuvchi ruxsat etilgan tok miqdoriii aniqlang.
3. Kesim yuzasi S = 80´6 mm2 li xona ichida joylashgan, yuza oksidlangan alyumin shinaning +35 0S haroratdagi ichki sig‘imiy qarshiligi r =1,14•10-2 Om ga teng. Atrof muhitning harorati tre = 70 0S bo‘lsa, undan oqib o‘tuvchi ruxsat etilgan tok miqdoriii aniqlang.
4. Kesim yuzasi S = 80´6 mm2 li xona ichida joylashgan, yuza zanglagan po‘lat shinaning +30 0S haroratdagi ichki sig‘imiy qarshiligi r =1,93•10-2 Om ga teng. Atrof muhitning harorati tre = 70 0S bo‘lsa, undan oqib o‘tuvchi ruxsat etilgan tok miqdoriii aniqlang.
5. Kesim yuzasi S = 80´6 mm2 li xona ichida joylashgan, yuza say kallangan po‘lat shinaning +25 0S haroratdagi ichki sig‘imiy qarshiligi r =1,88•10-2 Om ga teng. Atrof muhitning harorati tre = 50 0S bo‘lsa, undan oqib o‘tuvchi ruxsat etilgan tok miqdoriii aniqlang.
Download 37.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling