O‘ff 303-guruh Abduhamidov Behzod 6-variant


Download 16.31 Kb.
Sana25.05.2020
Hajmi16.31 Kb.
#109964
Bog'liq
Oraliq nazorat


O‘FF 303-guruh

Abduhamidov Behzod



6-variant

1. Farhod va Majnun obrazlarini qiyoslab sharhlang.

Mutasavvif shoir bo‘lgan Alisher Navoiyning “Xamsa” asari tarkibidagi “Farhod va Shirin” va “ Layli va Majnun” dostonlari tasavvufdagi Ishq mavzusini anglashda katta yordam beruvchi manbaalar hisoblanadi. Xususan, “Farhod va Shirin” dostonining bosh qahramoni qilib Farhodning tanlanishida ham ko‘p hikmatlar bor edi. Alisher Navoiy salaflari kabi Xusravni bosh qahramon qilmadi. Shoir fikricha:

Kerak ishq ahli qul bo‘lmoq bu so’zga

Ki: Shahliq o‘zgadur, oshiqliq o‘zga.

Ya’ni dunyo muhabbati va Haq ishqi bir insonda jam bo‘la olmas! Farhod usul yo‘li bilan, ya’ni majoziy ishqdan ilohiy ish ishqqa tomon boradi. Ishq talabidagi solik ko‘pgina ustozlardan (piri murshid) tariqat yo‘llaridagi ilmlarni o‘rgangani va xizmat qilgani kabi Farhod ham usul va xizmat yo‘lidan boradi. Farhodning bu yo‘ldagi birinchi ustozi Suhaylodir. U Farhodning Suqrot huzuriga borish yo‘lida uchraydiga to‘siqlardan xabar beradi. Ular ajdarho va devdir. Tasavvufda ajdarho nafs timsoli, dev esa davlat-saltanat timsolidir. Suhaylo ajdarhoni yengish uchun Farhodga samandar yog‘ini bergan edi. Samandar olov ichida yashaydigan yaratiqdir. U ishq ramzidir. Farhod badaniga samandar yog‘ini surganda, ajdarhoning o‘ti unga ta’sir etmaydi. Ishq nafs o‘tini so‘ndiradi. Asardagi Suqrot obrazi esa piri komil ustoz timsolidir. Shirin obrazi Haqning jamolining jilvasi zuhur etgan majozdir. Tasavvufning “Yaratilganlarni (bu xususda insonni) sevmagan Haqni sevolmaydi. Haqni sevmagan ishqning sirini bilolmaydi”, degan hikmati o‘rinli bo‘ladi. Farhod obrazi Haqqa yetishmoq yo'lidagi soliki majzubdir.

“ Layli va Majnun” dostonidagi Majnun obrazi haqida fikr yuritadigan bo‘lsak, u ham ilohiy ishqqa talabgor oshiq. Lekin Farhod obrazidan farq qiladi. Dostonga e’tibor beradigan bo‘lsak, Majnun bog‘da Layli ( Haqning jamoli jilvasi) ni ko‘radi va hushini yo‘qotadi. Farhod kabi riyozatlar va bosqichlarda o‘tib so‘ng ma’shuqasi bilan ko‘rishmaydi. Ya’ni tariqat yo‘llarini bosib o‘tmaydi. Ustoz, piri komildan, ilm o‘rganmaydi. U ilohiy jazba bilan dunyoga keladi. Laylini har ko‘rganda hushidan ketadi. Tilida ham faqat “Layli” ismini zikr qiladi:

O‘z oti-yu qavm-u xayli oti

Yo‘q yodida, g‘ayri Layli oti.

Yuqoridagi holat tariqatdagi “men” lik tushunchasini eslatadi. Ma’lumki ilohiy ishq talabgori bo‘lgan solik ishq yo‘lida “men”ligini yo‘q etadi va shu yo‘lda ishqni topadi. Majnun Farhoddan farqli o'laroq majzubi solikdir.

Bu ikki go‘zal doston ham Alisher Navoiyning diniy va tasavvufiy ilmlarining va ilmiy tasavvurining qay darajada baland ekanligini isbotlagan qimmatli mabaalardir. “Xamsa” har bir insonning axloqini kamolga yetkazishda muhim bo‘lgan asardir. Insonni faqat ishq poklashi mumkin, Haqqa bo‘lgan muhabbat insonni tabiatga, hayvonot va nabodot olamiga, insonlarning o‘zaro bir –birlariga, umuman, Xoliqning yaratgan barcha yaratiqlariga muhabbatni paydo qiladi. Alisher Navoiy “Layli va Majnun” dostonida quyidagi misralarni keltiradi:

Ey, ishq, g‘arib kimyosen,

Bal oyinayi jahonnamosen.

2. "Sab'ai Sayyor" dostonidagi ranglar, qasrlar, sayyoralar va qahramonlar ruhiy holatining tanosibi.



Ushbu dostonda keltirilgan haftaning yetti kuniga moslab, shu kunlar homiysi bo'lgan sayyoralarga mutanosib qilib yetti rangda qurilgan qasrlar, ular ichidagi yetti iqlim sultonlarining yetti qizi, yetti musofirdan yetti hikoyat - Navoiy ijodining inja xususiyatlarini ochib beradi. Har bir qasrda eshitiladigan hikoyalarning barchasida qahramon turli muommolarni yengib baxt-saodatga erishadilar. Yetti qasrda tinglangan bu hikoyatlarda inson o'z baxtiga erishishi uchun xuddi tinim bilmay aylanayotgan sayyoralardek harakat qilishi lozimligini ta'kidlayotgandek. Dostondagi ranglar, qasrlar, sayyoralar va qahramonlar ruhiy holati quyidagicha:




Qasrlar

Hikoyatlar

Sayyoralar

Qahramonlar ruhiy holati

Shanba

Qora qasr

Farrux va Axiy

Zuhal(Saturn)

Diloromdan ayrilgan Bahromning ko'ngli hijron zulmatidan qoraygan. Kiyimlari ham qora rangda.

Yakshanba

Sariq qasr

Zayd Zahhob

Quyosh

Hikoyadan so'ng Bahrom biroz dardini unutib shodlanadi. Ko'ngli yoziladi

Dushanba

Yashil qasr

Sa‘d hikoyati

Oy

Shoh ko'nglida qayg'ularning unutilishi.

Seshanba

Qizil qasr

Juna va Mas‘ud

Mirrix(Mars)

Qalb holatidan Shoh yuzining gulgun tusga kirishi

Chorshanba

Moviy qasr

Mehr va Suhayl

Utorud(Merkuriy)

Qalb orom istaydi lekin u ma'shuqasi hajri bilan to'lgan

Payshanba

Sandal qasr

Muqbil va Mudbir

Mushtariy(Yupiter)

Sandal osoyishida ko'ngli yor xayoli ila yayrashi

Juma

Oq qasr

Xorazmlik musofir

Zuhra(Venera)

Sevgilisiga yetishish umididagi Bahromning ko'ngli nurdek yorishishi.

Download 16.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling