Odamlarda jinsga bog’langan belgilarni o’rganish. Jinsni aniqlash muddatlari. Progam, singam, epigam jinsni aniqlash usullari

Download 107.79 Kb.
Sana05.12.2020
Hajmi107.79 Kb.
#160095
Bog'liq
Odamlarda jinsga bog’langan belgilarni o’rhanish

Odamlarda jinsga bog’langan belgilarni o’rganish. Jinsni aniqlash muddatlari. Progam, singam, epigam jinsni aniqlash usullari

Jinsiy xromosomada joylashgan genlarning irsiylanish qonuniyatlarini T.Morgan va uning shogirdi U.Bridjes drozofilada olib borgan tadqiqotlar natijasida kashf etdi.

Jinsiy xromosomada joylashgan genlar jins bilan birikkan holda irsiylanadi. Autosomalarda joylashgan genlar esa jinsga bog’liq bo’lmagan holda nasldan-naslga beriladi. Jins bilan birikkan holda irsiylanadigan aksariyat belgilarning genlari X-xromosomada joylashgan.

Jins – belgi va xususiyatlar to’plami bo’lib, avlodlar va ulardagi irsiy belgilarni jinsiy hujayralar (gametalar) orqali yuzaga chiqaradi. Juft bo’lgan xromosomalar bir-birlariga juda o’xshash bo’ladi. Ammo faqat bir juft xromosoma bir-biriga o’xshamaydi va ayrim organizmlarda bitta xromosomaning jufti bo’lmasligi ham mumkin. Ana shu o’xshamaydigan va jufti bo’lmagan xromosomalar jinsni belgilashga aloqasi borligi uchun bu xromosomalarni jinsiy xromosomalar deb ataladi.

Hayvonlar va o’simliklarda erkak va urg’ochi organizmlar nisbati 1:1, ya’ni erkak va urg’ochi organizmlar soni taxminan bir-biriga teng bo’ladi. Erkak va urg’ochi organizmlar bir-biridan jinsiy xromosomalariga ko’ra farq qiladi. Bu xromosomalar geteroxromosomalar deyiladi va lotincha X va Y harflari bilan belgilanadi. Ko’pchilik turlarda urg’ochi organizmda bir xil XX jinsiy xromosomalar, erkak organizmda esa har xil XY xromosomalar kuzatiladi. Urg’ochi organizm kariotipida jinsiy xromosomalar bir xil bo’lgani uchun bir xil gametalarni hosil qiladi:

2AXX

AX AX

Erkak organizmda esa jinsiy xromosomalar har xil bo’lib ikki xil gametalarni hosil qiladi, shuning uchun geterogametali deyiladi:

2AXY

AX AY

Bu yerda: A – autosomalar. 2A esa diploid to’plami

X.Genkin 1891-yili ayrim hasharotlarning mitoz usulida bo’linish jarayonini o’rganish paytida hujayraning bitta qutbida yaxshi bo’yalgan tanacha borligini, ikkinchi qutbida esa bu tanacha yo’qligini yozadi. Ana shu bo’yalgan tanachani nimaligini Genkin bilmaydi va uni X (iks) harfi bilan ifodalaydi. 1902- yili K.Mak-Kleng bu tanachani jinsni aniqlashga aloqasi bo’lsa kerak deb faraz qiladi. Keyinchalik (1905) E.Vilson bu tanachani X-xromosoma deb nomlaydi. Jufti bo’lmagan va erkak jinsini aniqlovchi ikkinchi xromosoma esa Y-xromosoma deb ataladi. Shunday qilib jinsiy xromosomalar X va Y deyiladigan bo’ldi.

Irsiyatning xromosoma nazariyasiga ko’ra jinsni aniqlashning 3 xil turi mavjud:

Irsiyatning xromosoma nazariyasiga ko’ra jinsni aniqlashning 3 xil turi mavjud:

  • Jinsni ularning tuxum hujayralari urug’langan paytida aniqlash mumkin bo’lgan organizmlar kirib (sutemizuvchilar, drozofilla va hokazo), bunga jinsni aniqlashning singam usuli deyiladi
  • Jinsni ularning tuxum hujayralari urug’langanidan keyin, ya’ni rivojlanish davridagina aniqlasa bo’ladi, bunga jinsni aniqlashning epigam usuli deyiladi. Masalan dengiz chuvalchangining (Bannelia viridis) endigina tug’ilgan lichinkasida jins hali aniq bo’lmay ularning qaysi jinsga mansub bo’lishi muhit sharoitiga bog’liq. Agar lichinkalar urg’ochi chuvalchangining tumshug’iga yopishib olsa va keyinchalik ona organizmiga kirib, u yerda parazitlik qilib yashasa bunday lichinkadan erkak chuvalchanglar paydo bo’ladi. Ona chuvalchang tumshug’ida yopishib turgan lichinkalarni sun’iy usulda o’stirilsa, ulardan intersekslar (ikkala jins oralig’idagi organizmlar )chiqadi. Demak lichinkalarda jinslarni belgilovchi genlarning ta’siri muvozanatda bo’lib, ular muxit ta’siridagina erkak yoki urg’ochi jins belgisini yuzaga chiqaradi.

3. Tuxum hujayrasi otalanmasdan oldin jinsini aniqlasa bo’ladigan organizmlar kiradi. Jinsni bunday aniqlash usuliga progam usuli deyiladi. Bu guruhga kiruvchi organizmlarda (qushlar, kapalaklar va boshqalar) urg’ochi organizm geterogametali bo’lib ikki xil tuxum hujayrani hosil qiladi.

Jinsga bog’liq genlar

Jinsiy xromosomalarga (X,Y) joylashgan genlar orqali nasldan-naslga beriluvchi belgilar – jinsga bog’liq belgilar deyiladi.

X xromosomaga bog’liq belgilar: daltonizm, gemofiliya(retsessiv), tish rangining qo’ng’ir bo’lishi(dominant).

Y xromosomalarga bog’liq belgilar: Gipertrixoz, sindaktiliya.

Genetik xarita – har bir birikkan gen guruhlari uchun alohida ruziladi. Har bir xromosomadagi genlarning nomlari hamda ular orasidagi masofa morganidalarda belgilanib, sentromeralarning joylashishi ham ko’rsatiladi. Odam hujayrasida 23 juft xromosoma bo’lib birikkan gen guruhlari 23 ga teng. Lekin hozirgacha har bir xromosoma uchun undagi genlarning xaritasi oxirigacha tuzilgan emas.

Bitta xromosomadagi genlarning bir-biriga nisbatan qiyosiy joylashuvini tasvirlovchi chizmaga genetik xarita deyiladi.

Bitta xromosomadagi genlarning bir-biriga nisbatan qiyosiy joylashuvini tasvirlovchi chizmaga genetik xarita deyiladi.

Xromosomalarni mikroskopda kuzatib sitologik va gibridologik natijalarni solishtirib tuziladi. Odamlarda genlar kartasini gibridologik usulda tuzib bo’lmaydi.

Buni:

  • Somatik hujayralarda duragaylab
  • DNK zondi usuli bilan aniqlash mumkin
  • Prokariotlarda kartalar tuzishda bakteriyalarning kon’yugatsiyalanishidan foydalaniladi.

Download 107.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling