Og‘zaki va yozma nutq. So‘zlashuv uslubi


Download 85.25 Kb.
bet1/3
Sana09.04.2023
Hajmi85.25 Kb.
#1345116
  1   2   3
Bog'liq
Og‘zaki va yozma nutq

Og‘zaki va yozma nutq. So‘zlashuv uslubi.

Mt1907 guruh Bohmuhlisafarhodovaa@gmail.com

REJA: 1. Og‘zaki va yozma nutq. 2. So‘zlashuv uslubi. 3. Nutqiy faoliyat.

Tayanch so‘z va iboralar: nutqiy faoliyat, monolog, dialog, polilog, tezkor nutq, so‘zlovchi, tinglovchi, gap modellari, gap tuzilishini qulaylashtirish, sheva (dialekt). Darsning maqsadi: talabalarga og‘zaki va yozma nutq orasidagi farqni tahlil qilishga o‘rgatish, nutqiy faoliyatda monolog, dialog, polilog kabi nutqiy ko‘rinishlarni to‘g‘ri amalga oshira olish. So‘zlashuv uslubi og‘zaki va yozma ko‘rinishlarga ega. Og‘zaki adabiy me'yorning rivojlanishiga xalq qiziqchilari, ertakchi, latifachi, dostonchilari, xalq baxshi – shoirlari katta hissa qo‘shadilar. Birinchidan, og‘zaki nutq, avvalo, tezkorlik bilan amalga oshadi. Tushunchalar “yashin tezligida” tilga kela boshlaydi. Ba'zan tushunchani ifodalovchi so‘zni so‘zlovchi topa olmay qoladi. Unga yaqin yoki aytmoqchi bo‘lgan tushunchadan yiroq so‘zlarni ishlatib yuboradi. Bundan tinglovchi ham, so‘zlovchi ham zarar ko‘radi.

Ikkinchidan, og‘zaki nutqda so‘z birikmalari va gap modellari mo‘ljallangan fikrga monand holda tezkorlik bilan tanlanadi. Biroq xotira ozgina pand bersa, gap tuzilishi, so‘z birikmalari o‘zaro mantiqan va grammatik bog‘lanmay qoladi. Masalan: “Ustoz, sizdan, sizni... bizga bergan bilimingiz, tarbiyangiz, xizmatlaringizdan minnatdormiz”. Ushbu misolda tushum kelishigida kelgan so‘z keyingi qismlar bilan ham grammatik va ham mantiqan bog‘lanmay qolgan. Uchinchidan, og‘zaki nutq tahrirsiz uzatiladi. U qanday shaklda yuzaga kelgan bo‘lsa, shundayligicha tinglovchiga taqdim qilinadi. To‘rtinchidan, og‘zaki nutqda, odatda, muloqot uchun eng zarur narsalargina qayd qilinadi. Bu bir tomondan vaqtni, ikkinchi tomondan, nutqni tejaydi. Beshinchidan, og‘zaki nutq so‘z boyligi jihatidan yozma nutqqa nisbatan ancha kambag‘al bo‘ladi, unda ko‘proq bir xil so‘zlar takrorlanadi.

Oltinchidan, og‘zaki nutqda so‘zlovchi o‘z fikriga tinglovchiga yetkazib berish uchun turli nutqiy ohang, urg‘u va imo-ishoralardan foydalanadi, bu esa, o‘z navbatida, fikrning tinglovchiga yetib borishida o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Yettinchidan, og‘zaki nutqda, shuningdek, sheva so‘zlari, varvarizm, vulgarizm, jargonlardan keng foydalaniladi. Yozma nutq og‘zaki nutqdan fikrni qayd qilayotganda muallif vaqt jihatidan bemalol fikrlash imkoniyatiga ega ekanligi bilan farq qiladi. U o‘z nutqi qismlarini yoki butun nutqni qayta-qayta tahrir qilishi, fikr uchun eng mos imkoniyatlarni tanlashi, gap tuzilishini qulaylashtirishi mumkin. Kishilarning nutqiy faoliyati, o‘z navbatida, monolog, dialog, polilog ko‘rinishida amalga oshadi.


Download 85.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling