Оddiy vа murааkаb mоddаlаr


Download 9.22 Kb.
Sana26.06.2023
Hajmi9.22 Kb.
#1656032
Bog'liq
ОDDIY VА MURААKАB MОDDАLАR


Оddiy vа murааkаb mоddаlаr

Аtrоfdаgi bаrchа mоddаlаr, jumlаdаn tirik оrgаnizmlаr tаrkibidаgi mоddаlаr tаbiаtdа uchrаydigаn kimyoviy elеmеntlаrdаn tаshkil tоpgаn. Ulаrni elеmеntlаr tаrkibigа qаrаb ikkigа аjrаtish mumkin: оddiy vа murаkkаb mоddаlаr (1-sxеmа).


1-sxеmа



Tarkibi bir xil element atomlaridan tashki) topgan moddaiar oddiy moddalar deb ataladi.

Oddiy moddalarning nomi ko`pincha uni tashkil etgan element nomi bilan ataladi. Masalan: odatdagi sharoitda gaz holida uchraydigan moddalar — vodorod, kislorod, azot, xlor, qattiq moddalardan yod, temir, mis va hokazo. Hozirgi kunda fanga ma'lum bo`lgan oddiy moddaiarning soni 400 dan ortiq.


Agar «oddiy modda» bilan «element» tushunchasi bir xil bo`lganda edi, elementlar ham 400 dan ortiq deb aytilar edi. Holbuki, fanga ma'lum bo`lgan elementlar 114 ta, tabiatda birikmalar-oddiy va murakkab modda hosil qilib uchraydigan elementlarning soni 88 tadan ortmaydi.
Demak, bitta kimyoviy elementning o`zi bir necha xil oddiy modda hosil qilishi mumkin. Masalan, olmos, grafit va karbin deb ataluvchi oddiy moddalarning tarkibi faqat uglerod elementining atomlarida tashkil topgan. Shunga qaramay bu moddalar hossalari jihatidan bir-biridan keskin farq qiladi. Olmos nihoyatda qattiq bo`lgani holida grafit yumshoq, u bilan qog`ozga yozish mumkin. Ularning kristall tuzilishlari ham bir xil ekan.
Xuddi shuningdek fosfor — oq fosfor, qizil va qora fosfor deb ataladigan, shu bilan birga xossalari bir-biridan farqlanadigan oddiy moddalarni hosil qiladi. Shunday qilib,
Bir xil kimyoviy elementning xossalari jihatidan bir-biridan farqlanadigan ikki va undan ortiq oddiy modda hosil qilishi allotropiya, bu moddalarning o`zi allotropik shakl o`zgarishlar deb ataladi.
Oddiy moddalarning o`zi xossalari jihatidan metallar va metallmaslarga ajratiladi.
Metall va metallmaslarga misollar va ularning xossalari 2-sxemada berilgan.
Har xil elementlar atomidan tashkil topgan moddalar murakkab moddalar deb ataladi.

Ularni ko`pincha kimyoviy birikmalar deb aytiladi. Masalan, suv vodorod va kislorod atomlaridan, osh tuzi xlor va natriy atomlaridan tarkib topgan.


Murakkab moddalar o`z navbatida anorganik va organik moddalarga bo`linadi.
Organik moddalarga uglerodning birikmalari, anorganik moddalarga qolgan barcha elementlarning birikmalari kiritiladi. Lekin bunday bolinish qafiy emas. Ayrim uglerod birikmalari, masalan, uglerod oksidlari, karbonat kislota tuzlari va boshqalar anorganik moddalarga kiritib o`rganiladi.
Download 9.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling