Og'zaki ko'rsatmalar berishni shakllantirishning psixologik qoidalari


Download 24.81 Kb.
bet1/5
Sana09.01.2022
Hajmi24.81 Kb.
#259032
  1   2   3   4   5
Bog'liq
nuriddin yoqubjonov


Og'zaki ko'rsatmalar berishni shakllantirishning

psixologik qoidalari
Avvalgi bobda biz attraksiyani (o‘ziga jalb qila olish) shakllantirishning psixologik usullari haqida fikr yuritdik. Ayrim rahbarlar «Men istayman», «Menga kerak» kabi iboralarni ko‘p ishlatadilar. Lekin xodim buni rahbar umumiy jamoaning ishi uchun gapirayotganini to‘g‘ri tushunishi kerak.

Shaxs sifatida tan olmaslik yo'nalishi bo'yicha quyida o'ng va chap jad- valda rahbarning xodimlarga beradigan og'zaki ko'rsatmalari aks etgan:




Umumiy talablar

Aniq talablar

Payshanba kuni bo’limingizning hiso-botini bering, menga u boshqarmaga berish uchun kerak

Hisobotni payshanbaga tayyorlab ber-sangiz, u bizning hisobotimiz uchun kerak bo’ladi.

Sizning hozir boshqarmaga borib, bu-yurtmalar uchun shartnoma tuzib keli-shingizni istayman. Tushnarlimi?

Hozir boshqarmaga borib kelishingiz- ga to‘g‘ri keladi. Chunki chorak oxi-ridaqiynalib qolamiz. Sizga tushuntirol-dimmi?

Siz normal xodimga o‘xshab ishlashin-giz kerak. Sizning fokusiaringiz menga kerakmas!

Endi siz boshqalarga o‘xshab yaxshi ishlashingiz kerak. Bu faqat sizning

ishingiz emas, balki bizning ham

ishiniz.


Hisobotni tayyorlayotganda yaxshilab

o'ylab ko‘rishingiz kerak deb hisob-layman...



Hisobotingiz haqida biroz o‘ylashin-gizga to‘g'ri keladi. Chunki bu mening qiziqishim emas, butun jamoamizning ishidir.

O'ng tomondagi jadvalga asosan xodimlar bu ko'rsatmalar rahbaming shaxsiy talabi emas, balki umumiy talablar ekanligini bilib oladilar.

Xodim ishiga sidqidildan yondashsa, ishini sevsa, u jon-dili bilan ishlaydi. Rahbaming rasman beradigan og'zaki ko'rsatmalari uni tashvishga solmaydi. Ammo rahbar «men istayman», «menga shu kerak»kabi iboralarni kamroq ishlatishi lozim. Shundagina xodim bilan nizoga kam boradi. Unga nisbatan simpatiya tezroq rivojlanadi. Shkalaning o'ng tomonida turgan xodimlar sizni qo'llab-quwatlab ishlayveradi. Ammo chap tomondagi xodimlar bilan ehtiyot bo'lib muloqotda bo'lish lozim. Shunday qoidaga rioya qiling: xodimlarga og'zaki ko'rsatma berayotganingizda «men», «menga» degan so'zlami ishlatmang. «Men

o‘ylaymanki,» «meni to‘g‘ri tushunishingizni istayman» kabi so'zlami ishlatish mumkin. Bularda umumiy qarash mavjud.

«Faqat savol!» usuli bo'yicha, faraz qilaylik, sizni rahbar qabuliga chaqirib: «Ertaga siz bir joyga borishingiz kerak» desa sizda qanday taassurot qoladi. Yoki «siz bilan maslahat qilmoqchi edim, bizda noqulay vaziyat tug‘ilib qoldi, bizga sizning yordamingiz kerak bo‘lib qoldi», deb aytsa qanday taassurot qoladi. Albatta ikkinchi holatda siz rahbaming taklifiga rozi bo’lasiz. Chunki sizda rahbar avval ijobiy histuyg‘ularni vujudga keltirib olmoqda. Ko'rsatma bergandan ko‘ra maslahat so’raganligi xodimga ijobiy emotsiyani keltirib chiqaradi. Quyidagi uch xil shakldagi ko‘rsatmaga e’tibor bering:

1. «Dilbar Jo'rayevna! Mana bu ishni ertagayoq bajarishingizni talab qilaman!»

2. «Dilbar Jo'rayevna! Iltimos, ertaga mana bu ishni qilib bering...»

3. «Dilbar Jo'rayevna! Mana shu ishni ertaga bajarib bera olasizmi?»

Yuqoridagi ikkala ko'rsatma berilsa, xodimda qarshi fikr tug'ilishi mumkin. Lekin uchinchi ko'rsatmada xodimda bunday qarshi fikr tug'ilmaydi. Chunki uchinchi ko'rsatmada o'zaro hurmat saqlanib qolgan. Rahbar xodimga nisbatan hurmat tuyg'usini yo'qotmasa, u rahbaming topshirig'ini bajaradi. Ko'rsatmani so'roq shaklida berilsa xodim rahbaming topshirig'ini qaytara olmaydi. Har bir rahbar xodimlaming psixologik xususiyatlariga, qiziqishlariga qarab og'zaki ko'rsatmalar berishi lozim.


Download 24.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling